tgindex
MASSAGET
@massagetnashrузбекский

Massaget Nashriyotining Rasmiy Telegram Kanali Mardlarcha Tasavvur Qil!

Последний пост
11 авг. 2025 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
434
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 893
19 постов
Вовлечённость
1127,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Oxiri ko'pchilik kutgan manga uchun tarjimon topildi! Elyor Adhamov, 1990-yili Marg'ilonda tug'ilgan. Istanbul Universiteti, Adabiyot Fakulteti, Yapon filologiyasi bo'limini bitirgan. Yaponiyaning Vaseda Universitetidan magistrlik darajasini olgan. Ehime Universitetida o'zbek-yapon siyosiy va madaniy aloqalari bo'yicha doktorantura tadqiqotlari olib bormoqda. Massagetda tarjima jarayoni davom etayotgan asarlari: Berserk-1, Kentaro Miura Attack on Titan-1, Hajime Isayama Eslatib o'tamiz, mangalarning bari imkon boricha yapon tilidan tarjima qilinadi. MASSAGET - Mardlarcha Tasavvur Qil

  • без подписи

  • Bundan keyin Massaget o'quvchilarni o'z tarjimonlari bilan tanishtirib boradi. Nurbek Xurramov Qashqadaryo viloyatida tug'ildi. Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetining Yaponshunoslik fakultetini tamomladi. Yaponiyadagi nufuzli Soka Universitetining ((創価大学)) magistraturaga tayyorlov dasturidan ham muvafaqqiyat bilan o'tdi. Nurbek hozir Sharqshunoslik Universiteti magistranti sifatida yapon madaniyati, xususan manga va animelari tarixi bo'yicha izlanish olib bormoqda. Massaget qoshida tamomlangan tarjimalari: Naruto - 1 (Masashi Kishimoto), Death Note/O'lim Daftari - 1 (Tsugumi Ooba). Tarjima jarayonida: Jujutsu Kaisen - 1 (Gege Akutami). Nurbek bilan ijodiy hamkorligimiz davom etadi. MASSAGET - Mardlarcha Tasavvur Qil.

  • MASSAGET pinned «Massaget qaytdi! Bilamiz, mangalar, komiks va fantastik adabiyot va'dalari bilan sizni keragidan ortiq kuttirdik. Buning uchun albatta uzr so'raymiz. Ammo, yaxshi xabarlar ham serob. Massaget endi o'z faoliyatini Gutenberg Nashriyot Uyi bilan hamkorlikda…»

  • Massaget qaytdi! Bilamiz, mangalar, komiks va fantastik adabiyot va'dalari bilan sizni keragidan ortiq kuttirdik. Buning uchun albatta uzr so'raymiz. Ammo, yaxshi xabarlar ham serob. Massaget endi o'z faoliyatini Gutenberg Nashriyot Uyi bilan hamkorlikda davom ettiradi. Bu esa sizga a'lo darajadagi kitoblarni taqdim qilish uchun bir emas ikki nashriyot yeng shimardi degani. Bundan keyin Gutenberg oilasining rasmiy brendi sifatida faoliyat olib boruvchi Massagetning asosiy maqsadi o'zgargani yo'q. Hozirda sizga va'da qilingan o'nta manga turkumining beshtasi tayyor bo'lib, qolgan beshtasining tarjima va tahrir jarayoni davom etmoqda. Bundan tashqari, Gutenberg Nashriyot Uyining Taqriz loyihasi ham bor. Mazkur loyiha orqali siz turli janrdagi kitoblarning eng asosiy g'oyalarini o'zbekcha audio shaklida tinglab xulosa chiqarishingiz va keyinchalik ularni mutolaa qilishingiz mumkin. Ushbu loyiha o'quvchilarga bugungi jadallik bilan ilgarilab borayotgan davrda ham ma'lumotni tezroq qabul qilish, ham kelgusi mutolaalar uchun osonroq tanlov yaratish imkonini beradi. Keling, Kuzni kitoblar bilan kutib olaylik. Kitoblar, mangalar, Taqriz loyihasi va boshqa yangiliklardan boxabar bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting: GUTENBERG - Zulmatdan Ziyoga MASSAGET - Mardlarcha Tasavvur Qil TAQRIZ by GUTENBERG - Muxtasar Audio Kutubxona

  • Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin. 🦌✨ Hammaga betimsol diyorlar misoli bepoyon baxt tilaymiz. @massagetnashr

  • 2025-yildan boshlab yana birgamiz. Nashriyotning ba’zi huquqiy jarayonlari sabab jamoatchilik bilan aloqalarimiz ma’lum muddatga uzilgandi. Buning uchun uzr so’raymiz. Nihoyat Massaget Cosmos Books nashriyoti bilan ishonchli hamkorlik o’rnatdi. Bundan keyin yo’limizni Massaget Loyihasi sifatida davom etamiz. Amalda hech narsa o’zgarmadi. Va’damiz va’da. Siz istagan va biz reja qilgan manga, komiks hamda fantastik adabiyot namunalari Massaget nomi ostida nashr qilinadi. Jamoamiz bilan ishni boshlab yubordik. Bundan keyin mardlarcha tasavvur qilishda davom etamiz. @massagetnashr

  • Video o’yinlar o’ynab turasizmi? Savolni boshqacha bersak… O’ynagan o’yinlaringiz asosida yozilgan romanlarga qiziqqanmisiz? Massaget qiziqadi. 🦌 Qiziqishlarimizdan biri qarshingizda: League of Legends o’yini uchun yozilgan Ruination romani. Bahslar boshlansin. ⚔️ Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • Sigma Podcast’da Massaget haqida ham ancha gaplashdik. Mangalar, bolalar adabiyoti va rejalarimiz ham suhbatdan joy olgan. https://youtu.be/BfbgUp6pZeQ

  • без подписи

  • Mangalarda Senzura Ishlatiladimi? Bu savol bilan bizga ko'p murojaatlar kelib tushdi. Darhol javob bermaganimizning sababi esa ichki prinsplarni o'rnatib olish edi. Massaget uchun asosiy va yagona mezon davlat qonunlaridir. Ya'ni, demokratik bir mamlakatda mumkin bo'lgan hamma narsa Massagetda ham mumkin. Bilasizki, O'zbekistonda pornografik materiallarni ishlab chiqarish va har qanday holatda tarqatish qonunan taqiqlangan. (Qarang: O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi, 130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) Biz ham bu moddani hurmat qilgan holda, mangalar, xususan Seinen janridagi mangalarning aynan pornografik unsurlar safiga qo'shilishi mumkin bo'lgan sahnalarini xiralashtirish va boshqa grafik yechimlar orqali senzuralashimiz mumkin. Nashriyot aynan pornografik mavzuga bag'ishlangan material chiqarmaydi, bunga o'z muassasaviy muhitida yo'l ham qo'ymaydi. Seinenga alohida urg'u berganimizning sababi, u alohida 18 yoshdan oshganlar uchun yozilgan janr bo'lib, ko'pincha og'ir falsafiy muammolar, tiriklik iztiroblari va shaxsiyat inqirozlari haqida hikoya qiladi. Ularning diqqat markazida jinsiy ost-matn turmaydi. Garchi uchrab tursa-da, jinsiy sahnalar ham o'ta nodir kuzatiladi va ular asosan voqealar rivojiga katta ta'sir ham o'tqazmaydi. Agar o'tqazadigan bo'lsa, buni izohli ravishda yopib taqdim qilishga urinamiz. Garchi senzura qo'llansa-da, har qanday jinsiy, qonli, jamiyatning umumiy etik qadriyatlariga zid yo turli tibbiy-psixik kasalliklar, misol uchun tutqanoq yo vahimaviy qo'zg'olish kabilarga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan sahnalarni o'z ichiga olgan adabiyotlar muqovasida 18+ belgisi joy oladi. Balki siz senzuraga qarshidirsiz. Biz ham qarshimiz. Biroq, qonunlar bor va ularni hurmat qilishimiz kerak. Qonunlar faqat siz yo biz emas, balki butun jamiyatni himoya qilish uchun o'rnatilgan. Hurmat bilan, Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • O'lkaning eng olis nuqtalarigacha yetib bormoqchimiz, dedik... Bugun jamoadoshlarimizdan biri qoraqalpoq tilida ham kitob chiqarishni taklif qildi. Dastlabki kitoblarimiz manga janrida bo'lgani uchun qoraqalpoq tilida ham manga chiqarsakmi, deyapmiz. Bu borada qoraqalpoq qondoshlar nima deydi? Sizdan ham qo'llab-quvvatlov keladimi? Shaxsan biz bu borada hamma narsaga tayyormiz. Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • Grafik dizayner va rassomlarni kitob dizayni bo’yicha hamkorlikka chaqiramiz. O’z uslubi va ish ahloqiga ega bo’lgan do’stlar vacancies@massagetbooks.com e-mail manziliga CV va portfolio’larini jo’natishlari mumkin. Ishlari ma’qul kelsa, o’rtacha uch ish kunida ularga javob beriladi. @massagetnashr

  • Bolalarni ham unutmadik 😇 Yaqin kunlarda bolalar adabiyoti bo’yicha tayyorlanayotgan kitoblarni ham taqdim qilamiz.

  • Nashriyotimiz Haqida Tez-Tez So'ralgan Savollarga Umumiy Javoblarimiz 1. O'zi nima chiqarasizlar? Javob: Eng katta ahamiyatni fantastik asarlar, manga va komikslarga beramiz. Biroq, albatta badiiy adabiyot bo'yicha ham rejalarimiz bor. 2. Nega aynan manga? Javob: Nega bo'lmasin! Chunki, mangalar ya'ni yapon komikslari o'ziga xos hikoyalari va tasviriy boyliklari bilan ajralib turadi. Ular bir vaqtning o'zida ham tasavvur qobiliyatini kuchaytirib, ham endigina kitob muhitiga kirib kelayotgan kishilarga mutolaa ko'nikmasini singdiradi. 3. Mangalar elektron bo'ladimi yo qog'oz variantida? Javob: Hamma asarlarimiz qog'oz kitob shaklida, mualliflik huquqlari olingan, professional tarjima va grafik dizayn hamda sifatli bosim bilan nashr qilamiz. Bizni boshqa manga muassasalaridan ajralib turadigan tarafimiz ham shu. Ammo, manganing har qanday turi va ko'rinishini sevadigan, uni hamma o'qishini istagan hammaga eshiklarimiz ochiq. 4. Badiiy adabiyotda rejalar qanday? Javob: Massaget jamiyatda fikr hurriyatini himoya qilish uchun qurildi. Fikr esa keng ufqlarda ko'z ochadi. Shu bois yapon, koreys, Falastin va zamonaviy amerikan adabiyotlariga nashriy katalogimizda joy ajratdik. Yana bugungacha o'zbekchaga o'girilmagan Proust, Faulkner kabi yozuvchilar ham Massaget Klassiklari kolleksiyasidan o'rin olgan. Yana bugungi dunyoning eng muhim fikriy darg'alarining esselari ham Massaget Essentials kolleksiyasi doirasida nashr qilinadi. 5. Nashriyot manzili qayerda? Kitoblarini qanday sotib olsak bo'ladi? Javob: Kitoblarimiz hali tayyorlov jarayonida. Ular tayyor bo'lishi bilanoq oldindan buyurtma orqali taqdim qilinadi. Bu bo'yicha batafsil ma'lumot ham beramiz. Ofisimiz ham o'sha payt kelib, kitoblaringizni olib ketishingizga tayyor bo'ladi. 6. Nega logo uchun aynan kiyikni tanladinglar? Massagetlar qabilasi bilan qanday aloqasi bor? Javob: Logomizdagi kiyik aslida Buxoro bug'usi yo boshqa nomi bilan xongul. Massaget o'z an'analarini yaratishda ham xonguldek chapdast, ham u qadar nodir bo'lishga intiladi. 7. O'quvchilarga beradiganingiz ma'lum, lekin ulardan nima kutyapsiz? Javob: Yo'ldoshlik. Nashriyot bu ishdan katta iqtisodiy foyda ko'zlamaydi. Asosiy maqsad, o'zbek muhitiga yangi nafas olib kirish. Siz shu yangi nafasga hamohang, bizni bu yo'lda yolg'izlatmasangiz, biz bu yurtning eng olis qishloqlaridagi bolakay-u qizaloqlargacha yetib borolamiz. Shu yo'sin tasavvuri butun, o'ylovi keng avlod shakllanishidan umidvormiz. Nashriyotimiz bilan bog'liq boshqa har qanday savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • Hozirda muallifligi olingan va tarjima jarayoni ketayotgan mangalarimiz: Death Note (birinchi bo'lib chiqishi kutilmoqda) Young Bride's Story Demon Slayer My Hero Academia Bleach Silver Spoon One Piece Naruto Attack On Titan Fullmetal Alchemist Hunter x Hunter One Punch Man Tokyo Ghoul Berserk Vinland Saga Vagabond Rejamizda yana Chainsaw Man va Jujutsu Kaisen ham bor. Faqat, yo'l boshida aytganimizdek, bizni qo'llab turishni unutmasangiz bas. Ushbu ro'yxatni boshqa mangasevarlar bilan ulasholsangiz, xursand bo'lamiz. Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • без подписи

  • Manga Nima? Manga yapon rassomlik san’atining o’ziga xos uslubida chizilgan va muayyan hikoyaga asoslangan komiks ya’ni rasmli roman hisoblanadi. Yaponiyada har qanday komiks turiga manga deyilsada, Yaponiyadan tashqarida faqat yapon uslubidagi komikslar manga deb ataladi. Mangalar ilk bor XVIII asr rassomi Hokusai Katsushika tomonidan yoshlar uchun darslik sifatida yaratilgan uslubiy mashq kitobida ko’zga tashlanadi. Katsushika bambuk tayoqlarini birlashtirib, sahniga bir turkum rasmlar chizadi va bu rasmlarni manga deb ataydi. Atama Kanji “漫 - man” ya’ni “beparvo, beg’am” va “画 - ga” ya’ni “rasm” so’zlarining birlashishidan kelib chiqqan. Mangalar o’z qoidasiga ko’ra ko’plab jilddan tashkil topishi mumkin. Har bir jilddagi hikoya o’rtacha 20-25 bet bo’lsa ham rasmlar bilan qo’shib hisoblaganda 150 bet atrofida bo’ladi. Mangalar asosida ishlangan filmlar esa anime hisoblanadi. Biroq, barcha animelar mangaga asoslangan yo barcha mangalar anime uchun tayyorlangan bo’lavermaydi. Mangalar XX asr oxirida Yevropa va Amerika e’tiborini o’ziga jalb qilgach, animelar rivoji barobarida chinakamiga “portlaydi”. Mangalar o’z ichida seinen, shonen, shojo, josei kabi ost-turlarga bo’linadi. Biz ham kelajakda bu turlar orasidan o’zbek o’quvchilariga moslarini tanlab, ham kattalar, ham bolalar uchun nashr qilishni ko’zlaganmiz. Yuqorida nomlari aytib o’tilgan ost-turlar haqida ham ko’p o’tmay ma’lumot beramiz. Massaget - Mardlarcha Tasavvur Qil!

  • без подписи

  • 15 авг. 2024 г.10,2 тыс8545

    Mardlarcha Tasavvur Qil! Bugun tasavvur va fikr erkinligini qo'llab quvvatlash uchun Massaget Nashriyotiga asos solindi. Nashriyot avvalo o'zbek o'quvchisiga o'z ildizlaridan uzilmagan holda kashfiyot ruhini singdirishni maqsad qilgan. Uning nomi, "Massaget" ham aynan shu, ham Turkiston tuproqlari, ham dunyo tarixiga mahkam bog'langan. Massaget o'z kitoblarini jamiyat emas, balki jamiyatni o'zgartirmoqchi bo'lgan shaxslar uchun chiqaradi. Aynan shu orqali u o'quvchiga yangi kitoblar, yangi uslub va yangi ohanglar bilan birga yangi dunyolarni ham taqdim qiladi. O'zbekistonning Fantastika va Geek madaniyatga ixtisoslashgan birinchi nashriyoti quyidagi turkumlarni diqqatingizga havola etadi: MassaGeek - manga, komiks, manhwa va epik/ilmiy fantastik romanlar; MassaLit - zamonaviy jahon adabiyoti; Massaget Essentials - psixologiya va psixiatriyaga oid esse to'plamlari; MassaKids - bolalar adabiyoti; MassaTeen - o'smirlar adabiyoti. Kitoblar bilan chiqqan bu yo'limizda siz ham bizga yo'ldoshlik qilasiz, degan umiddamiz. Yaqin kunlarda hozirda nashr uchun tayyorlanayotgan manga va romanlarimiz haqida ma'lumot beramiz. Massaget Nashr