Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
СтатистикаOddiy odamlar orasidagi ibratli voqealar, motivatsion soʻzlar va fikrlashga undovchi, ta’sirchan hikoyalarning barchasi bizning sahifamizda mujassam. ❗️Kanaldagi har bir postga reaksiya bosish shart! 🤝 Reklama xizmati: @hamkoradmin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 16
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 420
- 1/48двое суток
- 5 038
- 1/72трое суток
- 5 433
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
🗣Ko‘ngilni davolagan muomala Qadimgi Xitoyda bir qiz turmushga chiqdi. Kelinlik hayotining ilk kunlaridanoq eri va qaynonasining xizmatiga kirishdi. Biroq nimagadir eri uni tez-tez tergar, ba’zida ayblarini yuziga solardi. Ayol bora-bora bu holdan bezdi, undan qutulish payiga tushdi. O‘ylay-o‘ylay giyohlar bilan davolaydigan tabibnikiga yo‘l oldi. U otasining eski tanishi edi. Ayol tabibga dilini yordi: ↪️Men erim bilan ortiq yashayolmayman. Jonim hiqildog‘imga keldi, to‘yib ketdim. Sizning yordamingizga muhtojman. Bir ilojini toping, istagan pulingizni beraman... Giyohchi-tabib uning maqsadini tushundi-yu, lekin o‘zini go‘llikka solib so‘radi: ➡️Senga qanday yordam berishim mumkin? ↪️Kuchli zahar kerak. O‘sha bilan erimni zaharlayman va barcha alam-iztiroblardan qutulaman. ➡️Giyohchi uzoq o‘yladi, so‘ng: – Bo‘pti, senga yordam beraman. Lekin ikkita narsani yaxshilab tushunib ol. Birinchisi, sen eringni birdaniga zaharlamasliging kerak. Yo‘qsa, nima bo‘lganini odamlar tezda payqab oladi. Men senga eringni asta-sekinlik bilan zaharlaydigan bir giyoh beraman. U xuddi o‘z ajali bilan o‘lgandek bo‘ladi, hech kim hech narsa sezmaydi. Ikkinchisi, shubha-gumonlardan nari bo‘lish uchun g‘azabingni yashirishing shart. Eringni hurmatlashing, sevishing, so‘zini ikki qilmasliging va sabrli bo‘lishing kerak. Agar shuni uddalay olsang, u o‘lgan payti hech kim sendan shubhalanmaydi. Qiz aytilganlarga rozi bo‘ldi. Har kuni erining ovqatiga giyohlardan ozgina-ozgina qo‘sha boshladi... Xotinining muomala-munosabati yaxshi tomonga o‘zgargani, muloyimlashganini ko‘rgan er unga mehr qo‘ydi, uni tergamaydigan, mayda-chuyda kamchiliklariga ko‘z yumadigan bo‘ldi. Bir kuni yuragi hayajonga to‘lib: “Sen dunyodagi eng yaxshi rafiqasan. Yigitligimda xuddi shunday turmush o‘rtog‘im bo‘lishini orzu qilgandim”, deb dil izhori qildi. Qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlar ham yaxshilandi. Yarim yil o‘tar-o‘tmas ular xuddi ona-boladay inoq bo‘lib ketishdi. Shunday kunlarning birida qiz giyohchining huzuriga keldi. Unga yalinib-yolvora boshladi: ↪️Sizdan o‘tinib so‘rayman, erimni qutqaring. Anavi zaharning kuchini kesadigan biror narsa bering. U kishining o‘lishini istamayman. Erimni yaxshi ko‘raman, u dunyodagi eng yaxshi umr yo‘ldoshi. ➡️Bu gapdan tabibning yuziga tabassum yugurdi. So‘ng qizning ko‘nglini bir dunyo quvonchga to‘ldirgan mana bu gaplarni aytdi: – Xavotirlanma, qizim. Men senga hech qanaqa zahar berganim yo‘q edi. U giyohlar shunchaki ziravor, xolos. Zahar aslida sening miyangda, ongingda edi. Mana, undan qutulibsan. Seni tabriklayman. Qo‘shganing bilan qo‘sha qari, baxtli bo‘l, qizim. ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
♦️Doktor Ishon Husayniy safarga otlandi. Tibbiyot sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun xalqaro anjumanga taklif etilgan. Samolyot osmonga ko‘tarildi-yu, ob-havo aynigani bois yo‘nalishini o‘zgartirib, boshqa shaharga qo‘ndi. Keyingi reys o‘n olti soatdan so‘ng ekan. Bundan xabar topgan doktor qattiq asabiylashdi: “Shuncha vaqt kuta olmayman, kechga qolaman axir!”. Aeroport xodimlari ijaraga avtomashina olib, manzilga tezroq yetib borish mumkinligini aytishdi. 🔹Janob Husayniy shosha-pisha yo‘lga chiqdi, ammo aksiga olib, tez orada jala quya boshladi. Atrofda na bir zot, na boshqa ulov ko‘rinadi. Bunday havoda mashina boshqarishning o‘zi bo‘lmaydi. Doktor yo‘l yuzidagi chog‘roq bir uy yonida to‘xtab, eshikni taqillatgan edi qulflanmagan ekan. Yomg‘irda ivib ketgan musofir mezbondan ijozat ham so‘ramay, o‘zini ichkariga urdi. Unga keksa ayol peshvoz chiqdi. Doktor onaxonga uzrini aytib, hovliqqan ko‘yi vaziyatni tushuntirdi: ➡️Zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishim lozim, telefoningizni berib tursangiz. ↪️Ayol kutilmagan mehmonning ahvolini ko‘rib, unga achindi: Bolam, ichkariga kiring, bir piyola choy ichib, ust-boshingizni quritib oling. Ish qochmas... ➡️Doktor bu gaplarga ahamiyat bermay, iltimosini takrorladi: – Telefoningiz bormi, qo‘ng‘iroq qilib olsam bo‘ladimi? ↪️Telefonimiz yo‘q-da, bolam, – xijolatomuz javob berdi ayol. 🔹Chorasiz qolgan mehmon onaxonning taklifini qabul qildi, ichkariga kirib isindi, egnini quritdi, bir oz tamaddi qildi. Shunda qo‘shni xonada unsizgina yotgan go‘dakka ko‘zi tushdi. Tepasiga borib, uning xasta ekanini angladi. ➡️Xolajon, bu bolaga nima bo‘lgan? ↪️Bu nevaram... ham otasi, ham onasidan ayrilgan. Shaharchamiz shifokorlari kasaliga chora topa olishmadi. Ularning aytishicha, poytaxt tomonlarda Ishon Husayniy degani bor ekan, nevaramni faqat shu odam davolay olarmish. Uni qanaqa qilib topaman? O‘zim u yoqlarga borolmasam, birovni jo‘natib, chaqirtiray desam, qo‘lim kaltalik qiladi... – Onaxonning ovozi titrab ketdi. – Kechayu kunduz Parvardigorga iltijo qilib, jigarbandimning dardiga davo topadigan o‘sha bandangga ro‘para qil, deyman. ➡️Xokisor bu ayolning gaplarini tinglarkan, janob Husayniyning bo‘g‘ziga bir nima tiqildi, ko‘zlari yoshlandi. – Xolajon, Alloh duolaringizni qabul qilibdi. Sizning iltijolaringiz osmonda chaqmoq chaqtirib, samolyotni yerga qo‘ndirdi, jalalar quydirdi va nihoyat, meni eshigingizga keltirdi. Siz izlayotgan doktor Husayniy men bo‘laman. Yaratgan bandalarining chin ixlos bilan qilgan duolarini ijobat etishiga, istaklarini ro‘yobga chiqarishiga yana bir bor imon keltirdim. Go‘dakka shifoni Alloh beradi, men bir sababchiman, xolos. ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
🗣Erning so‘zi – ayolning mo‘jizasi ♦️Bir shaddod, erkakshoda ayol qo‘shnim bor edi. Baxti kelishmay 2 taga turmushga chiqib qaytgandi. Uydan nonvoyxona ochib, o‘zi bozorda non sotardi. Rosti, oldingi erlarini ham shu ayol boqdi-yov? Har ko‘rganimda “shunday yuraverasanmi? Oila qurib, tezroq bola-chaqali bo‘lgin axir” desam, ovozlari do‘rillab “Eee erni beti qursin” – der edi. Taqdir bo‘libmi, bir yigit non yopuvchi bo‘lib ishga kelgan va ko‘ngil-ko‘ngilga tushib, oila qurishdi. Qarindosh, tanish-bilish uchun kichkinagina ziyofat ham qilib berishdi. 🔹Men o‘z yumushlarim bilan bo‘lib ancha ko‘rishmadik. Yaqinda non olay deb bozorga kirsam, u yo‘q, o‘rnida boshqa yigit. “Opamni eri bozorga chiqarmay qo‘ygan. Men sotuvchilariman” degan gapni eshitib xayratda qoldim. Ishonmay, uyiga kirib o‘tishga qaror qildim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, do‘rillagan, erkakshodadan asar ham yo‘q. Sochlar bo‘yalgan, lozim-xalatlari o‘ziga yarashib turgan, hatto nim pardoz ham qilib olgan oydekkina ayol yonimga yugurib chiqdi. Ana sizga mo‘jiza! Rosti, hayratimni berkitmadim. U kulib “zo‘rdan zo‘r chiqsa, zo‘r pusib qolar ekan, opa” – dedi kulib. ☝️Voqea mana bunday bo‘libdi: ular oila qurishgach, eriga oldingidek muomala qilgan ekan, bir tarsaki yebdi. Joni chiqib, jazavaga tushib, “Men eringman, xotiningmas, bugundan boshlab ostona xatlab ko‘chaga chiqib ko‘r-chi, seni o‘zim boqib olaman! Men xotinni qo‘yish uchun olmaganman. Bolalarimni onasi, uyimni bekasi deb olganman” degan hukmini eshitibdi. U qilibdi, bu qilibdi, oxiri taslim bo‘libdi ayol. “Sen o‘zinga qara, uyni, meni eplasang bo‘ldi. O‘rningga sotuvchi olaman” deya ishlatmay, yana boshqa joydan ham “tochka” ochganmush... ayol tinmay gapirardi. Men esa lol bo‘lib tinglardim. Mana sizga erning roli! “Er qilmoq ham yer qilmoq ham ayol” degan naqlga “Gul qilmoq ham, kul qilmoq ham erkak” degan naqlni to‘qigim keldi. ©️Sevdora Latipova ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
🗣Halol kasb barakoti ♦️Xiva xonligi davrida Xo‘janiyoz degan ko‘mirfurush hayot kechirardi. Xo‘janiyoz imon e’tiqodli, kamtar va halol inson edi. U xorijdagi savdogarlar bilan aloqa qilar, ular yuborgan ko‘mirni sotib, tirikchilik qilar edi. Kunlardan birida Xo‘janiyoz ko‘mir qoplarini ocha turib, ulardan biri ko‘mir emas tillo bilan to‘laligini biladi. Hayratga tushib xorijdagi sheriklarga qoplardan birida ko‘mir emas tillo kelganini, uni qaytarib olishlarini so‘rab murojaat etadi. Xorijlik savdogarlar ham tillo yuborilishidan xabarlari yo‘qligini e’tirof etishib, uni qaytarib olishdan bosh tortadilar. Hayron bo‘lgan Xo‘janiyoz qopdagi oltinlarni nima qilishni bilmay, Xiva xoni huzuriga borib voqeani tushuntiradi va xondan tillolarni xazinaga olishni iltimos qiladi. Xon xazinabon chaqirib, voqeani aytadi. Xazinabon “Xon hazratlari, agar xazinadagi halol mulkka, egasi noma’lum shubhali boylikni aralashtirilsa, xalq mulkinining halolligiga puturi yetishi mumkinligini aytadi”. Xiva xoni Xo‘janiyozni noumid qaytarmaslik uchun atrofdagilardan maslahat so‘raydi. Vazir Xo‘janiyoz tilloni puliga masjid solishi lozimligini, agar pul halol bo‘lsa masjid ko‘p vaqtga yetishini, agar shubhali bo‘lsa uzoqqa bormasligini aytadi. Xonga bu taklif ma’qul keladi. Xo‘janiyoz qurdirgan masjid-u madrasa hozir ham Xivada. Oddiy ko‘mir sotuvchi Xo‘janiyoz halolligi tufayli boylikka ega bo‘lib, madrasa qurib tarixga kirdi. Halollikda gap ko‘p. ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
Insonga hayotda nima muhim? Pulmi, uymi, farzand yoki oila....! Lekin bulardanam eng muhimi mehr ekan... ‼️Shu yoshga chiqib, qanchadan qancha insonlar hayotiga guvoh bo‘ldim, qancha insonlar bilan muloqotda bo‘ldim. Lekin bir narsaga qattiq amin bo‘ldimki, insonlar mehrsizlikdangina baxtsiz bo‘lar ekan. Hayotimda ish, uy joy, bola, ona, jigar deb yashayveribman, yashayveribman. Pul kerak, ishlashim kerak, farzandlarim katta bo‘layapti, boqish kerak kiyintirish kerak, bog‘cha, maktab, dars... pul... pul... pul... ➡️Onam hafa bo‘lmasinlar, ishlashim kerak, farzandlarim kam bo‘masin, ishlashim kerak, uyim joyim yo‘q, ishlashim kerak... ➡️Onam siqilmasinlar dardimni yashiray, farzandlarim tushunmaydi, ko‘z yoshlarim berkitay... Ukam tushunmaydi, unga indamay...Sevgan insonim hafa bo‘masin, dardimni etmay.... ‼️Lekin bir savolni hech kim bermaydi: “Senga nima kerak?” Doim bir narsa yodimdan chiqmaydi. “Insonni ayovsiz yillar qaritadimi? Yo‘q, insonni uyqusiz tunlar-u, mehrsiz yillar qaritadi...” Mana menga nima kerak! Haqiqiy beg‘ubor mehr... Shunchaki mehr!!! ✔️Qadrli insonlaringizdan mehringizni darig‘ tutmang, chunki siz berayotgan har bir tomchi mehr ularni yashashga undaydi, hayotga qaytaradi. Hoziroq ularga “Yaxshiyam hayotimda borsiz” deng! Ahir hozir aytmasangiz qachon aytasiz? Ahir siz aytmasangiz kim aytadi... ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✨ Ba’zi rasmlar minglab so‘zlardan ham kuchliroq gapiradi… Hayotga boshqacha nazar bilan qarashga majbur qiladigan suratlar. Qaysi biri eng chuqur ma'noga ega? ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
🗣Ta’sirli voqea ➡️Ma’ruza payti masjid imomi dedi: Umrimning eng yaxshi damlari jufti halolimdan boshqa bir ayol bilan birga o‘tdi. ♦️Odamlar bu so‘zni eshitib seskanib ketishdi va dahshatga tushishdi. Imom esa ta’sirchan ovoz bilan, xotirjam holda: Ha! Darhaqiqat umrimning eng yaxshi damlari onam bilan o‘tkazgan kunlarimdir, – deb so‘zini tugatdi. 🔹Masjiddagilar bu so‘zni eshitib xursand bo‘lishdi, hatto ba’zilarining ko‘zlari yoshlandi. Suhbatda qatnashganlardan biri ma’ruzadan ta’sirlangan holda uyiga kirib keldi. Nimagadir ona haqidagi o‘sha so‘zlarni takrorlagisi kelib ketdi. ↪️Kechki taom tayyorlayotgan xotiniga qarab dedi: – Umrimning eng go‘zal qismi jufti halolimdan boshqa bir ayol bilan o‘tdi... 🩺 Kasalxona bosh vrachi bemorning yaqinlariga: – Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi. Temir laganni bosh qismdan ajratishga ko‘p vaqt ketdi. Xudo xohlasa tuzalib ketadi, – dedi-yu, o‘tib ketdi. 😅 U bechora “onamjonim bilan birga o‘tkazgan damlarim” deb aytishga ulgurolmay qolgan edi.. ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
без подписи
♦️Professor bir talabani kursiga chiqarib qo‘yib, undan o‘tgan darsni aytib berishini so‘radi. ‼️So‘ng stol ustiga chiqarib, o‘tgan maʼruzani aytishni so‘radi. Shundan keyin domla stol ustiga bir taburetka qo‘yib, uning ustiga chiqib darsni aytishini so‘radi. Bu holatda talaba tushib ketmaslik uchun muvozanatni boshqarishga urinsa-da, nima deyotganini o‘zi ham bilmay, safsata to‘qiy boshlabdi. ↪️Ustoz bu hodisadagi asosiy maqsadni bildirish bilan darsni yakunladi: – Kishi yuqoriga ko‘tarilgani sari, tuturuqsiz gaplarni gapirib, safsata to‘qiy boshlaydi. Chunki, miya og‘izdan chiqayotgan so‘zlarga emas, balandlikdan tushib ketmaslikka diqqat qaratadi. Shu sababdan o‘zini yuqorida deb biladiganlar bemaʼni safsatalar to‘qib, sharmanda bo‘lishadi... ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo