Miyashunos
Статистика🧠 Miyaga qiziquvchilar uchun ta'lim platformasi.
- Последний пост
- 3 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
6 yoshgacha 600 ta kitob?! "Bolam kitobga qiziqmaydi" deb ko'p ota-onalar nolishganini ko'raman. Kitob o'qishga qiziqish maktab yoshidan boshlanmaydi. Bola tug'ilishi bilanoq bemalol kitobga yo'naltirsa bo'ladi. Osmondagi bolalar ko'rsatuvida jiyanimning o'qigan kitoblari sonini aytganimga ishonmaganlar ko'p bo'lsa kerak. Shu mavzuda eng muhim tavsiyalar bilan ulashmoqchiman. Birinchi o'rinda albatta muhit. Uyni bolalar kitoblari bilan to'ldirib yuborsak, bolani ko'rgan narsasi kitob bo'lsa, qiziqmaslikning iloji yo'q. Ayniqsa sifatli yoshiga mos bolalar kitobi juda qiziq va o'ziga tortish xususiyatiga ega. Ikkinchidan, e'tibor! Kitob o'qishga o'zingiz qanchalar qiziqayotganizni ko'rsatsangiz farzandingiz ham sizga o'xshash uchun ham kitob o'qiydi. Buni bolalar psixologiyasida "modeling" deyiladi. Uchinchidan kitobni yumush yoki vazifa sifatida emas, balki rag'bat, quvonch, hursandchilik hissi bilan imkoni boricha bog'lash kerak. Miyada kitobning ijobiy hissiyotlar bilan bog'lanishi, ya'ni "association" bo'lishi, bola o'sha ijobiy hisni sog'inganida yechimni kitobdan qidirishni boshlaydi. Oxirgisi, va albatta eng muhimi, o'z yoshiga mos kitob tanlash. Kitob biroz qiyinlik qilsa bola tushunmagani uchun umidsizlanishi, yoki juda osonlik qilsa zeriktirishi mumkin. Shuning uchun albatta bolalar kitobi bo'yicha tajribali insondan tavsiya olish kerak. Shaxsan o'zimiz foydalangan manbani tavsiya qilmoqchiman. Mom&Me do'koni asoschisi Zarifa opadan so'nggi 2 yildan beri doimiy kitob sotib olamiz. Sizga ham kitob kerak bo'lsa endi bilasiz kimdan olishni. Bolalarimizni kitobxon qilaylik. 10 yoshdan emas. Tug'ilganidan boshlab. @Jamshidbek_Izzatulloh
Bobur shunchaki yozishni xohlamadi… deb o‘ylab, uni inkor etish orqali o‘zimiz xohlagan narsani qildirish oson. Lekin bu holat aslida uning xulqiga va rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘rganmisiz? 👉 To'liq maqolani websitedan o'qing 💬 Siz ham shunaqa vaziyatga duch kelganmisiz? Qanday reaksiya qilgansiz? @Miyashunos_uz
Soat beshlarga borib, Bobur uy vazifasining oldiga o'tirdi. Bir daqiqa o'tmay, qalamni tashladi. Bobur: "Men charchadim. Yoza olmayman." Otasi: "Charchamading! Sen hozirgina o'tirding-ku. Yoz, vaqtni o'tkazma." Bobur indamadi. Qalamni olib, daftarning chetiga nimadir chizishni boshladi. Uy vazifasiga qaramadi. Otasi yana bir bor takrorladi, Bobur boshini ko'tarmadi. Ko‘zga itoatsizlikdek tuyuladi. Lekin aslida Boburning bunday javob ko'rsatishi… 👉 Bugungi maqolada siz Boburning otasi topgan muhim sir haqida bilib olasiz. Miyashunos trening a’zosi tomonidan tayyorlangan uchinchi maqolamiz. @Miyashunos_uz
Oldingi post “…aniqladiki…” bilan tugagan edi. Nasiba opa nimani aniqladi? Madinaning holatining ortida aslida nima yashiringan edi? 👉Bugungi maqolada barchasi haqida bilib oling. Va bu hikoya siz o‘ylaganchalik oddiy emas. @Miyashunos_uz
Nasiba opa boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi edi. Yangi o‘quv yilida unga birinchi sinf o‘quvchilari berildi. Uning o‘quvchilaridan biri Madina, uning e’tiborini tortdi. Madina sinfda hech kim bilan muloqot qilmas, burchakda yolg‘iz o‘tirar va doimo xavotirlangan ko‘rinar edi. Nasiba opa uning g‘alati xatti-harakatini payqab, darhol ota-onasi bilan bog‘landi, ammo ular qizlari bolaligidan shunday ekanini aytishdi. Bu javobdan qoniqmagan Nasiba opa yanada chuqurroq o‘rganib chiqdi va qo‘shnilar tomonidan aniqladiki… 👉Agar siz Madinaning sirli holatini bilishni istasangiz, bugungi maqolani mutlaqo o‘tkazib yubormang. Bu maqola ko'plab bolalarda va o'smirlarda uchraydigan muammoning asl sabablari va foydali yechimlari haqida tushuntiradi. Bu esa Miyashunos trening a'zolari tomonidan yozilgan ikkinchi maqola. @Miyashunos_uz
Diqqat buzilgan. Va siz buni sezmayapsiz ham. Siz “yana 5 daqiqa” deb o‘ylaysiz. Aslida esa miyangiz allaqachon taslim bo‘lgan. Va rostini olganda, bu biroz qo‘rqinchli. 👉 O‘qishga jur’at qilasizmi? @Miyashunos_uz
Yakshanba oqshomi, soat 8:09. Ertaga ertalab Mayaning kimyo darsi bor, u esa haftaning boshidan beri bunga tayyorlanishni niyat qilib yurgan, ammo buni doim ortga surib kelgan. U darsligidagi birorta ham bobni o‘qimagan. Shunga qaramay, qandaydir qilib, besh bobni 2 soat ichida tugatishga umid qilmoqda. Hammasi taymerdan boshlandi. U internetda o‘qigan 25 daqiqalik Pomodoro usuli. Hammasi reja bo‘yicha ketayotgandek edi, to darsligidagi bir ibora unga bir memni eslatmaguncha. Va shu zahoti uning hayoli o‘qishdan o‘sha memga chalg’idi, u esa buni o‘zi ham sezmagan holda telefonini olib, memni qidira boshladi. 👉Bugungi maqolani o‘tkazib yubormang. Unda Maya duch kelayotgan, aslida esa ko‘pchilikda uchraydigan muammoning asl sabablari va aniq yechimlari berilgan. Bu esa Miyashunos trening a’zosi tomonidan tayyorlangan ilk maqola. @Miyashunos_uz
Bolaning e’tiborini majburlab emas, o‘yin orqali rivojlantirish mumkin. To‘g‘ri yondashilsa, bola o‘zi qiziqib diqqatini jamlay boshlaydi. Qanday qilib buni to‘g‘ri qilish mumkin? 👉 Bu haqida maqolani shu yerda o‘qing. @Miyashunos_uz
Dilshod stolga o‘tirdi, kitobi va daftarlari oldida. Oyisi unga uy vazifalarini qilishi va kitobini o‘qishi kerakligini aytdi. U birinchi jumlani o‘qidi, lekin keyin derazadan uchib kelayotgan qushni ko‘rib, kitobni chetga qo‘ydi. “Dilshod, davom et!” — onasi aytdi. U qaytdi, biroq daftaridagi matematik misol unga qiyin tuyuldi, boshqa narsalarga chalg‘idi, qog‘oz ustiga rasm chizishga o‘tdi. U bir necha daqiqa diqqatini jamlashga harakat qildi, biroq tez chalg‘iydi: stol ustidagi qalamlar, derazadan kelayotgan ovozlar, televizor eshigidan ko‘rinayotgan rang-barang multfilm… Agar Dilshodning hikoyasining davomi va diqqat rivojlanishi haqida o'rganmoqchi bo‘lsangiz, bugun kechqurun chiqadigan maqolamizni o‘tkazib yubormang!
Uzoq vaqt davomida zerikish faqat salbiy holat sifatida qaralgan, ya’ni uni imkon qadar tezroq bartaraf etish kerak deb hisoblangan. Biroq, so‘nggi tadqiqotlar bu qarashni sezilarli darajada o‘zgartirdi va zerikishning aslida muhim kognitiv va emotsional foydalari borligini ko‘rsatdi. Masalan, bolalarning erkin o‘yiniga oid tadqiqotlar bo‘lib, bu borada professor Peter Grayning ishlari alohida e’tiborga loyiq. So‘nggi 50 yil ichida bolalarning erkin, o‘zlari boshqaradigan o‘yin vaqti keskin kamaygani kuzatilgan. Shu bilan birga, yoshlar orasida xavotir, depressiya va o‘ziga ishonchning pasayishi holatlari ortib bormoqda. Grayning ta’kidlashicha, aynan zerikishdan keyin boshlanadigan erkin o‘yin bolalarda bardoshlilik, ichki motivatsiya va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. 👉 To‘liq maqolani saytimizda o‘qishingiz mumkin. @Miyashunos_uz
“Zerikdim." Bolalar eng ko‘p aytadigan so'zlardan biri. Bola zerikayotganida biz darrov telefon beramiz, multfilm qo‘yamiz yoki uni nimadir bilan band qilishga harakat qilamiz. Aslida esa aynan zerikish paytida bola o‘zi o‘ylay boshlaydi. O‘yin o‘ylab topadi. Tasavvuri rivojlanadi. Har safar zerikishni yo‘q qilish, bolaning ichki rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 👉 Bu mavzuning bugun maqolalarimizda muhokama qilamiz. @Miyashunos_uz
Og'riqli muammoga Miyashunos.uz jamoasi yechim qidirmoqda. Bu yo'lda 20ta Miya ilmi va Erta Yoshdagi Ta'limga qiziquvchi yoshlar jamoamiz a'zosi sifatida Miyashunos O'quv Dasturini yakunlashdi. Jamoaga qo'shilish uchun yana ko'pchilik qiziqish bildirdi. Jamoaga qabulni yana ochsak topshiradiganlar bo'lsa '+' qoldiring. 15 kishi qiziqish bildirsa qabulni ochamiz. @Miyashunos_uz
Yangi to'plam -- "Bola Miyasini Birgalikda Asraymiz" 1. Jazo o'rniga nima qilish mumkin: bolaga chegarani zo'ravonliksiz o'rgatish 2. Uyqu -- bolangiz xotirasini mustahkamlovchi asosiy omil 3. Stress va baqirish bolaning eslab qolish qobiliyatini pasaytiradi 4. Sog'lom xotirani shakllantiradigan kundalik omillar 5. Doimiy eslatmalar xotira ko'nikmalarini zaiflashtiradimi? 6. Maqtovning to'g'ri va noto'g'ri shakllari bolalar shaxsiyatiga qanday ta'sir qiladi? 7. Qisqa videolar epidemiyasi: bola xotirasi o'lmoqdami? Izohlarda fikringizni kutamiz. @Miyashunos_uz