- Последний пост
- 5 мар. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Kanal faoliyati toʻhtadi. Oʻqiganlarimga avvalo oʻzim amal qilmoqchiman. Shu paytgacha kanaldan nimadur manfaat olgan boʻlsangiz ota-onam va ustozlarim haqqiga duo qilib qoʻying, sarflagan vaqtingizga rozi boʻling. Sababi, turli xil ma’noli jumlalarni yozish/oʻqishdan koʻra unga amal qilib yashash afzalroq. Riyoning zarrasini ham tark qilishni tanladim. Ijtimoiy virtuallikdan umuman chiqib haqiqiy real hayotda yashamoqchiman. Va qarorim oʻzgarmasligiga ishonchim komil. Sizga ham shuni tavsiya qilaman. Allohga omonat boʻling.
• Husayn Buxoriy
Al musovvir-المصور @samodilim
🎙️Ustoz Hasanxon Yaxyo Abdulmajid
Inson xayot yo'llarida ko'p qoqiladi, ya'ni "qoqiladi" xolos. Lekin nega qoqildim deya yurishdan butunlay voz kechadi? Axir xayotning asli qoqilishlardan iborat bo'lsa... Axir marra juda yaqin bo'lsa... Axir bu yo'lning mashaqqati ila Allohning roziligini topsa. Sen xam qoqilib o'tirgan bo'lsang, xoziroq tur. Yurishda davom et. Xammasi oldinda. Yo'l yo'qmi? Chunki sen yurmayapsan. Turma, yur, sen yursang, yo'l bo'ladi. ©Xafsa @samodilim
Insonni otash emas oʻz gʻaflati yoqar, hammada qusur koʻrur oʻziga koʻrdek boqar
https://m.youtube.com/watch?v=itkUJSYrg1U
Фатх Мусалий айтади: «Касалга обу таом берилмаса ўлгани каби қалбга хам уч кун илм берилмаса, у ўлади».
Дўстликнинг қадрига етиб, чин дўстлар хақида яхши гумонда бўлиш хам хусни хулқнинг аломатларидандир. Солих салафлардан бири шундай деган экан: «Агар дўстларимдан бирининг соқолидан хамр (шароб) томиб турганини кўрсам, унга сепиб юборилгандир деб ўйлайман. Ибн Қайюм: «Аллохга қасамки, бандага ўзининг амалидаги ниятини билиши қийин-ку, қандай қилиб халойиқнинг ниятини билишга имкон топа олади?» деган. Умар ибн Хаттоб розияллоху анху шундай деган: «Биродаринг оғзидан чиққан сўздан бирорта яхшиликни гумон қилишга имконинг бўлса, у сўздан ёмонликни гумон қилмагин!» Ибн Сирийн шундай деган: «Биродаринг хақида бирон нарса эшитсанг, унинг узрини қидир. Агар унга узр топа олмасанг, «Балки мен билмайдиган узри бордир», дегин». Демак, дўстларимиз хақида имкон қадар яхши гумонда бўлишимиз керак. 📚“Улуғлар шундай яшашган” китобидан @samodilim🫀
Хусайн Воиз Кошифий бундай ёзади: «Гўзал фел-атвор, яхши хулқ нишонаси ўнтадир: Яхшилик қилиш, инсофли бўлиш, бошқа одамдан айб қидирмаслик, ножўя харакат қилаётганни тўғри йулга бошлаш, айбига иқрор бўлганнинг узрини қабул қилиш, бошқалар машаққатини зиммага олиш, фақат ўз манфаатини кўзламаслик, очиқ юзли ва ширин сўзли бўлиш, мухтожлар хожатини чиқариш, мулойим ва тавозели бўлиш». 📚“Улуғлар шундай яшашган” китобидан @samodilim🫀
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytadilar: “Belimni “sindirgan” ikki kishi: amalsiz olim va ilmsiz obiddir”. 📚“Ruhiy tarbiya”
“20 kunlik reja”📚 بسم الله الرحمن الرحيم Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ruhiy tarbiya” Poklanish. 1-juz 1-kun - Muqaddima - Nafs va uni poklash - Axloq va uni sayqallash - Nafsni poklash va axloqni sayqallashdan ko‘zlangan maqsad - Nafasni poklash va axloqni sayqallash ilmining tarixi - Tibbul qulub - Diyorimizdagi holat - Kamtarona urinish 2-kun - Ilmning fazli va unga oid masalalar - Ilm talab qilishning farzligi - Ilmlarning turlari - Muallim va mutaallim odoblari - Noqobil ulamolar - Oxirat ulamolari - Vositalar 3-kun - Tahorat - Ulug‘ zotlar tahorat haqida - Namoz - Namozda xushu - Namozda qalb hozirligi - Namozga oid amallarda qalb hozirligi 4-kun - Zakot - Shar’iy talablar taqsimi - Zakot berishning nozik odoblari - Zakot olishning nozik odoblari - Ixtiyoriy sadaqa haqida 5-kun - Ro‘za - Ro‘zaning nozik sirlari - Haj - Hajning odoblari - Hajning nozik sirlari - Qur’oni Karim tilovati - Qur’on ko‘targanlarning sifati - Qur’on tilovati odoblari - Qur’on qiroati samaralari - Qur’on qiroatining nozik sirlari 6-kun - Zikr - Zikrning foydasi va samaralari - Zokirlarning odoblari - Vird va ibodatlar taqsim - Kundalik virdlar va ularning tartibi - Holatga qarab virdning turlanishi - Kechaning virdlari 7-kun - Kechasi bedor bo‘lish - Bedorlikning yengillashtiruvchi omillar - Tafakkur - O‘limni eslash 8-kun - Murobata - Birinchi maqom mushorata - Ikkinchi maqom muroqaba - Uchinchi maqom muhosaba - Amaldan keyin hisob-kitob qilishning mohiyati - To‘rtinchi maqom muoqaba - Beshinchi maqom mujohada - Oltinchi maqom muotaba 9-kun - Nafs pokligining mohiyati - Shaytonning qalbga yo‘l olishini toʻsish - Nafs riyozati va xulqni sayqallash - Yaxshi xulq fazilati va yomon xulq mazammati haqida - Axloqni sayqallash yo‘li - Qalb xastaliklari va uning tuzalish alomatlari 10-kun - O‘z aybini bilish yo‘llari -Fasl - Husni xulqning alomatlari - Bola tarbiyasining boshlanishi - Qorin va farz shahvatini sindirish 11-kun - Til ofatlari - Kalomning ofatlari - Yolg‘onning sabablari - Yolg‘onning turlari - Yolg‘onning hukmi 12-kun - G‘iybatning sabablari va uni davolash - Qalb g‘iybati - G‘iybatning kafforoti - Chaqimchilikni davolash 13-kun - Fatvo so‘rash odoblari - Nafasni xastaliklardan poklash - Kufr - Kufrning turlari - Munofiqlik - Shirk - Shirkning shar’iy tushunchasi - Shirkning tanilgan turlari - Shirk oqibatining og‘irligi - Kufr va shirk o‘rtasidagi farq 14-kun - Fosiqlik - Fosiqlikka oid hukmlar - Osiylik - Bid’at - Bid’atning hukmi - Bid’atga qarshi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar 15-kun - Riyoning turlari - Riyoning hukmi - Maxfiy riyo haqida - Amalni zoe qiladigan va qilmaydigan riyo - Riyoning davosi - Toatni oshkora qilishga ruxsat - Gunohni berkitishga ruxsat - Odamlar ko‘rsa, qilinadigan va qilinmaydigan ishlar - Shuhrat va riyosat muhabbati - Shuhratparastlikning davosi - Odamlarning maqtovi va tanqidi 16-kun - Hasad - Hasadning sabablari - Hasadning davosi 17-kun - Kibr va manmanlik - Kibrning darajalari -Kibrning turlari -Kibrning hukmi -Kibr va tavozening belgilari -Kibrni davolash yo‘llari -Manmanlik -Manmanlikning davosi 18-kun -Baxillik -Baxillikning davosi -Mol-dunyoga munosabat -Hirs va tamagirlik hamda qanoat -Hirs va tamagirlikning davosi 19-kun -G‘urur -G‘ururning turlari -G‘ururga ketgan guruhlar -G‘ururning davosi -Nooʻrin g‘azab -G‘azabning sabablari va davosi -G‘azabning amaliy davosi -G‘azabni yutishning fazli 20-kun -Ma’naviy zulmga javob qaytarish -Bu dunyo muhabbati -Bu dunyoning mohiyati -Havoyi nafsga ergashish -Manbalar ro‘yxati Izoh: mavzular kitob mundarijasidan olingan. Video 💽| Audio 🎧 @samodilim🫀
Qiyinchiliksiz muvaffaqiyat bo'lmaydi! Muvaffaqiyatning yarmi mehnat, ikkinchi yarmi esa qat'iyatdir لا نجاح بدون تعب! النجاح نصفه عمل والنصف الآخر عزيمة
📜 Ўн қироат қорилари(имомлари)нинг исмлари ва уларнинг ровийлари ◽️1. Нофеъ Маданий қироати - ровийлари Қолун ва Варш. ◽️2. Абдуллоҳ ибн Касир Маккий қироати - ровийлари Баззий ва Қунбул. ◽️3. Абу Амр Басрий қироати – ровийлар - Дурий ва Сусий. ◽️4. Абдуллоҳ ибн Омир Шомий қироати - ровийлари - Ҳишом ва Ибн Заквон. ◽️5. Осим ибн Абун-Нужуд Куфий қироати - ровийлари Шуъба ва Ҳафс. ◽️6. Ҳамза ибн Ҳабиб Зайёт Куфий қироати – ровийлари Халаф ва Халлод. ◽️7. Кисоий қироати – ровийлари Даврий ва Абу Ҳорис. ◽️8. Яъқуб ибн Исҳоқ Ҳазрамий қироати - ровийлари Рувайс ва Руҳ. ◽️9. Абу Жаъфар Маданий қироати - ровийлари - Ибн Вардон ва Ибн Жаввоз. ◽️10. Халаф қироати (ровий Ҳамза) – ровийлари - Исҳоқ ва Идрис. ▪️Изоҳ: Қироат имомининг ровийси унинг қироатини илмий равишда қабул қилиб, бошқаларга етказишда хизмат қилган бўлади. @arabicuz
Ota… Yonimizda yoʻqsizu ammo..qaygadir vaqtincha ketgan oʻhshaysiz, Asta telefonning goʻshagin qoʻyib, manzilga sogʻ-omon yetgan oʻhshaysiz Nimadur tiqildi bugun boʻgʻzimga, tugamas ekanda sogʻinch muddati Hovlimiz mungʻayib qolganmi goʻyo, sizning kelishingiz hamon kutadi Kuldim doʻstlar bilan, tun kirib kelgach koʻzyoshimga qoʻshilib yogʻildim Hozir chet eldaman uydagilarmas, negadir… negadir aynan sizni sogʻindim.. Ota… qiyin ekan rostan otasiz.. maslahatu, oʻgit, yoʻq yoʻq shundoq otasiz Hammaning otasi oʻziga suyuk, bugun bilinyapsiz oʻta siz Osmon uzilmadi siz ketgach toʻgʻri, rizq ham kamaymadi hayot shu goʻyo Ammo.. siz yonimda turgan davrlar kengroq, sharafliroq ekanda dunyo Sezildi, uzildi nimadur sim sim, indamay oʻshani olib ketdingiz… Mungʻaygan, sargʻaygan mahzun koʻzlarda nedur surat boʻlib qolib ketdingiz Bugun ahvol shudir koʻzlarim mayus, qutlugʻ dard yukiga sherik ekanman Ota.. yigʻlab chiqdim ertalabgacha, demak hotirim jam tirik ekanman Chet elda yuribman dunyo poyimda, har yonda taralar beminnat ardoq Lekin sogʻinganim rostda shu kecha tiriklardan koʻra sizni ziyodroq.. Balki, balki aytilmagan qandaydir soʻzlar.. Yoʻq, yoʻq unaqasi boʻlmagan yolgʻon Siz meni tinmasdan tinglar edingiz, sizni tinglolmadim mana shu armon… Topdim! shu armondan yuragim yonar.. qovruliq sababi shudir tanda jon Iloyim jannatga ravo koʻrilsam, soatlab tinglayman sizni otajon…
Qachon nafsing bir narsani xohlasa, sotib olmadingmi? Sabrli bo’lishni qachon o’rganasan? Har yolg’iz qolganingda gunoh qilmadingmi? Taqvoli bo’lishni qachon o’rganasan? Har holdan toyganingda, dam olmadingmi? Chidamlilikni qachon o’rganasan? Har safar sen uchun yengilchilik bo’lganda, haddingdan oshmadingmi? Shunday qilib qachon tavba qilishni boshlaysan? Bir gunoh qilasan, u bilan birga Qur’on-i Karim ketadi, namoz ketadi, kechasini namoz bilan qoim qilish ketadi, Allohdan qo’rqish ketadi, so’ngra u bilan birga zikr ketadi, so’ngra esa huzur ketadi va qiyin bir holat keladi. Unutmagin-ki haromning eng qiyini, boshidir. So’ngra osonlashadi va yoqimli bo’ladi. So’ngra o’rganib qolinadi va lazzatli bo’lishni boshlaydi. So’ngra qalbga yaxshilab o’rnashib oladi. So’ngra esa qalb boshqa bir haromni izlaydi. Agar nafsing seni gunoh qilishga undayotgan bo’lsa, u bilan yaxshilab gaplash va aytgin-ki: «Bu yaxshiroqmi? Yo’qsa, taqvo egalariga va’da qilingan abadiy jannatmi?». (Furqon: 15). Allohim! Senga isyon qilishni bizga yomon qilib ko’rsatgin! Senga itoat etishni esa bizga suydurgin!
Илмнинг озлигини одоб беркитади. Аммо кўп илм одобсизликни беркита олмайди. Шунинг учун аввало одобли бўлиш лозим. Сўнгра ким бўлсангиз бўлаверинг.
Ким “Кейинроқ қиламан” ни экса, у “Қанийди”, деган мева беради. ©️олинди
"Bizning shak-shubhaga, dunyo muhabbatiga to'lgan qalbimiz ularning yolg'iz Allohga bo'lgan iymonu muhabbat bilan yongan qalbini qanday qilib his qilsin axir?! Bir dam Allohning zikridan g'aflatda qolishni o'zi uchun aybu nuqson deb bilgan buyuk insonlarning gapini bir umr Allohdan g'aflatda yurgan kishilar tushuna olarmikin?!" "Navoiydin chu topqaylar Navoe" Hasanxon va Husaynxon Yahyo Ustozlar.
أنا مثل كتاب مكتوب بلغة لا يفهمها أحد Huddi men hech kim tushunmaydigan tilda yozilgan kitobdekman