Sokin osmon
СтатистикаBus-butunlayiga qalb, biroz adabiyot, biroz erkinlik.💙 + (badiiy, adabiy-ma‘rifiy kanal) ✉️ @Sokin_osmonbot
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 78
- 1/48двое суток
- 89
- 1/72трое суток
- 96
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
"bilib turibdi ko‘rib turibdi hisobini qilib turibdi..."
*** Qaylarga boshladi bizni bu taqdir, Qaysi sinovlarning toshlari ezdi? Ikki ayri umr uchrashdi oxir - Yuragim sezdi. Uchib o'tdi qancha turnalar og'ir, Qancha gulbahordan kunlarim bezdi... Ayriliqdan chiqdi ikkita taqdir - Yuragim sezdi Yolg'izlik - suyanch-u, sirdoshdan judo- Beadad ko'zlardan sog'inib kezdi. Ammo borligingni har lahza, yor - o, Yuragim sezdi. Muzlatdi!.. Muzlatdi hijronning ro'zi, Jonimda izg'irin betinim esdi... Bizni uchrashtirgan tangrining o'zi - Yuragim sezdi! Usmon Azim
Kuchli ayol hikoyasi har doim yolg'on edi.Hech bir qiz kuchli ayol bo'lish uchun tug'ilmaydi.Hammasi pok orzular qilgan,erkatoy malikaga o'xshaydilar.Taqdirdir ularni yalmog'iz,fitnachi yoki kuchli qilgan. Bajarilmagan va'dalar,yarim qolgan taqdirlar,yashalmagan baxtlar,o'limlar,ayriliqlar kuch beradi insonga. Hayol qilingan orzular kartadan yasalgan qal'a kabi yiqilganida,uning qoldiqlari ostida ezilmaslik uchun Alloh kuch beradi insonga.Onam kuchli ayol edilar.Men uning kuchliliga havas qilardim.Hech qachon shunday bo'lolmayman deb o'ylardim,afsuski bo'ldim.Bir kun qiz farzandim bo'lsa,kuchli ayol emas,baxtli ayol bo'lishini tilayman. Rana Şahnaz-Bir yolg'izlik tangosi T.me/sokinosmon
H - his!
🌿Men chiroyli edim seni sevgan payt, Oynaga bir kunda yuz bor qarardim, Tun kabi tim qora kokillarimni, Sening barmoqlaring bilan tarardim. Men chiroyli edim oshiqligimda, Koʻzing koʻzgusidan uzolmasdim koʻz. Devona qilgandi sen bilib-bilmay, Aytib qoʻygan oʻsha bittagina soʻz. Gerdayib yurardim malikalardek, Necha shaxzodalar izimda sarson. Hammadan badavlat, hammadan baxtli, Hammadan chiroyli edim men,ishon! Endichi... Kuz choʻkdi bahorlarimga, Kunlarim qorongʻu tunga aylandi. Ishimda rivoj yoʻq, yoʻlimda unum, Oyogʻim boylandi, qoʻlim boylandi. Yuzlarim qiyosi soʻliyotgan gul, Bir-bir yaproqlarim toʻkilmoqdalar. Umidlar eskirgan chuldir matodek, Hamma choklaridan soʻtilmoqdalar. Qorlar yogʻib berdi kutilmaganda, Qaro sochlarimga tashlab izlarin. Asar ham qolmadi ohuligidan, Soʻnayotgan shamga oʻxshar koʻzlarim. Men chiroyli edim,seni sevgan payt, Qashqirlar chang soldi ishqim baxtiga, Sen meni munosib bilmadingmi,ayt. Koʻngling mamlakatin taxtiga?! Malika Tavfiq
Bir o‘zim yashayveraman. Kuylayveraman bir o‘zim. Bir o‘zim ovqatlanaman. Bir o‘zim kuzni tomosha qilaman. Bir o‘zim kuz tortiq qilgan she’rlarni yuragimdan to‘kaman qog‘ozga, bir o‘zim “Xudoyim!” deb nola qilaman, kuchim yetmaganda bu olamga. Bir o‘zim superbirbalo do‘konga boraman. Bir o‘zim bir o‘zim uchun xarid qilaman bir narsalarni. Bir o‘zim eng ulkan baxtda ham bebaxt bo‘laman. Bir o‘zim dorilar sotib olaman. Og‘risam, o‘zimga qarayman bir o‘zim. Bir o‘zim o‘lmaslikka harakat qilaman... Chunki kelasanmi, deb o‘ylayman bir kunmas bir kun. - Usmon Azim | @sokinosmon
"menga baribir") Manba ✅️
Men olov yasabman tuyg’ularimdan, Seskandim– nigohing naqadar sovuq. Yomg’irdan go’zalroq hislarim bilan senga singmoqchiydim– arziganing yo’q… Osmon– ulkan ko’zgu. Sindi, yaxshiyam… - Mehrinoz Abbosova | @sokinosmon
ko‘ngiljon @sokinosmon
His, his, his... @sokinosmon
Boshqa fasllarning borligi ro'yo, Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim ©Shuhrat Orif @sokinosmon
Sadoqat, muhabbat, sog‘inch va oliyjanoblik haqida hikoya ©️KunUZ @sokinosmon
What makes you happy? Me : 🌧 @sokinosmon
https://t.me/boost/sokinosmon
Ketish emas edi ko‘nglimning istagi, Tanlov qo‘limdan uchdi, yo‘q oldimdagi yo‘l, Quduq bo‘lib chiqdi taqdirning tanlovi, Lek qolsam — yonardim noma'lumlik payonsiz cho'l. Nafas izlab ketdim, yurak titradi, Har nafasda ming savol, ming umid, Ammo bilaman — noma’lum yo‘ldan qochmasam, O‘zimni yoqardim, bilmaslik o‘tida kuyib.
– Ўшанда жуда чиройли кетдинг… – деди эркак. – Йигирма йилки кетишингни унутолмайман. – Раҳмат, – деди аёл. – На жанжал, на зуғум, на бир оғир сўз…. Фақат эсимда, кетаётганингда елканг бетўхтов силкинди… Йиғлаган эдингми? – Йиғлаган эдим. Ёшим тўхтагани йўқ ҳали-ҳануз ҳам… Сукунат. Эркак бош эгди. Қанча уринмасин кўтаролмади бошини. Елкаси эса силкингани-силкинган… Усмон Азим
Қандай яшаяпсан? Мен ҳам юрибман, Ҳамон кунларимнинг шафақлари ол. Бари ўша-ўша... Фақат кўзгудан, Менга қараяпти бахтсиз бир аёл! Ҳеч нарса бўлмади гўё... Шаҳарнинг, Биз ўтган йўллари изинг қўмсайди. Бутунлайга эмас, Гоҳи-гоҳида, Биз бирга кунларга қайтиб бўлсайди... Ҳеч нарса бўлмади... Сенда ҳам шуми? Совиган қахвадек... На ишқ, на нафрат! Фақат Куз доимий бўлиб келдию, Баҳор бутунлайга кетгандек фақат! Кутиш ҳам тугади... Ундан ҳам ўтдим, Билсанг энг қаттиғи умиднинг жони! Бошқа ҳеч туйғуга жой қолмас экан, Агар бирозгина суйсанг Худони! Тўғриси, Маъқулроқ менга шу ҳаёт, Юрак азобларни унутолмайди. Севгини рад этиш, Бу жуда жўн иш, Соғинишни ҳеч ким рад этолмайди! ©Малика Салимова @sokinosmon
"Ba'zilar she'riyatni yoqtirmaydi. Chunki ularning yaralari yo'q. Yaralaganlari bor." Attila Ilhan @sokinosmon
So'zlasam, so'zlasam tinglasang... @sokinosmon
"Susambil" m/f Qayta tomosha qilib qayta kashf qilinadigan biri. Kattalar tomosha qilishi kerak bo‘lgan turkumga bemalol kiritsa bo‘ladigan biri. Har bir qahramonda , munosabatda, nimadir umuman boshqattan topa-topa, his qila-his qila, "ehhe" deya-deya tomosha qildim. (Dialoglari, qo‘shiqlari alohida mavzu) Sog‘indingizmi?