"Sharg'unko'mir" AJning rasmiy telegram kanali
СтатистикаUshbu rasmiy kanalda mamlakatimizda va korxonada ro'y berayotgan yangiliklar, o'zgarishlar, e'lonlar va qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi. Murojaat uchun: @Shargunkumir @shargunkumir_anticor Rasmiy kanal: t.me/sharguncoal
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 57
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 503
- 1/48двое суток
- 576
- 1/72трое суток
- 621
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi belgilandi Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni (roʻyxat raqami 3906, 2026-yil 24-iyul) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Mazkur hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi belgilandi. Unga koʻra: • korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi birinchi navbatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan, korrupsiyaga oid jinoyatchilik darajasi oʻtgan yilga nisbatan oshgan, korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori boʻlgan va boshqa davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi; • reja-grafik korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, har yili mart oyida Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi; • ishchi guruh reja-grafikda belgilangan baholash muddati boshlanishidan kamida 10 ish kuni oldin Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan shakllantiriladi hamda Agentlikning masʼul tarmoq xodimi rahbarligida kamida 7 nafardan iborat toq sonli tarkibda faoliyat yuritadi; • davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini baholash ularning funksional xususiyatlaridan kelib chiqib, koʻpi bilan 14 ish kuni ichida masofadan turib va (yoki) joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi; • baholash dasturi 7 ta yoʻnalish boʻyicha ishlab chiqiladi (jumladan, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini taʼminlash va boshqalar); • baholash 100 ballik tizimda amalga oshirilib, natijalar 81 balldan 100 ballgacha – “yaxshi”, 55 balldan 81 ballgacha – “qoniqarli”, 55 balldan kam – “qoniqarsiz” deb baholanadi; • faoliyati “yaxshi” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi. Sertifikat 3 yil muddat davomida amal qiladi; • faoliyati “qoniqarli” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlariga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oydan oshmagan muddat beriladi va kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganda sertifikat taqdim etiladi; • faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan yoki kamchiliklarni qoʻshimcha muddatda bartaraf etmagan davlat organlari va tashkilotlari sertifikat olmagan deb baholanadi hamda tizim joriy etilgunga qadar tashkilot rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. --- “Sharg’unko’mir” AJning korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari: 🌐 Telegram – @shargunkumir_anticor; ☎️ Ishonch telefoni: +99899 566 85 58; 📨 Elektron pochta manzili: info@anticorruption.uz
💠 Ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi 2026-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 418-son qarori — «Ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qabul qilindi. Qaror bilan ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Hujjat yordam oluvchilar toifalari, yordam ko‘rsatish shartlari va mexanizmini, shuningdek, mas’ul davlat organlarining vakolatlarini belgilaydi. Mazkur qarorning qabul qilinishi ko‘mir sanoatini isloh qilishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Bozor mexanizmlarini joriy etish aholini ijtimoiy himoya qilish choralari bilan uyg‘un holda amalga oshirilishi tarmoq samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 🔹 🔹 🔹 💠 Принято постановление Правительства о мерах по поддержке семей, включённых в социальный реестр, в связи с внедрением рыночных механизмов в угольной отрасли 30 июля 2026 года Кабинет Министров Республики Узбекистан принял постановление № 418 «О мерах по поддержке семей, включённых в социальный реестр, в связи с внедрением рыночных механизмов в угольной отрасли». Постановлением утвержден порядок предоставления социальной поддержки семьям, включённым в социальный реестр, в связи с внедрением рыночных механизмов в угольной отрасли. Документ определяет категории получателей, условия и механизм предоставления помощи, а также полномочия ответственных государственных органов. Принятие постановления стало очередным этапом проводимых реформ в угольной отрасли. Внедрение рыночных механизмов сопровождается реализацией мер социальной защиты населения, что позволяет обеспечить баланс между повышением эффективности отрасли и поддержкой социально уязвимых категорий граждан. #kongeologiya #mingeo #Hukumat_qarori #komir_sanoati #bozor_mexanizmlari #ijtimoiy_himoya Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
💠 Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening yakunlandi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida tog‘-kon sanoati, geologiya va mineral resurslar sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar-trening o‘tkazildi. Geologiya fanlari universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda vazirlik, sohaviy ilmiy va ta’lim muassasalari hamda tarmoqning yetakchi korxonalari mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida Milliy malaka tizimini joriy etish, kasb va malaka talablarini zamonaviy ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish va korxonalar bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini baholash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, korxonalarda o‘quv poligonlari, o‘quv-ishlab chiqarish maydonchalari hamda talabalar amaliyoti uchun zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida kasbiy malakalarni takomillashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish va tarmoq korxonalari uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🔹 🔹 🔹 💠 Завершился семинар-тренинг по развитию профессиональных квалификаций Министерством горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан совместно с Министерством сокращения бедности и занятости и Институтом развития Национальной системы квалификаций проведён двухдневный семинар-тренинг, посвящённый развитию профессиональных квалификаций в сферах горнодобывающей промышленности, геологии и минеральных ресурсов. В мероприятии, состоявшемся в Университете геологических наук, приняли участие представители министерства, профильных научных и образовательных учреждений, а также специалисты ведущих предприятий отрасли. В ходе семинара рассмотрены вопросы внедрения Национальной системы квалификаций, актуализации профессиональных и квалификационных требований, совершенствования подготовки, переподготовки и повышения квалификации кадров, а также развития дуального образования и взаимодействия предприятий с образовательными учреждениями. Отдельное внимание было уделено вопросам переподготовки и повышения квалификации руководителей среднего звена, оценке их профессиональных компетенций, формированию кадрового резерва, а также созданию на предприятиях учебных полигонов, учебно-производственных площадок и лабораторий для практической подготовки студентов. По итогам семинара определены дальнейшие задачи по совершенствованию системы подготовки кадров, развитию практико-ориентированного обучения и формированию кадрового резерва для предприятий горнодобывающей и геологической отраслей. #kongeologiya #mingeo #seminar_trening #Bandlik_vazirligi #GFU #Milliy_malaka_tizimini_rivojlantirish_instituti Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
📱Mobil telefoningizga sizning roziligingizsiz pullik kontent xizmatlari ulanib, hisobingizdan mablag‘ yechilgan holatlarga duch kelganmisiz? 🆕 Endilikda kontent xizmatlarini ulashning yangi tartibi joriy etildi: ✅ Barcha pullik kontent xizmatlari dastlab nofaol holatda bo‘ladi. ✅ Xizmat faqat abonentning tasdig‘idan so‘ng faollashtiriladi. ✅ Ulash yoki o‘chirish mobil ilova yoki USSD-kod orqali amalga oshiriladi. ✅ Abonent roziligisiz pullik kontent xizmatlarini ulash taqiqlanadi. 💵 Agar pullik xizmat abonent roziligisiz ulangan bo‘lsa, mobil operator uni bekor qilishi hamda yechilgan mablag‘ni to‘liq qaytarishi shart. ☎️ Mazkur masala yuzasidan muammoga duch kelsangiz, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat qiling. 🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✅ “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi. ✅Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, yangi qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishtirokchilarga yetkazildi. 👉Tadbir haqida batafsil➡️
"Sharg'unko'mir" AJning rasmiy telegram kanali pinned «📢 "ШАРҒУНКЎМИР" АЖ ИШЧИ-ХОДИМЛАРИ ДИҚҚАТИГА! 🎒📚 Ассалому алайкум, ҳурматли ҳамкасблар! 🎓 Янги 2026–2027 ўқув йили бошланиши муносабати билан, анъанага мувофиқ, "Шарғункўмир" АЖ маъмурияти ва Касаба уюшма қўмитаси ҳамкорлигида жамиятимиз ишчи-ходимларининг…»
📢 "ШАРҒУНКЎМИР" АЖ ИШЧИ-ХОДИМЛАРИ ДИҚҚАТИГА! 🎒📚 Ассалому алайкум, ҳурматли ҳамкасблар! 🎓 Янги 2026–2027 ўқув йили бошланиши муносабати билан, анъанага мувофиқ, "Шарғункўмир" АЖ маъмурияти ва Касаба уюшма қўмитаси ҳамкорлигида жамиятимиз ишчи-ходимларининг 1-синфга борадиган фарзандлари учун ўқув қуроллари тўплами тақдим этилади. 📝 Шу муносабат билан, фарзанди жорий йилда 1-синфга борадиган барча ишчи-ходимлардан боласининг туғилганлик ҳақидаги гувоҳномаси нусхасини 2026 йил 10 августга қадар "Шарғункўмир" АЖ Касаба уюшма қўмитасига тақдим этишлари сўралади. ⚠️ Муҳим! ❗️ Белгиланган муддатдан кейин тақдим этилган ҳужжатлар қабул қилинмайди. ❗️ Рўйхатдан қолиб кетганлар учун қўшимча рўйхат шакллантирилмайди. 🤝 Ҳамкорлигингиз ва тушунганингиз учун раҳмат! Касаба уюшма қўмитаси
Live stream finished (56 minutes)
Live stream started