-Ta’lim yangiliklari | Rasmiy
СтатистикаReklama va hamkorlik uchun: @talim_yangiliklari_ADS
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 967
- 1/48двое суток
- 4 546
- 1/72трое суток
- 4 903
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡ Mandat bugun chiqishi mumkin! ✅ O‘tgan yilgi kirish imtihonlari aynan 13-avgustda e’lon qilingan edi ‼️ Hullas, bugun muhim kun! 🔥 Abituriyentlarga yuborib qoʻying! @Talimyangiliklari_uz
видео или голосовое, без подписи
📌 Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29 avgust – 1 sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentyabr) dam oladi. 🟡 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🟢 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🟢 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🟢 1-sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni @Talimyangiliklari_uz
⚡️ Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. 📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi va yangi o'quv yili uchun o'zgarish bo'lishi kutilmayapti. Do'stlaringizga ulashing @Talimyangiliklari_uz
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad!
⚡ Bu yil o‘qishga kirish qiyin bo‘ladimi? ✅ Maksimal ball to‘plagan abituriyentlar ko‘pligini ko‘rib, xavotirga tushgan bo‘lsangiz, bitta muhim statistikaga e'tibor bering. 💬 Bu yil test sinovlarida 610 ming abituriyent qatnashdi. Shundan 234 ming nafari minimal o‘tish bali — 56,7 ballni ham to‘play olmadi. 🗄 610 000 − 234 000 = 376 000. ✅ Demak, amalda OTMga kirish uchun 376 ming abituriyent kurashadi. 🗄 Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim bo‘yicha jami 205 604 ta kvota ajratilgan (imtiyozli alohida kvotalardan tashqari). 🗄 376 000 ÷ 205 604 ≈ 1,8. ⏺ Ya'ni, bir o‘ringa atigi 1,8 nafar abituriyent to‘g‘ri kelmoqda. Oddiy qilib aytganda, har ikki abituriyentning bittasi talaba bo‘lish imkoniyatiga ega. ⏺Ha, yuqori ball to‘plaganlar ko‘p. Ammo ularning asosiy qismi nufuzli yo‘nalishlar va davlat granti uchun raqobatlashadi. Shuning uchun maksimal ball olganlarni ko‘rib tushkunlikka tushmang — ayniqsa kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyatingiz hali ham yuqori. ✅ Ushbu postni abituriyent do‘stlaringiz bilan ulashing. Balki bu ma'lumot ularning xavotirini kamaytirar. @Talimyangiliklari_uz
#Qabul2026 📷 📣 Qachon mandat chiqishi aniq bo'ldi BMBA bu haqida ma'lumot berdi: Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq, tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi. 📝 Mandat (tanlov natijalari) esa 2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinadi. 1 hafta ichida degan jumlani hisobga olsak, mandat 15-avgustgacha, ehtimol undan ham oldin aniq bo'lishi mumkin. @Talimyangiliklari_uz
📌Oliy ta’limda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi. ➖ Qaror loyihasi bilan Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlanadi. Mazkur tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Videoyozuvlar kamida bir yil saqlanadi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ommaviy onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Istalgan shaxs OTTlarning rasmiy veb-saytlari orqali imtihon jarayonini kuzatishi mumkin bo‘ladi; ➖ Professor-o‘qituvchilar baholashda izoh (feedback) yozish tizimiga o‘tadi. Har bir savol bo‘yicha kamida 2–3 gapdan iborat asoslantirish kiritilishi talab etiladi; ➖ Uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda OTTlar ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Shuningdek, har semestr yakunida talabalar so‘rovnomasi o‘tkaziladi; ➖ 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat – 30 ball, oraliq nazorat – 20 ball, yakuniy nazorat – 50 ball etib belgilanadi (tibbiyot yo‘nalishlari uchun alohida taqsimot amal qiladi); ➖ Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun Brayl alifbosi, ovozli o‘qish, assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etiladi. @Talimyangiliklari_uz
❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. @Talimyangiliklari_uz
📌 OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. @Talimyangiliklari_uz
❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. @Talimyangiliklari_uz
❗️Qachon mandat chiqadi? 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. @Talimyangiliklari_uz
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak. Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. @Talimyangiliklari_uz
xush
❗️O‘zbekiston hududiga kirib kelgan issiq havo oqimlari 23-iyuldan chiqib ketishi kutilmoqda — “O‘zgidromet” @Talimyangiliklari_uz