tgindex
Zaynidin Karshiyev | DIREKTOR

Zaynidin Karshiyev | DIREKTOR

Статистика

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktorining Telegram'dagi rasmiy sahifasi Direktorga murojaat: @samtuit_murojaat_bot

Последний пост
15 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
84
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 314
−3 за 4 дн.
Сутки
−2
−0,15%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 343
40 постов
Вовлечённость
102,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 84
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 июл.1 024226

    ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 30 июн.2 93221

    #Tabrik ⚡️ Qadrli yoshlar! ⚡️ Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan TATU Samarqand filiali jamoasi va shaxsan o‘zim nomimdan samimiy muborakbod etaman! Yoshlik — yuksak marralar sari intilish, bilim va salohiyatni namoyon etish davridir. Sizlarning tashabbuskorligingiz, izlanuvchanligingiz va vatanparvarligingiz yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchidir. Sizlarga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida qat’iyat va omad tilayman. Orzularingiz ushalib, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! ⚡️ Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich 🚀 @sbtuitdirector

  • 27 июн.3 00791

    TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevichning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi 🚀 @sbtuitdirector

  • #FoydaliMaslahat Davlat OTTlariga qabul yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi Davlat oliy ta‘lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bugun yakunlanadi. Imkon qadar ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar arizalarini soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Mutaxassislar texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida hujjat topshirishni so‘nggi daqiqalarga qoldirmaslikni tavsiya etmoqda. Ayni paytga qadar davlat OTTlariga o‘qishga kirish uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. 1️⃣ @sbtuitdirector

  • 23 июн.2 92011

    Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi. 1️⃣ @sbtuitdirector

  • ❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. ‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. ➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 1️⃣ @sbtuitdirector

  • GOOOOOOOOOOOOL! 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Kolumbiya 🇨🇴 60’ | Abbosbek Fayzullayev gol kiritdi.

  • ❗️Prezident topshirig’iga asosan, ertaga O’zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi o’yini munosabati bilan, davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi.

  • 4 июн.1 17433

    #Qabul #Abituriyent2026 ✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. 🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✅fanlar majmuasi; ✅taʼlim tili; ✅test topshirish hududi. 🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa: ➡️taʼlim tili; ➡️test topshirish hududi; ➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh. Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. 🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ➡️oliy taʼlim muassasasi; ➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ➡️taʼlim shakli; ➡️tanlov ustuvorligi. Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: 🟢texnikum; 🟢kasb va mutaxassislik; 🟢taʼlim shakli. 🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 27 мая2 929105

    #Bayram_tabrigi 📌 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va aziz talabalar! Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Ushbu qutlug‘ bayram xalqimizning ezgulik, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi yuksak qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hayit kunlarida yuragimizdagi ezgu niyatlar, amalga oshirilayotgan xayrli ishlar va duolarimiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda yoshlarimiz kamoli yo‘lida bardavom bo‘lishini tilayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka va ishlaringizga muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolaman. Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich 1️⃣ @sbtuitdirector

  • #TATUSF_OAV_NIGOHIDA 🤝 TATU Samarqand filialida "RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI YAKUNLANDI" va bu haqida SAMARQAND MTRK teleradiokanalining "KUN XABARLARI" ko'rsatuvi orqali efirga uzatildi. 🚀@sbtuitdirector

  • 14 мая1 0544

    #TATU_SF #Fan_olimpiadasi 2026-yil 13-14-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Murakkab sinovlardan so‘ng, ishtirokchilar uchun Samarqandning boy tarixi bilan tanishish maqsadida tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildi. Ko‘hna shahar bo‘ylab o‘tkazilgan ushbu ekskursiya talabalarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi: 🥇-o‘rin: Uteshova Rahima Tolgatovna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi; 🥈-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi; 🥉-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi. 🎁 Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar! G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🚀@sbtuitdirector

  • 14 мая1 1142

    без подписи

  • 14 мая1 2322

    без подписи

  • 14 мая1 1632

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи