tgindex
Birga kitob o‘qiymiz

Birga kitob o‘qiymiz

Статистика

☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
32
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
78 162
−1 405 за 5 дн.
Сутки
−338
−0,43%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 539
30 постов
Вовлечённость
5,8%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 32
Упоминаний
15
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
2 999
1/48двое суток
4 603
1/72трое суток
4 964

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 15 авг.1 96949

    🟦🟦🟦🟦🟦 YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali – my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali – mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @bmba_natija_bot 👉 @bmba_natija_1bot 👉 @bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali – test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 15 авг.2 2912

    без подписи

  • 13 авг.3 9492613

    📚 Hurmatli kitobxonlar, bugun sizlarga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Savol mavzusi hozirgi kunda eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biri – sevgi va muhabbat. Ko‘pchiligingiz shu paytgacha 20, 50, balki 100 dan ortiq kitoblarni o‘qigansiz. Turli qahramonlar, turli taqdirlar va turli muhabbat hikoyalariga duch kelgansiz. Shundan kelib chiqib sizga savol: 📖 O‘qigan asarlaringiz ichida haqiqiy, samimiy va chin sevgini qaysi asarda uchratgansiz? ❓Nima uchun aynan o‘shanisi haqiqiy sevgi? 🤔Aslida, haqiqiy sevgi qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni yozayotganda asar nomini ham keltirsangiz, boshqa kitobxonlarga ham yaxshi tavsiya bo‘lardi. Har bir insonning sevgi haqidagi tasavvuri har xil. Shu sababli har bir fikr qadrli va muhim. 👇Balki sizning javobingiz kimningdir keyingi o‘qiydigan kitobini tanlashiga sabab bo‘lar. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 13 авг.2 635удалён 15 авг.

    без подписи

  • 13 авг.3 3752428

    📚Kitobxonlikka katta e'tibor beradigan davlatlar 🇫🇮Finlandiya — Maktab va kutubxonalar tizimi juda kuchli. Deyarli har bir hududda zamonaviy kutubxonalar mavjud va kitobxonlik kundalik hayotning muhim qismi hisoblanadi 🇰🇷Janubiy Koreya — Ta'lim va mutolaa madaniyatiga katta e'tibor qaratiladi. Yoshlarni kitob o‘qishga rag‘batlantirish bo‘yicha turli dasturlar amalga oshiriladi. 🇩🇪Germaniya — Kuchli nashriyot sanoati va dunyoga mashhur kitob yarmarkalari bilan tanilgan. Kitob o‘qish va ilmiy izlanish madaniyati bu yerda yuqori qadrlanadi. Albatta, bu davlatlarning rivojlanganligiga ko‘plab omillar ta'sir qiladi. Biroq, kitobxonlik madaniyati va sifatli ta'lim ularning taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan muhim omillardan biri deb bemalol aytish mumkin 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 13 авг.2 7893удалён 15 авг.

    без подписи

  • 12 авг.3 7515519

    🗣Tovusning dushmani ↪️Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush... Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? ➡️Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. ©️“Masnaviy” Jaloliddin Rumiy 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 12 авг.5 13610175

    🗣Qiz bola — «palaqmon toshi» emas! Ba’zan qiz farzandning taqdiriga yengil qarab, «Baribir birovning xaspo‘shi» deyishadi. O‘qitishga kelganda pul topilmaydi, lekin dabdabali to‘y, sarpo-suruq va kuyov chaqiriqlarga mablag‘ «yerdan chiqqandek» hozir bo‘ladi. Bu katta xato. Qizlarni ilmli qilish — kelajakni asrash demakdir. Benjamin Franklin aytganidek: «Eng yaxshi sarmoya — bu ilmga tikilganidir». Qizingizga tog‘dek sarpo emas, dunyoni anglaydigan ilm bering! 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 12 авг.3 8012удалён 14 авг.

    без подписи

  • 11 авг.5 3834142

    📚Eng qimmat kitob 💰Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri – Kodeks Lekester (Codex Leicester) hisoblanadi. Bu asar buyuk olim va rassom Leonardo da Vinchi tomonidan 1506–1510-yillar oralig‘ida yozilgan. Qo‘lyozma 72 sahifadan iborat bo‘lib, unda asosan fizika, astronomiya, suv harakati va tabiat hodisalariga oid ilmiy kuzatuvlar bayon qilingan ☑️Kitobning odamlarni hayratga soladigan yana bir jihati – Leonardo da Vinchining oyna yozuvi (mirror writing)dan foydalanganidir. Ya’ni u matnni o‘ngdan chapga qarab yozgan va yozuvni faqat oynaga aks ettirgandagina odatdagidek o‘qish mumkin bo‘lgan 1994-yilda bu noyob qo‘lyozmani Bill Gates 30,8 million dollarga sotib olgan. Bu summa inflyatsiya hisobga olinganda bugungi kunda taxminan 49 million dollarga teng bo‘ladi. Hozirda Kodeks Lekester dunyodagi eng qimmat sotilgan qo‘lyozmalardan biri sifatida tarixda qolgan. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 11 авг.удалён 13 авг.

    без подписи

  • 11 авг.4 69579

    ✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ✅Testni ishlash tartibi: ↪️ @bilimtanlovbot manziliga kirasiz va botga /start deb yozasiz. So‘ngra “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. ➡️ Test savollarini ishlash ❗️Muhim eslatmalar! 🔹Sizga bugun va ertaga 50 tadan, jami 100 ta test beriladi. Testlarni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar kunning istalgan vaqtida ishlasangiz bo‘ladi, lekin bugungi testlar ertangi kunga o‘tib ketmasligi kerak, aks holda savollar “kuyib” ketadi; 🔹Test savollarini ishlash uchun siz kamida 5 referal ballga ega bo‘lishingiz kerak (bugun ham referal yig‘ish mumkin); 🔹Test natijalariga ko‘ra kamida 44 ball to‘plagan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi; 🔹Referal ball bo‘yicha natijalar bugun soat 21:00 da to‘xtatiladi va TOP-10 o‘rindagi ishtirokchilar g‘olib deb e’lon qilinadi.

  • 11 авг.удалён 13 авг.

    без подписи

  • 10 авг.4 8233225

    📚Reality of Education – Haqiqat va haqiqatdan ham chuqurroq Bugungi ta’lim tizimi ko‘p narsalarni o‘ylashga majbur qiladi: 🔸Pul va bilimning muvozanati – Ko‘pincha ota-onalar ilm olish uchun og‘ir yuk ko‘taradi. Bilim esa qog‘ozdagi diplom bilan cheklanib qolmasligi kerak. 🔸O‘qituvchi – Talaba – Universitet uchburchagi – Haqiqatan ham, eng katta yuk talabada. U bilim olishni emas, ko‘pincha imtihon topshirishni o‘ylab qoladi. 🔸Maktabga kirish va chiqish – Bolalar maktabga beg‘ubor, rang-barang orzular bilan kiradi. Ammo ko‘p hollarda ular qolipga solinadi, ijodkorligi so‘nadi. Bu esa ta’limning eng achchiq haqiqatlaridan biri. 🔸Kitobning qudrati – Bitta yaxshi kitob hayotni butkul o‘zgartira oladi. Qimmat kurslar, baland binolar emas, aynan birgina to‘g‘ri bilim manbai insonni yo‘ldan chiqarmaydi. 👉 Demak, ta’lim – faqat sinf va diplom emas. Sizningcha, bizning ta’lim tizimimizda eng birinchi navbatda nimani o‘zgartirish kerak? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 9 авг.5 3603433

    📚 Ginnes rekordlar kitobi tarixi ↪️1951-yilda Guinness pivoxonasining direktori Sir Hugh Beaver ov paytida “Yevropadagi eng tez uchuvchi qush qaysi?” degan bahsda ishonchli javob topolmaydi. Shunda u pivoxonalardagi bahslarni hal qiladigan kitob tuzish fikriga keladi. ↪️1954-yilda jurnalist egizaklar Norris va Ross McWhirter kitobni tuzishga jalb qilinadi. ↪️1955-yil 27-avgustda 198 sahifalik birinchi nashr chiqadi va pivoxonalarga tarqatiladi. Rojdestvogacha kitob bestsellerga aylanadi. ↪️Kitob keyinchalik Guinness World Records nomi bilan butun dunyoda mashhur bo‘ldi. Endi u nafaqat kitob, balki onlayn platforma va rasmiy rekordlarni tasdiqlovchi tashkilotdir. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 8 авг.5 3246560

    ↪️Sher tulkiga dedi: «Menga ovqat olib kel. Olib kelmasang, seni yeyman.» ↪️Tulki eshakka yaqinlashib dedi: «Sher seni shoh qilmoqchi. U seni tanladi. Men bilan yur.» Eshak tulkiga ishondi. U sherning oldiga bordi. Sher unga hujum qildi. Eshak qochib ketdi, lekin quloqlaridan ayrildi. ➡️Yaralangan eshak tulkiga dedi: – «Sen meni aldading.» ↪️Tulki xotirjam javobKberdi: – «Sodda bo‘lma. Sher sening quloqlaringni shunchaki toj uchun joy ochish uchun uzib oldi» ➡️Eshak yaralanganidan keyin ham yana qaytib keldi. Sher yana hujum qildi. Bu safar u eshakning dumini uzib oldi. ↪️Tulki yana aldashda davom etdi: – «Endi hamma narsa ideal bo‘ldi. Sen hech qanday noqulayliksiz taxtga o‘tirasan.» ➡️Eshak shubhalandi... Lekin yana qaytib keldi. Bu safar sher uni o‘ldirdi. Tulki sherga eshakning har bir a'zosini olib keldi... miyadan tashqari. ↪️Sher so‘radi: – «Uning miyasi qani?» ↪️Tulki javob berdi: – «Hech qachon eshakda miya bo‘lmagan, shohim. Bo‘lganida, quloqlari va dumini yo‘qotgandan so‘ng yana qaytib kelmasdi.» ‼️Saboq: Sizni bir marta aldagan yoki xafa qilgan odamga ikkinchi imkoniyat berishda juda ehtiyot bo‘ling. Shirin so‘zlarga darrov ishonmang. Sizga maslahat berayotgan har bir inson sizning manfaatingizni ko‘zlayvermaydi. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 8 авг.4 0378942

    🗣Yangi odat (bugun bajaring) Har kuni kechgi vaqtda bugun qilgan eng yaxshi 3 ta ishni (o‘zingizdan, kuningizdan qoniqishga arzigulik bo‘lgan ishlar,kichik bo‘lsa ham) yozib qo‘yish foydalari: ↪️Har kuni kechasi nimadir yozishingiz kerakligini bilib, kunni yanada samaraliroq o‘tkazishga harakat qilasiz; ↪️Doimiy mamnuniyat hissi paydo bo‘ladi va ertangi kun uchun mativatsiya oshadi; Siz bu odatni sinab ko‘rganmisiz? Ha, albatta — 🔥 Yo‘q, endi sinab ko‘raman — ❤️‍🔥 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 8 авг.4 386176

    📚O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

  • 8 авг.4 6991218

    🎙 Kitob — men uchun... 📚 Jajji bolajonlardan tortib, ulug‘ yoshdagi keksa kitobsevarlarimiz uchun kitob nimani anglatishi haqida qisqa javoblarini yuqoridagi videolavhada eshitishingiz mumkin. Kitob kimdir uchun do‘st, yana kimdir uchun baxtga eltuvchi chiroq. Javoblar bir-biridan farq qiladi, rang-barang. ❓ Siz uchun kitob nima? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

  • 8 авг.4 3723019

    🗣Teskari maslahatlar (2-qism) ↪️1. Sizni tanqid qilganlarning gaplarini hech qachon eshitmang. Xatolaringizni to‘g‘rilamang. Xato qilmasangiz ham bo‘ladi ↪️2. Yangi sohalarda o‘zingizni sinab ko‘rmang. Har doim qulay hududingizda qoling. ↪️3. Doimo oson yo‘lni tanlang. Qiyinchilikka duch kelsangiz, taslim bo‘ling. ↪️4. O‘zingizga yaxshi ustoz izlamang. Boshqalardan o‘rganishga hojat yo‘q. Siz shulardan qaysi biriga amal qilasiz? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling