tgindex
Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali

Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali

Статистика

Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filialining telegramdagi rasmiy kanali

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
38
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 832
−3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
601
36 постов
Вовлечённость
32,8%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 38
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
375
1/48двое суток
429
1/72трое суток
463

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • Davlat xizmatiga tanlov: yangi mezonlar Tanlov jarayonida xolislikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish va barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratishga qaratilgan yangi yondashuvlar. Batafsil — videoroligimizda. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • “Boshqaruv 360°”: boshqaruv samaradorligiga kompleks yondashuv Boshqaruv samaradorligini har tomonlama va tizimli tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berish, natijaga asoslangan boshqaruv madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi podkast ish boshladi. Podkastning ilk soni — “Kelajak liderlari” loyihasiga bag‘ishlangan. Unda iqtidorli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish, kelajak rahbarlarini saralash va tayyorlash, liderlik, mas’uliyat hamda zamonaviy boshqaruv tizimi uchun qanday rahbarlar kerakligi haqida fikrlar bildirildi. Podkastni tomosha qiling va “Kelajak liderlari” loyihasi haqida yanada ko‘proq bilib oling! Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • #Ekspert_sharhi Men ishlab kelayotgan tashkilot mulkdori almashdi. Endi mening tasdiqlangan jadval asosidagi mehnat ta’tilim "kuyib" ketadimi? ▫️Ushbu murojaatga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob berdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat xizmatchisining mas’uliyati Davlat fuqarolik xizmati — yuksak mas’uliyat, halollik va qonuniylik tamoyillariga asoslanadi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, davlat xizmatchisi: 🫥korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi; 🫥korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikning oldini olishi; 🫥korrupsiya holatlari haqida axborotga ega bo‘lsa, bu haqda zudlik bilan tegishli vakolatli organlarni xabardor qilishi shart. 👍Muhim: korrupsiya faktlari haqida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi kafolatlanadi. Korrupsiyaga befarq bo‘lmaslik — nafaqat qonuniy talab, balki davlat xizmatidagi kasbiy va fuqarolik mas’uliyatidir. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga qaratilgan qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi. 👍 Qonun loyihasi bilan: davlat xizmatchisi xorijiy oliy ta’lim muassasasiga magistratura yoki doktoranturaga o‘qish bo‘yicha grant yutganda, ish beruvchining yozma roziligi asosida uning ish o‘rni (lavozimi) saqlanishi taklif etilmoqda, bunda ish beruvchi tomonidan rozilik berishda o‘quv dasturining yo‘nalishi ushbu davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishini inobatga olish nazarda tutilmoqda; o‘quv dasturi yakunlangandan so‘ng davlat fuqarolik xizmatchisi zimmasiga tegishli davlat organi tizimida xorijda tahsil olish davriga teng muddatga ishlab berish majburiyati ham yuklanmoqda; davlat fuqarolik xizmatchisining xorijda o‘qish davri uning mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi, ko‘p yillik xizmati uchun har oylik ustama belgilashda inobatga olinishi ham aks etmoqda. Muhokamalar davomida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani, jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflari asosida hujjat matni yanada takomillashtirilib, maromiga yetkazilgani qayd etildi. 👍Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • #Ekspert_sharhi Elektron tizim ishlamay qolgani sababli hisobotni kechiktirdim. Buning huquqiy oqibati qanday? Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob beradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining haftalik dayjesti 👍Davlat xizmatidagi imkoniyatlardan foydalaning! 👍Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha xalqaro seminar-trening boshlandi 👍 Davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi 👍 Portugaliyaning davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi 👍Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti 👍 Jizzaxda “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ga saralash boshlandi 👍 Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish muddatining buzilishi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va ishga tiklash uchun asos bo‘la oladimi? 👍Davlat boshqaruvi va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmlari muhokama qilindi 👍Chustda hunarmandchilikni yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirish masalalari o‘rganildi 👍Davlat organlari HR rahbarlari uchun amaliy o‘quv-seminar boshlandi 👍Pop tumanida yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar o‘rganildi 👍Namanganda gulchilik sohasida mavjud salohiyatni yangi daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari o‘rganildi Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • 🏗 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish sohasi xodimlari kuni! Bugun mamlakatimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy shahar va qishloqlar barpo etish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishda fidokorona mehnat qilayotgan qurilish sohasi xodimlari, muhandislar, loyihachilar, arxitektorlar, mutaxassis va ishchi-xizmatchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Bugungi kunda qurilish sohasi nafaqat yangi bino va inshootlar barpo etiladigan, balki zamonaviy boshqaruv, innovatsion texnologiyalar, raqamlashtirish va samaradorlik tamoyillari jadal joriy etilayotgan strategik yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. So‘nggi yillarda sohada byurokratik yondashuvlarni qisqartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, loyiha va qurilish ishlarining sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–104-son Farmoni bilan belgilangan yangi vazifalar qurilish sohasida ham boshqaruv samaradorligini oshirish, natijadorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarni kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv modelini amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy boshqaruv modeli asosida qarorlar qabul qilishda aniq ma’lumotlar va tahlilga tayanish, natijalarni baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish, mas’uliyat va hisobdorlikni kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni keng qo‘llash qurilish tarmog‘ining yangi bosqichdagi rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Fursatdan foydalanib, sohaning barcha fidoyi xodimlariga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va mas’uliyatli hamda sharafli faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz. Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy va farovon hayot uchun munosib infratuzilma yaratish yo‘lidagi mehnatingiz bardavom bo‘lsin! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • Аxborot dasturi ☑️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan salohiyatli kadrlarni aniqlash va ularning boshqaruv salohiyatini baholash maqsadida suhbat jarayoni tashkil etildi. 📆 07.08.2026-yil. @BSA_Jizzax

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Jizzaxda “Top-100 magistr” tanlovining test bosqichi boshlandi 📌 Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali hamda Jizzax viloyati hokimligi tashabbusi bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor va rahbarlik salohiyatiga ega yoshlarni aniqlashga qaratilgan “Top-100 magistr” tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlovning birinchi bosqichi — onlayn arizalarni qabul qilish jarayoni yakunlanib, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan 5 ta oliy ta’lim muassasasidan 370 nafardan ortiq magistrant ishtirok etish istagini bildirdi. ✅ Ayni vaqtda tanlovning navbatdagi bosqichi — bilim test sinovlariga start berildi. Test jarayonida ishtirokchilarning bilim darajasi, mantiqiy va tahliliy fikrlashi hamda kasbiy tayyorgarligi baholanadi. ✅ Test sinovlaridan oldin tanlov ishtirokchilari bilan ochiq davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Jizzax tajribasi” sifatida amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning maqsadi, tanlov bosqichlari, g‘oliblarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, davlat organlarida stajirovka o‘tash va tajribali rahbarlarga dublyor sifatida biriktirish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. 🔰 Keyingi bosqichda talabgorlar “Case study” usulida hayotiy va boshqaruvga oid vaziyatlarga yechim topish asosida suhbatdan o‘tkaziladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng munosib 100 nafar ishtirokchidan iborat “Top-100 magistr” ro‘yxati shakllantiriladi. 📊 G‘oliblar uchun shaxsiy rivojlanish rejalari ishlab chiqilib, hududiy davlat organlarida stajirovkalar va dublyorlik dasturlari tashkil etiladi. Ushbu jarayonlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan magistrlarni “Yangi avlod kadrlari” ro‘yxatiga kiritish hamda Istiqbolli va Milliy kadrlar zaxirasiga tavsiya etish rejalashtirilgan. 🎯 Asosiy maqsad — hudud uchun zamonaviy fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor va istiqbolli yosh rahbarlar avlodini tizimli tayyorlash.   #Top100Magistr  #JizzaxTajribasi  #MagistrKadrlarZaxirasi   @BSA_Jizzax

  • #Ekspert_sharhi Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish muddatining buzilishi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va ishga tiklash uchun asos bo‘la oladimi? Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob beradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи