IT injiniringi fakulteti
Статистика🎥 ADU Media Hub - ko’ngilli talabalar media markazi 📌 Universitet hayotidan yangilik va kreativ kontent ✨ Podkast | Reels | Tanlovlar | 📚 📚 Talabalik hayoti va ijodiy rivojlanish maydoni 👉 #ADUMediaUz orqali kuzating!
- Последний пост
- 10 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 E'LON Hurmatli bitiruvchi talabalar! Sizlar uchun Belarus Respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini olib borish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tkazilgan forum natijasida ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada faollashdi. Bir hafta davomida Vitebsk viloyatining iqtisodiy va investitsion salohiyati bilan Qashqadaryo, Namangan hamda Andijon viloyatlari delegatsiyalari yaqindan tanishdilar. Xususan, Vitebsk viloyatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalari hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash uchun bitiruvchi yoshlarimizga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Belarus Respublikasida rasmiy tartib asosida ishlashni istagan bitiruvchi talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Qiziqish bildirgan talabalar fakultet dekanati yoki tyutorlarga murojaat qilishlari so‘raladi. Qo‘shimcha ma'lumotlar ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarga taqdim etiladi.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Andijon davlat universitetida akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘qish jarayoni boshlandi Andijon davlat universitetining bakalavriat ta’lim bosqichining: ➡️ 1, 2, 3-bosqich kunduzgi ta’lim shakli; ➡️ 2, 3, 4-bosqich sirtqi va ikkinchi oliy sirtqi ta’lim shakli; ➡️ 1, 2, 3-bosqich masofaviy ta’lim shakli; ➡️ 1-bosqich kechki ta’lim shakli hamda magistratura bosqichining 1-bosqich kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan, fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalar uchun qayta o‘qish jarayoni tashkil etiladi. 📅 Qayta o‘qish muddati: 2026-yil 1-iyundan 30-iyunga qadar davom etadi. Ushbu davr mobaynida: 🟢 2026-yil 1–6-iyun kunlari — qayta o‘qish uchun arizalar qabul qilish hamda akademik guruhlarni shakllantirish; 🟢 2026-yil 8–20-iyun kunlari — qayta o‘qish bo‘yicha nazariy ta’lim jarayonlari; 🟢 2026-yil 22–30-iyun kunlari — qayta o‘qish nazorat haftaligi (joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar) bo‘lib o‘tadi. ❗️ Eslatma: Fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalar belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtirmagan taqdirda, bu holat GPA ko‘rsatkichiga hamda kursdan kursga o‘tish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan barcha akademik qarzdor talabalardan belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda qarzdor fanlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirishlari so‘raladi. ⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz ⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram ⭐️ Facebook ⭐️ Instagram
📢 DIQQAT E’LON! Andijon davlat universitetda 5-bosqich sirtqi ta’lim, 5-bosqich ikkinchi oliy sirtqi ta’lim, 4-bosqich kunduzgi ta’lim, 2-bosqich magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan, fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan bitiruvchi talabalar uchun 🗓 2026-yil 2-martdan 7-martga qadar Qayta o‘qish uchun arizalar qabul qilinadi hamda qayta o‘qish akademik guruhlari shakllantiriladi. 📌 Shu munosabat bilan barcha bitiruvchi kurslarda akademik qarzdorligi mavjud talabalar belgilangan muddatda Universitet Registrator ofisiga murojaat qilib, mas’ul menejer orqali: * kredit-modul tizimi asosida shartnoma tuzishlari, * qayta o‘qish uchun akademik guruhlarga qo‘shilishlari so‘raladi. ❗️ MUHIM ESLATMA: ➡️ Qayta o‘qish faqat bitiruvchi bosqich talabalari uchun tashkil etiladi; ➡️ Fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan va ularni belgilangan muddatda to‘liq o‘zlashtirmagan talabalar Yakuniy davlat attestatsiyasi (YDA) imtihonlariga qo‘yilmaydi; ➡️ Barcha qarzdor bitiruvchi talabalar belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda, akademik qarzdor fanlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari shart. Andijon davlat universiteti Registrator ofisining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling! 👇👇👇 https://t.me/adu_registrator_ofis_rasmiy
без подписи
без подписи
#eslatma Siz hali ham to'lov-kontraktni amalga oshirmadingizmi ? 🤔 Hurmatli, talabalar ! O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi "Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-279-son qarori, Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2012-yil 8-dekabrdagi 508-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq tuzilgan shartnomangizni eslatib o'tmoqchimiz. 🔺Shartnomaga muvofiq joriy yilning 31-dekabr (31.12.2025) sanasiga qadar to'lov-kontrakt summasining kamida 50 % ini to'lamagan talabalar yakuniy imtihonlariga kiritilmasligini ma'lum qilamiz. Ushbu ogohlantirishga befarq bo'lmagan holda to'lovni o'z vaqtida amalga oshirishingizni so'rab qolamiz. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati
5️⃣5️⃣5️⃣ 🇺🇿🟢Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi loyihangizni taqdim etish vaqti keldi! Andijon davlat universiteti yoshlar orasida korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Eng yaxshi korrupsiyani oldini olishga qaratilgan loyiha” tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Loyihalar 2025-yil 23-oktyabrgacha universitetning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirilishi lozim. Tanlovga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan, amaliy samaradorligi, innovatsion yondashuvi, ijtimoiy ta’siri, shaffofligi hamda zarur resurslar bilan ta’minlangan loyihalar va tashabbuslar qabul qilinadi. ☎️ Ushbu tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni olish yoki savollaringiz bo‘lsa, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. Tel: +998973819717 👩 O‘z g‘oya va innovatsiyalaringizni korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida amalga oshirish imkonini qo‘ldan boy bermang! 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 5️⃣5️⃣5️⃣ 🇷🇺🟢Пора представить ваш лучший антикоррупционный проект! Андижанский государственный университет объявляет конкурс «Лучший проект, направленный на предотвращение коррупции» для поддержки антикоррупционных проектов, стартапов и инновационных инициатив студенческой молодежи в целях предотвращения коррупции среди молодежи и широкой пропаганды ее негативных последствий. В этом конкурсе могут принять участие все студенты, обучающиеся в университете. Проекты должны быть переданы в отдел организации научно-исследовательской деятельности одаренных студентов университета до 23 октября 2025 года. На конкурс принимаются проекты и инициативы, направленные на борьбу с коррупцией и ее предотвращение, обеспечивающие практическую эффективность, инновационный подход, социальное воздействие, прозрачность и необходимые ресурсы. ☎️ Для получения дополнительной информации об этом конкурсе или если у вас есть какие-либо вопросы, вы можете обратиться в Отдел организации научно-исследовательской деятельности одаренных студентов. Тел: +998973819717 👩 Не упустите возможность реализовать свои идеи и инновации в борьбе с коррупцией! ✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇 Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✅Universitetimizga Malayziyadan mehmonlar tashrif buyurishdi Bugun 21-sentyabr sanasida Andijon davlat universitetiga Malayziya davlati Terengganu universiteti talabalari tashrif buyurishdi. 🙋♂️ Tashrif davomida mehmonlar Fizika-matematika va IT fakulteti dekan o'rinbosari A.Numanjanov hamda faol talabalar bilan uchrashib, universitet hududi, o‘quv jarayoni va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular fakultet vakillari bilan birgalikda turli interaktiv mashg‘ulotlar va ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etib, do‘stona muloqotda bo‘ldilar. 🎗Uchrashuv jarayonida talabalar ikki oliygoh o‘rtasida talaba almashinuvi dasturlari, qo‘shma loyihalar va xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari imkoniyatlari borasida o‘zaro fikr almashishdi. Bunday tashriflar yoshlar uchun nafaqat madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, balki ilmiy salohiyatni oshirish va global tajribani o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu uchrashuv kelajakda Andijon davlat universiteti hamda Terengganu universiteti talabalarining yanada faol hamkorligi va xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatli tashabbuslarga zamin yaratadi. 🔵Fizika-matematika va IT fakulteti matbuot xizmati
https://www.instagram.com/reel/DOtjX4EDOYK/?igsh= Osh tanlovida olingan video rolik
без подписи
без подписи