Urolog Ergashev blogi
СтатистикаShaxsiy blog. Men to'g'ri fikrlayman, muammo sizning noto'g'ri fikrlashingizda. Owner: @ergashev_azambek
- Последний пост
- 26 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 105
- 1/48двое суток
- 120
- 1/72трое суток
- 129
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ko'p bilgan ko'p azob chekadimi? Anglashimcha, man tanigan hayotda o'z o'rnini topishga intilayotgan insonlarni 98%'i AI haqida umuman o'ylab ham ko'rgani yoq. Soham - tibbiyot, va bu sohadagi ish o'rinlari AI sabab yo'qolishi ehtimoli eng past sohalardan biridir, ammo shunda ham men depressiyadan aqldan ozay deb turibman. Ayniqsa, bakalavrni endi tugatib o'z sohamni tanlayotganimda, AI kelajakdagi tibbiy ish o'rinlariga tasiri haqida o'qimagan maqolam qolmadi. AI'dan oldingi davr insoniyat uchun anchagina farovonlik davri bo'ldi, undan keyingi davr ham katta ehtimol bilan bundanda bir necha barobar farovon bo'ladi. Ammo o'rtada o'tish davri bo'lishi aniq va eng qiyin davr aynan shu bo'ladi. GenZ katta ehtimol bilan ushbu o'tish davri qurbonlari bo'ladi. O'z kelajagimni AI bilan tasavvur qilib qiynalganim sari, farzandlarim va ularni kelajagi haqida shunchalik qayg'urishni boshlayapman: ularning yangi dunyosini men tushunamanmi? Unga qaysi kasbni tanlashiga yo'naltiraman? Uni hayot yo'lida qanday qilib yo'l ko'rsataman? Axir biz katta bo'lgan an'anaviy hayot endi yo'q bo'ladi ular o'smirligida? Tug'ilmagan inson haqida nega bunchalar siqilasan deysizmi? Insonni kelajakda buyuk bo'lishi uchun, hozirgidek uni voyaga yetgach to'g'ri kasbga qo'yish emas, unga yoshligidan mukammal, to'g'ri tarbiya berish kifoya, shunda hamma narsani siz u uchun hal qilmaysiz va to'g'ri yo'nalishni o'zi topadi. Qolgan odamlar, qanday qilib hech nima haqida o'ylamay shunchaki rohatlanib yashayapsizlar?
- Tibbiyot talabalari orasida suidsid ko'pmi? - Biror insonni 6 yil itdek yugurtiring, vaqtini, pulini oling, keyin unga: "Mana senga 6 yillik umr evaziga beriladigan qog'oz, ammo bu hech nimaga arzimaydi, yaxshi pul topishing uchun hali yana 4-5 yil o'qishing, 10 yil shogirt bo'lishing kerak" deng. - Istalgan inson o'z joniga qasd qilishi aniq.
O'zbekiston Tibbiyot Oliy Ta'lim Tizimida 6 yillik umr o'tkazib butun tizim haqida chiqargan xulosalarim: 1. Biz chiqarayotgan kadrlar: a) hukumat tibbiyotga tikayotgan pulga; b) xalqning tibbiyotga sarflash uchun istayotgan puli - ga teng proporsional.…
- 9-may. Esimizni taniganimizdan beri nishonlanadigan bu bayramning asl sababi bo'lmish 2-jahon urushi nima sababga ko'ra boshlangan, uning mazmuni nima edi va oxirida kim, nima uchun va qanday qilib g'alaba qozondi? Asl haqiqat yutdimi o'zi? Buni mazmunini chaqib olish kerak. - Ikkiyuzlamachilik nima degani deyilsa: diniy reels'ni joylaganidan keyin orqasidan Toples'ning "Hayotning mazmuni nima?" qismidagi soundiga video qo'yadigan odamlarni aytish mumkin.
O'zbekiston Tibbiyot Oliy Ta'lim Tizimida 6 yillik umr o'tkazib butun tizim haqida chiqargan xulosalarim: 1. Biz chiqarayotgan kadrlar: a) hukumat tibbiyotga tikayotgan pulga; b) xalqning tibbiyotga sarflash uchun istayotgan puli - ga teng proporsional. Bu nimani anglatadi? Har qanday rivojlangan mamlakat borki, ular o'z ijtimoiy sohalarini rivojlantirish uchun albatta katta pul tikishadi. Ijtimoiy sohalar ichidan rivojlantirish uchun eng katta pul sarflanadigan soha - bu tibbiyot. Shuni qabul qilishimiz va tushunishimiz kerakki, sarmoya kiritmas ekanimiz tibbiyotimiz va tibbiy ta'lim bundan o'smaydi. Ha, Amerikada tibbiyot juda rivojlangan, ammo Amerikaliklar doimo tibbiy sug'urta qimmatligidan, agar biror o'rtacha Amerikalik inson og'irroq kasallikka chalinsa, to'liq davolanish uchun bankrotlikka uchrash ehtimoli balandligidan doimo nolishadi. Rivojlanishimizga mos ravishda, tibbiyotga sarmoya kiritishni boshlayapmiz. Hukumat, tibbiyot vazirligi va rektorlar - ideal bo'lmasada, kutilganidan yaxshi ishlayapti. Nima degani? Tizimdagi muammolarni ular bo'yniga ilish endi xato. Tizimni bundanda yaxshi qilish uchun endi to'g'ri ishlashni o'zimas - albatta pul kerak. Vrachlarga yaxshi pul to'lash kerak, keyin ularni qattiq imtihondan o'tkazib saralash kerak. Tibbiyot institutlariga ko'proq pul ajratish kerak, o'qituvchilarni maoshlarini ko'tarish kerak. Keyin ularni ham qattiq saralash kerak.. Hammasini juda sodda va qisqa tushuntirsa, xuddi shunaqa deyish kerak. Bundanda to'liqroq tushuntirish podkastda bo'ladi. Davomi bor...
6 yil umrimni buyrokratiya va depressiyaga sotdim. Endi esa oyiga 147$ maosh evaziga: "do'xtirlarga faqat pul kerak" deydigan odamlarni davolab yashaymanmi?
Urush boshida (ayniqsa Xormuz yopilganida) 3 ta tendensiya: 1. Neft narxi ko'tarilishi 2. Dollar narxi oshishi 3. Oltin narxi tushishi Hammasi bir biriga bog'liq va buning boshida neft turibdi deb hech qanday qo'shimcha spoylersiz aytganimda ko'pchilik (albatta ekspert bo'lmagan odamlar) menga qarshi chiqishgan edi. Buning mexanizmi qanday: urush boshlanganda neftning eng katta ombori bo'lgan mamlakat o'z nefti bilan dunyo bozorida tahdid qildi va neft narxi osmonga uchishni boshladi va Eron Xormuzni yopganida neft narxida haqiqiy olamshumul voqealar ro'y berdi. Neft narxi bilan dollar ham oshadi. Sababi dunyo bozorida asosiy neft savdosi dollarda bo'ladi. Endi gap qayerda? Har qanday urushda oltin narxi albatta oshishi kerak, ammo bu gal tushdi. Bunga asosiy sabab (fikrimcha va bu tasdiqlandi) dunyo bozorida neftning asosiy savdosi dollarda bo'ladi, neft narxi oshganida o'z o'zidan dollar narxi ham oshadi. Xo'sh, oltin nega tushadi? Oltin va dollar = doimo bir biriga qarama qarshi. Dollar ko'tarilganligi sabab oltin narxi tushdi. Kecha 14 kunlik sulx e'lon qilinganida neft narxi tushishni boshladi -> dollar narxi tushdi va oltin yana ko'tarildi. Ma'lumotlar tayyorlashda AI yordamidan foydalanilinmadi..
Yoshligingda kimlarnidir ko'ziga yoqish uchun "chopon" kiyishdan uyalasan. Yoshing katta bo'lib, hayotda u bu narsani anglab qolgach, otang aslida bekorga choponni yoqtirmaganini, aslida bu eng komfort kiyimligini tushunasan va kiyishni boshlaysan.
Bunchalik tez qarish nimadan? Zamonaviylikni va yangilikni adekvat qabul qilolmaydigan vrach yoki dotsentni ko'rsam, man uni yoshiga yetsam qanday bo'lishim haqida o'ylayman? 30 yil oldin o'qigan narsalarim haq eng zamonaviysi deb turamanmi yoki yosh talabani diqqat bilan eshitamanmi? Yo'q, albatta uzoq yillik tajribali olimning ilm masalasida talabaga to'liq yondashib qolishi bu juda katta ham axloqiy ham insoniy xato. Olim inson talabadan ko'ra yangiliklarga adekvatroq bo'lishi lozim va tezroq qabul qilishi kerak. Gapimni tushuntirish uchun qisqacha nostalgia beraman: shu paytgacha tibbiyot institutini bitirganlar va yana kamida yaqin 5 yil ichida urologiya o'qiydigan barcha talabalarga eng avtoritet kitob qilib Lopatkin ko'rsatilingan. Hatto hozirgacha ham Campbell yoki Branner (The Bible of Nephrology) kitoblarini ko'rsatsang ham Lopatkinni og'zidan bol tomib maqtab, qolganini tan olmaydigan domla va vrachlar ko'p. Gap shundaki, Lopatkin klassik sovet kitobi va hali urologiya va nefrologiya to'liq ajralmay turib eng sodda tilda yozilgan kitob. Uning yana bir juda yaxshi tarafi shundaki, u juda sodda tilda yozilgan, kam vaqt ichida juda ko'p narsani tushunib olish mumkin. Uni o'qish uchun eng basic bilimlar ham yetarli, hamma tushunadi, talabaga tushuntirish oson. Ammo undagi ko'p narsalar eskirdi, gen terapiya, cell therapy, real physology'da juda ko'plab kashfiyotlar qilindi va ular hammasi Brenner'da jamlangan. Shuningdek, zamonaviy nefrologiya va Urologiya deyarli to'liq ajralib bo'lgan va Lopatkinni klinik amaliyot uchun qo'llab bo'lmaydi. Shunchaki uni "pot" qilishni bas qilib, pensiyaga chiqarish kerak va talabalarga haqiqiy nefrologiya va urologiyani o'qitish kerak.
- "Klinik ordinator yoki vrach albatta viqor bilan yurishi kerak. Ammo viqor miyya ichidagi bilim bilan proporsional bo'lishi kerak. Shundagina viqor yarashadi." - "Kalpachok kiyishni majburlash - shifoxona ichida vrach va 6-kurs talabasini ajratishga qaratilingan chora-tadbirlar majmui. Vrachlar bosh kiyimsiz yurar ekan, nozokomial infeksiya haqida gapirish ortiqcha."
Zamonaviy tibbiyotda SEPSIS haqida yangi qarashlar: 2026-yil 26-fevralda dunyodagi eng nufuzli tibbiy jurnallardan biri — The Lancet'da sepsisga bag‘ishlangan katta ilmiy maqola chop etildi. Bu maqola yangi bitta tadqiqot emas, balki so‘nggi yillardagi eng zamonaviy ilmiy qarashlarni umumlashtirgan review maqola hisoblanadi. Shuning uchun undagi fikrlar hozirgi zamonaviy sepsis konsepsiyasini aks ettiradi. Quyida maqoladagi eng muhim yangi g‘oyalarni keltiraman: 1. Sepsis — bitta kasallik emas. Oldin sepsis oddiy tushuntirilardi: «Infeksiya + yallig‘lanish = sepsis» Hozirgi qarash esa boshqacha: «Sepsis — infeksiyaga nisbatan organizmning dysregulated javobi.» Bu jarayon ikki yo‘nalishda kechishi mumkin: • Giperinflamatsiya (sitokinlar bo‘roni) • Immunosupressiya (immun tizimning susayishi) Ko‘p bemorlarda ikkalasi bir vaqtning o‘zida kuzatiladi. 2. Sepsis bemorlari bir xil emas (Endotiplar) Zamonaviy ilmiy qarashga ko‘ra sepsisning biologik turlari (endotiplari) mavjud. Masalan: • Hyperinflammatory phenotype • Immunosuppressed phenotype • Coagulopathic phenotype Shuning uchun kelajakda davolash ham hamma bemorga bir xil bo‘lmaydi, balki individual (personalized medicine) bo‘ladi. 3. Biomarker asosida davolash Sepsisni davolashda yangi yo‘nalish — biomarkerlar yordamida qaror qabul qilish. Muhim biomarkerlar: • Procalcitonin • CRP • IL-6 • Monocyte HLA-DR Bu ko‘rsatkichlar orqali organizmda giperinflamatsiya bormi yoki immunosupressiya bormi alaniqlash mumkin. 4. Har doim antibiotik kerak emas Sepsis faqat bakterial infeksiya emas. Sabablari bo‘lishi mumkin: • viruslar • zamburug‘lar • parazitlar Shuning uchun ba’zi holatlarda antibiotikni uzoq davom ettirish shart emas. Bu yondashuv antibiotic stewardship deb ataladi. 5. Sepsisni oldini olish — eng muhim strategiya Sepsisni kamaytirishning eng samarali usullaridan biri vaksinatsiya hisoblanadi. Masalan: • pnevmokokk vaksinalari • gripp vaksinalari • meningokokk vaksinalari Bu vaksinalar og‘ir infeksiyalarni kamaytirib, sepsis rivojlanishining oldini oladi. 6. Organ yetishmovchiligining asosiy sababi — mikrosirkulyatsiya buzilishi Sepsisda muammo faqat arterial bosimda emas. Asosiy patologiya: • endoteliy shikastlanishi • glycocalyx parchalanishi • kapillyar tromboz • mikrosirkulyatsiya buzilishi Natijada to‘qimalarga kislorod yetib bormaydi vs organ yetishmovchiligi rivojlanadi.
Bugungi dunyo - covid'dan keyingi eng katta apokalipsis holatida.
"Insoniyat 3-jahon urushida qanday texnika bilan jang qilishini bilmayman. Ammo 4-jahon urushida bolta va nayza bilan jang qilishi aniq." ©️Albert Einstein
O'yin boshlandi, popkorn endi qimmat bo'ladi. Man betni AQSh'ga tikaman.
Barcha klinik ordinator va ish tajribasi 5 yildan oshmagan urologlarni ushbu klinik keysga chorlayman: O'rta yoshli sog'lom ayol, klassik surunkali sistit simptomlari bilan shikoyat qilib keldi. Vaginal ajralmalar inkor qilindi. Umumiy siydik tahlilida 500 ta leykosit. Shariatimizga binoan, unga bak posev (siydik madaniyati) buyurildi. Javobida: Infeksiya: Enterobakter - 10³ KOE/ml bakteriya. Antibiotik sezuvchanlik testida: sefalosporinlar deyarli barchasiga rezistent(sefozolin 15 mm); oflokatsin - 8 mm, sefoperazon sulbaktam - 10 mm; gentamitsin, imipenem, meropenem - 15 mm; amoksiklav - 20 mm; piperatsillin tazobaktam - 18 mm. Endi savol(ChatGPT'siz javob beramiz): 1) Qaysi antibiotikni buyuramiz?! Va nega piperatsillin tazobaktamni? Nega tabletka shaklida mavjud bo'lgan, bioeruvchanligi 100% bo'lgan amoksiklavni emas?! 2) Nega aynan bu keysda 10³ KOE/ml bakteriya holatini ham davolayapmiz? 3) Rostdan ham surunkali sistitni lazer bilan davolab bo'larkanmi? Bu albatta ritorik, hazil gap edi :)
Iqror. Onkourolog do'stim, qishlog'ingda noming chiqmay o'lib ketishni istaysanmi? Yoki kosmosga parvoz qilishnimi? Unda bularsiz osmonga ucha olmaysan: - Abeloff's Clinical Oncology - DeVita, Hellman, and Rosenberg's Cancer: Principles & Practice of Oncology So'nggida onkologiya va urologiyani birlashtirish uchun: - Campbell Walsh Urology - National Comprehensive Cancer Network (NCCN) - European Association of Urology (EAU) Onkologiya jiddiy, uzoq sabr va mehnat talab qiladigan soha. Haqiqiy onkourolog bo'lishni tanlash bu o'zini katta qism umridan shunchaki kechish bilan barobar. Bugun o'z oldimda ikki yo'lga qaror turibdi: qishlog'imda nomim chiqmay o'lib ketish yoki yuqoridagi qanotlar bilan osmonga uchish. Ammo qanotlarni olish bahosi juda qimmat va og'riqli bo'ladi... Davomi bor...
Impotensiya haqida. Faqat bu gal penisdagi emas yangilikni qabul qilish, yangi narsalarni o'rganish va rivojlanish uchun impotent bo'lib qolgan odamlar guruhi haqida. Kuch masalasida inson va eshshakning potensiali bir xil, ammo uni nimaga yo'naltirishga keladigan bo'lsak, eshshak va odam keskin farq qiladi. Hayvon o'z kuchini faqat yeyish va yotish uchun sarflay oladi, odam esa undan farqli ravishda intilish, yangiliklarni qabul qilish, rivojlanish qobiliyatiga ega. Ammo shu qobiliyatni ishlatish o'rniga, potensialini eshshak kabi ishlatib yurgan odamlarni ko'rsam rahmim keladi. Miyyasidagi neyronlar hali faol, tanasi yosh va shu yana 5-6 yil ichida erishgan bilim va yutuqlari bilan butun umrlik kasbidan non topishi lozim ular. Vaqt, kuch, imkoniyat bo'la turib doim oson yo'lni, behuda vazifalarni o'ziga tayinlab, yeyish uchun yashab, kunida hech qanday yangilik bo'lmaydi. Maqsad haqida so'raydigan bo'lsak, internetdagi media foxishalarning motivatsion gaplaridan o'rganib olgan eng esida qolgan gapi: oson, kam ishlab, ko'p pul topish deydi. Qanday usuldaligini ahamiyati yo'q va o'ylab ham ko'rmaydi. Shunchaki, kuniga 10 soatlab o'z ustiga ishlamasa ham, hayotini shu zahotida bir on to'xtab, men qayerga keldim va qay tomon ketmoqdaman, bugundan va yaqin kelajakdagi rejalarim qanday? Hayot ma'nosini, dunyoda bo'layotgan ishlarni tushunmay o'lib ketmaymanmi? Ongimni manqurtdan farqlash uchun bugun nima o'qidim, nimaga erishdim? degan savolga o'ziga yarasha javob bera olish lozim. AI tufayli yaxshi mutahassislar ham ishidan ayrilayotgan bir zamonda, jamiyat bu odamlarni juda yaqin vaqtlar ichida axlatga chiqindi kabi ag'daradi.
"There is marked variability in human penile length and girth, and this issue is accorded great importance by some males and their partners; the relevance of penile dimensions to sexual satisfaction and wellness is subjective and variable between persons" - Campbell Bo'ldi tarqalamiz va irqchilikka yakun yasaymiz.
SISTIT: PROTOKOLLARSIZ “DAVO” VA UNING OQIBATLARI Ko‘p ayollar (ba’zan erkaklar ham) yillar davomida sistit bilan yuradi. Har qaytalanganda yoki mustaqil antibiotik terapiya qiladi, yoki mutaxassis bo‘lmagan vrachga murojaat qilib, nomutanosib “davo” oladi. Ba’zan esa davo to‘g‘ri bo‘lsa ham, tavsiyalar oxirigacha bajarilmagani sabab simptomlar yana qaytadi. Bugun sistit haqida emotsiyalarsiz, sirlarsiz va protokollar asosida gaplashamiz. Men odatda o‘zim qiynalib o‘rgangan bilimlarni qayta-qayta tushuntirib yuradiganlardan emasman. Lekin sistitni “davolayapmiz” deb, amalda kasallikni surunkalikka olib ketayotgan yondashuvlarni ko‘rib jim tura olmadim. Biz “bu noto‘g‘ri” deymiz. Ammo nega noto‘g‘ri va qanday bo‘lishi kerakligini aytmasak, gapimiz dalilsiz qoladi. Sistit turlari (chalkashmasdan o‘qib chiqamiz) Sistit — qovuq shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, 4 ta asosiy klinik shakli bor: 1. O‘tkir sistit — hammaga ma’lum, klassik simptomlar. 2. Qaytalanuvchi sistit (QS) Oxirgi 6 oyda ≥2 yoki yiliga ≥3 epizod. (EAU) 3. Surunkali sistit (SS) Simptomlar va laborator o‘zgarishlar ≥3 oy saqlanadi. 4. Interstitsial sistit (IS) Bakterial infeksiya emas. Qovuq devoridagi GAG qatlam yemirilishi fonida siydik bilan doimiy irritatsiya. Bu 4 holatni bitta kasallik deb davolash — metodologik xato. Davolash qayerdan boshlanadi? EAU ochiq-oydin yozgan: o‘tkir sistitdan tashqari har qanday sistitda (hatto homiladorlarda ham) siydik ekmasi majburiy. Amaliyotda to‘g‘ri algoritm oddiy: 1. Siydik ekmasi 2. Natijaga mos antibiotik/uroseptik 3. O‘tkir epizodni to‘xtatish Shu yerda ko‘pchilik “ish tugadi” deb o‘ylaydi. Aslida ish shu yerda endi boshlanadi. QS va SS’dagi asosiy xato QS va SS’da maqsad: faqat patogenni yo‘qotish emas, qaytalanishni oldini olish Agar faqat bakteriyani o‘ldirib, bemorni kuzatuvsiz qoldirsak — biz kasallikni davolamadik, surunkalikka muhr bosdik. Nega siydik ekmasisiz QS va SS davolanmaydi? Urologiyada eng ko‘p uchraydigan patogen — E. coli (UPEC). U: - type-1 fimbrialar orqali uroteliyga yopishadi - hujayra ichiga kirib IBC hosil qiladi - past metabolizm holatida uzoq yashaydi - antibiotiklardan “yashirinadi” Shuning uchun: - empirik antibiotiklar qisqa muddatli effekt beradi - qovuqni “yuvish” bilan muammo hal bo‘lmaydi - simptom pasayadi, sabab qoladi Bizning vazifamiz: - bakteriyani yuzaga chiqarish - o‘tkir epizodni to‘g‘ri davo bilan yopish - kuchli, dalillarga asoslangan profilaktikani yo‘lga qo‘yish Profilaktika bo‘yicha EAU’da aniq tasdiqlangan 4–5 ta vosita bor. Qolganlari — placebo yoki vaqt yutish. Interstitsial sistitni ham aralashtirib yubormaymiz IS — infeksiya emas. Bu holatda antibiotiklar ham, “profilaktik” uroseptiklar ham ishlamaydi. Xalq tilidagi "Qovuqni yuvish" tushunchasi faqat shu kasallik protokolida bor va u modda Gialuron kislotasi bilan instillyatsiya — faqat ayrim holatlarda va birinchi qator emas. Qolgan yondashuvlar simptomatik, individual va asossiz. Nega ba’zi “usullar” protokollarda yo‘q? Hech bir xalqaro tavsiyada: qovuqni novokainli maz bilan yuvish, lazer bilan “davolash” QS, SS yoki IS uchun tavsiya qilinmagan. Sababi oddiy: bu yondashuvlar sababni bartaraf qilmaydi, faqat simptomni vaqtincha bosadi. Bu mikrobiologiya. Buni o‘qimagan, bakteriya genetikasini va urologik protokollarni bilmagan odam boshqa yo‘l tanlaydi. Xulosa (achchiq, lekin haqiqat) QS va SS 1 marotabalik muolaja bilan, 1 dona tabletka bilan, davolanmaydi. Bu kasalliklar, uzoq muddatli to'g'ri yondashuv, to‘g‘ri kuzatuv va protokollarga sodiqlik talab qiladi. Agar bemor 1 soatda yillab og‘rib kelgan dardidan qutulishni xohlasa — albatta “tezkor” usullarni tanlaydi. Ammo natijada qovuq devori yemirilgan, davo qilinishi qiyin holatga yetib keladi. Davomi bor...
6 yil tibbiyotni tugallagach, Rusga ketish yoki yandex qilishdanam achinarli holat bu tibbiyot magistrni tugallab kosmetolog bo'lish.