NmaGap
СтатистикаBu suhbat/podcast vakillari bilan yaqindan aloqa✌️ https://taplink.cc/nmagap Hamkorlik masalasi bo‘yicha - @nmagapadmin Donat uchun: https://tirikchilik.uz/nmagap Telegram Premium kanali: https://t.me/monifi_bot/app?startapp=jr0gjc
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Telegram
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 206
- 1/48двое суток
- 2 528
- 1/72трое суток
- 2 726
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
NmaGap, chetda yurganlar? 👀🌍 Endi “donat qilmoqchiydim-u, chetdaman-da” degan gap o‘tmaydi😄 Qayerda bo‘lsangiz ham, xohlasangiz anonim, xohlasangiz ismingiz bilan donat tashlab ketavering. 💸 To‘lov usullari ham yetarlicha — o‘zingizga qulayini tanlaysiz. 🔗 Donat manzili o’zgardi:https://taps.uz/nmagap/d 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
🇩🇪 “Surish” illyuziyalariga ishonmang! Behruz Bozorov — Germaniyadagi hayotni chiroyli kadrlar ortidan emas, o‘zi ko‘rgan va boshdan kechirgan voqealar orqali ko‘rsatadigan bloger va tarix fani o’qituvchisi. Xorijga ketish istagi, til bilmasdan ish topish qiyinligi, firibgarlarning yolg‘on va’dalariga ishongan yuzlab insonlar, vatanni sog‘inish, oila, jamiyatdagi stereotiplar va Germaniyadagi real hayot — suhbatda “bezatilmagan” mavzular ko‘p bo‘ldi. 📹 “NmaGap”ning navbatdagi soni shu yerda: https://youtu.be/TZS0pZaBTW0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
👨🍳 Dunyo kezgan oshpaz! 15 yoshida oshpazlikni oddiy shogird sifatida boshlagan yigit 18 yoshida Sankt-Peterburgdagi nufuzli restoranlardan birida sous-shef darajasiga ko‘tarildi. Keyinchalik o‘z restoranlarini ochdi, Istanbulda "Payitaht Tashkent" brendini yaratdi va bugun minglab insonlar kuzatadigan food bloger hamda tadbirkorga aylandi. Bu safargi mehmonimiz — Xojiakbar Gofurov, ya'ni Akbarbey. Suhbat davomida u restoran biznesining ko‘pchilik bilmaydigan jihatlari, Rossiyada boshidan kechirgan xavfli va hayratlanarli voqealar, CZN Burak bilan tanishuvi, o‘zbek milliy taomlarining dunyodagi o‘rni, zamonaviy gastronomiya, tirik kollagen ishlab chiqarish g‘oyasi haqida ochiq va samimiy fikrlarini ulashdi. 🎥 Premyerani o'tkazib yubormang: 👉 https://youtu.be/s2ICjZZNKwQ?si=rlVnhXgfPKU78hoo 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
⚰ “Murdado’xtirlikni o’zim tanlaganman!” Sud-med ekspertlari nima bilan shug’ullanishadi? ChatGPT “Zakovat”ni qiyinlashtirdimi? Yoshlar nega erta uylanmasligi kerak? Bu safargi “NmaGap”ning yangi sonida sud-tibbiy ekspert, “Zakovat” mutlaq chempioni Bobur Yoqubov bilan ikki soatdan ortiq davom etgan ochiq va samimiy suhbatni tomosha qilasiz. 🎙 Suhbatda: • Sud-tibbiy ekspertlar aslida nima ish qilishi; • Murdaning qachon vafot etganini aniqlash mumkin yoki yo’qligi; • Donorlik, avtohalokatlar va oilaviy zo‘ravonlik haqida haqiqatlar; • “Zakovat”ga qanday kirib kelgani va uning eng og‘ir davrlari; • Nega 800 ta savoldan atigi bittasi efirga chiqishi; • ChatGPT intellektual o‘yinlarga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashdik. Bu suhbat nafaqat “Zakovat” muxlislari, balki hayot, kasb va inson psixologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham qiziqarli bo‘ladi. 📺 To‘liq son: 👉 https://youtu.be/uEXbDHkPYlg 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
⚽️ Prezident e’tirofidagi futbolchi! Jahon chempionatidagi ishtiroki, Portugaliya bilan tarixiy uchrashuv, bekor qilingan gollar, tanqidlar, Yevropadagi faoliyati va futbol ortidagi haqiqatlar haqida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori ilk bor bunchalik ochiq gapirdi. "NmaGap"ning navbatdagi mehmoni futbolchi Eldor Shomurodov. Suhbat davomida: 🔹 Nega Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmagani; 🔹 FIFA, hakamlar va mish-mishlarga munosabat; 🔹 Futbolchilar oladigan mukofot pullari; 🔹 Yevropada o‘ynashning bosimi va tajribasi; 🔹 Futbolchi hayotining ko‘rinmaydigan tomoni haqida gaplashdik. 📹 To'liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/zoVsBJNnv4k/ 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Jamshid Muslimov tomonidan tavsiya qilingan kitoblar ro’yxati👇🏻 1. Yulo Vooglayd — Vatandoshlik dasturi 2. Jonathan Haidt — Behalovat avlod 3. Viktor Gyugo — Kulayotgan odam 4. Adeeb Khalid — O’zbekiston tavalludi 5. Nizomul mulk — Siyosatnoma ❓Qaysi kitobni o’qishni reja qilib qo’ydingiz? 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
🇺🇿 Erkin fikrlaydiganlar uchun Jamiyatni nima birlashtiradi? Iqtisodiyot va siyosatni ajratish mumkinmi? Nega ayrim g‘oyalar rivojlanadi, boshqalari esa yo‘qoladi? "NmaGap" loyihasining Bu galgi mehmoni — iqtisodchi, auditor, biznes maslahatchisi va bloger Jamshid Muslimov. Suhbat davomida iqtisodiyot, jamiyat, ta'lim, falsafa, milliy o‘zlik, kitob mutolaasi, zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, neojadidlar,haqiqatni aytishning mas'uliyati va bugungi dunyoda insonni o‘ylantiradigan yana ko‘plab muhim mavzular haqida ochiq va samimiy fikr almashdik. 📹 Endi esa YouTubega o'tamiz: 👉 https://youtu.be/8H04c5xZj_k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🦾 Abyuzermas, mag’rurman! Bir paytlar ozg‘inligi uchun o‘ziga ishonmagan, qizlar e’tibor bermagan yigit. Keyin esa vazni 133 kiloga yetib, hayotini butunlay o‘zgartirishga majbur bo‘lgan inson. Bugun u minglab odamlarni sportga ilhomlantirayotgan trener, motivator va bloger. “NmaGap”ning navbatdagi mehmoni Axad Xudayarov. Oxirgi vaqtlarda uning qarashlari bahslar markazida: ayollar nega uni tanqid qilishyapti? Nega uning fikricha “erkaklar baxtsiz bo‘lib qolyapti”? Muhabbat, qaynana-kelin munosabatlari, mahr, tarbiya va zamonaviy munosabatlar haqida qanday fikrda? 📹 Hammasi haqida hozir gaplashamiz: 👉 https://youtu.be/5oTJJvt7c_k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
🤬Iplooos Agar taksi chaqirsangiz-u, to’lashga pulingiz yetmasa, bizga donat qiling, biz yetmayotgan qismini qayta tashlab beramiz. Faqat 1 ta shart: donat qilgan summangiz, sizga yetmayotgan summadan ko’p bo’lishi kerak😉 Bizda shunaqa gaplar. Donat esdan chiqmasin: https://tirikchilik.uz/nmagap 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
🇺🇸 Amerikada konkurensiya katta! Bugun suhbatlashadigan mehmonimiz Westdagi qadrdonlarimizdan biri. O‘zaro suhbatlarimizda tuyilgan g‘oya mana "NmaGap" studiyasiga amalga oshish uchun yetib keldi. "NmaGap"ning navbatdagi mehmoni Amerikada yashaydigan logist Sunnat Abduhakimov. Bu suhbat uchun ortiqcha spoylerni o'qishdan ko‘ra tezroq YouTubega o‘tgan ma'qul: https://youtu.be/p9lOOoilR1Y?si=NdQbIeZhjU4-v-5h 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Uchta savol mavjud: 1. Siz nechun bundasiz(Men nechun bundaman)? 2. O'limdan qo'rqasizmi (O'limdan qo'rqamanmi)? 3. Hayotdan rozimisiz (Hayotdan rozimanmi)? Bobur Yo’ldoshev tavsiya qilgan kitob «Yer chekkasidagi qahvaxona» Jon Strekeli Asosiy obraz sifatida yozuvchining oʻzi gavdalangan. Kitobning asosiy maʻnosi esa mavjudlikning maʻnosi bilan bogʻliq. Ertadan kechgacha yelib-yugurib roʻzgʻor tebratamiz, har sekundda qonunlar chiqaramiz, ularni buzamiz, poraxoʻrlik va adolat ishlari bilan shugʻullanamiz, ammo bulardan qanchalik darajada foyda koʻryapmiz, hammasi sarob emasmi? Nega tugʻildik, kimmiz? Oʻz "men"imizni anglab yetdikmi? Yashayotganimizning asosiy sababi nima? Bilmaymiz, bilganimizda hozirgi hayot qurboni boʻlmagan boʻlardik.. Yuqoridagi 3ta savolga javob topganmisiz? 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
🎭 Aktyor tanlamaydi, tanlanadi! Ko'pchilikning sevimli o'zbek kinolarida yorqin chiqishlari bilan esda qolgan, zamonaviy kino san;atini usiz tasavvur qilib bo'lmaydigan iste'sodli ustazoda aktyor Bobur Yo‘ldoshev "NmaGap"ning navbatdagi qahramoni. Bugun u shunchaki aktyor emas, Bobur Yo'ldoshev "Diydor" teatr-studiyasiga rahbarlik qiladi, yosh aktyorlar bilan ishlaydi, sahna va ekran uchun yangi loyihalar yaratadi. Suhbat davomida zamonaviy teatrning holati, bugungi tomoshabin, ijodkorning mas’uliyati, yosh avlod bilan ishlash, kino sanoatidagi o‘zgarishlar, hozirgi faoliyati va kelajak rejalari haqida gaplashdik. 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: https://youtu.be/LMOdFNb4i7k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
😎 Marketologlar dunyoni o’zgartiradi! Kuryerlikdan boshlangan yo‘l. Million dollarlik qarz. Bankrotlik. O’nlab yirik loyihalar. Va bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik marketing agentliklaridan birini boshqarayotgan inson. “NmaGap”ning navbatdagi mehmoni — Azizbek Yusufov. Suhbat davomida: ▪️ Marketingdagi 20 yillik tajriba; ▪️ AKFA davridagi eng qimmat xato; ▪️ 1 million dollarlik moliyaviy inqiroz va undan chiqish yo‘li; ▪️ O‘zbekistonda reklama va marketing bozorining ichki oshxonasi; ▪️ Sheriklik, biznes va ishonch; ▪️ Oila va ish o‘rtasidagi muvozanat haqida batafsil gaplashamiz. 📹 Suhbatni to’liq ko’rish uchun: 👉https://youtu.be/rR7xvxugvD0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok