tgindex
Magnit
@magnitofficialВидеоузбекский

Kichik sahifamda katta ma'lumotlar beraman! 👤 Muallif: Abdullajon Yusupov 🤝🏻 Hamkorlik: @abdullastation 📲 Boshqa tarmoqlarda ham kuzatib boring: ▪️ instagram.com/abdullajon.yusupov ▪️ youtube.com/@magnit_uz ⚽️ Futbol: @abdullajon_yusupov

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
6 355
−11 за 5 дн.
Сутки
−2
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 004
24 постов
Вовлечённость
47,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 27
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 971
1/48двое суток
2 258
1/72трое суток
2 436

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.1 40416318

    без подписи

  • 14 авг.1 94714813

    Bugun mandat chiqarkan, hayajonlanmayapsizmi?

  • 13 авг.2 25028

    без подписи

  • 13 авг.2 24728

    без подписи

  • 13 авг.2 19814229

    🌑 O‘zbekistonda Quyosh tutilishi qachon kuzatiladi? Yaqin yillarda O‘zbekistondan bir nechta Quyosh tutilishini kuzatish mumkin: ☀️ 2027-yil 2-avgust — qisman tutilish. O‘zbekistonda Quyoshning taxminan 0,6%–9,6% qismi yopiladi. Eng yaxshi ko‘rinish Nukusda — 9,6% atrofida. ☀️ 2030-yil 1-iyun — qisman tutilish. ☀️ 2031-yil 21-may — qisman tutilish. ☀️ 2032-yil 3-noyabr — qisman tutilish. ☀️ 2034-yil 20-mart — qisman tutilish. ☀️ 2035-yil 2-sentabr — qisman tutilish. 🌑 2060-yil 30-aprel — O‘zbekiston uchun eng muhim sana: to‘liq Quyosh tutilishi. Ya’ni ayrim hududlarda Oy Quyoshni 100% yopadi va Quyosh koronasi ko‘rinishi mumkin. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2027–2035-yillarda — qisman, 2060-yilda esa — to‘liq Quyosh tutilishini O‘zbekiston hududidan kuzatish mumkin. 🌑✨ 🔭 Manba: NASA Eclipse / Fred Espenak 👉🏻 @mukhammadman

  • 12 авг.2 3251632

    Erkaklikning o'lchovi mototsiklni tez haydash, boshqalar hayotiga xavf tug'dirish bilan o'lchanayotganini endi bildim. Qonunlarni buzish odamlarga shunchalar yoqimlimi? Tushunaman, hamma xohlaganicha yashagisiz keladi, ammo davlatning qonunlari eng kamida insonlar tinch yashashi uchun ham tuzib chiqiladi. @magnitofficial

  • 11 авг.2 5691501

    Navbatdagi ko'rsatuvga biroz kechroq bo'lsa ham kirishdim. Oilaviy ishlarim sabab ulgura olmadim, lekin bugundan hammasini yana eski relslarga qaytadi. Ochig'i korrupsiya haqidagi ko'rsatuvim juda katta mudattda 100k tomosha yig'gani meni ajablantirdi. Ko'prog'ini kutgandim, demak tushundimki odamlar hali bunday loyihalarga tayyor emas, korrupsiyani yo'q qilishga qiziqmaydi, afsus.

  • 11 авг.2 96518018

    Hayotiymi? Jizzami? @magnitofficial

  • 10 авг.4 02816734

    Oynaga qarab o‘zingizga yoqasiz-u, lekin selfi tushganda "Nega burnim buncha katta?" deb siqilganmisiz? Hatto shuni deb plastik operatsiya qildirmoqchi bo‘lganlar qancha! AQShdagi plastik jarrohlar oxirgi paytlarda bir g‘alati holatga e’tibor berishdi: yoshlar yopirilib kelib, "Burnimni kichraytirib bering" deb so‘ray boshlashgan. Shifokorlar esa bemorlarning bu muammosini tushuna olmay, olimlarga murojaat qilishadi ular esa g‘ayrioddiy effektni ustidan chiqishdi. Texas universiteti olimlari 30 ta odamni yig‘ib, ularni bir xil sharoitda 30 sm, 45 sm va 1.5 metrdan tasvirga olishadi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqindan olingan selfi insonning burnini aslidan qariyb 7 foizga kattaroq, iyagini esa 12 foizga kichikroq qilib ko‘rsatar ekan! Ya’ni, yuzingizning formasi xuddi qiyshiq oynaga qaragandek buziladi. Odamlar esa buni ko‘rib, "Men xunuk ekanman" deb tushkunlikka tushishgan. Shunday ekan, selfiga qarab "xunukman" deb o‘ylamang, plastik jarrohga pul yig‘ishga ham shoshilmang. Siz aslida chiroylisiz, shunchaki telefoningiz kamerasi sal aldoqchi, xolos! @magnitofficial

  • 10 авг.2 374636

    Dunyodagi eng antiqa korrupsion ish @magnitofficial

  • 8 авг.2 7051136

    Tasavvur qiling, muzlatkichdagi meva va sabzavotlar kabi, hamyoningizdagi pullar ham vaqt o‘tishi bilan aynib, yaroqsiz holga kelib qolsa nima qilgan bo‘lardingiz? Ularni yillab sandiqda saqlarmidingiz yoki qadrsizlanib qolmasidan oldin zudlik bilan sarflashga harakat qilarmidingiz? Bir qarashda mutlaqo telbanamo eshitiladigan aynan shu g‘oya bir vaqtlar butun boshli shaharni halokat yoqasidan qaytarib qolgan. Voqea 1932-yilda, Avstriyaning Vyorgl shaharchasida ommaviy ishsizlik va qashshoqlik hukm surardi. Odamlar ertangi kundan xavotirga tushib, qo‘lidagi bor chaqasini ham "qora kunlar uchun" deb asrab qo‘yishga o‘tdi. Hamma pulni yashirgach, tabiiyki, savdo-sotiq ham, harakat ham batamom to‘xtab qolgan. Shunda shahar hokimi misli ko‘rilmagan tajribaga qo‘l urishga qaror qilib, har oyda qadrsizlanib borayotgan pullarni muomalaga qaytarish bo‘yicha qaror chiqaradi. Unga ko‘ra pulni ishlatmay saqlab o‘tirgan fuqaro oy oxirida unga maxsus marka sotib olish yopishtirishi shart bo‘lgan. Sodda qilib aytganda, shunchaki pullaringizni ko‘rpa ostida ushlab turganingiz uchun soliq to‘lashingiz kerak edi. Hech kim shunchaki pullarini yo‘qotishni istamas edi va natijada odamlar mablag‘ni zudlik bilan sarflashga, qarzlarini uzishga, uy joylarini ta’mirlashga tika boshladi. Qizig‘i, atigi 1 yil ichida ishsizlik deyarli yo‘qoldi shahar o‘z ko‘chalariga tosh yotqizdi, yangi ko‘priklar qurib bitkazildi. Butun mamlakat inqirozdan dod deyayotgan bir paytda, Vyorgl gullab-yashnadi. Afsuski, davlat hukumati bu mahalliy pul tizimidan xavfsirab, uni tez orada sud orqali taqiqlab qo‘ydi va shahar yana eski holatiga qaytdi. Bu tarixiy voqea bizga boshqaruv va insoniyat tabiatidagi eng og'riqli haqiqatlardan birini ochib beradi: Katta hokimiyat uchun xalqning qanday yashayotgani emas, balki uning kimga qaram ekanligi muhimroqdir. Hukumatlar ko'pincha farovonlikdan ko'ra, o'z nazoratini va mavqeini saqlab qolishni ustun qo'yadi. Mutlaq erkin va o'zini o'zi eplay oladigan jamiyat — markazlashgan boshqaruv uchun doimo eng katta xavf bo'lib kelgan. Ba'zida qafasning qulfi ochilib, qush qanday uchishni o'rganib olsa ham, tutqunlikni saqlab qolish uchun darhol yangi qulflar o'ylab topiladi. Chunki mustaqillik va chinakam farovonlik tizimning ostiga qo'yilgan eng katta bombadir. @magnitofficial

  • 8 авг.3 0142242

    Bir yig'ilib Nolanni Odisseyasini ko'rmaymizmi?

  • 6 авг.3 994926

    Odamlarning uylariga kirib ozodalikni tekshirayotgan hokimlar videosini ko‘rgandirsiz? Eng qizig‘i bu holat birinchi marta emas, turli davrlarda turli mamlakatlarda bunday voqealar bo‘lgan, keling ularni sizga tanishtiray: SSSR — SSSRning dastlabki yillarida, ayniqsa "kommunalka" (umumiy yashash xonadonlari) deb ataluvchi uylarda "sanitariya komissiyalari" tuzilgan. Bu komissiyalar xonadonlarga kirib, xonalarning, oshxona va hojatxonalarning tozaligini tekshirgan. Bu davrda xususiy mulkchilik bekor qilingan, insonlarning shaxsiy hayoti ustidan davlat nazorati o‘rnatilgan edi. Siyosiy qatag‘onlar va erkinlikning bo‘g‘ilishi avj olgan davrda tozalikni tekshirish ko‘pincha odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish, ularni nazorat qilish va hatto chaquvlar (donos) orqali kimnidir jazolash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Germaniya Uchinchi Reyx davrida "Blockleiter" (blok rahbarlari) degan lavozim bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirilgan mahalladagi uylarga kirib, oilalarning turmush tarzi, tartibi va tozaligini nazorat qilgan. U paytda Fashizm va o‘ta qattiq diktatura hukmron edi. Britaniya 1832-yilgi vabo (xolera) epidemiyasi vaqtida Britaniya hukumati sanitariya inspektorlariga uylarga kirish va kasallik o‘choqlarini tozalash vakolatini bergan. Bu davrda Britaniya imperiyasi iqtisodiy o‘sayotgan, biroq shaharlarda aholi o‘ta zich va antisanitariya holatida yashaydigan davr edi. Singapur Bugungi kunda Singapurda Milliy Atrof-muhit Agentligi (NEA) xodimlari uylarga kirib, gul tuvaklari yoki vannalarda to‘planib qolgan suv bor-yo‘qligini tekshirish huquqiga ega. Maqsad — xavfli Denge isitmasini tarqatuvchi chivinlar ko‘payishining oldini olish. Lekin bizning talqinda nima uchun uylar tekshirilgan? Xavfli kasallik yo‘q? Diktatura emas, erkin yashaymiz, bizda bunga sabab nima edi? @magnitofficial

  • 5 авг.4 15613952

    Hozir aytadigan gaplarim katta ehtimol sizga yoqmaydi, lekin olimlar do’stlik borasida muhokama qilishga arzigulik mavzuni o’rganishdi. Olimlarni fikriga ko’ra kim bilan do’st bo’lishingiz sizni moliyaviy holatingizga umuman bog’liq emas, balki dunyoqarashingizga bog’liq. Olimlarda bu narsani “Gomofiliya” deb atashadi. Bilaman, boshqa ma’nodagi so’zlarga o’xshab ketadi, ammo bu boshqa mavzu. Olimlarning fikriga ko’ra do’stlik deyarli hech qachon tasodifan ro’y bermaydi. Biz doim o’zimizga har tomonlama o’xshaydigan, ayniqsa intellekt bo’yicha bir xil bo’lgan odamlar bilan do’stlashamiz. bu narsani aniqlash uchun ikki do’stni tamografga solib, ularga bir xil video qo’yib berishgan natijada esa miya bir xil ishlagan. Dunyoqarashi ikki xil bo’lgan insonlarda esa bu narsa o’xshamaydi, shu sababli ham bunday insonlar do’stlashib ketishi juda ham qiyin, deyarli imkonsiz hisoblanadi. Shu sababli ham bog’cha, maktab, univerlarda bitta sinfda turli guruhlar paydo bo’ladi. Chunki bu guruhlarda dunyoqarashi bir xil bolalar bo’ladi. bolaligimdagi yana bir qiziqarli savolga javob topdim. @magnitofficial

  • 5 авг.3 3791122

    Oramizda 20-yildan beri aloqa sim-kartalarini ishlatayotganlar bormi? Bor bo’lsa unda har yil telefon uchun to'lagan pullaringizning bir qismi qayoqqa ketganini hozir bilib olasiz. 2000-yillar boshida O'zbekistonga yirik xorijiy telekom kompaniyalar kirmoqchi…

  • 5 авг.3 48310913

    Oramizda 20-yildan beri aloqa sim-kartalarini ishlatayotganlar bormi? Bor bo’lsa unda har yil telefon uchun to'lagan pullaringizning bir qismi qayoqqa ketganini hozir bilib olasiz. 2000-yillar boshida O'zbekistonga yirik xorijiy telekom kompaniyalar kirmoqchi bo'ladi. Lekin litsenziya olish uchun bitta odamdan ruxsat kerak edi. U prezident Karimovning katta qizi Gulnara Karimova. Uni rasmiy lavozimi yo'q, shunchaki otasi prezident ekanligini o'zi yetarli edi. Qoida esa juda sodda edi: Pul bersang bozorga kiraverasan. 2001-yildan 2012-yilgacha Gulnara Karimova telekomunikatsiya kompaniyalaridan 865 million dollardan ortiq pora yig'adi. Buning evaziga kompaniyalarga O'zbekiston bozorida ishlash litsenziyasi beriladi. Kompaniyalar birin-ketin soqqani to'lashadi. MTS 350 mln dollar. TeliaSonera 381 mln dollar. VimpelCom 114 mln dollar. Barchasi qobiq firmalar orqali Shveytsariya banklariga o'tkaziladi. Hammasi qog'ozda qonuniy ko'rinardi. Shartnomalar bor, imzolar bor, firmalar bor. Natijada O'zbekistonda raqobat yo'q, tariflar sun'iy baland, oddiy odamlar yillar davomida ortiqcha havoga pul to'laydi. 2019 yilda AQSh sudi bu ishni ko'rib, kompaniyalardan 850 million dollar undirib oladi. Ana endi telefon schotingizdagi pullar qanchadir qismi qayerga ketganini bilib oldigniz. Lekin sizning pullaringiz qaytarildimi - yo'q. Tariflar pasaydimi - yo'q. Chunki pul o'g'irlanishi mumkin, lekin o'tib ketgan yillar emas. @magnitofficial

  • 5 авг.3 63110533

    Sun’iy intellektga oid bo‘lgan eng shov-shuvli voqea yaqindagina sodir bo‘ldi. Matn biroz uzunroq bo‘ladi, lekin uni o‘qishingiz shart! Shu hafta sun’iy intellekt olamidagi eng muhim platformalardan biri bo‘lgan Hugging Face xakerlik hujumiga uchradi. Ma’lumot uchun bu deyarli butun SI sanoati foydalanadigan ma’lumotlar bazasi, xullas SIning GitHubi hisoblanadi. Kiberhujum odatdagilaridan farq qilmasdi, ammo Hugging Face kompaniyasining o‘z bayonotiga ko‘ra, bu hujumda odamlar ishtirok etmagan. Infratuzilmaga boshidan oxirigacha avtonom sun’iy intellekt tizimi hujum qildi, u mustaqil ravishda zaif nuqtalarni izladi, topilgan zaifliklardan foydalandi, o‘z imtiyozlarini oshirdi, ichki tarmoq bo‘ylab harakatlandi va hisob ma’lumotlari hamda boshqa muhim ma’lumotlarni yuklab oldi. Qiziq tomoni shundaki, birinchi sun’iy idrokka ikkinchi sun’iy idrok hujum qildi. Ularni himoyalashga esa uchinchi sun’iy idrok ham qo‘shilgan. Shu bilan birga-yil ya, bu tizimni kim yaratganligi va bularning barchasi nima uchun ekanligi noma’lum. Endi asosiy syujet burilishi: Kecha OpenAI hujum ortida o‘zlarining eksperimental sun’iy intellekt tizimi turganini va u... tashqariga chiqib ketganini ma’lum qilgan. Ular sun’iy intellektning zaifliklarni qanchalik yaxshi qidirishi va ulardan foydalana olishini baholaydigan eng murakkab kiberxavfsizlik mezonlaridan biri bo‘lgan ExploitGym’da sinash uchun izolyatsiyalangan sinov muhitiga joylashtirildi. Tajribaning tozaligi va aniqroq baholash uchun modellarda xavfli kiberfaollikni taqiqlovchi odatiy himoya mexanizmlari o‘chirildi. Ammo test paytida neyronlar topshiriqlarni to‘g‘ri bajarmadi. Ular tayyor javoblarni topishni va aslida shunchaki ko‘chirib olishni xohlashgan. Fonda esa ular izolyatsiya hududidan zaiflik topib undan qochish yo‘llarini izlashgan. Oxir oqibat ular chindan ham bu hududdan chiqib, internetga ulanishgan. Shunday qilib, neyronlar shunday xulosaga kelishdiki, Hugging Face sun’iy intellekt uchun eng muhim platforma ekan, u yerda ularning mezonlariga javoblar mavjud va uning ortidan kiberhujum amalga oshirishdi. Bu insoniyat tarixida ilk bora sun’iy intellekt izolyatsiya qilingan hududdan chiqib, o‘zi xohlagan ma’lumotlarni topgan holat hisoblanadi. Agarda ular yovuzlik va yaxshilik nimaligini tushuna boshlasa va shunday qochib yurishni to‘liq o‘rganishsa bilmadim nimalar bo‘ladi? Ha azizlar, 2029-yil yaqin... Keyin ular yuqori darajadagi kirish huquqiga ega bo‘lishdi va to‘liq internetga ulanish imkoniyatiga ega mashinaga yetib kelgunga qadar OpenAI ichki xizmatlari orasida harakatlana boshladilar.

  • 5 авг.3 1871089

    F1 poygachisi Gabriel Bortoletoning bo‘yin mushaklarini oddiy odamnikidan farqini tomosha qiling. Bu tajriba orqali shu ayon bo‘ladiki, Formula 1 poygachilari ko‘tara oladigan bosimga oddiy odamlar bardosh bera olmaydi. Poyga vaqtida poygachi bo‘yniga 5–6 g gacha ortiqcha yuk tushadi. Shuning uchun maxsus tayyorgarliksiz masofani ushlab turish deyarli imkonsiz. @magnitofficial

  • 3 авг.3 4661591

    без подписи

  • 1 авг.4 7611703

    Aytgancha, eslatib qo'yay, bugun 1-avgust, yozning 3 dan 2si tugadi