tgindex
UzCERT Live

🧑‍💻 𝘜𝘻𝘊𝘌𝘙𝘛 - 𝘬𝘪𝘣𝘦𝘳𝘹𝘢𝘷𝘧𝘴𝘪𝘻𝘭𝘪𝘬 𝘩𝘰𝘥𝘪𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘤𝘩𝘰𝘳𝘢 𝘬𝘰'𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘹𝘪𝘻𝘮𝘢𝘵𝘪𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘳𝘢𝘴𝘮𝘪𝘺 𝘵𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘬𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪. 🇺🇿 🌐 Veb-sayt: uzcert.uz ☎️ Tel: 712030023 ☎️ Tel: 555021010

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
431
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 843
−6 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 002
40 постов
Вовлечённость
105,6%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 431
Упоминаний
18
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
544
1/48двое суток
623
1/72трое суток
672

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🚨 WordPress’da “oddiy rasm” ortidagi xavf: bitta zararli PNG fayl serverni hujumchi qo‘liga berishi mumkin! 💻 WordPress platformasida jiddiy xavfsizlik zaifligi aniqlandi. CVE-2026-65640 sifatida qayd etilgan mazkur zaiflikdan foydalanib, hujumchi WordPress saytida Author (muallif) huquqiga ega hisob orqali maxsus tayyorlangan faylni yuklashi va serverda masofadan turib kod bajarilishiga erishishi mumkin. ⚠️ Zaiflik WordPress’ning rasmlarni qayta ishlash mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa Imagick, ImageMagick va Ghostscript komponentlaridan foydalanadigan saytlar uchun xavf tug‘diradi. ✅ Muammo WordPress’ning  7.0.4  versiyasida bartaraf etilgan. Shu sababli sayt administratorlariga tizimni imkon qadar tezroq yangilash tavsiya etiladi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • ⚠️ Microsoft SharePoint’da kritik zaiflik: bitta yangilanmagan server butun tashkilot tarmog‘i uchun ochiq eshikka aylanishi mumkin! 💻 Microsoft SharePoint Server’da aniqlangan CVE-2026-55040 kritik zaifligi kiberxavfsizlik mutaxassislarini jiddiy xavotirga solmoqda. CVSS 9.1 ball bilan baholangan mazkur zaiflik masofadan turib, hech qanday autentifikatsiyadan o‘tmasdan SharePoint’dagi foydalanuvchi yoki administrator nomidan harakat qilish imkonini beradi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, zaiflik tarmoq orqali ekspluatatsiya qilinishi mumkin, buning uchun foydalanuvchi ishtiroki yoki oldindan berilgan imtiyozlar talab etilmaydi. 🚫 Eng xavotirli jihati shundaki, zaiflik tafsilotlari va ekspluatatsiya kodi ommaga taqdim etilgach, hujumchilar undan foydalanishga juda tez kirishgan. Shu sababli internetga ochiq va yangilanmagan on-premises SharePoint Server tizimlari hozirda yuqori xavf ostidagi infratuzilma sifatida qaralishi kerak. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 🚫 Gunra ransomware: bitta o‘g‘irlangan sessiya butun Active Directory va korporativ tarmoqni qulatishi mumkin! 💻 Gunra ransomware guruhi qisqa vaqt ichida oddiy ransomware oilasidan yirik tashkilotlarning axborot infratuzilmasiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan, ko‘p bosqichli va professional kiberjinoyat operatsiyasiga aylandi. Uning hujumlarida asosiy maqsad faqat fayllarni shifrlash emas, balki tashkilotning tashqi tarmoq qurilmalaridan boshlab ichki virtual infratuzilma, Active Directory, administrator hisoblari va zaxira nusxalarigacha bo‘lgan butun raqamli muhitni nazorat ostiga olishdan iborat. ⚠️ 2026-yil avgust oyida AQSh va Janubiy Koreya kiberxavfsizlik idoralari Gunra faoliyati bo‘yicha ogohlantirishlar bergani tahdidning ko‘lami oshayotganini ko‘rsatmoqda. Hozirgi kampaniyalarda guruh davlat idoralari, sog‘liqni saqlash, moliya, ishlab chiqarish, transport, kommunal xizmatlar va boshqa muhim infratuzilma tashkilotlariga qarshi hujumlar uyushtirmoqda. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 7 авг.9 22221208

    ⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH! Davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar DIQQATIGA ✅ 👨‍💻 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompyuter va serverlariga RDP (Remote Desktop Protocol) xizmati orqali ruxsatsiz kirishga qaratilgan ommaviy kiberhujumlarni amalga oshirayotganligi aniqlandi. ⚠️ O‘rganishlar davomida mazkur kiberhujumlarni boshqarishda foydalanilayotgan zararli C2 (Command and Control) infratuzilmasiga tegishli bir qancha xorijiy IP-manzillar aniqlandi. Dastlabki tahlillar natijasida ushbu ommaviy kiberhujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlanganligi, jumladan, ayrim server va kompyuterlardagi ma'lumotlar SHIFRLANGANligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda. ⚠️ Barcha davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlik uchun mas’ul xodimlaridan quyidagi choralarni zudlik bilan amalga oshirish so‘raladi: ✅ Zarurat bo‘lmasa RDP xizmatini vaqtincha o‘chirib qo‘yish yoki Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklash. ✅ RDP xizmatiga faqat ishonchli IP-manzillardan yoki VPN orqali kirishga ruxsat berish, Network Level Authentication (NLA) funksiyasini yoqish hamda 3389-portni Internet tarmog‘iga ochiq holda qoldirmaslik. ✅ Administrator va RDP orqali kirish huquqiga ega foydalanuvchi hisoblarining parollarini murakkab parollarga almashtirish hamda ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etish. ✅ Firewall, IDS/IPS, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari loglarini tahlil qilish, shubhali IP-manzillar bilan bog‘liq hodisalar, ulanishlar, tarmoq so‘rovlari va boshqa anomal faolliklarni aniqlash hamda batafsil o‘rganish o‘tkazish. ✅ RDP xizmatidan foydalanayotgan server va ishchi stansiyalarni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish, ruxsatsiz kirish, yangi foydalanuvchi hisoblari yoki boshqa shubhali o‘zgarishlar mavjudligini aniqlash. ✅ Aniqlangan har qanday shubhali faollik bo‘yicha zudlik bilan ichki tekshiruv o‘tkazish hamda axborot tizimlari monitoringini kuchaytirish. ✅ Zararlanish alomatlari aniqlangan taqdirda tegishli axborot tizimini zudlik bilan tarmoqdan ajratish, hodisaning tarqalishining oldini olish va zarur dalillarni saqlab qolish. ✅ Aniqlangan kiberhodisa yoki komprometatsiya alomatlari to‘g‘risida belgilangan tartibda UZCERT xizmatini zudlik bilan xabardor qilish hamda mavjud ma’lumotlarni taqdim etish (incident@uzcert.uz). 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 7 авг.1 61775

    ⚠️ Enterprise Java platformalaridagi xavfli zaifliklar orqali kiberjinoyatchilar serverlarda ixtiyoriy buyruqlarni bajarishi mumkin! 💻 Korporativ axborot tizimlarida keng qo‘llaniladigan Enterprise Java platformalarida aniqlangan bir qator xavfli zaifliklar kiberxavfsizlik mutaxassislari e’tiborini tortmoqda. Black Hat USA 2026 konferensiyasida taqdim etilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, bir nechta mashhur Java asosidagi platformalarda jami 12 ta xavfsizlik zaifligi aniqlangan bo‘lib, ularning ayrimlari autentifikatsiyadan o‘tmasdan turib (Pre-Authentication) masofadan kod bajarish (Remote Code Execution – RCE) imkonini beradi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 7 авг.1 36251

    ⚠️ Linux yadrosidagi Bridge (STP) zaifligi uchun ommaviy PoC e’lon qilindi: tizimlarda zudlik bilan xavfsizlik yangilanishini amalga oshirish tavsiya etiladi! 😁 Linux operatsion tizimi yadrosining (Linux Kernel) tarmoq ko’prigi (Bridge) quyi tizimida aniqlangan xavfli Use-After-Free (UAF) turidagi zaiflik uchun ommaviy Proof-of-Concept (PoC) kodi e’lon qilindi. Mazkur holat zaiflikdan amalda foydalanishni sezilarli darajada osonlashtirishi sababli Linux serverlari va tarmoq infratuzilmasidan foydalanuvchi tashkilotlar uchun xavf darajasini oshirmoqda. 💻 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zaiflik Linux yadrosining Bridge quyi tizimida ishlovchi Spanning Tree Protocol (STP) mexanizmi bilan bog’liq bo’lib, noto’g’ri xotira boshqaruvi oqibatida yuzaga keladi. Ushbu kamchilik muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilingan taqdirda tizimning ishdan chiqishi (Denial-of-Service) yoki ma’lum sharoitlarda yadro darajasida ixtiyoriy kod bajarilishigacha olib kelishi mumkin. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 7 авг.1 11671

    ⚠️ Cisco IOS XE dasturiy ta’minotida aniqlangan o’ta muhim zaifliklar bartaraf etildi: tashkilotlarga zudlik bilan xavfsizlik yangilanishlarini bajarish tavsiya etiladi! 💻 Cisco kompaniyasi korporativ tarmoqlarda keng qo’llaniladigan Cisco IOS XE Software dasturiy ta’minotida aniqlangan bir nechta o’ta muhim xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etuvchi yangilanishlarni e’lon qildi. Mazkur zaifliklar muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilingan taqdirda kiberjinoyatchilarga tarmoq qurilmalarida ruxsatsiz amallarni bajarish, tizim faoliyatini izdan chiqarish yoki yuqori darajadagi imtiyozlarni qo’lga kiritish imkonini berishi mumkin. ❗️ Cisco tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu zaifliklar kompaniyaning ichki xavfsizlik tahlillari hamda sun’iy intellekt modellaridan foydalangan holda o’tkazilgan xavfsizlik sinovlari davomida aniqlangan. Hozirgi vaqtga qadar mazkur zaifliklardan amalda foydalanilganligi yoki ular orqali kiberhujumlar sodir etilgani haqida ma’lumot mavjud emas. Shunga qaramay, ularning xavflilik darajasi yuqori bo’lgani va ularni cheklovchi muqobil himoya choralarining mavjud emasligi sababli barcha foydalanuvchilarga imkon qadar tezroq dasturiy ta’minotni yangilash tavsiya etiladi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 6 авг.1 380820

    🚨 Django’da to’rtta xavfli zaiflik bartaraf etildi: Dasturchilar va tizim administratorlariga zudlik bilan xavfsizlik yangilanishini bajarish tavsiya etiladi! ⚠️ Python dasturlash tilida yaratilgan eng ommabop veb-freymvorklardan biri bo’lgan Django uchun navbatdagi xavfsizlik yangilanishi e’lon qilindi. Ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim etilgan Django 6.0.8 hamda Django 5.2.17 versiyalarida aniqlangan to’rtta xavfsizlik zaifligi bartaraf etilgan bo’lib, ulardan biri yuqori xavflilik darajasiga ega. 💻 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur zaifliklar ayrim holatlarda serverda fayllarni yozish, xizmatni rad etish (Denial of Service), saqlangan XSS (Stored Cross-Site Scripting) va hatto masofadan turib kod bajarilishiga (Remote Code Execution) olib kelishi mumkin. Shu sababli Django’dan foydalanayotgan barcha tashkilotlar va dasturchilarga tizimlarini imkon qadar tezroq yangilash tavsiya etilmoqda. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 5 авг.1 07076

    ⚠️ OWASP yangi "Subtractive Security Top 10" loyihasini taqdim etdi: kiberjinoyatchilar foydalanishi mumkin bo’lgan hujum yo’llarini bartaraf etish endi ustuvor vazifa! 💻 Zamonaviy kiberxavfsizlik amaliyotida tashkilotlar ko’pincha xavfsizlikni kuchaytirish uchun yangi vositalar, monitoring tizimlari va himoya mexanizmlarini joriy etishga ustuvor ahamiyat beradi. Biroq dunyodagi eng nufuzli axborot xavfsizligi hamjamiyatlaridan biri bo’lgan Open Worldwide Application Security Project (OWASP) xavfsizlikka mutlaqo yangi yondashuvni ilgari surdi. ⚠️ OWASP tomonidan taqdim etilgan Subtractive Security Top 10 loyihasi xavfsizlikni yangi vositalarni qo’shish orqali emas, balki kiberjinoyatchilar foydalanishi mumkin bo’lgan hujum yo’llarini (Attack Paths) tizimdan butunlay yo’q qilish yoki maksimal darajada cheklash orqali ta’minlashni maqsad qiladi. ⚠️ Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tizimda mavjud bo’lmagan hujum yo’lidan foydalanishning imkoni yo’q. Shu sababli hujum yuzasini (Attack Surface) kamaytirish zamonaviy kiberxavfsizlikning eng samarali strategiyalaridan biri hisoblanadi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 4 авг.1 07892

    ⚠️ Apache NiFi’dagi xavfli zaifliklar tashkilotlar axborot tizimlarini jiddiy xavf ostida qoldirmoqda! Zudlik bilan xavfsizlik yangilanishlarini o’rnating! 🌐 Ma’lumotlar oqimini boshqarish va avtomatlashtirish uchun keng qo’llaniladigan Apache NiFi platformasida bir nechta xavfli zaifliklar aniqlandi. Mazkur zaifliklardan foydalanish orqali tajovuzkorlar ayrim holatlarda avtorizatsiya cheklovlarini chetlab o’tishi, ruxsatsiz konfiguratsiya o’zgarishlarini amalga oshirishi, tizim xotirasini haddan tashqari band qilishi hamda muayyan sharoitlarda zararli kod bajarilishiga erishishi mumkin. 💻 Aniqlangan zaifliklar Apache NiFi 1.5.0 dan 2.10.0 gacha bo’lgan versiyalarga ta’sir qiladi. Mutaxassislar ushbu kamchiliklarni imkon qadar tezroq bartaraf etish maqsadida barcha foydalanuvchilarga Apache NiFi 2.11.0 versiyasiga yangilanishni tavsiya qilmoqda. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 4 авг.952112

    📱 macOS tizimidagi CUPS zaifligi uchun ommaviy PoC e’lon qilindi: tajovuzkorlar root darajasidagi huquqlarni qo’lga kiritishi mumkin! ⚠️ Apple operatsion tizimlarida aniqlangan yangi zaiflik kiberxavfsizlik mutaxassislarining jiddiy e’tiborini tortmoqda. Gap CVE-2026-39875 identifikatori bilan ro’yxatga olingan Common UNIX Printing System (CUPS) zaifligi haqida bormoqda. Mazkur zaiflik uchun ommaviy Proof of Concept (PoC) e’lon qilingan bo’lib, u oddiy foydalanuvchi huquqlariga ega bo’lgan tajovuzkorga ayrim fayllarga root huquqlari bilan yozish imkoniyatini berishi mumkin. ✅ PoC kodining ommaga taqdim etilishi ushbu zaiflikni amalda sinab ko’rish va undan foydalanishga urinishlar sonining ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois macOS foydalanuvchilari va tashkilotlar ushbu tahdidni jiddiy qabul qilishlari hamda tizimlarini imkon qadar tezroq yangilashlari tavsiya etiladi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 4 авг.905114

    ⚠️ Haftasiga 127 million marta yuklab olinadigan Keyv npm paketiga zararli kod joylashtirilganligini bilarmidingiz? Siz ham zarralangan bo’lishingiz mumkin ogoh bo’ling! 💻 Ochiq kodli dasturiy ta’minot (Open Source Software) zamonaviy dasturchilar va tashkilotlar faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Dunyo bo’ylab millionlab dasturchilar kundalik faoliyatida npm (Node Package Manager) platformasidagi kutubxonalardan foydalanadi. Biroq ushbu ekotizimning ommabopligi uni kiberjinoyatchilar uchun ham jozibador nishonga aylantirmoqda. 🚫 2026-yil 4-avgust kuni aniqlangan yangi ta’minot zanjiri (Supply Chain) hujumi buning yaqqol isbotidir. Kiberjinoyatchilar Keyv kutubxonasini boshqaruvchi dasturchining GitHub hisobini qo’lga kiritib, zararli kodni uning boshqaruvidagi ko’plab npm paketlariga joylashtirishga muvaffaq bo’ldi. Mazkur hodisa npm tarixidagi eng yirik ta’minot zanjiri hujumlaridan biri sifatida baholanmoqda. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • ⚠️ Parol ham, barmoq izi ham kerak emasmi? Google Passkey tizimidagi yangi zaiflik foydalanuvchilar uchun qanday xavf tug’dirmoqda? 💻 Kiberxavfsizlik sohasida so’nggi yillarning eng muhim yangiliklaridan biri sifatida e’tirof etilgan Passkey texnologiyasi foydalanuvchilarni parol bilan bog’liq tahdidlardan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiya fishing hujumlari, parolni taxmin qilish (Brute Force), ma’lumotlar bazasi sizib chiqishi va hisob ma’lumotlarini qayta ishlatishga (Credential Stuffing) qarshi samarali himoya vositasi sifatida ko’rilmoqda. ⚠️ Biroq tadqiqotchilar tomonidan o’tkazilgan yangi tahlillar Google Chrome brauzerining Google Cloud Authenticator bilan ishlash mexanizmida bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini aniqladi. Mazkur zaifliklardan foydalangan holda zararli dastur (Malware) foydalanuvchining paroli, PIN-kodi yoki biometrik tasdiqlashisiz Google hisobiga sinxronlashtirilgan Passkey ma’lumotlarini noqonuniy qo’lga kiritishi hamda foydalanuvchi nomidan autentifikatsiyadan o’tishi mumkin. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 31 июл.1 5421132

    👨‍💻 Har bir kiberxavfsizlik mutaxassisi ko'zdan kechirishi kerak bo'lgan GitHub loyihasi – Awesome Hacking ✅ Kiberxavfsizlik sohasida bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishni istagan mutaxassislar uchun Awesome Hacking loyihasi eng foydali resurslardan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha GitHub platformasida jamlangan bo'lib, axborot xavfsizligining turli yo'nalishlariga oid 50 dan ortiq maxsus resurslar to'plamini o'z ichiga oladi. ⚠️ Loyiha doirasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha foydali materiallar jamlangan: ⚡️ Penetatsion test (Pentest) o'tkazish uchun vositalar va dasturlar; ⚡️ Axborot xavfsizligini o'rganish uchun qo'llanmalar, kurslar va amaliy materiallar; ⚡️ Turli zaifliklardan foydalanishga oid ekspluat (Exploit) namunalari; ⚡️ Amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun laboratoriya muhitlari (Labs); ⚡️ Axborot xavfsizligi bo'yicha ilmiy tadqiqotlar, texnik tahlillar va maqolalar. Mazkur loyiha yangi boshlayotgan mutaxassislardan tortib tajribali pentesterlar, xavfsizlik tadqiqotchilari va tizim administratorlarigacha bo'lgan keng auditoriya uchun foydali manba hisoblanadi. Resurslar muntazam ravishda axborot xavfsizligi hamjamiyati tomonidan yangilanib boriladi, bu esa foydalanuvchilarga eng dolzarb vositalar va zamonaviy tadqiqotlardan xabardor bo'lish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib, Awesome Hacking loyihasi GitHub platformasida 117 mingdan ortiq yulduz (Stars) to'plagan bo'lib, bu uning axborot xavfsizligi mutaxassislari orasida keng e'tirof etilgan va ishonchli manbalardan biri ekanligini ko'rsatadi. 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 31 июл.1 17982

    🚨 Bitta SSH ulanishi qurilmangizni xavf ostiga qo’yishi mumkin! libssh2’dagi kritik zaifliklar orqali zararli serverlar mijoz qurilmalarini nishonga olmoqda! 💻 Axborot xavfsizligi sohasida keng qo’llaniladigan libssh2 kutubxonasida aniqlangan bir nechta yuqori xavflilik darajasiga ega zaifliklar millionlab SSH va SFTP mijoz dasturlarini jiddiy tahdid ostida qoldirmoqda. Mazkur zaifliklardan foydalanish orqali kiberjinoyatchilar soxta SSH serverini ishga tushirib, unga ulangan mijoz qurilmalarining xotirasini buzishi, dastur ishlashini to’xtatishi hamda ayrim holatlarda masofadan turib ixtiyoriy kod bajarilishiga erishishi mumkin. ⚠️ Aniqlangan zaifliklar 2026-yil 24-iyul kuni e’lon qilindi va ular libssh2 1.11.1 hamda undan oldingi barcha versiyalarga ta’sir ko’rsatishi ma’lum bo’ldi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 31 июл.1 07776

    ⚠️ Mashhur WordPress plaginiga joylashtirilgan yashirin backdoor minglab veb-saytlarning to’liq egallanishiga yo’l ochmoqda! 💻 WordPress ekotizimida navbatdagi jiddiy kiberxavfsizlik tahdidi aniqlandi. Advanced Responsive Video Embedder (ARVE) plaginining zararli kod qo‘shilgan versiyasi orqali minglab veb-saytlarni to‘liq egallab olish imkonini beruvchi o’ta xavfli ta’minot zanjiri (Supply Chain) hujumi fosh etildi. ⚠️ Mazkur zaiflik CVE-2026-18072 identifikatori bilan ro‘yxatga olinib, CVSS 9.8 (Critical) xavflilik darajasi bilan baholandi. Eng xavotirli tomoni shundaki, bu holat dasturiy xatolik sababli emas, balki plaginning rasmiy tarqatish zanjiri buzilib, uning tarkibiga ataylab backdoor qo‘shilgani natijasida yuzaga kelgan. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 30 июл.1 133175

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.1 4851017

    ⚠️ Hurmatli fuqarolar! Firibgarlik qurboni bo‘lib qolmaslik uchun OGOH BO‘LING! ✅ Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan yangi firibgarlik usullari ko‘paygani kuzatilmoqda. Firibgarlar qanday harakat qilmoqda? Firibgarlar Telegram orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini turli davlat tashkilotlari xodimi sifatida tanishtirmoqda. Ular turli bahonalarni keltirib, fuqarolardan SMS yoki Telegram orqali yuborilgan tasdiqlash kodini, shuningdek, shaxsiy va maxfiy ma'lumotlarini aytishni talab qilmoqda. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, firibgarlar Telegram akkauntlarida ism o‘rniga davlat tashkilotlariga tegishli telefon raqamlariga o‘xshash, xususan (71) kodi bilan boshlanuvchi raqamlarni ko‘rsatmoqda. Natijada ayrim fuqarolar ekranda ushbu raqamlarni ko‘rib, qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ishonib qolmoqda va maxfiy ma'lumotlarini oshkor qilib yubormoqda. Esda tuting! ❗️ Hech bir davlat tashkiloti: ✅ telefon orqali sizdan SMS yoki Telegram tasdiqlash kodini so‘ramaydi; ✅ parol, bank karta ma'lumotlari, PIN-kod yoki boshqa maxfiy ma'lumotlaringizni talab qilmaydi; ✅ ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni yuborishni so‘ramaydi. ☎️ Agar sizga shunday qo‘ng‘iroq yoki xabar kelgan bo‘lsa: ✅ suhbatni darhol yakunlang; ✅ qo‘ng‘iroq qilgan akkauntni bloklang; ✅ zarurat tug‘ilganda tashkilotning faqat rasmiy aloqa kanallari orqali ma'lumotni aniqlashtiring. UZCERT xizmati tavsiya qiladi! Har bir fuqaro quyidagi kibergigiyena qoidalariga qat'iy amal qilishi lozim: ✔️ SMS va Telegram orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang. ✔️ Telefon orqali o‘zini davlat organi xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ishonishga shoshilmang. ✔️ Telefon raqami yoki akkaunt nomi davlat tashkiloti raqamiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu uning haqiqiy ekanligini anglatmaydi. ✔️ Har qanday shubhali holatda ma'lumotni faqat tashkilotning rasmiy aloqa vositalari orqali tekshiring. ⚠️ Unutmang! Tasdiqlash kodi (SMS yoki Telegram kodi) — bu sizning elektron kalitingizdir. Uni begona shaxslarga aytish akkauntingiz, shaxsiy ma'lumotlaringiz yoki moliyaviy mablag‘laringizni firibgarlar qo‘liga topshirish bilan barobar. ✅ Ogoh bo‘ling, kibergigiyena qoidalariga amal qiling va yaqinlaringizni ham bunday firibgarlik usullaridan xabardor qiling! Yaqinlaringiz ham firibgarlar tuzog'iga tushib qolmasligi uchun ushbu ma'lumotni ularga yuborishni unutmang! 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati

  • 24 июл.30,1 тыс17784

    ⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH! Banklar va tashkilotlarda ERI (Elektron raqamli imzo) kalitidan foydalanuvchi xodimlar DIQQATIGA ✅ 🚨 TASHKILOTINGIZ HISOBIDAN KATTA MIQDORDA PUL O‘G‘IRLANISHI MUMKIN! Kech bo‘lmasdan kompyuteringizni zudlik bilan tekshiring! 🔎 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar davlat ijro faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari nomidan yuborilgan soxta (fishing) elektron xatlar va messenjer xabarlari orqali tashkilotlarning axborot tizimlariga hujum qilayotgani aniqlandi. 💻 Mazkur xabarlarga ilova qilingan yoki havola orqali yuklab olinadigan, rasmiy dastur sifatida niqoblangan zararli dasturlar ishga tushirilgandan so‘ng hujumchilarga kompyuterni masofadan boshqarish, maxfiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish hamda bank operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini beradi. 🚫 O‘rganishlar davomida quyidagi toifadagi xodimlar foydalanayotgan kompyuterlar zararli dasturlar bilan zararlanganligi aniqlandi: ➡️ ERI kalitidan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari; ➡️ bosh hisobchilar va moliyaviy bo‘linma xodimlari; ➡️ bank hisobvaraqlari bilan ishlovchi mas'ul xodimlar; ➡️ hujjatlar aylanishi bo‘limi (devonxona) xodimlari. Mazkur zararli dastur orqali kiberjinoyatchilar ERI kalitlarini qo‘lga kiritishi, bank to‘lov topshiriqlarini noqonuniy imzolashi hamda tashkilot hisobidan katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishi mumkin. 🛡 Agar kompyuteringizda yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan papkalardan kamida bittasi aniqlansa, muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlab, operatsion tizimni zudlik bilan qayta o‘rnating. Shuningdek, litsenziyalangan antivirus dasturini o‘rnating va uning virus bazalarini muntazam yangilab boring! 🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!

  • 23 июл.1 946102

    видео или голосовое, без подписи

UzCERT Live — tgindex