MILTON BOOKS
СтатистикаAllohdan o'zga iloh yo'qdir... Xo'ja Ismoil's Bookish world... Enjoy the biggest collection of BOOKS! Reklama: @miltonadss
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 69
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 070
- 1/48двое суток
- 1 226
- 1/72трое суток
- 1 322
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Энди ҳаммаси ўзгармоқда ва жуда тез! Кўпчилик уйқуга кетишдан олдин катта мақсадлар қўяди. Аммо эрталаб уйғонганда ҳаммасини унутиб, одатдаги ишга шўнғийди. Орзу орзулигича қолаверади. Чунки уни рўёбга чиқарадиган йўл кўрсатувчи йўқ. 10 йил олдин Иброҳим Аҳмадхонов ҳам молия, солиқ ва аудит соҳасида эксперт бўлишни орзу қиларди. Лекин на ишончли манба, на тайинли китоб бор эди. Бугун у ўша бўшлиқни ўзи тўлдирмоқда: китоблар ёзади, амалий постлар улашади, бир пайтлар ўзи ўрганишни истаган ҳамма нарсани. Агар молиявий ҳисоб, солиқ ва аудит бўйича билимингизни оширишга жиддий қарор қилган бўлсангиз, биз ҳам сизга жиддий таклиф берамиз. 📗 Ўзбек тилидаги каналга ўтиш учун ҳаволага босинг. 📕 Рус тилидаги каналга ўтиш учун ҳаволага босинг. Келинг, биргаликда ривожланамиз!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
💰 Farzandingiz pulni sanashni emas, uni boshqarishni o’rganyaptimi? Ko’p ota-onalar bolaga: ✅ Pulni tejashni aytadi. Lekin juda kam ota-onalar: ✨Pulni qanday topish, ✨Qanday rejalashtirish, ✨Qanday to’g’ri sarflashni o’rgatadi. Bolalar uchun moliyaviy savodxonlik zerikarli dars bo’lishi shart emas. 🎲 Uni o’yin orqali o’rgatish mumkin: • “Do’kon” o’yini tashkil qiling. • Oilaviy budjetni birgalikda tuzing. • Cho’ntak pulini maqsad bilan bering. • Tejash va investitsiya haqida yoshiga mos misollar keltiring. • Har bir xarid oldidan bitta savol bering: “Bu ehtiyojmi yoki shunchaki xohishmi?” Shunda bola nafaqat pulni ishlatishni, balki qaror qabul qilishni ham o’rganadi. Bugun berilgan moliyaviy tarbiya ertaga farzandingizning mustaqil hayotiga xizmat qiladi. 👇 Sizningcha, bolaga pul haqida necha yoshdan boshlab o’rgatish kerak? Fikringizni izohlarda yozing. Xo’ja Ismoil ▫️ @miltonbooks
💡 Bolangizga pul bermang! Aksi holda hayvonot bog’idagi zebraga o’xshab qoladi! Hayvonot bog’ida tug’ulib, katta bo’lgan zebrani tasavvur qiling! Unga tug’ulganidan boshlab g’amxo’rlik qilishadi, u xohlasa salqin joylarda yotadi, unda qaysidir tomondan arslon yoki yo’lbars xujum qilib qolmasmikin degan gumonlar bo’lmaydi. U mazza hayotga o’rganadi va bu uni eng ojiz jonzotga aylantiradi. Hayvonot bog’ida o’sgan bir zebrani yovvoyi hayotga qo’yib yuboringchi, bir deganda dumini ham qoldirmay yeb ketishadi. U na qocha oladi, na o’zini himoya qila oladi. Shu sababdan bolalarga imkoni bor eng erta vaqtdan boshlab moliyaviy savodxonlik, muomila madaniyati, kreativlik, vaqt hisob-kitoblari, o’zini tashqi fikrlardan himoya qilishni, to’liq bo’lmasa ham o’z harajatlari uchun to’g’ri yo’ldan pul topishni o’rgatish kerak! Ularga mustaqillik berish kerak. Ularga 1 so’m topish qadrini his qildirish kerak. Shunda ulardan fikri butun va eng asosiysi maqsadi kuchli insonlar yetishib chiqadi. Ko’chaga qo’yib yuborsa bo’rsiq yeb ketadigan yig’loqilar emas! Fikrlar subyektiv! Xo’ja Ismoil 🙏🙏 🌔 @miltonbooks
📌5-QISM. OXIRGI XAT Qora kepkali yigit stol ustiga eski suratni qo‘ydi. — Men o‘sha suratdagi ikkinchi bolaman. Qizil ko‘ylakli yigit bir necha soniya indamay turdi. Keyin oldinga yurib uni quchoqlamoqchi bo‘ldi, ammo ikkisi ham kulib qo‘yishdi. — Sen umuman o‘zgarmabsan. — Sen esa sochingni yo‘qotibsan. Kutubxonadagi taranglik bir zumda kulgiga almashdi. Aziza esa nihoyat barcha sirning yechimini tushundi. Pul, xatlar, suratlar… Hammasi yillar oldin yo‘qolgan do‘stni topish uchun uyushtirilgan edi. Oradan bir oy o’tdi. Aziza yana kutubxonaga keldi. Bu safar hech qanday xat yo’q edi. Hech qanday topishmoq ham. Faqat qizil ko‘ylakli yigit odatdagidek kitoblarni javonlarga joylayotgan edi. Aziza kulib dedi: — Bugun yangi topshiriq yo‘qmi? Yigit ham kuldi. — Yo‘q. — Aniqmi? — Ha. — Zerikarli bo‘lib qolmaydimi? Yigit javon orasidan bir kitobni olib uzatdi. — Bu safar kitobni bemalol o‘qing. — Ichida pul yo‘qmi? — Yo‘q. — Xat-chi? — Balki bordir. Aziza kulib kitobni oldi. Uyga borgach, odatdagidek kitobni varaqladi. Bu safar ham ichidan qog‘oz tushdi. U jilmayib yubordi. Qog‘ozda faqat bitta jumla yozilgan edi: “Endi hech narsani yashirmay tanishsak bo‘ladimi?” Pastida ism bor edi. “Hasan.” Aziza beixtiyor kulib yubordi. Ertasi kuni kutubxonaga kirishi bilan: — Assalomu alaykum, Hasan aka. dedi. Hasan boshini ko‘tarib kuldi. — Vaalaykum assalom… Aziza. Bu safar oralarida na sir bor edi. Na topishmoq. Faqat javonlar orasida endi har kuni davom etadigan yangi suhbatlar bor edi. ▫️ TAMOM.
😒 5-QISM?
📌4-QISM. YASHIRILGAN HAQIQAT Aziza xabarni qayta-qayta o‘qidi. “Bu voqeada qizil ko‘ylakli yigitning aybi bor.” U tun bo‘yi uxlay olmadi. Ertasi kuni kutubxonaga kelgach, yigitni uzoqdan ko‘rdi. Bu safar u odatdagidek kulib qaramadi. Aziza yoniga bordi. — Sizdan bir narsani so‘rasam, rostini aytasizmi? Yigit kitobni javonga qo‘yib, unga qaradi. — Harakat qilaman. Aziza suratni chiqardi. — Bu voqeada sizning aybingiz bormi? Yigitning chehrasi o‘zgardi. U uzoq sukut saqladi. So‘ng sekin dedi: — Ha. Aziza bir qadam ortga chekindi. — Demak, hammasi rost ekan… — Lekin siz o‘ylagandek emas. — Unda qanday? Yigit chuqur xo‘rsindi. — O‘sha kuni men 10 yoshda edim. — Keyin-chi? — Biz yashirinmachoq o‘ynayotgandik. Suratdagi ikkinchi bola o‘rmonga qarab yugurdi. Men esa uni topolmadim… O‘shandan keyin u qaytib kelmadi. Butun mahalla qidirdi. Politsiya qidirdi. Lekin u topilmadi. Yillar davomida men o‘zimni aybdor his qilib yashadim. Kutubxonaga kelishimning ham sababi shu… Chunki bu suratni oxirgi marta aynan shu yerda ko‘rgan edim. Aziza hech narsa deya olmadi. Shu payt yigitning telefoni jiringladi. U ekran tomonga qaradi. Rangi oqarib ketdi. — Nima bo‘ldi? Yigit telefonni Azizaga uzatdi. Ekranda noma’lum raqamdan bitta xabar turardi. “Nihoyat haqiqatni aytding.” Pastida esa yana bitta jumla bor edi. “Endi navbat menga.” Xuddi shu payt kutubxona eshigi ochildi. Ichkariga qora kepka kiygan bir yigit kirib keldi. U to‘g‘ri Aziza tomonga qarab yurardi… Va uning qo‘lida o‘sha eski suratning asl nusxasi bor edi. ⏳DAVOMI BOR…
📌 Ma’lumot uchun: Bloknotni https://t.me/boookpen jamoasidan olganmiz!
без подписи
без подписи
Kitobni qabul qilib oldim, pochta xarajatlari ham to‘lab qo‘yilgan ekan, buning uchun katta rahmat! Kitob va daftar uchun juda minnatdorman, ayniqsa, daftar kutilganidan ham a’lo darajada ekan. Kameramning sifati va bu virtual muloqot hissiyotlarimni to‘liq ifoda etishga ojizlik qilsa-da, ko‘nglimdagi cheksiz quvonchni yetkazib qo‘ymoqchiman. Yoshlarni qiziqarli tanlovlar orqali rag‘batlantirib, bunday qimmatli sovg‘alar ulashishingiz, shubhasiz, yoshlar kelajagiga qo‘shilgan katta hissadir. Kattakon rahmat😊❤️
▫️4-QISM▫️ kutayotganlar nechtamiz?✌️
🪴 3-QISM. SURATDAGI BOLA Aziza suratni qo’lidan qo’ymadi. Qizil ko’ylakli yigitning bolaligidagi surati… Shunga juda o’xshardi. Ertasi kuni kutubxonaga kirishi bilan u yigitni qidirdi. U odatdagidek kitoblarni javonlarga joylayotgan edi. Aziza suratni uzatdi. — Uzr… bu suratdagi bola sizmisiz? Yigit suratni ko’rishi bilan kulgisi yo’qoldi. Bir necha soniya indamay turdi. — Bu surat sizda qayerdan paydo bo’ldi? — Kitob ichidan. — Qaysi kitob? Aziza kitob nomini aytdi. Yigit chuqur xo’rsindi. — Demak… yana boshlanibdi. — Nima boshlanibdi? — Hech narsa. — Mendan nimanidir yashiryapsiz. Yigit suratni qaytarib berdi. — Siz noto’g’ri odamdan javob izlayapsiz. — Unda to’g’ri odam kim? Yigit javob bermadi. Faqat: — Agar yana xat kelsa, menga ko’rsatmang. deb ortiga o’girildi. Aziza yanada hayron bo’ldi. Kechqurun yana noma’lum raqamdan xabar keldi. “Bugun u bilan gaplashdingiz.” Aziza seskanib ketdi. “Siz qayerdan bilasiz?” Javob bir necha soniyada keldi. “Chunki men ham kutubxonada edim.” Aziza darhol yozdi: “Siz kimsiz?” Bu safar javob uzoqroq keldi. “Suratdagi ikkinchi bolani eslaysizmi?” Aziza suratga yana qaradi. Yuzi qoraytirilgan bola… “Ha.” Telefon yana jiringladi. “Uni topishga urinmang.” “Nega?” Bir necha soniya sukut. So’ng oxirgi xabar keldi. “Chunki u 12 yil oldin bedarak yo’qolgan.” Azizaning qo’lidagi telefon titrab ketdi. Ammo undan ham dahshatlisi… Pastda yana bitta xabar paydo bo’ldi. “Va bu voqeada qizil ko’ylakli yigitning aybi bor.” ⏳ DAVOMI BOR…
❔Qanday kitob ulashay?