Sobirjonov Sanjarbek
СтатистикаYo'l uzun, manzil esa oxirgi to'xtalgan joy...
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Building Your Own Claude Code in C – Part 3: Defining the Read tool Topshiriqni yakunladik. Muvaffaqiyatli submit qildik. Yangi ma’lumotlar o’rgandik. Ko’rishni tavsiya qilaman. Video: https://youtu.be/lqMxgayzO-M @todaysobirjonov
2027-yilgacha… 141 kun qoldi. Bu - • 20 hafta va 1 kun • ~3384 soat Bu yilni boshida nimalar degandingiz va aytganlaringizga amal qilyapsizmi yoki tashlab qo’ydingizmi? @todaysobirjonov
Katta tizimlarda ishlash va ularga yechim berishni sevaman. Shuning uchun mana bunday maqolalar chiqib qolsa qayta o'qishdan o'zimni tiyolmayman garchi buni qanday qilish javobini bilsam ham. https://medium.com/@rahul281191/system-design-from-zero-to-google-part-2-57c867fabefe?sharedUserId=rahul281191 @todaysobirjonov
🤔 Texnik intervyular endi AI davriga moslashmoqda Men hech qachon maqolalarimni AI ga yozdirmayman, faqat o’zim yozaman Coinbase intervyu jarayonlarini qayta ko’rib chiqib, AI davriga moslashtirmoqda ekan. Buni o’zini blog postida o’qib qoldim [manba]. Eng qizig’i ular an’anaviy intervyu jarayonlari xato ekanligini tan olishgan. Birinchi xato. Yodlab olish qobiliyati kuchli, ma’lum bir muammoga masalan “Redis arxitekturasini dizayn qilish” muammosi so’ralganda, intervyuda kandidat o’zi yodlab olganlari asosida bemalol javob beroladi. Lekin reallikda yangi muammoga duch kelsa, yodlab olganidan chetga chiqolmaydi. Bunda intervyu ularni eslash qobiliyatinigina test qilgan, iqtidorini emas. Ikkinchi xato. Yodlab olishga qiynaladigan lekin muammoga o’zini yechimi beroladigan, o’z fikriga ega kandidatlar esa bunday intervyulardan yiqilgan. Aslida bunday kandidatlar aynan reallikdagi ishga mos kelgan kandidatlar, biroq intervyu jarayoni bunday kandidatlarni noto’g’ri baholanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun, Coinbase o’z inervyu jarayonlarini AI native qilishga o’tishdi. Kandidatlarga real muammo beriladi, kod beriladi, AI toollar beriladi. Ularni yodlash qobiliyati emas, noodatiy muammolarga o’zlari qanday yo’l tutishi, AI ni outputini qanday judge qilishi va AI qilgan xatolarni aniqlay oladimi yo’q, AI nima produce qilayotganini fahmlab qabul qiladimi yoki yo’q, shunday haqiqiy engineerlik qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadi. Siz qanday fikrdasiz? Bu yaxshimi yoki yo’q? @todaysobirjonov
Building Your Own Claude Code in C – Part 2: How to approach the problem C dasturlash tilida “Read” tooli topshirig’ini bajaramiz. Undan oldin bizga berilgan kodni analiz qilib chiqamiz, nimalar borligini aniqlaymiz, qisqasi muammoga qanday yondashish kerakligini ko’rsatganman. Keyingi videoda tool yozishni ko’ramiz. (video umuman montajsiz va bittada yozilgan, xatolar uchun uzr. Agar vaqt ajratib qiynalsam, buni qilmas edim) Video: https://youtu.be/kPmtmDqPDBk @todaysobirjonov
If you only do what you can do, you will never be more than you are now. Doim qo’lingdan keladigan ishnigina qiladigan bo’lsang, hech qachon hozirgi holatingdan ko’prog’iga erisholmaysan. #kungfu #panda @todaysobirjonov
😱 AI model izolyatsiyalangan muhitdan qochib ketdi Bunaqa bo’rttirilgan ma’lumotlar juda ko’p tarqalyapti. Ayniqsa, Anthropic boshlaydi, keyin OpenAI, keyin esa Moonshot (KIMI) va hakozo… Hammasini modellari qochqoq modellar ekan. 🤨 Bitta modelni eplolmayapsizlar, kompaniyani qanday eplaysizlar deydigan odam yo’q. Shu xabarni o’qib oladida, bizni o’zbek bloggerlarimiz vahima qilib hamma joyda baralla bong uradi. AI konsultantlar emish yana. Mayli ko’raveraylikchi, Anthropicdan yana qanaqa shedevrlar ko’ramiz ekan. Anthropic bosh, qolganlar yonbosh. @todaysobirjonov
#RIP freeformatter #ai #victim @todaysobirjonov
O’zimdagi yomon xislatlardan bittasini yo’qotish uchun buni qildim… Bugun bir sherigimni menga yoqmaydigan bir odatini unga aytdim. Sababi men o’zimda nima o’zimga tuyulmagan yomon xislat borligini bilish edi. Keyin sherigim ham turib, menga senda ham bir muammo bor dedi. U menga biror narsani aytib berishda uzoqdan olib kelib gapirishimni aytdi. To’g’ri qabul qildim. Keyin bu bo’yicha chatgpt bilan bu bo’yicha muhokama qildim. Nega unaqaman? Dasturchilar, kitob yozadigan, maqolalar yozadigan insonlarda odatda birdaniga xulosani emas balki kontekst bilan gapirishga odatlanib qoladi ekan. Men esa uchala toifaga mansubman. Bu yaxshimi yoki yomon? Hozircha ziyonini ko’rmadim. Lekin katta, muhim uchrashuvlarda endi kontekstsiz, birinchi nima bo’lganini keyin sababini aytishim kerakligini bildim. @todaysobirjonov
Ultra foydali insaytlar kerakmi? https://youtu.be/Jb6DcwN6mTg shu podkastda Aziz aka Rahimovdan shunaqangi bang, bang miyaga uradigan insaytlar, gaplar bo’lyapti, maza qilasiz. 14 minut ichida juda ko’p ma’lumot oldim. Tavsiya qilaman. Olgan insaytingizni yozib olib ko’rishni tavsiya qilaman ayniqsa. @todaysobirjonov
1-avgustda videolar qilishni boshlayman Xudo xohlasa, 1-avgustdan boshlab, bitta loyihani 1 oy (31 kun) davomida har kuni, ulgurganimizcha C da qilamiz. Videolarni joylashtirib boraman. AI Agent ishlatilmaydi. Lekin bu degani AI dan bilmagan narsalarimni…
"Kremniy vodiysi" serialidagi Gevin Belsonning "Tethicks" ni imzolashga kompaniyalarni chaqirish jarayoniga o'xshaydi :) Bitta "Pied Piper" egasi bosh tortgandi. Xuddi Anthropic'ga o'xshab. Qiziq, o'xshash hodisa)) P. S. Ochiq frontier modellarni yoqlab Nvidia ochiq xat yo'llagan. Ko'p tech kompaniyalar ma'qullab imzo chekkan. Hozircha Anthropic buni yoqlamadi. @todaysobirjonov
Siz ham aniq shuni qurboni bo’lgansiz Bob tog’aning “Clean Code” kitobi balki brendi desak ham bo’lar, shu paytlarda Linkedinda juda ko’p bahslarga sabab bo’lyapti. Buning sababi u yuqoridagi tvitni yozib qoldirganida. Bu ancha kuchaytirib yubordi bahsni. Demak, “Clean Code” shunchaki marketing vositasi va pul topish usuli bo’lganmi? Albatta, qisman ha. Lekin ko’pchilik uning muxlislari bu gapini yaxshi qabul qilmadi va o’zini qoidalariga o’zi rioya qilmayotganini tanqid qilishmoqda. Bu ham bir psixologiya. Shuning uchun, mashhur insonning gapini qoida sifatida qabul qilib olish xato. Fikrlarini o’qish kerak, tanqidiy nazar bilan qarash kerak va keraklisini olish kerak. @todaysobirjonov
🤔 C dasturlash tilida bir proyektni olib (masalan, o’z redis yoki shellimizni C da qilish) uni qilish jarayonimni video qilib chiqarsam deyapman. C da professional emasman lekin o’zim uchun qiziq. Hech qanday AI agentsiz. Bunday video qilsam siz qanday…
“O’tkan kunlar” romani Abdulla Qodiriyning bu romanini yana bir marta o’qib chiqdim va hozirgina tugattim. 2-marta o’qishim. Diqqat bilan o’qidim. Aslida asardagi har bir jumla lego bo’laklari kabi o’z joyida so’zlangani, agar ulardan birortasi olinsa, asarni butunligiga putur yetishini tushunyapman. Biz uchun tarix bo’lgan “Tarix"ni so’zlash qanchalik qiyin bo’lgani va uni sevgi-muhabbat ortiga yashirib, g’aflatda qolgan insonlarni ko’zini ochish uchun boshidan boshlab “namyok”lar qoldirgani, bu juda professionallik. Romanni o’qib chiqqandagi olgan xulosam hozircha shu. Romanni yana qayta o’qiyman, hozirgacha o’qib chiqqan barcha kitoblarimni qaytadan o’qishni boshlaganman. Agar yana “O’tkan kunlar”ga yetib kelsam, yana qayta erinmasdan o’qiyman va ishonamanki, fikrlarim yana o’zgaradi. @todaysobirjonov
🤔 C dasturlash tilida bir proyektni olib (masalan, o’z redis yoki shellimizni C da qilish) uni qilish jarayonimni video qilib chiqarsam deyapman. C da professional emasman lekin o’zim uchun qiziq. Hech qanday AI agentsiz. Bunday video qilsam siz qanday foyda olaman deb o’ylaysiz? #no_ai #without_ai_agents @todaysobirjonov
JSC "PAYNET" pulim qani? 2026-yil 1-iyul, soat 20:34da PAYNET ilovasi orqali Telegramdagi TON kripto hamyonimga 298,700 so'm miqdorda pul o'tkazma amalga oshirdim. Pulim hali beri hamyonimga tushmadi, deyarli 11 kun bo'ldi. Bu muddat ichida Paynet ilovasida…
Multitasking (AI zamonida bir nechta taskni bir vaqtni o’zida switch qilib ko’rish) Men bir necha yil oldin “doomscrolling” ni tashlaganman. Youtube Shorts, Instagram Reels umuman scroll qilib o’tirmayman va bundan kelgan xotirjamlik, miyani shovqindan xolos bo’lishi menga maza bergan. Lekin AI agentlar tufayli bir nechta task bo’ylab “scroll” qilish reels ko’rishdan-da ko’proq va tezroq diqqatimni pasaytirishga sabab bo’lyapti. Men buni juda tez payqayapman. Bu miyaga kognitiv yuklamani oldingi klassik bitta taskni uzoq vaqt davomida qilib, diqqatni bitta taskka qaratishga ketgan yuklamadan ko’ra ko’proq ko’paytirgandek hissiyot beryapti. Bu bo’yicha izlanishlarni boshladim va qanday qilib bu yangi zamonaviy muammolarni hal etish yo’llarini topaman. @todaysobirjonov
JSC "PAYNET" pulim qani? 2026-yil 1-iyul, soat 20:34da PAYNET ilovasi orqali Telegramdagi TON kripto hamyonimga 298,700 so'm miqdorda pul o'tkazma amalga oshirdim. Pulim hali beri hamyonimga tushmadi, deyarli 11 kun bo'ldi. Bu muddat ichida Paynet ilovasida onlayn chatga 3 marotaba (bir necha kun davomida) murojaat qildim va 24 soat kutishimni aytishgan. Ular aytgan shartni bajardim. Lekin pul yo'q. Onlayn chatdan yordam chiqmagandan so'ng, call-centerga telefon qildim 3-iyulda, ular ham qachon pulim tushishini aytolmadi, 24 soat kutishimni aytdi. Kuttim. 7-iyul kuni telefon qildim call-centerga, pulim qachon tushishini aytolishmadi, biroz kuting dedi, 5 kun kuttim. Hali beri yo'q. Xo'sh, agar indamay qoldirsam, boshqalarda ham shunaqa muammo paydo bo'ladimi? Yo'q, indamay qoldirolmayman. Paynet ilovasida kriptoto'lovlarni amalga oshirish o'ta ishonchsiz va hech qanday tex-yordam yo'q. Ulardan pulimni qaytarishni ham so'ramayman, bu vaqt ichida ketgan ma'naviy zararni bu pul bilan qoplab berolmaydi! Paynetni ashaddiy mijozi edim, endi esa ishonchim keskin tushib ketdi. Rahmat sizlarga. @todaysobirjonov
Reklamalar ham daxshat ey. “Ko’p ovqat yeb qo’yganda, “Falonchi” dori yordamda” 😅 Tekinga maslahat, undan ko’ra kam ovqat ye @todaysobirjonov