tgindex
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi

Статистика

Тошкент вилоят адлия бошқармасининг мурожаат боти! ✉️ @TVA_adliya_bot Коррупсияга оид мурожаатлар учун: @antikorbot

Последний пост
09:05
Последнее чтение
06:22
Постов за неделю
52
Всего постов
411
Тип
открытый
Язык
az
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 080
−11 за 5 дн.
Сутки
−3
−0,28%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
198
40 постов
Вовлечённость
18,3%
к подписчикам
Постов в день
7,4
всего 411
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
147
1/48двое суток
168
1/72трое суток
181

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq holatlarni o'rganish bo'yicha SO'ROVNOMA 🔐📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda banklar, mobil aloqa operatorlari, internet-do'konlar, davlat xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanishda shaxsga doir ma'lumotlar (telefon raqami, pasport ma'lumotlari, yashash manzili, bank kartasi ma'lumotlari va boshqalar) taqdim etilmoqda. Mazkur so'rovnoma fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlari bilan bog'liq amaliy tajribasi, uchrayotgan muammolar, tashkilotlarga murojaat qilish amaliyoti hamda ushbu sohadagi huquqlar to'g'risidagi xabardorlik darajasini o'rganish maqsadida o'tkazilmoqda. 👉 So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: 🔗 https://forms.gle/tGTKnWYCcweA7tUK8 🔒 So'rovnoma anonim hisoblanadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim! 🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!

  • #OAV_biz_haqimizda #matbuot Kelajak oldidagi mas’uliyatni his etish fursati va imkonidir ✅O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — milliy davlatchiligimiz taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni baholash va kelgusi maqsadlarni belgilash uchun muhim tarixiy davrdir. Zero, mustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida izchil islohotlar amalga oshirildi. ✅Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda adolatni qaror toptirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. 🖌Abdumutalib Dadajonov, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i 🔶Manba: "Inson va qonun" gazetasi 🔘Gazetani yuklab olish uchun Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube Telegram

  • #Adliya_xabari ⚖️ “Madad” — huquqiy yechim izlaganlar uchun ishonchli manzil! ✅ Har bir insonning muammosi turlicha. Ammo huquqiy yechim izlayotgan insonning ehtiyoji bitta — o‘z vaqtida malakali huquqiy yordam olish. 📊 Joriy yilning o‘zida 303 mingdan ortiq fuqaroning huquqiy masalalariga yechim topishda ko‘maklashildi. 🏢 Eng muhimi, huquqiy yordam faqat bitta ofis bilan cheklanmaydi. Respublikaning barcha hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari faoliyat yuritadi. Ularda fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish, zarur hollarda nizolarni sudgacha yoki sud orqali hal etish uchun protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish yo‘lga qo‘yilgan. (Advice.uz) 🤝 Muammo turlicha. Maqsad bitta — qonuniy yechim topish. 💬 Yechim izlayapsizmi? Sizga “Madad” bor! 🎥 Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 14:381462

    https://uza.uz/uz/posts/adliya-tizimi-oldidagi-yangi-vazifalar_896102

  • Davlatning ijtimoiy mohiyati nimada namoyon bo'ladi?

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun (O‘RQ–1166-son, 14.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (Administratsiya) faoliyatini tartibga solishdan iborat. 🏛 Administratsiya Prezidentning davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlashiga ko‘maklashadigan, Prezident vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organidir. 🔘 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. ✅ Administratsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi. 📜 Administratsiya quyidagi asosiy vakolatlarga ega: ➖ Administratsiyaga belgilangan tartibda kiritilgan qonunchilik hujjatlarini, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish; ➖ Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish; ➖ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar hamda topshiriqlar berish, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot talab qilish va boshqalar. 📑 Administratsiya Rahbari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar yoki topshiriqlar chiqaradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • 09:431291

    #Adliya_xabari ⚔️ Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori bugun auditoriyalarda ham yaratilmoqda ✅ Huquqiy davlatni faqat qonunlar emas, avvalo, shu qonunlarni yaratadigan, qo‘llaydigan va himoya qiladigan bilimli, mas’uliyatli hamda zamonaviy fikrlaydigan huquqshunoslar barpo etadi. Shu bois yuridik ta’limni takomillashtirish bugun strategik vazifaga aylanmoqda. 🎓 Yuridik ta’lim tizimida yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash uchun qator muhim yangiliklar joriy etilmoqda: 🔹 “litsey – universitet” uzluksiz ta’lim klasteri shakllantirilmoqda; 🔹 oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yurisprudensiya bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik imkoniyati yaratildi; 🔹 “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” yo‘nalishlariga qabulda xalqaro standartlarga mos IQ test joriy etildi; 🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti THE World Impact Rankings TOP-400 tarkibidan joy oldi; 🔹 ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va “Huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt laboratoriyasi”ni tashkil etish belgilangan; 🔹 xorijiy universitetlar bilan 8 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishida double degree dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. 📖 Yangi davr huquqshunosi qanday bo‘lishi kerak? Yuridik ta’limdagi bu o‘zgarishlar kelajak yuristlariga qanday imkoniyatlar yaratadi? “Mustahkam yuridik ta’lim – huquqiy davlatning poydevori” maqolasida yuridik ta’limning buguni va kelajagi haqida batafsil tanishing. 👉 Maqolani to‘liq o‘qish 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 17 авг.2291из Anasxon Xamdamov

    #Adliya_xabari #Adliya_va_yoshlar ⚔️ Adliya tizimida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Bugun adliya tizimida yosh kadrning bilimi, salohiyati va natijasi uning professional o‘sishi uchun asosiy mezonlardan biriga aylanmoqda. 🎥 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari shu'basi bosh maslahatchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Salohiddin Sobirov o‘zining adliya tizimidagi karyera yo‘li va yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Uning yo‘li hali kollejda tahsil olayotgan paytida “Yosh adliyachilar” klubidan boshlangan. Bugun esa u Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida faoliyat yuritmoqda. 💼 Ochiq va shaffof tanlov, mentorlik va adaptatsiya, doimiy o‘qish va rivojlanish, kitobxonlik va rag‘batlantirish tizimi, “Top-50” va “Top-10” reyestrlari, markaziy apparatda ishlash hamda xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatlari — bularning barchasi yoshlarning professional o‘sishi uchun xizmat qilmoqda. 💬 “Agar o‘z ustingizda ishlab, tinimsiz mehnat qilsangiz, adliya tizimida professional o‘sish uchun barcha sharoitlar yaratilgan!” ▶️ Bir yosh xodimning karyera yo‘li va adliya tizimidagi imkoniyatlar — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • Shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq holatlarni o'rganish bo'yicha SO'ROVNOMA 🔐📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda banklar, mobil aloqa operatorlari, internet-do'konlar, davlat xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanishda shaxsga doir ma'lumotlar (telefon raqami, pasport ma'lumotlari, yashash manzili, bank kartasi ma'lumotlari va boshqalar) taqdim etilmoqda. Mazkur so'rovnoma fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlari bilan bog'liq amaliy tajribasi, uchrayotgan muammolar, tashkilotlarga murojaat qilish amaliyoti hamda ushbu sohadagi huquqlar to'g'risidagi xabardorlik darajasini o'rganish maqsadida o'tkazilmoqda. 👉 So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: 🔗 https://forms.gle/tGTKnWYCcweA7tUK8 🔒 So'rovnoma anonim hisoblanadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim! 🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!

  • Konstitutsiyaning nechanchi bo'limi "Jamiyat va shaxs" deb nomlangan?

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun (O‘RQ–1166-son, 14.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (Administratsiya) faoliyatini tartibga solishdan iborat. 🏛 Administratsiya Prezidentning davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlashiga ko‘maklashadigan, Prezident vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organidir. 🔘 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. ✅ Administratsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi. 📜 Administratsiya quyidagi asosiy vakolatlarga ega: ➖ Administratsiyaga belgilangan tartibda kiritilgan qonunchilik hujjatlarini, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish; ➖ Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish; ➖ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar hamda topshiriqlar berish, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot talab qilish va boshqalar. 📑 Administratsiya Rahbari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar yoki topshiriqlar chiqaradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • Quyidagilarning qaysi biri reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq emas?

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Adliya_ayoli 🌷 “ADLIYA AYOLI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Adliya ayoli” tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlarini namoyish etib, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan dolzarb takliflari bilan bellashdilar. 🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Toshkent viloyati FHDY arxivi 1-toifali inspektori Qodirova Go‘zal Qodir qizi; 🥈 2-o‘rin — Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Tojiqulova Nazokat Abdujabbor qizi; 🥉 3-o‘rin — Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi Musurmonova Farangiza Akmal qizi. 👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | |Youtube Telegram

  • 14 авг.1621из adliyangiliklari

    #jarayon

  • 14 авг.166из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari ⚔️ “Huquqiy davlat faqat qonunlar soni bilan emas, ularning sifati va asoslanganligi bilan ham baholanadi” ✅“Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’ruza qildi. 💬 Ma’ruzada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlangani, qonunlar nafaqat ustuvor, balki adolatli, oqilona va inson huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 📋 Shu maqsadda tadbirkorlik sohasidagi 42 mingdan ortiq majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda. Nomaqbul deb topilgan 2 500 dan ortiq talabni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, 1 600 dan ortig‘i bekor qilindi. 📊 Dalillarga asoslangan norma ijodkorligi va tartibga solish ta’sirini baholash natijasida 2021–2025-yillarda qariyb 10 trln so‘mlik, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 1 trln so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi. 📈 Qonunlarning amalda qanday natija berayotganini aniq ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash maqsadida “qonun uchun KPI” tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda 100 ga yaqin qonunchilik hujjatining samaradorligi baholandi. 🤖 Shuningdek, norma ijodkorligida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, jumladan, “Law as Code” — “Qonun — kod sifatida” yondashuvini joriy etish istiqbollari qayd etildi. Huquqiy sohada innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan “Huquqiy innovatsiyalar laboratoriyasi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. 🇺🇿 “Biz qurayotgan davlatda qonunlar nafaqat ishlashi, balki eng avvalo adolatli, oqilona va barqaror bo‘lishi shart.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 14 авг.1543из adliyangiliklari

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚔️ Endi bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin 📑 2026-yil 13-avgustdagi O‘RQ–1164-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 👨‍👩‍👧 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda bolaga otasining ismi, shuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi bo‘yicha familiya berish mumkin. 📌 Ilgari Oila kodeksida otasining ismini bolaga familiya sifatida berish nazarda tutilmagan edi. 🏛 Qonun bilan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga ham qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, elektron arxiv va nodavlat arxivlarni tashkil etishning huquqiy asoslari belgilandi. 💻 Elektron arxivlarda: 🔹 zarur apparat-dasturiy ta’minot va raqamlashtirish vositalari mavjud bo‘lishi; 🔹 elektron hujjatlarni qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyati yaratilishi; 🔹 elektron hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligi ta’minlanishi; 🔹 axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi lozim. 🏢 Shuningdek, davlat mulki hisoblanmaydigan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlar tashkil etish imkoniyati yaratildi. ⚖️ Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilandi. ✅ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 14 авг.1002из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X