Satoshi tvit tashladi
Статистика— Kripto yangiliklarini diqqat bilan kuzatib boring, keyingi 2009ni o'tkazib yubormang — Winklevoss egizaklari va Musk o'qigan, shunaqa deyishyapti — 4E 6F 77 20 79 6F 75 20 6B 6E 6F 77
- Последний пост
- 23 февр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🟠 HODLerlar $65K da “taslim bo‘ldi”: navbat $50K ga mi? Bitcoin haftani $65K dan pastda yopdi va $64,258 darajasida lokal minimumni yangiladi. Bozor konsensusi — bu hali pastki nuqta emas. Qo‘rquv maksimal darajada, $50K–$52K maqsadlari yana muhokamada. 📊 Nimalar bo‘lyapti: — Narx tushayotganda hajm oshmoqda — klassik ayiq signali. — Exchange Whale Ratio 70% ga yetdi: kitlar BTC ni faol ravishda birjalarga olib kiryapti. — 24 soatda likvidatsiyalar deyarli $500m. Bosim kamaymayapti. 🐋 Kitlar kun tartibini belgilayapti: — Tarixan Whale Ratio 70% dan yuqori bo‘lsa, katta sotuvlar kuzatilgan. — Eski coinlar yana birjalarga qaytmoqda. — Tahlilchilar $60K hududiga “flush” va $50K gacha sanchilish xavfini kutmoqda. 📉 2022 bilan o‘xshashlik kuchaymoqda: — BTC 2024 halving AVWAP dan pastda yopildi. — Oxirgi shunga o‘xshash signal 2022 yil may oyida bo‘lgan — chuqur ayiq fazasidan oldin. — CryptoQuant indikatorlari hali ham “bear market” zonasida. 😱 Kayfiyat tarixiy minimumda: — Fear & Greed indeksi 5/100 gacha tushdi — ekstremal qo‘rquv. — Bozor 2022 ga qaraganda uzoqroq “Extreme Fear” zonasida turdi. — Tahlilchilar: “Odamlar taslim bo‘ldi.” ⚠️ Makro fon ham bosim qilmoqda: — Tarif urushlari va Eron atrofidagi taranglik. — Inflyatsiya ma’lumotlari (PPI, PCE) kutilgandan yuqori. — Bozorlar asabiy, aksiyalar va kripto bosim ostida. Ba’zilar $76K–$78K ga sakrashni kutmoqda, boshqalar esa haqiqiy test $60K va ehtimol $50K da, deb hisoblaydi. Panik maksimal darajada. Ammo tarixan aynan shunday zonalarda burilishlar boshlangan. Satoshi tvit tashladi 🔑
🟠 Bitcoin yil boshidan beri −22% — 2018 yildan beri eng yomon 1-chorakmi? BTC yilni taxminan 87,7 ming dollardan boshlagan va hozirgacha ~68 ming dollargacha tushib ketgan. Pasayish −22,3% bo‘lib, bozor sakkiz yil ichidagi eng zaif birinchi chorak chegarasida turibdi. 📊 Tarixiy kontekst — 2018: 1-chorakda −49,7% — 2020: −10,8% — 2025: −11,8% — 2026: hozircha −22%, chorak hali yakunlanmagan Bitcoin oxirgi 13 ta birinchi chorakdan 7 tasida pasaygan. 1-chorakdagi o‘zgaruvchanlik odatiy holat. Biroq, hozirgi vaziyat bozor uchun yanada pessimist kayfiyatni uyg‘otmoqda. 📉 Yanvar va fevral oylarida birinchi marta ikki oy ham qizilda? BTC yanvar oyini −10,2% bilan yakunladi. Fevral oyida esa −13,4% kamayish mavjud. Yil boshida "ikki qizil oy" bo‘lishidan qochish uchun BTC narxi oyning oxirigacha 80 ming dollarga qaytishi kerak. Hozircha bu vazifa qiyin ko‘rinmoqda. 🔎 Bu inqirozmi yoki korreksiya? Ba’zi tahlilchilar holatni makroiqtisodiy bosim fonida oddiy korreksiya bosqichi deb hisoblashadi. Tarixan BTC yil boshlarida zaiflik ko‘rsatib, keyinchalik, ayniqsa institutsional talab va halving davrlarida tiklanib kelgan. Ammo faktlar shuni ko‘rsatadiki: bu Bitcoin uchun beshinchi ketma-ket pasayish haftasi, kunlik −2,3% tushish va bosim kamaygani yo‘q. 📌 Xulosa 1-chorak 2018 yildan keyingi eng yomon bo‘lishi mumkin. Hozircha bu chuqur korreksiya ko‘rinishida, lekin agar fevral ham minus bilan yopilsa, bozor psixologiyasi yanada og‘irlashishi mumkin. Satoshi tvit tashladi 🔑
🟠 Bitcoin chuqurroq tushish xavfida: ayiq bozori ssenariysi takrorlanmoqda BTC $80k dan pastda tiqilib qolgan va tobora sustroq ko‘rinmoqda. Asosiy qo‘llab-quvvatlashlar buzildi, qaytish urinishlarida ishonch yo‘q. Bu holat avvalgi ayiq fazalariga juda o‘xshaydi. 📉 Bozor nimani ko‘ryapti — Narx true market mean’dan ($80.7k) past — 21 haftalik EMA yo‘qotildi — ayiq bozorining klassik signali — EMA krossoveridan beri BTC −17% ( $90k dan $78k gacha ) 📊 Tarix yolg‘on gapirmaydi Rekt Capital va CryptoBullet fikricha: oldingi sikllarda bu EMA ssenariysidan keyin “tez burilish” emas, balki yanada pasayish bo‘lgan. 🧲 Qaysi darajalarga tortilishi mumkin — $84k — CME gap, qisqa muddatli sakrash ehtimoli — $74.4k — birinchi jiddiy likvidlik maqsadi — $49k — bozor kapitulyatsiyaga kirsa, chuqur ayiq maqsadi 🧠 On-chain signal CryptoQuant muhim nuqtani qayd etmoqda: BTC 12–18 oylik holder’larning realized price’idan pastda savdo qilmoqda. Tarixan bu “korreksiya” emas, balki uzoq davom etadigan ayiq fazasiga kirish bo‘lgan — bu fazada har qanday rallilar sotib yuboriladi. 📌 Xulosa Narx realized cost va EMA’dan past bo‘lib turgan ekan, bozor avvalgi ayiq bozorlarining ssenariysi bo‘yicha harakat qiladi. CME sakrashlari bo‘lishi mumkin, ammo muhim darajalar qaytarilmaguncha bu tushishdagi pauzalar, yangi sikl boshlanishi emas. Satoshi tvit tashladi 🔑
🟠 Savdo urushi boshlandi: Bitcoin pastga, oltin — kosmosga Bozor aniq risk-off pozitsiyasini tanladi. Yevropa “savdo bazukasi”ni chiqarayotgan bir paytda, Bitcoin pastga qulayapti, oltin va kumush esa tarixiy maksimumlarni yangilayapti. 📉 Bozor holati: — Bitcoin −3,6%, deyarli $3,5K pasayish — Long likvidatsiyalar: 24 soatda $860 mln, 4 soat ichida $750 mln — BTC sakrab chiqmoqda, ammo hanuz ~$92,5K atrofida 🥇 Pul qayerga oqdi: — Gold futures: untsiya uchun $4 667 — mutlaq rekord — Silver futures: $93 dan yuqori — tarixda birinchi marta — Aksiyalar va kripto bosim ostida 🌍 Trigger nimada: Trump 1-fevraldan boshlab Grenlandiya masalasi sababli bir qator Yevropa davlatlariga 10% boj joriy etilishini e’lon qildi. Agar kelishuv bo‘lmasa, iyunga kelib bojlar 25% gacha oshishi mumkin. Ro‘yxatda: Germaniya, Fransiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, shuningdek Buyuk Britaniya va Norvegiya. Yevropaning javobi qattiq. Makron anti-coercion instrument — ya’ni “savdo bazukasi”ni ishga tushirishni taklif qilmoqda, bu AQShning YI bozorlariga kirishini cheklashgacha borishi mumkin. Shu bilan birga €93 mlrd ($108 mlrd) hajmidagi javob tariflari muhokama qilinmoqda. ⚠️ Qattiq xulosa Bitcoin yana xavfli aktiv sifatida savdolanyapti, “panoh” sifatida emas. Har qanday geopolitik shovqin → likvidatsiyalar → vahima → metallarga qochish. Bozorlar eng yomon ssenariyni o‘ylayotgan paytda, kripto bosim ostida qoladi. Ammo agar bu jarayon valyutalar qadrsizlanishi va pul bosishga olib kelsa — foyda ko‘radigan aktivni o‘zing bilasan. Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи
🟠 FRSga bosim = Bitcoin uchun risk mukofoti FRS rahbariga qarshi boshlangan tergov Bitcoin’ning asosiy narrativini yana kun tartibiga qaytardi — suveren bo‘lmagan aktiv. Federal prokurorlar Jerome Powell’ga nisbatan FRS binolarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Senatga bergan ko‘rsatmalari sababli tergov boshladi. Powellning o‘zi buni mustaqil monetar siyosat yuritgani, Donald Trump’ning foiz stavkalari bo‘yicha doimiy bosimiga bo‘ysunmagani uchun “javob zarbasi” deb atadi. 🧠 Nima uchun bu Bitcoin uchun muhim Bitunix tahlilchilariga ko‘ra, markaziy bank mustaqilligi va dollarga bo‘lgan ishonch shubha ostiga olinganda, markazlashmagan aktivlar “narrativ risk mukofoti” oladi. Agar monetar siyosatga siyosiy aralashuv tizimli tus olsa, Bitcoin’ning suveren bo‘lmagan xedj sifatidagi roli yanada kuchayadi. 📊 Bozor reaksiyasi — Bitcoin 24 soatda +0,85% — Monero +18% — Zcash +6,5% Tahlilchi Will Clemente ochiq aytdi: “Bu aynan Bitcoin yaratilgan muhit.” 🧮 Sentiment: past nuqta yaqin, ammo aqlli pullar ehtiyotkor. Matrixport ma’lumotlariga ko‘ra, Fear & Greed indeksi baza shakllantirmoqda — tarixan bu BTC bo‘yicha tub bosqichlarga to‘g‘ri kelgan. ❗️Ammo bir nozik jihat bor: — Nansen talqiniga ko‘ra, “aqlli pullar” BTC bo‘yicha $127 mln miqdorida shortda qolmoqda — Shu bilan birga, ular ETH ($674 mln) va XRP ($72 mln) bo‘yicha long pozitsiyada ⚡️ Xulosa FRSga siyosiy bosim aksiyalar bozori uchun shovqin, ammo Bitcoin narrativi uchun yoqilg‘i. Ha, qisqa muddatli risklar bor. Ammo institutlarga bo‘lgan ishonchda qanchalik ko‘p yoriqlar paydo bo‘lsa, davlatga bog‘liq bo‘lmagan, markaziy banki va “telefon huquqi” bo‘lmagan aktivning qiymati shunchalik oshadi. Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи
🟠 Kitlar sotib olyapti, rитейл foydani yopmoqda — klassik buqa konfiguratsiyasi Mayda o‘yinchilar pozitsiyalarni yopib, “bull trap” kutayotgan bir paytda, yirik hamyonlar buning mutlaqo teskarisini qilmoqda. Va bu — yaxshi belgi. Santiment ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr o‘rtalaridan beri kitlar va “akula”lar (10–10 000 BTC) jami 56 227 BTC sotib oldi — hozirgi narxlarda bu $5,3 mlrd+ degani. Aynan shu vaqtda bozor lokal tubni shakllantirdi. 🧠 Ichkarida nimalar bo‘layapti — Yirik hamyonlar bozor flеtda turganda jamg‘armoqda — Rитейл “soxta o‘sish”dan qo‘rqib, foydani fiksatsiya qilmoqda — Tarixan bozor deyarli har doim olomon emas, balki kitlar ortidan yuradi Santiment buni ochiq aytadi: bozor ko‘pincha rитейl kutganiga qarshi harakat qiladi. Mayda o‘yinchilar qo‘rquv bilan sotayotgan paytda, bozor yuqoriga tayyorlanadi. 📊 Narx konteksti Bitcoin olti haftadan beri $87K–$94K oralig‘ida qisilib turibdi, ammo hozir yuqori chegarani test qilmoqda. Coinbase’da narx $94,800 gacha chiqdi — so‘nggi 7 haftadagi maksimum. 🗣 Analitik James Check qo‘shimcha qiladi: — “Top-heavy” taklif 67% dan 47% gacha tushdi — Foyda fiksatsiyasi “qulab tushdi” — Fyucherslarda short-squeeze’lar ketmoqda — Umumiy leverage esa pastligicha qolmoqda ⚡️ Xulosa Bu eyforiya emas. Bu sokin akkumulyatsiya. Kitlar sotib olayotgan, rитейl esa qo‘rqayotgan paytda bozor odatda yuqoriga yo‘l tanlaydi. Hozir bozor kapitallashuvining o‘sish ehtimoli o‘rtachadan yuqori — “hamma buqa bo‘lgani uchun emas”, balki aqlli pullar allaqachon pozitsiyada bo‘lgani uchun. Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи
🟠 Coinbase: Bitcoin g‘alati bo‘lsa ham, dollarning zaxira maqomini saqlab turishga yordam beradi Coinbase bosh direktori Brayan Armstrong kutilmagan fikr bildirdi: Bitcoin dollarga putur yetkazmaydi — balki uni intizomga soladi. Aslida, u tizimni doimiy “tonusda” ushlab turadi. 📌 Asosiy g‘oya — Bitcoin AQSh haddan tashqari defitsit va inflyatsiyaga berilib ketgan taqdirda “bozor favqulodda tormozi” vazifasini bajaradi — Ishonch yo‘qolganda odamlar BTC’ga o‘tadi va bu hukumatni ehtiyotkorroq bo‘lishga majbur qiladi — Mo‘’tadil inflyatsiya (2–3%) normal, ammo u iqtisodiy o‘sishdan tezlashsa, zaxira valyuta maqomi xavf ostida qoladi Armstrong ochiq aytadi: Bitcoin bilvosita FED va regulyatorlarni dollarga bo‘lgan ishonchni buzmaslikka majbur qiladi. Shu ma’noda, u “Amerika tajribasining umrini uzaytiradi”. 📉 Qattiq kontekst — AQSh davlat qarzi ≈ $37,65 trln va kuniga taxminan $6 mlrd ga oshmoqda — Oktabr oyida JPMorgan Bitcoin va oltinni “qadrsizlanishga qarshi stavka” deb atagan — BTC $126 080 gacha ko‘tarilib, keyin ~30% ga tushib ~$88K atrofida savdolanmoqda — Oltin esa yangi ATH ko‘rsatdi — $4 545/unsiya 📦 Bitcoin zaxirasi haqida-chi? Tramp administratsiyasi strategik Bitcoin zaxirasini ishga tushirdi, ammo hozircha xaridlar yo‘q — faqat musodara qilingan aktivlar. Bitcoin Act 2025 qonuni hali dastlabki bosqichda. 💵 Sanoatning qarshi fikri Ba’zilar dollarning haqiqiy qalqoni — steyblkoinlar, deb hisoblaydi. — Ular AQSh trejerslariga talab yaratadi — Dollarni butun dunyoga banklardan tezroq yoyadi Polygon Foundation rahbari buni “Dollarizatsiya 2.0” deb atagan. AQSh allaqachon GENIUS Act’ni qabul qildi, va steyblkoin bozori ($312,6 mlrd) 2028 yilga borib $2 trln gacha o‘sishi mumkin. Xulosa Bitcoin dollarning dushmani emas — u uning stress-testi. BTC mavjud ekan, AQSh fiskal beparvolik uchun kamroq joyga ega bo‘ladi. Ironiya shundaki, “antitizimli aktiv” oxir-oqibat tizimning o‘zi uchun sug‘urtaga aylandi. Agar bu “sug‘urta” olib tashlansa, dollarga bo‘lgan ishonch ancha tezroq darz ketishi mumkin. Satoshi tvit tashladi 🔑
Magnetto — haqiqatan ham ishlaydigan trafik 📈 Har kuni Telegram’ga 2,5+ mln yangi foydalanuvchi kiradi — va Magnetto bu oqimni aynan sizning maqsadlaringizga moslab yo‘naltira oladi. “Bo‘sh trafik” yo‘q, tasodifiy auditoriya yo‘q — hammasi aniq talablar va KPI’lar asosida. Budjetni bekorga sarflamang — Magnetto’ga yozing 🔹 Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи
🟠 $90K Bitcoin va rekord darajadagi oltin: kim birinchi ko‘z qisadi Bitcoin $90K atrofida qotib qolgan va Rojdestvoni “na yuqoriga, na pastga” rejimida kutib olmoqda. Breykaut yo‘q — asablar bor. Shu paytda oltin va kumush tarixiy maksimumlarni yangilayapti, Yaponiya esa bozorlarni yanada taranglashtirmoqda. 📊 Faktlar — BTC $89–90K atrofida tebranmoqda, price discovery tugagan — Targetlar har tomonga uchib ketgan: $73K dan “$100K ga pump”gacha — Bull–Bear Indicator 2022 dagidek minimumlarda — Coinbase Premium manfiy → AQSh sotishda davom etyapti — Kayfiyat — extreme fear, va aynan shu joyda bozor ko‘pincha teskari harakat qiladi 🧠 Treydyerlar nima deydi CrypNuevo fikricha, sotuvchilar deyarli qolmagan: asosiy bearish ssenariy — low’larni tezkor supurib olish. $80K yo‘qolsa, $73–72K ochiladi, lekin yangi trigger bo‘lmasa ehtimol pastroq. Uning bullish darajalari — $93.5K va $94.5K ga urinish, undan keyin haqiqiy devor — $100K. Boshqalar esa qattiqroq: Q1 2026 da $60K va “yil oxirining eng zerikarli varianti”. 🔥 Bitcoin turgan paytda, oltin yonmoqda — Yaponiya: 10 yillik obligatsiyalar daromadliligi — rekord 2.1% — Oltin: $4,420/unsiya — ATH — Kumush: deyarli $70, yil davomida +150% Klassik flight to safety — va u kriptoga emas. Xulosa Bitcoin joyida turgan, qo‘rquv esa maksimumda bo‘lsa — bozor yechimga yaqin. Yoki oxirgi kapitulyatsiya bilan pastga chiqish, yoki hech kim kutmagan keskin qarshi harakat. Tarixan ko‘proq ikkinchisi bo‘ladi — lekin bungacha hammaning asabi yaxshilab silkitiladi. Satoshi tvit tashladi 🔑
🟠 Bitcoin pensiyasi “sevgi uchun” ketdi. AI-scam — qaytishsiz Qattiq voqea. Investor pensiya uchun yig‘ilgan barcha Bitcoin’ini o‘zi ixtiyoriy ravishda firibgarga yuborgan. Firibgar depozitni ikki baravar oshirib berishni va’da qilgan va bir vaqtning o‘zida “sevib qolgan ayol” rolini o‘ynagan. Klassik pig butchering, faqat endi AI-yuz bilan. 📊 Faktlar: — O‘tkazma ixtiyoriy qilingan, hech qanday xakerlik bo‘lmagan — Mablag‘larni qaytarib olish imkonsiz — “Qiz”ning suratlari AI tomonidan yaratilgani aniqlangan — O‘tkazmadan so‘ng firibgar tan olib, g‘oyib bo‘lgan Bu holat aynan shuning uchun xavfli — bu yerda hamyon buzilmaydi, ong buziladi. Yolg‘izlik, imkoniyatni boy berish qo‘rquvi va “ulgurib qolish” istagi bosim sifatida ishlatiladi. Tugmani o‘zing bosasan va o‘sha paytda Bitcoin aktiv bo‘lishdan chiqib, illuziya uchun to‘lovga aylanadi. Muammo allaqachon tizimli tus olgan: 2024 yilda pig butchering $5.5 mlrd zarar keltirdi va ~200 ming qurbon bo‘ldi. Chainalysis buni bevosita milliy xavfsizlikka tahdid deb ataydi. Birinchi firibgarlikdan keyin odam ko‘pincha “nishonlar ro‘yxati”ga tushadi va yana aldashga harakat qilishadi. Qattiq xulosa: agar kimdir 2× foyda va’da qilsa, “sevgi” haqida yozsa va Bitcoin yuborishni so‘rasa — bu signal ham, imkoniyat ham emas. Bu tuzoq. Bitcoin hissiyotlar haqida emas. Bitcoin — sovuqqonlik haqida. Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи
🟠 MACD birinchi marta butun siklda qizilga kirdi — ayiqchilar imkoniyatni his qilyapti Bitcoin yana bosim ostida: oylik MACD butun joriy siklda birinchi marta manfiyga o‘tdi, on-chain metrikalar esa “hali og‘riq emas” degandek imo qilmoqda. Bozor esa ilgari imkonsiz tuyulgan raqamlarni pichirlashni boshladi. 📉 Nima bo‘ldi: — Oktabrda BTC oylik MACD butun sikl davomida birinchi marta qizilga o‘tdi — Tarixan bu 5 marta sodir bo‘lgan: 5 holatdan 4 tasida narx undan keyin yana taxminan -50% tushgan — Kross-over bo‘lgandan beri BTC allaqachon ~ -35% pasaygan 📊 Joriy holat: — MACD yana -25% pasayish uchun “oyna” qoldiryapti → maqsad zona ~$62.2K, 2026 yanvar — Bu 200-week EMA (~$66.3K) bilan deyarli mos keladi — MVRV ham pastga qarab turibdi: hali ham -0.5σ dan yuqoridamiz, BTC odatda korreksiyalarda shu zona tomon qaytadi — Bu diapazon taxminan ~$76.25K ni ko‘rsatmoqda 📉 Mashhur ayiqcha prognozlari: — Peter Brandt: agar bosim kuchaysa, BTC $50K dan ham pastga tushishi mumkin — Crypto Patel: Fibo bo‘yicha $60–70K diapazonlari — Ba’zi fraktallar (double top) ham xuddi shu darajalarni ko‘rsatmoqda 🔥 Bu bozorga nimani anglatadi Hozir barcha yirik timeframe-larda Bitcoin hali donga yetgandek ko‘rinmayapti. Korreksiya tugashini ko‘rsatadigan barcha asosiy signallar hali ishga tushmagan. Lekin muhim nuqta ham bor: tarixan MACD bo‘yicha kuchli pastga harakatlar keyingi yirik bull-siklning poydevori bo‘lgan. Bozor hali charchamagan. Lekin dno — ehtimol — bu yerda emas. Satoshi tvit tashladi 🔑
видео или голосовое, без подписи