Munosabatlar psixologiyasi
СтатистикаHar bir vaziyatga yechim bu bizning ONGIMIZDA!🧩 🇺🇿 O'zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi a'zosi Murojat uchun: @durdonatirkasheva_psy
- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 41
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 197
- 1/48двое суток
- 225
- 1/72трое суток
- 243
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Inson dunyoga kelganida unga hech kim: Sen albatta baxtli bo’lishing shart, deb vazifa bermagan. Ammo unga bebaho imkon berilgan: his qilish, anglash, sevish, yo’qotish va yana o’zini topish imkoniyati. Ruh Yerga tushganida, u asl haqiqatni unutadi. Unutadi — qayta eslash uchun. Yo’qotadi — borining qadriga yetish uchun. Og’riydi — uyg’onish uchun. Yiqiladi — kuchini anglash uchun. Adashadi — o’z yo’lini topish uchun. Ba’zan hayot qorong’u bo’lib tuyuladi. Go’yo hamma narsa og’irlashgandek… Odamlar uzoqlashgandek… Yurak esa charchagandek… Aslida esa bu manzilini oxiri emas. Bu — qalbning ichki ko’zi ochilayotgan palladir. Chunki eng yorqin nur ko’pincha eng chuqur zulmat ortidan keladi. Va inson o’zini topgan lahzadan boshlab, hayotni shunchaki yashamaydi… Uni chin ma’noda his qila boshlaydi.
🎬 O‘ZGARISHLAR YO‘LI Psixologik drama janridagi ushbu film insonning ichki ehtiyojlari, amalga oshmagan orzulari va jamiyat bosimi ostida yo‘qolib borayotgan shaxsiyat haqida hikoya qiladi. Film 1950-yillar Amerikasi fonida yashovchi Frenk va Eypril Uiller oilasi taqdirini ochib beradi. Tashqaridan qaraganda ular havas qilgudek oila: chiroyli uy, farzandlar, barqaror hayot va jamiyat tan olgan muvaffaqiyatga ega. Ammo bu ideal manzara ortida chuqur ruhiy bo‘shliq yashiringan. Eypril o‘zini kundalik hayot qafasiga tushib qolgandek his qiladi. U hayotida mazmun, erkinlik va o‘zligini topishni istaydi. Frenk esa o‘zini baxtli deb ishontirishga urinadi, biroq ich-ichidan u ham o‘zi yashayotgan hayotdan qoniqmaydi. Natijada ularning munosabatlarida yig‘ilib kelgan alamlar, aytilmagan hislar va amalga oshmagan orzular kuchli ziddiyatlarga sabab bo‘ladi. 🧠 Psixologik tahlil Bu film bizga juda muhim savolni beradi: Siz o‘zingiz xohlagan hayotni yashayapsizmi yoki boshqalarning sizdan kutgan hayotinimi? Ko‘pincha insonlar xavfsizlik, barqarorlik yoki jamiyatning tasdig‘i uchun o‘z orzularidan voz kechadi. Vaqt o‘tishi bilan esa bu tanlov ichki norozilik, tushkunlik va ruhiy inqirozga olib kelishi mumkin. Filmda ko‘tarilgan asosiy mavzular: ☑️ O‘zlikni yo‘qotish ☑️ Oilaviy munosabatlardagi yashirin nizolar ☑️ Amalga oshmagan orzularning og‘rig‘i ☑️ Jamiyat stereotiplari ☑️ Ruhiy bo‘shliq va hayot mazmunini izlash 💭 Filmning eng kuchli xulosam: Ba’zan insonning eng katta fojeasi muvaffaqiyatsizlik emas, balki o‘zi istamagan hayotga ko‘nikib qolishidir. O‘ZGARISHLAR YO‘LI — bu shunchaki oilaviy drama emas. Bu o‘z hayotiga tashqaridan qarashga, ichki ovozini eshitishga va Men aslida qanday hayotni xohlayman? degan savolni berishga undaydigan kuchli psixologik asardir. Agar siz ham ba’zan Hayotimda nimadir yetishmayapti… deb his qilgan bo‘lsangiz, bu film sizni befarq qoldirmaydi. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Hayot haqiqatini izlayotganlar uchun… Ko‘pchilik baxtni tashqaridan qidiradi. Yaxshi ish topsam… Ko‘proq pul ishlasam… Mashinam bo‘lsa… Mavqega erishsam… Meni hamma qadrlasa… Ammo yillar o‘tadi, maqsadlar amalga oshadi, lekin qalbdagi bo‘shliq to‘lmay qolaveradi. Chunki haqiqiy baxt tashqi yutuqlarda emas, balki insonning o‘zini qabul qilishida yashiringan. O‘zini qabul qilish — bu kamchiliklaringizga ko‘z yumish emas. Bu o‘zingizni ayblamasdan tan olish, his-tuyg‘ularingizni anglash va o‘zingiz bilan do‘stlashishdir. Eng katta o‘zgarish inson boshqalarning hayotini kuzatishdan voz kechib, o‘z hayoti uchun mas’uliyatni qo‘liga olganida boshlanadi. Siz hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz: 🔘 Boshqalarni emas, o‘zingizni kuzating. 🔘 Taqqoslashni emas, rivojlanishni tanlang. 🔘 Tanqidni emas, anglashni o‘rganing. 🔘 Har kuni kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling. Unutmang: Muvaffaqiyat, mavqe, boylik va e’tirof — hayotning bir qismi, xolos Ammo haqiqiy baxt — bu har kuni o‘zingizning eng yaxshi versiyangizga aylanib borishdir. Buning uchun esa o‘z ustingizda tinimsiz ishlash, ilm olish, fikrlash doirangizni kengaytirish va ichki dunyoingiz bilan ishlash kerak. Chunki hayot juda qisqa… Uni boshqalar hayotini muhokama qilib emas, o‘z taqdiringizni yaratib yashang. Insonning eng katta g‘alabasi — boshqalarni emas, o‘zini yenga olishidir. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Ota-ona farzandini dunyoga keltiradi, voyaga yetkazadi, tarbiya beradi. Ammo bir kun kelib uning mustaqil hayot qurishini ham qabul qilishi kerak. Farzandning ulg‘aygani — ota-onadan uzoqlashgani emas, balki o‘z mas’uliyatini anglaganidir. Turmush qurilgan kundan boshlab ikki inson yangi hayot, yangi qadriyatlar va yangi mas’uliyat yaratadi. Endi ularning baxti, tinchligi va birligi birinchi o‘rinda turadi. Chunki mustahkam oila — bir-birini tanlashdan boshlanadi. Ota-onani hurmat qilish muhim. Ularning duosini olish bebaho. Ammo hurmat qilish bilan o‘z oilangning chegaralarini himoya qilish bir-biriga zid tushunchalar emas. Sog‘lom munosabatlarda ota-ona farzandining baxtidan xursand bo‘ladi. Unga aybdorlik hissini yuklamaydi. Uni tanlov oldida qoldirmaydi. Chunki mehr nazorat qilish emas, mehr — qo‘llab-quvvatlashdir. Shuni unutmaslik kerakki, ota-onangiz sizga hayot berdi. Ammo hayotingizni qanday yashashingizni siz tanlaysiz. Va bir kun kelib farzandlaringiz ham sizdan o‘rnak oladi. Agar siz o‘z oilangizni qadrlasangiz, ular ham kelajakda o‘z oilasini qadrlashni o‘rganadi. Oila — bu faqat qon orqali bog‘langan insonlar emas. Oila — bu har kuni bir-birini tanlaydigan, himoya qiladigan va bir-birining qalbida uy qura oladigan insonlardir. 🌿 Ota-onani hurmat qiling. Qarindoshlarni qadrlang. Ammo qurgan oilangizning tinchligini hech qachon qurbon qilmang. Chunki farzand ulg‘ayganining eng go‘zal belgisi — ota-onasidan yuz o‘girish emas, balki o‘z oilasiga suyanch bo‘la olishidir.
🌷 Bugungi topshiriq — o‘zingizga mehr bering! Bugun oynaga qarang va qalbingizdan chiqib, o‘zingizga ayting: ✨ Men chiroyliman. ✨ Men jozibaliyman. ✨ Men sevgiga loyiqman. Bugun o‘zingiz uchun kichik bayram yarating: 🌷 Chiroyli kiyining. 🌸 Yoqimli atir seping. ☕ Shirin choy iching. 📞 Telefonni bir muddat chetga qo‘ying. Va eng muhimi, tanangizga minnatdorchilik bildiring: 🤍 “Rahmat, tanam… Har kuni meni ko‘tarib yurayotganing uchun. Charchasam ham xizmat qilayotganing uchun. Hayotimni yashashimga imkon berayotganing uchun.” 🔻 Unutmang: 🌿 O‘zingizga berilgan mehr — boshqalarga ulashadigan mehringizning manbai. Bugun o‘zingizni tanqid qilmang. Bugun o‘zingizni seving. #OzimniSevaman #AyolBaxti #PsixologMaslahati #IchkiTinchlik #munosabatlar_psixologiyasii
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🙏🏻 Balki aynan shu ma’lumot kimningdir hayotga boshqacha nigoh bilan qarashiga sabab bo‘lar.
⚠️ Ayollik energiyangizni "o‘g‘irlayotgan" 5 ta yashirin qotil Bugungi shiddatli zamonda ko'pchilik ayollar hamma narsaga ulgurish poygasida o'zlarining asosiy kuchini — ayollik jozibasini yo'qotib qo'ymoqdalar. Siz ham quyidagi tuzoqlarga tushib qolmayapsizmi? 🤩G‘iybat — energiyani isrof qilish: Birovni muhokama qilishga sarflagan vaqtingizni o'z rivojlanishingizga sarflasangiz, hayotingiz sifati butunlay o'zgaradi. 🤩 Hasad — ichki bo'shliq belgisi: O'zganing yutug'iga ko'z tikish — o'z baxtingizdan voz kechish degani. 🤩 So‘kinish va qarg‘ish — ruhiyatni ifloslash: Tilimizdan chiqayotgan har bir og'ir so'z, avvalo, o'z auramizni yemiradi. 🤩 "Erkakcha" mas’uliyatni yelkasiga olish: "O'zim eplayman", "Birovga muhtoj emasman", "Hammasini o'zim qilaman" degan shiorlar — ayollik energiyasining eng katta dushmani. Siz o'zingizni qancha "kuchli" qilib ko'rsatsangiz, hayotingizga shunchalik zaif erkaklarni tortasiz. 🤩Eslatma: Yig‘lashdan, zaiflikni ko‘rsatishdan qo‘rqmang. Ayol kishi his-tuyg'ularini yashirmaganda emas, balki ularni erkin ifoda etganda eng kuchli bo'ladi. 🤩 Erkaklar bilan do‘stlashishdagi "xavfli chegara": Erkaklar bilan ishdan tashqari sirlashish, erkakcha "ha" yoki "yo'q"lar bilan gaplashish sizdagi yumshoqlikni so'ndiradi. Erkak kishi sizni "do'st" deb bilsa, sizdagi ayollik jozibasi u uchun o'ladi. Do'stlashish uchun dugonalar bor, erkaklar esa — sizni asrashi va suyashi uchun kerak. 💜 Nega bu hozir juda muhim? Hozirgi davr ayoldan supermen bo'lishni talab qiladi. Ammo siz supermen emas, baxtli ayol bo'lishingiz kerak. Siz ayollik nazokatingizni saqlab qolganingizdagina, atrofingizdagi erkaklar haqiqiy himoyachi va ta'minotchi rolini o'z zimmasiga olishga majbur bo'lishadi. Ayollik energiyasi — bu sizning yengilmas qurolingiz, uni jangovar o'qlarga almashtirmang! MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Mening yo‘lim – bu shunchaki manzilga intilish emas, balki har bir lahzaning qadriga yetib yashashdir. Men uchun yiqilish – mag‘lubiyat emas, balki qadam olishni o‘rganish, qiyinchilik esa – o‘zlikni anglash uchun berilgan hikmatli darsdir. Hayotimni bir chiziq deb emas, balki tinimsiz o‘zgarib turuvchi buyuk bir uyg‘unlik deb bilaman. Bu borliq bilan bir ekanligimni, har bir nafasimda dunyoning bir bo‘lagi emas, balki uning o‘zi ekanligimni anglab yashash – mening eng katta yutug‘im va quvonchimdir. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
🙂Qurbon hayit muborak! Qalbingizdagi yorug‘lik so‘nmasin. 😘 Umid qilishdan, chiroyli niyat bilan yashashdan to‘xtamang… 🤗 Har nafasda Alloh mehrini ko‘rish va unga shukr qilish baxtini tilayman sizga.
✅ Hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiring: odamlarni o‘zgarmas qolipga solishdan voz keching. Ularning tabiati emas, balki ichki dunyosi — resurslari borligini anglang. Mehribonlik — bu shunchaki doimiy niqob emas, balki insonning o‘zida saqlab qolgan yorug‘lik ulushi. Uning yaxshi bo‘lishi — har doim shunday bo‘lishi kerak degani emas, balki shunga yetgulik ichki kuchini topa olayotganidan dalolatdir. ✅ Hatto eng xushmuomala odamlar ham bir kun kelib qalb to‘lib, baqirib yuborishi mumkin. Donolarning ham aqli to‘xtab, adashadigan lahzalari bo‘ladi. Iste’dod egalari ham sukut saqlashga, g‘ayratlilar ham yiqilishga majbur bo‘ladi. Dunyoga mehr ulashuvchi insonlar ham bir kun kelib, o‘zining jarohatlarini davolash uchun qobig‘iga o‘ralib oladi. ➖ Hech kim temirdan emas. Har bir yurakning o‘z "yoqilg‘isi" bor va vaqti kelganda, u ham tugaydi. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Ba’zan ishonch insonni hayoti o‘zgacha yo‘nalishga burib yuboradigan kuchga aylanadi 😄. Tasavvur qiling: siz tanish va xavfsiz tuyulgan hayot chegarasida turibsiz. Bu yerda hamma narsa oddiy — mantiqiy, tushunarli, odatiy 🏠📝. Ammo oldinda noma’lum yo‘l bor. U yerda kafolat ham yo‘q, aniq javob ham ❔. Faqat qalbingizdagi sokin bir his: Davom et… Va siz qo‘rqsangiz ham, qadam tashlaysiz 👣. Aynan shu lahzada inson ichida yangi dunyo ochiladi 🌍. Chunki ba’zi haqiqatlarni faqat ishongan odamgina ko‘ra oladi. Ishonch — bu ko‘r-ko‘rona kutish emas. Bu hali yo‘l to‘liq ko‘rinmasa ham, yurak sezgan tomonga yurishga jur’at topishdir ❤️🚀. Ba’zan eng katta mo‘jizalar aynan bilmayman, lekin harakat qilaman degan qarordan boshlanadi 😄🎢. 🤔 Sizchi… Noma’lumlikka qadam tashlashdan qo‘rqasizmi yoki bir joyda qolib ketishdanmi? MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
✖️ Sizni hayotda orqaga tortadigan 3 ta odat Agar quyidagi holatlarda o‘zingizni tanisangiz — bu odatlar bilan xayrlashish vaqti kelgan. Chunki insonning baxti ham, muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan uning ichki holatiga bog‘liq. ⭕️ Pessimizm “Hammasi yomon”, “mendan hech narsa chiqmaydi” degan fikrlar insonning kuchini so‘ndirib boradi. Hayotni qanday qabul qilsangiz, u sizga shunday ko‘rinadi. Shuning uchun har bir vaziyatdan yaxshilik izlashni o‘rganing. ⭕️ Nomustahkamlik Bugun boshlab, ertaga tashlab qo‘yish — orzularni uzoqlashtiradi. Maqsad sari sekin bo‘lsa ham harakat qilgan inson oxir-oqibat natijaga yetadi. ⭕️ Befarqlik Sovuq munosabat insonni odamlardan uzoqlashtiradi. Hayotda esa eng katta tayanch — samimiy aloqalardir. Mehr, e’tibor va ochiqko‘ngillik insonni qadrli qiladi. ✨ Baxt — tashqi omadda emas, ichki dunyoingizni qanday qurishingizda.
Aslida emotsiyalar — bu organizmning tabiiy reaksiyasi, uni oddiygina yoqish/o‘chirish mumkin emas. His-tuyg‘ularni ichga yutish esa ko‘pincha yanada kuchli ruhiy bosim va zo‘riqishga olib keladi. ✅ Eng foydalisi — hislaringizni anglash va ularni sog‘lom tarzda ifoda etishni o‘rganish: — hislaringizni so‘z bilan aytish; — yaqin inson bilan bo‘lishish; — jismoniy faollik bilan shug‘ullanish; — nafas mashqlaridan foydalanish. Kuch — hislarni bostirishda emas, balki ularni sezish va boshqara olishdadir. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
O‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi, ammo unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish mumkin. Sizni ortga tortayotgan narsalarni qo‘yib yuborganingizda, buguningiz uchun energiya va kelajagingiz uchun kuch paydo bo‘ladi. 👥 Bugun bir lahza to‘xtab, o‘tmish haqidagi qaysi fikrlar hali ham sizga ta’sir qilayotganini kuzatib ko‘ring. O‘zingizdan so‘rang: Bu fikr menga hozir foyda beryaptimi? Agar yo‘q bo‘lsa — uni mehr bilan qo‘yib yuboring. 🧩 Erkinlik — inson bugungi kun bilan yashashni tanlagan joydan boshlanadi. MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI