ZOMINIY
СтатистикаFacebook: 👉🏽https://www.facebook.com/xudoyberdizominiy Facebook: 👉🏽https://www.facebook.com/ZOMINIY?mibextid=LQQJ4d You tube: https://youtube.com/@zominiy Instagram: https://instagram.com/zominiy.uz Murojaat uchun: @Zominiiy
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 17
- Всего постов
- 58
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 398
- 1/48двое суток
- 456
- 1/72трое суток
- 491
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Markaziy Osiyoning bir qator shaharlarida elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr energiyasida ommaviy uzilishlar qayd etilmoqda. Qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy…
❗️Markaziy Osiyoning bir qator shaharlarida elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr energiyasida ommaviy uzilishlar qayd etilmoqda. Qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada Surxondaryo va ayrim viloyatlarda ham elektr ta’minoti uzilgan. Hozirda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Surxondaryoning katta qismida chiroq yo‘qligi aytilmoqda. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Jizzaxning tashrif qog‘ozga aylangan taomlar Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
😔 Zominning tabiatiga chiqindi yarashmaydi… Jizzax viloyatining Zomin tumani — betakror tabiati, baland tog‘lari, archazorlari, musaffo va shifobaxsh havosi bilan insonga o‘ziga xos rohat bag‘ishlaydi. Bugun bu go‘zal maskanda dam oluvchilar uchun zamonaviy…
без подписи
без подписи
😔 Zominning tabiatiga chiqindi yarashmaydi… Jizzax viloyatining Zomin tumani — betakror tabiati, baland tog‘lari, archazorlari, musaffo va shifobaxsh havosi bilan insonga o‘ziga xos rohat bag‘ishlaydi. Bugun bu go‘zal maskanda dam oluvchilar uchun zamonaviy infratuzilma yaratilib, katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Turli hududlardan kelgan sayyoh va dam oluvchilar bilan gavjum. Ammo bu go‘zallik orasida ko‘ngilni xira qiladigan manzaraga duch keldim. Yo‘l bo‘ylab piyodalar uchun barpo etilgan yo‘laklar atrofida qog‘ozlar, bo‘sh plastik idishlar, polietilen paketlar va boshqa chiqindilar sochilib yotibdi. Yo‘l qancha masofaga cho‘zilgan bo‘lsa, chiqindilar ham go‘yo shu masofaga «hamroh» bo‘lib ketgan. Bu manzarani ko‘rib, chin dildan afsuslandim. Menimcha, bu yerda ikki muhim masala bor. Birinchisi — ekologiya madaniyati. Tabiat qo‘yniga dam olish uchun kelgan inson uni yanada toza holda asrab-avaylab ketishi kerak. Zominning tog‘lari, archalari, havosi — barchamizga tegishli ne'mat. Tabiatni ifloslantirish esa, avvalo, o‘zimizga va kelajak avlodga qilingan bee'tiborlikdir. Ikkinchisi — sharoit masalasi. Yo‘l bo‘ylab yetarli miqdorda chiqindi tashlash qutilari o‘rnatilsa, odamlar uchun chiqindilarni belgilangan joyga tashlash ancha qulay bo‘lar edi. Yana bir taklif: piyodalar yo‘lagi bo‘ylab ma'lum oraliqlarda o‘rindiqlar ham o‘rnatilsa, ayniqsa keksa insonlar, yosh bolali oilalar va uzoq masofaga yurishga qiynaladigan dam oluvchilar uchun juda qulay bo‘lar edi. Zominda turizmni rivojlantirish bilan bir qatorda ekologik madaniyatni ham yuksaltirish muhim. Zominning tabiati — uning boyligi. Keling, uni tomosha qilibgina qolmay, asraylik ham. 🌿 Toza tabiat — umumiy mas'uliyat! 🏔 Zominning go‘zalligiga chiqindi yarashmaydi! — deb yozmoqda Ekolog.uz Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Zominlik 80 yoshli onaxon parashyutdan sakradi... Shunchaki qoyil! Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
📢 13-avgust kuni Zomin shahrida maxsus diagnostika qabuli! Qabulni 12 yillik tajribaga ega oliy toifali mutaxassis-nutritsiolog Nazira Shamsiyeva olib boradi. Qabul davomida: ✅ Jigar, buyrak, taloq va o‘pka holati ✅ Yurak, bosh miya va qon-tomir tizimi ✅ LOR a’zolari ✅ Grija va bo‘g‘imlar holati ✅ Erkaklar va ayollar salomatligi bo‘yicha tekshiruvlar Qabul narxi — 200 000 so‘m. 📍 Manzil: Zomin shahri, «Zamin» to‘yxonasi pastrog‘ida 📞 Yozilish uchun: 93 503 86 82 ❗️Joylar cheklangan. Oldindan yozilib qo‘ying!
Jizzax viloyati prokuraturasining zamonaviy talablarga javob beradigan yangi binosi foydalanishga topshirildi. Yangi binoda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz tomonidan xalq manfaatlariga xizmat qiladigan idoralar uchun mana shunday zamonaviy imkoniyatlar yaratib berilayotgani, albatta, quvonarli. Endi eng muhimi — ana shu imkoniyat va sharoitlarga munosib ravishda xalqimizga halol, adolatli va vijdonan xizmat qilish. Chiroyli bino va zoʻr sharoit boʻlibdi.
❗️ Jizzaxlik bloger Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Hamroyevga murojaat qilib, tizimda soha bo‘yicha yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lmagan kadrlar ko‘payib ketgani masalasini ko‘tardi. Blogerning fikricha, suv xo‘jaligi kabi muhim va mas’uliyatli sohada mutaxassislarning bilim va tajribasi alohida ahamiyatga ega. Shu bois tizimdagi kadrlar masalasiga jiddiyroq e’tibor qaratish zarur... https://youtu.be/P-3OppnIY9k?si=KlynQypR8Wet3IGi Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Turizm deyilganda ko‘pincha faqat chet el sayohatlarini tasavvur qilamiz. Hatto "Qovun sayli" kabi tadbirlarga ham oddiy qaraymiz... Vaholanki, Xorazmda o‘tgan festival bu milliy qadriyatimiz ortida ulkan turistik salohiyat borligini isbotladi. Ko‘p yurtlarni ko‘rgan inson sifatida ayta olaman: O‘zbekiston qovunlaridagidek shirinlik va xilma-xillikni hech qayerda uchratmaysiz! Yurtimizning turizm jozibadorligini oshirish tashqaridan kimdir kelib qilib beradigan ish emas. Har birimiz shunday milliy festivallarda faol ishtirok etishimiz, milliy brendlarimizni faxr bilan targ‘ib qilishimiz va O‘zbekiston jozibasini dunyoga ko‘rsatishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur! Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Zomin dehqon bozori tartibga keltirilibdi Avvalroq Zomin dehqon bozori atrofi ancha tartibsiz holga kelib, savdo-sotiq va avtomobillar harakati ham noqulaylik tug‘dirayotgan edi. Bugun bozor atrofidagi holatni ko‘rib, yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lganini ko‘rish mumkin. Tartibsizliklar bartaraf etilib, hudud ancha saranjom-sarishta holga keltirilibdi. Muammoni ko‘rish, tan olish va uni bartaraf etish — eng muhimi. Buning uchun mas’ullarga rahmat! Endi shu tartibni doimiy saqlab qolish kerak. Zomin — o‘zimizniki, uning ozodaligi va obodligi hammamizga bog‘liq.
“TO‘PALANG HPD HOLDING” VIDEO MUROJAATIMGA RASMIY RADDIYA BILDIRDI Kecha Zomin tumanidagi yo‘l holati yuzasidan e’lon qilgan video murojaatimga “To‘palang HPD Holding” MChJ rahbariyati rasmiy munosabat bildiribdi. Raddiyada kompaniya ushbu hududda Vazirlar…
Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashishidan haydovchilari halok bo‘ldi Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
❗️ Oila a‘zolarini turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydoni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi Qonunchilik palatasi fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Yaqin qarindoshlar xonadon maydoni belgilangan me’yordan kam bo‘lsa ham, bir-birining uyiga ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ham uy-joy maydonining ijtimoiy normasini qo‘llamaslik belgilanmoqda. Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uyga mulkdor va uning yaqin qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bank, sud yoki MIB roziligi talab etilmaydi: Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Zomin tumani hokimligi hamda sardoba suv omborini qurgan "Toʻpalang" qurilish kompaniyasiga murojaat. Qurish qoʻllaringdan kelmasa, xalqning yoʻlini buzmanglar.
Rossiyada dronlar hujumi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, 10-avgust kuni Tatariston Respublikasining Nijnekamsk shahridagi qator obyektlarga dronlar orqali hujum qilingan. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 39 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Bosh konsulxona holatni nazoratga olgan. Halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini sud-tibbiy ekspertiza va zarur rasmiy jarayonlar yakunlangach, O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Janubiy Koreya O‘zbekistondan ishchilar bilan tuzilayotgan shartnomani o‘zgartirishni so‘radi Janubiy Koreya Mehnat vazirligi O‘zbekiston tomonidan mamlakatga ishlash uchun yuborilayotgan ayrim mehnat migrantlari bilan tuzilayotgan shartnomalardagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. Koreyaning Pressian nashrining xabar berishicha, gap E-9 vizasi orqali Janubiy Koreyaga ishlash uchun kelgan o‘zbekistonliklar bilan tuzilgan hujjatlar haqida ketmoqda. Xabarga ko‘ra, ayrim ishchilar O‘zbekistonning xorijda mehnatga joylashtirish bo‘yicha vakolatli idorasi bilan shartnoma va tilxat imzolagan. Unda tegishli yozma roziliksiz ish joyini o‘zgartirgan xodimdan har oy 2 ming dollar miqdorida jarima undirish sharti belgilangan. Janubiy Koreya Mehnat vazirligi 8 avgustda ushbu masalaga munosabat bildirib, agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, bunday cheklovlar mamlakatda amal qiladigan xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish tizimining maqsadiga zid ekanini bildirgan. Koreya Mehnat vazirligi va O‘zbekistonning tegishli vazirligi vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ham mazkur masala ko‘tarilib, O‘zbekiston tomonidan uni zudlik bilan bartaraf etish so‘ralgan. Koreya tomoni bu masala yuzasidan O‘zbekiston hukumatiga rasmiy murojaat ham yuborishini bildirgan. Muammo birinchi marta iyul oxirida Koreya matbuotida ko‘tarilgandi. Xususan, Ulsan shahridagi kema qurish korxonalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik ishchilardan ayrimlari ish joyini o‘zgartirishga urinish chog‘ida katta miqdorda jarima to‘lash talabi bilan to‘qnash kelganini aytgan. Bu maqola Uzdiplomat sahifalarida ham e'lon qilgandi. Janubiy Koreya tomoni O‘zbekiston hukumatining bu masala bo‘yicha ko‘radigan choralarini kuzatib borishini va zarur bo‘lsa qo‘shimcha choralar ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube