AloqaBank_HR
СтатистикаAloqaBank HR | Rasmiy kanal AloqaBank_HR kanali — bu: 📚 Bilim | 🚀 Imkoniyat | 💡 Motivatsiya ✉️Murojaat uchun: hr@aloqabank.uz Biz bilan birga rivojlaning, kasbiy yo‘lingizni biz bilan boshlang!
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Экономика (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 230
- 1/48двое суток
- 3 701
- 1/72трое суток
- 3 992
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Tayinlov 🔖Yangi lavozimingiz qutlug' bo'lsin! RAXIMOV AKMAL ALIMOVICH Farg‘ona viloyati Mintaqaviy menejeri lavozimiga tayinlandi. AKMAL ALIMOVICH bu lavozimga tayinlanganiga qadar “Farg‘ona” Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazi Korporativ biznes bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. AKMAL ALIMOVICHni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan Bank jamoasi nomidan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📱 Telegram | 📱 Instagram
без подписи
без подписи
👤AloqaBank jamoasi uchun yana bir muhim yutuq! 🔖Quyidagi xodimlarimiz Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)ning DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) xalqaro malaka diplomini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdilar: 🏅Turayev Shavkat Abduzoirovich – Ichki audit xizmati boshlig'i 🏅Xanaliyev Botir Baxtiyorovich – Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish markazi direktori o'rinbosari 🏅Raximov Shahzod G‘ayrat o‘g‘li – Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti Hisobotlarni xalqaro standartlar asosida shakllantirish va metodologiyasi bo'limi menejeri 🎉Hamkasblarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz! 📱 Telegram | 📱 Instagram
🤩DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) ⭐️DipIFR — Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) tomonidan taqdim etiladigan Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (MHXS) bo‘yicha professional malaka diplomidir. 💙Ushbu kvalifikatsiyaga ega bo‘lish mutaxassisga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 🟢Xalqaro standartlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar Murakkab moliyaviy operatsiyalarni MHXS talablariga muvofiq to‘g‘ri aks ettirish hamda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash salohiyatini shakllantiradi. 🟢Kasbiy va martaba o‘sishi Bankning moliya, buxgalteriya, audit hamda risk-menejment tuzilmalarida yetakchi va talabgir mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini kengaytiradi. 🟢Malaka va maqom e'tirofi Respublika va xalqaro moliya-bank tizimida yuqori baholanadigan professional darajaga ega bo‘lish imkonini beradi. 🧳 Dastur kimlar uchun? Mazkur dastur buxgalteriya, moliya va audit sohalarida faoliyat yuritayotgan hamda o‘z kvalifikatsiyasini xalqaro darajaga ko‘tarishni maqsad qilgan barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan. 📱 Telegram | 📱 Instagram
30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni Bugungi o‘zgarib borayotgan dunyoda odam savdosi nafaqat ijtimoiy, balki raqamli va moliyaviy texnologiyalar rivoji bilan yangi yashirin ko‘rinishlarga ega bo‘lmoqda. Ushbu illatga qarshi samarali kurashishda bank-moliya tizimining mas’uliyati va o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va bu kabi jinoyatlarga chek qo‘yishda tizim quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqda: 🟢Raqamli nazorat va shubhali operatsiyalar tahlili: Sun’iy intellekt va zamonaviy komplayens-nazorat mexanizmlari orqali noqonuniy moliyaviy oqimlar hamda shubhali transchegaraviy o‘tkazmalarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish; 🟢Xavfsiz mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish: Xorijda mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz uchun xavfsiz va shaffof pul o‘tkazmalari hamda zamonaviy masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish; 🟢Moliyaviy va raqamli savodxonlikni oshirish: Fuqarolarimizni, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni moliyaviy firibgarlik hamda noqonuniy mehnat takliflaridan himoya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish; 🟢Xalqaro va milliy hamkorlik: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan shubhali operatsiyalar bo‘yicha axborot almashinuvini izchil yo‘lga qo‘yish. Biz uchun har bir mijoz va hamyurtimizning xavfsizligi, ularning huquqlari himoyasi ustuvor ahamiyatga ega. Amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlarimizni yanada kuchaytirgan holda, odam savdosi kabi illatlarga qarshi birgalikda kurashamiz! #OdamSavdosigaQarshiKurash #30July #KomplayensNazorat #XavfsizMigratsiya #BankTizimi 📱 Telegram | 📱 Instagram
👤AloqaBank xodimlari uchun FRM yo‘nalishida malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda! 📈AloqaBankda risklarni boshqarish sohasida xodimlarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Financial Risk Manager (FRM) dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. 📚Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari xalqaro tajribaga ega malakali mutaxassis ishtirokida olib borilib, unda ishtirokchilar moliyaviy risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, bozor, kredit va operatsion risklarni baholash hamda xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan ilg‘or metodologiyalar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 🌟FRM dasturi doirasidagi mazkur o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning xalqaro darajadagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, risklarni boshqarish bo‘yicha strategik yondashuvlarni shakllantirish hamda bankning barqaror va samarali faoliyatini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi. 📱 Telegram | 📱 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔖Bilim va salohiyat – professional rivojlanishning muhim mezoni! 👤AloqaBank Bosh ofisi xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ularning tahliliy fikrlash qobiliyatini aniqlash maqsadida kompleks test sinovlari tashkil etilmoqda. 📇Mazkur baholash jarayoni xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash, rivojlantirishga ehtiyoj mavjud yo‘nalishlarni belgilash hamda ta’lim va rivojlantirish dasturlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 🎯Bilimni muntazam baholash – yuqori natija va professional o‘sishning muhim omilidir. 📱 Telegram | 📱 Instagram
#kuniqtibosi “Ilm va amal uyg‘unligi muvaffaqiyatga yetaklaydi.” “Knowledge combined with action leads to success.” — Abu Rayhon Beruniy 📱 Telegram | 📱 Instagram
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, Muhtaram Prezidentimiz! Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat va jamiyat arbobi, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona xizmat qilib kelayotgan Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning tavallud ayyomi. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Prezidentimizni samimiy muborakbod etamiz. Muhtaram Prezidentimizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, cheksiz kuch-gʻayrat, masʼuliyatli davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda xalqimiz tinchligi va yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi ezgu ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari doimo yuksak natijalar bilan davom etsin. #BizningPrezident #Mirziyoyev #LeaderOfUzbekistan 📱 Telegram | 📱 Instagram
👏Tabriklaymiz! Ilmiy kengash yig‘ilishida AloqaBank Ijro intizomi departamenti direktori Uzakov Jamoliddin Erkinovich doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga tavsiya etildi. Jamoliddin Erkinovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, yuksak marralar hamda yangi zafarlar tilaymiz. 📱 Telegram | 📱 Instagram
👤AloqaBankda Yoshlar festivali! ⭐️11-iyul kuni AloqaBank tizimida faoliyat yuritayotgan respublikaning barcha hududiy filiallaridan tashrif buyurgan qariyb 250 nafar tashabbuskor yosh xodim ishtirokida “AloqaYoshlarFest” festivali yuqori saviyada tashkil etildi. ⭐️Festival dasturi doirasida ishtirokchilar dastlab Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va davlatimiz taraqqiyotini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. ⭐️Festivalning asosiy tadbirlari bank Bosh ofisi binosida davom etdi. Tadbir avvalida Bank Boshqaruvi Raisi Kommuna Irisbekovaning yosh mutaxassislarga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirilib, ularga kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va ezgu tashabbuslarda omad tilandi. ⭐️Shuningdek, taniqli biznes-trener Husan Mamasaidov tomonidan zamonaviy boshqaruv, shaxsiy rivojlanish va yetakchilik kompetensiyalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbir davomida bank tizimida samarali faoliyat yuritayotgan yosh rahbarlarning muvaffaqiyat tajribalari va motivatsion chiqishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantirdi. 📱 Telegram | 📱 Instagram
👤AloqaBank Boshqaruv a’zolari va xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakalarini oshirdi ✅AloqaBankda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, xodimlarning huquqiy ongi va kasbiy kompetensiyalarini yuksaltirish, shuningdek, komplayens madaniyatini rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. ✅Shu munosabat bilan bankning Boshqaruv a’zolari, departament hamda boshqarma rahbarlari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” portali orqali tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini yanada oshirdilar. ✅O‘quv dasturlari davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat odobi va halollik tamoyillariga rioya etish, komplayens nazorati tizimini samarali tashkil etish hamda korrupsiyaga qarshi profilaktik mexanizmlarni amaliyotda qo‘llashga oid dolzarb mavzular bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar. ✅Mazkur o‘quv kurslari xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅AloqaBankda inson kapitalini rivojlantirish va xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. ✅Bank kelgusida ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning malakasini muntazam oshirish, komplayens nazorati tizimini yanada takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish hamda halollik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettiradi. 📱 Telegram | 📱 Instagram
🔥“Aloqa-Quiz” intellektual ligasining 1-turi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi! 👤AloqaBankda xodimlar, ayniqsa, yosh mutaxassislar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni yuksaltirish, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Aloqa-Quiz” intellektual ligasiga start berildi. ⭐️Liganing ilk turi yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va murosasiz bahslar ruhida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar kitoblar, umumiy bilimlar, musiqa, filmlar, mantiqiy savollar hamda turli qiziqarli raundlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Har bir jamoa tezkor fikrlashi, jamoaviy ishlashi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan alohida ajralib turdi. 🟢Mazkur intellektual loyiha bankda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, xodimlarning bilim doirasini kengaytirish, o‘z ustida muntazam ishlashga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish hamda jamoada o‘zaro hamkorlik va bilim almashish muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ⭐️Ayniqsa, bankning yosh xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kitob mutolaasiga qiziqishini kuchaytirish va yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘lida bunday tashabbuslar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bilimli, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar — bankning bugungi yutug‘i va ertangi taraqqiyotining muhim omilidir. ⭐️Turnir nafaqat bilimlar bellashuvi, balki xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish va yangi bilimlar almashish uchun ham samarali maydonga aylandi. ⭐️Bu hali boshlanishi! Oldinda yanada qiziqarli raundlar, kuchli bahslar va yangi g‘alabalar kutmoqda. 🔖Bilimga intilish — taraqqiyot sari ishonchli qadam! 📱 Telegram | 📱 Instagram
📇Team work — bu faqat bir joyda yig‘ilish emas. Bu fikr almashish, tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va umumiy natija sari birgalikda harakat qilishdir. 📱 Telegram | 📱 Instagram
👤AloqaBankda yangi imkoniyatlar! 🔖Bankimiz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Bosh ofisda bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qiladi: 💎Chief Data Officer (CDO) 🔴Batafsil: 🔴Ariza yuborish 📍Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor MFY, O'qchi ko'chasi, 2-uy 👤Agar siz professional rivojlanishga intilayotgan, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassis bo‘lsangiz — biz aynan Sizni izlayapmiz!