BookloverCouple ✨
СтатистикаKitoblar – bizni birlashtirdi 💕 Hamkorlik uchun : @booklovercoupleoffice
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 87
- 1/48двое суток
- 99
- 1/72трое суток
- 107
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Demak, “Frankenshteyn” romaniga kelgan sahifamizgacha taqriz yozib qo‘ymasak bo‘lmaydi. ✍️ Avvalo, syujet haqida. Viktor Frankenshteyn, ilm-fanga juda qiziqadigan, katta kashfiyotlar qilishni orzu qiladigan yosh olim. U inson hayoti va o‘limining sirlarini…
Ba’zi bir viloyatlarda kinoteatr yo‘qligi juda alam qiladi. Bu masalani bir ko‘rib chiqish kerak, nazarimda. Aylanay deb ko‘chaga chiqsang - kinoteatr yo‘q. Hech bo‘lmasa yoz bo‘yi ochiq osmon ostida bo‘lsa ham, kino namoyishlari tashkil qilinsa yaxshi bo‘lardi. Yoz ham tugadi deyarli. Ikki soatlik filmda odam hayot tashvishlarini biroz unutib, boshqa bir olamga kirib chiqadi.
AI ga kitobdan kelib chiqib, “Frankenshteyn” yaratgan mavjudotni tasvirlab ber desam, mana shunaqa tasvirlabdi. O‘zim ham qo‘rqib ketdim.😱 Storymizga esa roman asosida ishlangan eng so‘nggi film - 2025-yildagi “Frankenshteyn” filmidan bir parcha joyladik. To‘g‘risi, shu kinodagi qahramon ancha yaxshi ekan.
Yangi kitob mutolaasini boshlayapmiz. Toʻgʻrisi, janr tanlamay oʻqiyapmiz. 🆕 “Frankenshteyn” haqida shunday deyishadi: “Bu qo’rqinchli mahluq haqidagi roman emas, balki insoniyat va mas’uliyat haqidagi asar.” Endi o‘qib, o‘z xulosamizni ulashamiz. …
Mana endi rostan ham zarar bera boshladi. 😅 Bunaqa reelslar chiqib qolsa, kitobxon odam tushunadi. Endi kitob o‘qishni boshlagan inson esa, bilmadim… Siz esa e’tibor bermang. Yosh maktab o‘quvchisi joylagan post ekan, shunchaki Reels’ga chiqib ketib qolibdi.
#review O‘tkir Hoshimovning “Qalbingga quloq sol” qissasini ham hali o‘qimagan edik. Dam olish kuni bekor o‘tmasin deb, kecha kuni bo’yi sevimli adibimizning qissasini mazza qilib o‘qib, tugatdik. 🍀 O‘tkir Hoshimov bizga qanday katta adabiy meros qoldirib ketgan-a! Mutolaada yozuvchining asarlari premium kitoblar ro‘yxatiga kirganida, “Nima uchun ekan?” deb o‘ylagandim. Endi tushundim - haqiqatan ham pul to’lab o’qishimiz kerak. Qissa haqida: Asarda Yodgor va Charosning sevgi ❤️ hikoyasi asosiy voqealar markazida turadi. Yodgor - yetim. Charos esa o‘qituvchi ayolning qizi. Ularning taqdiri tasodifan tutashib, asta-sekin bir-biriga bo‘lgan mehrlari muhabbatga aylanadi. Ammo bu oddiy sevgi hikoyasi emas. Yodgorning bolalikdagi yetimligi, hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan urinishi, Charosning oilasi va atrofidagi odamlarning qarashlari ularning munosabatiga ta’sir qiladi. Bir-birini sevgan ikki insonning yo‘li hamisha silliq kechmaydi. Voqealar davomida Yodgor va Charosning munosabatlari turli sinovlardan o‘tadi. Ayniqsa, insonlarning bir-birini tushunmasligi, hayotdagi noto‘g‘ri qarorlar va kutilmagan fojealar qahramonlarning taqdirini keskin o‘zgartiradi. Qissadagi eng og‘ir voqealardan biri esa yosh Dilfuza bilan bog‘liq. Uning taqdiri va o‘limi asardagi eng ta’sirli nuqtalardan biri bo‘lib, qissani o‘qigan odamni ancha vaqt o‘ylantirib qo‘yadi. Menga qissaning eng yoqqan tomoni - O‘tkir Hoshimov muhabbatni shunchaki “ikki insonning sevgisi” sifatida emas, balki insonning hayotdagi tanlovlari, vijdoni, mas’uliyati va qalbidagi kechinmalari bilan birga tasvirlagani bo‘ldi. Ba’zi joylarini o‘qib, “Qalbingga quloq sol” degan nomning o‘zi ham bejiz emasligini tushunasiz. 📖 Yana o‘sha arxiv postlarimizdan ulashmoqchiman. Agar O‘tkir Hoshimovning boshqa asarlari haqidagi taqrizlarimiz bilan ham tanishmoqchi bo‘lsangiz, mana bu yerga bosishingiz mumkin
без подписи
без подписи
без подписи
📖 Kitobxonlarning ba’zi turlari Hayrli kech, qadrli kitobxonlar! Bugun- Kitobxonlar kuni munosabati bilan sizlar uchun qiziqarli post tayyorladik. O‘zingizni qaysi turda topasiz? 1. Poliglot kitobxonlar - 3 va undan ortiq tilda bemalol kitob o‘qiy oladiganlar. 2. Eski kitoblarga sodiq kitobxonlar - eski kitoblarning hidi, sarg‘aygan sahifalari va shitirlashini yaxshi ko‘radiganlar. 3. Chala o‘quvchi kitobxonlar - kitobni boshlab, oxirigacha yetib bormaydiganlar. 4. Qayta o‘quvchi kitobxonlar - sevimli kitoblarini qayta-qayta o‘qishni yoqtiradiganlar. Siz qaysi turga mansubsiz? Postni kitobxon do‘stlaringizga ham ulashing! 📮
📚 Bugun - Kitobsevarlar kuni! ❤️ Kitob o‘qiydigan, kitob hidini yaxshi ko‘radigan va har bir hikoyadan o‘ziga nimadir oladigan barchani tabriklaymiz! 🫶🏻 Bugun nima o’qiyapsiz?
Until I was arrested - Hibsga olingunimga qadar 🫣 Diqqat 🔞 Agarda siz detektiv asarlarga qiziqsangiz - u lekin asablaringiz bo'sh bo'lsa yaxshisi bu postni shunchaki o'tkazib yuborishingizni tavsiya qilamiz. Kitob Nomi " Hibsga olingunimga qadar" ( Until…
“Siz menga keraksiz” ❤️ Doimo aytib turilishi kerak bo‘lgan so‘zlardan.
Yangi kitob mutolaasini boshlayapmiz. Toʻgʻrisi, janr tanlamay oʻqiyapmiz. 🆕 “Frankenshteyn” haqida shunday deyishadi: “Bu qo’rqinchli mahluq haqidagi roman emas, balki insoniyat va mas’uliyat haqidagi asar.” Endi o‘qib, o‘z xulosamizni ulashamiz. Ish va oʻqish taʼtili ham yakunlanib bormoqda. Yuklamalar koʻpaygani sari sevimli mashgʻulotimiz - kitob oʻqishga vaqt ajratish tobora kamayib boradi. Xohlasak ham, vaqt cheklangan. ☹️ Shuning uchun imkon qadar vaqtingizni oʻzingiz boshqara oladigan, zamonaviy va erkin ish grafigiga ega kasblarni tanlashga harakat qiling. Chunki vaqt - qayta topib boʻlmaydigan eng qimmat boylik. Uni oʻzingiz sevgan mashgʻulotlarga sarflash imkonini beradigan kasb esa eng yaxshi tanlovlardan biridir.
Ayol ilm o’rgansa, ko’z bilan emas, yurak bilan ko’ra boshlaydi💕
Dunyoda 8 milliarddan ortiq inson yashaydi. Har birining o‘ziga xos xarakteri, dunyoqarashi, qadriyatlari va muomala uslubi bor. Shuning uchun ba’zan ayrim odamlarni umuman tushuna olmaymiz. Kitobdagi eng qiziqarli fikrlardan biri shuki, biz boshqalarni ko‘pincha…
без подписи
Dunyoning o’zi yashash uchun xavfli joy
без подписи
без подписи