tgindex
Qaytarilish
@qaytarilishузбекский

Jinnixonadan turib yozaman. Fikrlar nisbiy va subyektiv! Shaxsiy: https://t.me/+xGVEhQK0CFBlNTYy

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
40
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
207
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
275
40 постов
Вовлечённость
132,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 40
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
62
1/48двое суток
71
1/72трое суток
76

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Eng katta mag‘lubiyat — bu qilgan xatodan xulosa chiqarmaslik. Umid qilamanki, siz bu xatolaringizni tushundingiz va keyingi imkoniyatingizdan unumli foydalanasiz. Hech qanday siqilishdan va yig‘i-sig‘idan naf yo‘q. Sentyabrni kutmasdan, harakatingizni boshlayvering. Ukam, singlim, hozir aynan o‘qiydigan vaqtingiz. Ilm sizni hech qachon kam qilmaydi. Xudo ham mehnatingizga yarashasini har doim beradi. Oldingizda bir yilga yaqin vaqt turibdi. Bu sizning hayotingizni butkul o‘zgartirib yuboradigan yil. Bu o‘zgarishlar xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon. Ammo bilganim shuki, bir yildan keyin hammasi hozirgidek bo‘lmaydi. Yo sizni baxtiyor, kelajakka umid bilan ko‘ramiz, yo bo‘lmasa o‘zini, yaqin-atrofdagilarini va hattoki rasvo hayoti uchun Xudoni ayblab o‘tirgan umidsiz bir insonni sizda ko‘ramiz. Tanlov qilish esa, doimgidek, o‘z qo‘lingizda.

  • Abituriyentlarga Abituriyentlarga anchadan beri aytaman deb yurgan gaplarim, maslahatlarim bor. Bugun shuni yozishga qaror qildim. Abituriyentlik davrim hayotimdagi eng murakkab davrlardan bo‘lgan. O‘zimni moddiy jihatdan ham, ruhiy jihatdan ham kuchsiz his qilganman. Sinfdoshlarim kunora kompyuterxonaga, aylanishga borgan paytlari menda bunga imkon bo‘lmagan. Hayotimni o‘zgartirish uchun hozir o‘qishim kerakligini bilardim, lekin har doim ham buni qila olmasdim. Ruhan o‘zimni o‘zim ezishlar, telefonga qaramlik, kursdagi o‘quvchilarning fanni mendan zo‘r bilishi meni «sindirardi». Yaqinda bir kanalda o‘qib qoldim. Post «15 yil avval...» deb boshlangan. Postning maqsadi shuki: 15 yil avval hammasi qiyin edi, hozir oson. 15 yil avval abituriyentlar jonini berib o‘qirdi, hozir esa unday emas. Yo‘q, men bu fikrga qo‘shilmayman. O‘qishga kirish har doim qiyin bo‘lgan va har doim O‘zbekistonda hayot-mamot masalasi hisoblanadi. Sertifikat degan «balo» chiqdi, yanada qiyinlashdi. Endi o‘quvchilar 5 ta fanni o‘qishga to‘g‘ri kelib qoldi. Ustozlarimdan eshitganman, aytardilar: «Avval 3 ta fandan imtihon topshirardik, o‘shani ham 2 tasiga tayyorlanardik, bitta fandan testni taxmin ishlab chiqardik», — derdilar. Hozir esa naqd 5 ta fanga tayyorlanish kerak (bu tuproqshunoslik singari bemaqsad yo‘nalishlarga taalluqli emas). O‘zimni misolimda aytaman: 3 ta fandan sertifikatim bor edi, lekin oxir-oqibat bir fanni bo‘shashtirishim evaziga kontraktga ilindim. O‘shanda ham o‘zim xohlagan universitetga emas. Atigi bitta fan meni ikki yillik mehnatimni barbod qildi. Tasavvur qilyapsizmi? Shunda ham unchalik yomon natija emas edi (o‘zim shunday hisoblayman). Ko‘p abituriyentlarning xatosi ham shunda va maslahatim: hech qachon sertifikatga ishonib qolmang. ChatGPT’ga «2 oydan keyin imtihonim bor, motivatsiya ber», deb yozsam, doim bir gapni aytadi. Keling, so‘zma-so‘z keltiraman: ««Hozir hech kim ko‘rmayotgan mehnatingni qil. Uyqu kelganda o‘qi. Charchaganda davom et. Xohish bo‘lmaganda ham o‘tir. Chunki 2 oydan keyin ikki xil pushaymon bo‘lishi mumkin: “Qaniydi, ko‘proq harakat qilganimda…” yoki “Yaxshi hamki, o‘sha payt taslim bo‘lmagan ekanman.”»» Men yuqoridagi fikrga qo‘shilaman. Xo‘sh, siz qaysi fikrda bo‘lmoqchisiz, abituriyent do‘stim? Kurs domlalarning ajoyib gapi bor: «Hozir o‘qi, student bo‘l, keyin mazza qilib yurasan». Men bu gapni absolyut qoralayman. Talaba bo‘ldingizmi, potensialingizni ikki karra oshiring, hammadan zo‘r bo‘lishga harakat qiling. Hozirgi bozor iqtisodiyotida hamma qatori diplomli ishchi emas, o‘z sohasining ustasi, nazariy bilimlar egasi, tadbirkor odam kerak. Buning uchun inson tinmay o‘z ustida ishlashi kerak. «O‘qishga kirdim-ku», deb to‘rt (±) yilingizni behudaga sovurmang. Hozir siz abituriyentsiz, do‘stim. Sizda hali grantga kirish imkoniyati bor. Kontraktda o‘qiydigan odam sifatida aytaman: kontraktda o‘qish juda og‘ir va yoqimsiz. Hozir bu sizga bilinmaydi, lekin talaba bo‘lib, boshingizdan o‘tgandan so‘ng mening gaplarimni eslaysiz. Boringizni bering, grantga o‘qishga kiring. Hech qachon o‘rtamiyona bo‘lmang. Hozir ayrimlaringiz: «Nimaga bu o‘zi qilmagan (qilolmagan) ishni bizga bajar, deyapti? Aqli joyidami bu?» — deb aytishingiz mumkin. Lekin boshimdan o‘tgani uchun, sizlar men qilgan xatolarni qilmasligingiz uchun aytyapman. Katta ehtimol bilan, bu gaplarimni hozir o‘qiysiz, ertaga unutib yuborasiz, lekin oxirida aniq bunga pushaymon bo‘lasiz. Shu yil imtihondan yiqilib, kelasi yil yana imtihon topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga maslahatim: sizlar ko‘rdingiz, bari foydasiz. Buxoriy aytganidek: «Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmag‘ay». Shuncha do‘stlaringiz bilan xursandchilikda o‘tgan vaqtlaringiz, telefonga sarflagan behuda soatlaringiz, behuda suhbatlar sizga nima berdi? O‘sha do‘st-u dugonalar bugun kelib, sizga yordam qila oladimi? Yo‘q.

  • – Sen do'zax borligiga ishonasanmi, Xustina? – Ha, men jannat borligiga ham ishonaman, Susanna. – Men faqat do'zax borligiga ishonaman.

  • 4 авг.193211

    Shundoq ham butun umring azob-uqubatda o'tadi, zora u dunyoda rohat-farog'at ko'rsam degan ilinj bilan yashaysan. Sen uchun jannatning eshigi yopilgach, bu yoqda boshqasi – jahannamning eshigi ochilar ekan, undan ko'ra dunyoga kelmay qo'ya qolganing yaxshi emasmi... ~ Xuan Rulfo ("Pedro Paramo")

  • 1 авг.243113

    Meni hayron qoldiradigan narsa qizlarning omiligi emas, shuncha diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganib, hali ham dunyoqarashi, fikrlashi tovuq katagidan ham kichikligi. Dunyoviy ilmlar haqida gapirmayman, u boshqa masala. Biroq diniy ilmlarni yaxshigina egallagan qizlar nahot shunchalik molparast va dunyoga shunchalik oshiq bo‘lsa? Qanchalik erish bo‘lmasin, anavi vayner aytganidek, bu dunyo mendan ham, sizdan ham qolishini anglamasa. Hozir xohlagan ilmli qizdan qaysi kitob o‘qiyotganini so‘ramayin, teng yarmidan ko‘pi diniy adabiyot nomini tutadi, lekin orzu-istaklarini so‘rasangiz, bari dunyoviy. O‘n yil oldingi davrlarni eslayman. Qizlarni yuztasidan atigi yo bir yo ikkitasida hijob bo‘lardi. Hozir Xudoga shukrki, zamon o‘zgardi. Ko‘chada yursam, har o‘n qizning to‘rttasi hijobda, bu degani har o‘n qizning to‘rttasi taqvo yo‘lini tanlagan, dindan yaxshigina xabari bor qizlar degani (to‘g‘rimi?). Men yigit kishi bo‘lib gapirishim qanchalik noto‘g‘ri bo‘lmasin, aytmasam bo‘lmaydi. Mayli, to‘g‘ri kiyinishni qo‘yib turaylik, o‘zini qanday tutishni ham eplay olishmaydi. Bo‘yanish esa shunchalikki, ta’rifga til ojiz. Hozir ayrimlar: «Ha, kiyinsa o‘zi uchun kiyinibdi, bo‘yansa o‘zining chiroyi uchun shunday qilibdi», deb og‘zimga urmoqchi bo‘lishadi. Lekin rostini aytaman, bu umuman yarashmaydi, ayrim «erkaklar»ning ehtirosini qo‘zg‘atishdan narisiga yaramaydi. Shunday ekan, na bu dunyoda, na oxiratiga foydasi tegmaydigan amalni qilishdan naf nima? Mahr masalasi esa alohida mavzu. Inson qadr-qiymati nahot qandaydir moddiyatga bog‘liq bo‘lib qoldi? Yoqa ushlayman, xursand bo‘laman, kimni kimligini oila qurmasdan ham bilish imkoniyati tug‘ilganidan. XIX asr oxirlari, XX asr boshlari o‘zbek adabiyotini o‘qirkanman, aynan o‘sha payt ham bu mavzu o‘ta aktual bo‘lganiga guvoh bo‘laman. Faqat farq nimadaki, bunda mahr to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onalar tomonidan talab qilinib, ota-onalar o‘z ehtiyojlariga butunlay sarflashgan. Bunga klassik misol qilib, Qodiriyning «Baxtsiz kuyov»ini keltirishimiz mumkin. Xo‘sh, oxir-oqibat nima bo‘ldi? O‘sha mahr bir oilani baxtli qila oldimi? (Mahr mavzusida keyingi postlarda to‘liq to‘xtalaman.) Suqrot bozorni kezib yurib, shunday degan ekan: «Shuncha noz-u ne’matlarsiz ham yashash qanday baxt». Shunday ekan, faqat moddiy narsalarni o‘ylab emas, ma’naviyatimizga va oxiratimizga foydali amallar bilan shug‘ullanishimiz kerak. Shu o‘rinda Tohir Malikdan ham iqtibos keltiraman: «Agar oilaning baxtini boylik belgilaganda edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal ko‘tarilmas edi». Moddiyatga siz hech qachon baxtni, halovatni sotib ololmaysiz. Men nima uchun aynan qizlarga murojaat qilyapman? Erkak kishi eng minimal ehtiyojlar bilan ham baxtli yashashi mumkin, lekin ko‘p ayollar bunga toqat qilolmaydi. Ayniqsa, hozirgi zamon ayollari. Lekin aslida baxt bunda emas. Baxt yashayotgan lahzangizda, baxt bu farzandingiz ortidan yaxshi tarbiya qilganingiz uchun rahmat eshitishingizda, baxt bu oilada har kuningiz tinch va urush-janjallarsiz o‘tishida... Oxir-oqibat, o‘zimiz bilan hech nimani olib ketolmaymiz, bizdan qoladigani yaxshi, millatga foydasi tegadigan farzandlar. Bekorga Fitrat, uylanishdan eng asosiy maqsad farzand ko‘rish, demagan. Xulosa qilib shuni aytaman, singlim-opam, moddiylikni qo‘ying, sizni ortiqcha bo‘yanishlarsiz, turli xil zeb-u ziynatlar, brend kiyimlarsiz sevadigan inson bilan birga bo‘ling, sizga mahrga «gelik» (mubolag‘asi bilan) emas, chiroyli sura o‘rgatadigan iymonli, diyonatli, ilmli yigitni tanlang. Bu dunyo o‘tkinchi, bizdan qoladigani aziz farzandlar.

  • Ijtimoiy tarmoqlar haqida oxirgi paytlar juda ko'p o'ylayapman. Qanday qilib bu "o'rgimchak to'ri" tez fursatda juda ko'p insonlarni o'ziga jalb qila oldi? Aytmoqchi bo'lganim, internetga qaramlik faqat siz-u menda emas, juda ko'p insonlarda, hatto irodasi butun deb bilgan kishilarimizda ham kuzatilyapti. Oldin ham aytganimdek, har qanday fikrga qarshi argument keltirsa bo'ladi. Shunday ekan, agar hozir men ijtimoiy tarmoqlar zararlari haqida gapiradigan bo'lsam, siz menga uning foydalarini ro'kach qila boshlaysiz. Misol uchun, til o'rganish, ish topish, yaqinlar bilan doimiy aloqada bo'lish va hokazo. Ammo sizningcha internet foydalanuvchilarning necha foiz qismi bu imkoniyatlardan foydalanmoqda? Biz interentdagi vaqtimizni ko'pincha reels'lar ko'rish, odamlarga turli xil nafratli izohlar yozish, foydasiz bahslashish va shu kabi manfaatsiz harakatlarga sarflaymiz. Kuzatuvlarim natijasida shu ayon bo'ldiki, hozirda odamlar ikki xil inson ko'rinishida bo'ladi. Birinchisi, real hayotda; ikkinchisi, virtual hayotda namoyon bo'ladi. Deylik, Aziz. Aziz 25 yoshda, hayotda hali o'zini topa olmagan, yaqinlari bilan munosabati yaxshi emas, tayinli ishi yo'q, hech kim hurmat qilmaydi. Lekin Azizning virtual hayoti boshqa darajada. U ijtimoiy tarmoqda o'z obunachilariga ega, u o'zi xohlagan fikrni filtrsiz, bemalol o'z kanalida yoza oladi, bemalol insonlar bilan turli xil bahslarga kirishadi, so'kinadi (chunki ijtimoiy tarmoqlarda kamdan-kam holatlarda bu narsa uchun so'rab olinadi), bir necha qizlar bilan munosabatga ham kirishadi. Ya'ni mutlaqo real hayotdan teskari hayotda "yashaydi". Ammo bir narsani unutmaslik kerak: bularning bari tush kabi ro'yo. Siz tushungizda muzqaymoqni iste'mol qilishingiz sizga na quvvat bag'ishlaydi va na rohat. Bu shunchaki yolg'on dofamindan boshqa narsa emas. Xulosa qilib shuni aytaman, ijtimoiy tarmoqlardagi status sizga hech narsa bermaydi va bu vaqtinchalik sarobga ishonib, real hayotni, yaqin insonlaringizni boy bermang.

  • maktub ​​Seni biror kun ko‘chada uchratib qolishni juda xohlardim. Shunda men hech so'z demay, ko‘chaning qoq o‘rtasida, olomon ko‘z o‘ngida seni mahkam quchoqlab, sendan bo'sa olardim. Sen tipirchilab chiqib ketmoqchi bo‘larding, men esa qo‘yib yubormasdim. Oxiri yulqinib chiqarding-da, jahl bilan haqoratlar yog‘dira boshlarding. Ehtimol tarsaki ham tortib yuborarsan. Ammo, shuni bilishingni xohlardimki, bu hech qanday jinsiy mayldan kelib chiqqan xohish bo'lmasdi. Mening xohishim shunchaki seni ich-ichingdan yaxshiroq his qilish. Lekin sen bularni tushunishga ojizlik qilasan. Har doimgidek sen meni noto'g'ri tushunasan. Uyingga borib, o'tgan voqealarni eslab yig'lay boshlaysan. Meni ko‘rishga ko‘zing bo‘lmaydi. Hazillashdim, bilasan-ku, bunday ishlar qo‘limdan kelmaydi. Ba’zida jinniligim tutib qoladi. Ammo hozir seni ko‘rishni har qachongidan ham ko‘proq xohlayapman. Bu hazil emas.Seni har soniya oldingi soniyadan ko‘proq sog‘inaman. Iloj yo‘q. Yana o‘sha ilojsizlik.

  • Q.zlar guruhinining qo'shig'ida "Mashinang 18 yoshingdan bo'lsin" degan joyi bor. Quloqqa bu xuddi feministik da'vat bo'lib eshitiladi. Go'yo qizlarni o'zi oyoqqa turishga targ'ibdek. Guruh qo'shiqlarini feministik manifesto deganlar ham bo'ldi. Ammo mutlaqo bunday emas. Bu bor-yo'g'i hashamat targ'iboti va u hozirgi iste'molchilik madaniyati bilan yo'g'rilgan pop-feminizmdan suv ichgan. Asl feminizm bu emas. 18 yoshdan moshina bo'lishi uchun - hech kimning yordamisiz - siz 15 yoshdan ishlashingiz kerak kamida. Haqiqiy feminizm mustaqil ishlash va mustaqil daromadni targ'ib qiladi-ku. 15 yoshdan mashina uchun pul topish maqsadida ishlash esa bu ekspulatatsiya, bola huquqlarining buzilishi. Kimdir sizga olib beradigan bo'lsa, endi buni mustaqillik deb atamang-da. Yo mustaqillik g'oyasini targ'ib qilish deb. O'zi hamma g'oyalarning mantig'i iste'molchilik madaniyatida buzilib ketmoqda. Feminizm qadr-qimmat haqida, hashamat haqida emas. 18 yoshli qizning moshinasi bor-yog"ligi emas, 19-20 yoshli to'yib uxlolmayotgan yosh ona qiziqtiradi uni. Shuni uchun duch kelgan narsani feministik deb qabul qilmanglar. Bu haqda Bell hooks ning "Hamma uchun feminizm" kitobini tarjima qilmoqchimiz. Nasib qilsa, yaqin davrda.

  • ​"Platforma"da yashayapmizmi? "Odamlar qoidalarga ishonmay qo'ysa, zo'ravonlikka ishonishni boshlaydi." Yaqin do'stim tavsiyasi bilan "Platforma"ni tomosha qildim. Filmdagi g'oyalar meni chuqur o'ylashga majbur qildi. Dunyoda sakkiz milliarddan ortiq inson turli xil tabaqalarga bo'linib yashaydi. Ularning ba'zilari o'ta boy, ba'zilari o'ta qashshoq, ayrimlari esa o'rtahol kun kechiradi. Ularning yashash sharoiti ham mutanosib ravishda o'ziga yarasha. Lekin masala boy (yuqori) qatlam yomon, kambag'al (past) qatlam esa farishta ekanligida emas. Masala shundaki, past qatlam aslida yuqori qatlamdan hech qanday farq qilmaydi. Inson shunchalik tabiatga yaqinki, u hech qanaqasiga hayvonlardan farqlanmaydi. Odamlar farovon va baxtli yashash uchun har qanday razillikka tayyor. Ya'ni insonni o'zidan boshqa hech kim qiziqtirmaydi. Past qatlamning yuqori qatlamdan yagona farqi uning pastda ekanligida. Agar unga ham "yuqori qavat"da yashash imkoniyati berilsa, u ham xuddi "yuqori qavat"dagilar kabi harakat qila boshlaydi, o'z o'tmishini unutadi. Balki bizga qonuniyatlar kerakdir? Shundagina, balki, biz farovon va teng hayot kechira olarmiz. "Platforma 2"da endi qonunlar mavjud. Ammo biz bir muhim haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonun mavjud bo'ldi degani, adolat qaror topdi degani emas. Adolat umuman boshqa tushuncha. Tasavvur qiling, siz o'lar darajada ochsiz va o'g'rilikka qo'l urdingiz. Siz qonun bo'yicha jazoga tortilasiz. Xo'sh, bu qanday adolat? Agar adolat bo'lmasa, bizga qonunlarning nima keragi bor? Gapim tasdig'i o'rnida Gyotening fikrini keltiraman: "Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq." Nima bo'lganda ham, insoniyat o'zgarishi kerak. Biz buni million yillar davomida qila olmadik. Ammo, shunga qaramay, baribir o'zgarishimiz kerak. Yo'llar turlicha. Ehtimol, eng quyi qatlamga tushib ko'rishimiz kerakdir. Ehtimol, qonunlarni o'zgartirishdan oldin ijtimoiy tenglik, adolat, demokratiya kabi tushunchalarni qayta ko'rib chiqishimiz lozimdir. Agar hammasini o'z holicha tashlab qo'ysak, tez orada halokatga mahkum bo'lamiz. @qaytarilish

  • Nafrat? Yaqinda bir oyga yaqin ijtimoiy tarmoqlarga kirmadim. Mana, bir hafta bo'libdiki, yana ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib kelyapman. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan paytim men nima topdim? Halovat, sokinlik, sifatli uyqu, reallikni his etish, odamlar bilan haqiqatan ham birga bo'lish... Bu ro'yxatni yana ancha davom ettirish mumkin. Ijtimoiy tarmoqqa kirishim bilan esa odamlarning bir-biriga bo'lgan ulkan nafratiga duch keldim. Futbol mavzusida hamma bir-birini so'kadi. Boshqa tomonda qizlar guruhidagi Shaxlo diss-trek chiqaradi va yana omma ikkiga bo'linib, bir-biriga nafratini namoyish qiladi. Filmlar tinmay muhokama qilinadi. Ayniqsa, "Oddisseya" filmini kimdir zo'r desa, kimdir aktyorlar jamoasi bir chaqaga ham qimmat ekanligini ta'kidlaydi. Shundan keyin esa omma yana bir-birini so'kadi, turli xil "gap yedirish"lar qiladi. Men o'rtaga bir savol tashlayman. Shunga javob berishga urinib ko'ring. Qachon biz o'z hayotimizda yashashni boshlaymiz? Qachongacha o'zimizga zarracha aloqasi yo'q odamlar sabab bir-birimizning ko'nglimizni og'ritamiz? Qachon hayotda umuman tanimaydigan odamlarga nisbatan nafratimizni kamaytiramiz? Bir narsani unutmaylik: hayotimizdagi bosh qahramon o'zimiz bo'lishimiz kerak, boshqa kimsalar emas. Aks holda, boshqalarning manfaatiga xizmat qiladigan qo'g'irchoqqa aylanib qolamiz.

  • Sen sovuq qotganmisan issiq yozni kunidiyam?..

  • Magʻlubiyatning foydalari koʻp, sizga aytadigan boʻlsam. Gʻalabadan hech narsa oʻrganib boʻlmaydi. Lekin magʻlubiyatdan oʻrganish mumkin boʻlgan narsalar juda koʻp. Birinchidan, magʻlubiyat tafakkurga, yangi reja tuzishga, xatolardan xulosa chiqarib, yanada kuchli harakat qilishga undaydi. Bundan tashqari, magʻlubiyat insonni mahzun holatga tushiradi. Mahzun inson esa hammadan koʻra Xudoga yaqinroq. Xudo mahzun insonni hech qachon yolgʻiz tashlab qoʻymaydi. Diniy falsafa sotish niyatim yoʻq, lekin bari oxir-oqibat yaxshilikka. Qayerdadir inson qoqildimi, demakki, hali oʻrganadigan narsalari bor va bu ilmlar kelajakda unga gʻalabadan koʻra ancha muhimroq boʻladi. Eng muhimi, magʻlubiyatdan keyin choʻkmaslik, yoʻlda davom eta olish, Xudoga isyon qilmaslik. Hammasi yaxshilikka. Men sizga vaʼda beraman.

  • Kanal 3 yoshda 🎉

  • Hayot har doim ham mo‘jizalardan iborat emas. Hayotni o‘zgartiradigan narsalar ko‘pincha juda oddiy bo‘ladi. Bir odamning sizga ishonishi. Bir gapning o‘z vaqtida aytilishi. Yoki hech kim kutmagan paytda berilgan kichkina yordam. Lekin odamlar buni ko‘p hollarda sezmaydi. Chunki biz katta voqealarni qidiramiz, kichik hodisalarni esa o‘tkazib yuboramiz. Aslida esa hayot aynan o‘sha “oddiy” narsalardan yig‘iladi. Va eng qiziq joyi shundaki: siz ham kimningdir hayotida shunday sezilmaydigan, lekin hamma narsani o‘zgartiradigan odam bo‘lishingiz mumkin.

  • Sevgi har doim ham “romantik” ko‘rinmaydi. Ba’zan u — jimlikni ham tushunish. Ba’zan — ortiqcha savol bermaslik. Ba’zan — so‘zsiz yonida tura olish. Ko‘pchilik romantik his-tuyg‘ular va moddiyatga o‘ch. Ammo bularning bari vaqtinchalik. Aslida haqiqiy sevgi juda kichik narsalarda yashaydi: kech qolgan xabarga jahlsiz javob, yomon kuningni so‘ramasdan sezish, seni o‘zgartirishga urinmaslik va borligingcha qabul qilish. Seni eng ko‘p sevadigan inson — seni “ideal” qilishga emas, seni borliging bilan qabul qilishga harakat qiladigan insondir. Chunki haqiqiy sevgi — bu faqatgina his emas. Bu tanlov. Butun umrga.

  • Odamni yolg‘izlik charchatmaydi. Uni tushunadigan odam topilmasligi charchatadi. Atrofingda o‘nlab insonlar bo‘lishi mumkin. Suhbatlar, kulgular, uchrashuvlar... Lekin ichingdagi gaplarni ayta olmayotgan bo‘lsangiz, baribir yolg‘izsiz. Ba'zan esa bitta inson kifoya qiladi. U muammoni hal qilmaydi. Faqat sizni tushunadi. Va ayrim paytlar inson aynan shunga muhtoj bo‘ladi.

  • Hamma narsani tushunishga harakat qilamiz. Nega ketganini. Nega sevganlarimiz sovib qolganini. Nega shuncha harakat qilib ham ba’zi narsalar o‘xshamaganini. Lekin biz bir narsani unutamiz: Ba’zi savollarning javobi bo‘lmaydi. Odamlar har doim sabab bilan ketmaydi. Ba’zi munosabatlar xato tufayli tugamaydi. Ba’zi hikoyalarning shunchaki oxiri keladi. Va eng qiyini ham shu: siz javob kutib yashaysiz, hayot esa shunchaki davom etaveradi.

  • Odamni eng ko‘p charchatadigan narsa qilayotgan ishlari emas. Ichidagi bosim. Tashqaridan hamma narsa joyidagidek ko‘rinishi mumkin: ish, o‘qish, reja, kulgi… Lekin ichkarida doim bir shovqin bo‘ladi: “Yetmayapti…” “Qanday bo‘ladi endi…” “Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi?” Eng qizig‘i shundaki, hech kim bu shovqinni eshitmaydi. Ko‘pincha biz “yaxshiman” deb javob beramiz, chunki tushuntirishdan charchaganmiz. Balki bu eng katta yutuq hamdir — hech narsani isbotlamasdan ham davom etish…

  • Rasman mag‘lubiyatli seriyam yakuniga yetdi! Ko‘pdan beri bir maqsad yo‘lida harakat qilyapman. Bu sertifikat esa shu yo‘ldagi debochalardan biri edi. Endi esa men keyingi, eng murakkab bosqichdaman. Agar shuni uddalay olsam, hayotim boshqa yo‘nalishga burilib ketish ehtimoli juda yuqori. Men bu sertifikat uchun juda ko‘p mehnat qildim demayman, lekin ayrim narsalardan voz kechdim. Ehtimol, shu evaziga Alloh menga buni nasib qilgandir yoki balki shunchaki: «Ol, qulim», deb berib yuborgandir. Lekin nima bo‘lganda ham bu — g‘alaba. Men bir yil davomida ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchradim. Bu davr men uchun shunchalik qiyin bo‘ldiki, xarakterim qayta shakllandi desam, yanglishmagan bo‘laman. Bu mag‘lubiyatlar menga odamlar aslida kim ekanligini yanada oshkoraroq namoyon qildi. Ehtimol, har sohada g‘alaba qozonganimda buni bila olmasdim. Ammo bugun men uchun rasman mag‘lubiyatli seriya tugadi. Aslida, bundan bir yarim oy oldin bu seriya tugaganini his qilgandim, lekin bunga rasmiy tus bera olmasdim. Bugun esa hammasi rasman nihoyasiga yetdi. Bundan buyog‘iga nima bo‘lishiga kafolatim yo‘q, biroq nima bo‘lgan taqdirda ham sizlar bundan xabar topasizlar. Bir yillik davr mobaynida kam post yozdim. Bunga ba'zida vaqt, ba'zida esa motivatsiya yetishmasdi. Shunga qaramay, men bilan birga bo‘lib kelgan kanal ixlosmandlariga tashakkur aytaman va bundan keyin ham "Qaytarilish"da qolishingizga umid qilaman. Men kam post yozgan bo‘lsam ham, foydali post qilishga, sizlarga manfaatli narsalar ulashishga harakat qildim. Buni qadrlay olganingizdan juda xursandman. Agar men bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishni xohlasangiz, sizni o‘z "G‘iybatxona"mizga taklif qilaman. U yerga deyarli har kuni yozaman, ammo nimadir foydali bo‘lishiga va’da berolmayman. Manfaatli postlar esa, nasib qilsa, bu yerda ham ko‘payadi. Ungacha yozdan omon chiqib olsak bo‘lgani. Hozir izohlarni ochib qo‘yaman. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar — dil izhorlari, tabriklar yoki nafratlar — hammasini sizlardan kutib qolaman. Tashakkur!