tgindex
Agrosanoat.uz

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Barcha rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz https://agrosanoatsocial.netlify.app 📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz-1 Buyuk Ipak yoʻli mavzesi, 42-uy. Tel: +998 95 450-59-50

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
27
Всего постов
430
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 523
+2 за 6 дн.
Сутки
−13
−0,51%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
418
40 постов
Вовлечённость
16,6%
к подписчикам
Постов в день
3,9
всего 430
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
369
1/48двое суток
422
1/72трое суток
456

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Serhosil olma bog'i 📍 Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi "QO‘SHCHINOR MEVASI" fermer xo‘jaligida tomonidan bog' barpo etilgan ✅ Mazkur hudud — zamonaviy, sanoatlashgan, intensiv bog' bo'lib, artezian qudug‘i va suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #siyosiy_marifat_soati #agrosanoat 📌  "Siyosiy–ma’rifat soati" 📌  Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. 🔠 Ushbu tadbir agentlik xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni samarali bajarishga qaratildi. 💬 Siyosiy ma’rifat soati davomida davlat xizmatida ishlash faqatgina bilim va tajribani emas, balki yuksak axloqiy mezonlarga rioya qilishni ham talab etishi ta’kidlandi. ✅ Tadbir yakunida xodimlarning kasbiy etikasi, qonunchilik asoslari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berildi. Batafsil: 👉 Agrosanoat.uz Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • #huquqiy_axborot 📌 Sohaga oid tashabbuslar: Subsidiya hamda berilayotgan imkoniyatlar Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • #Brifing 🎤 2026 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan hamda 2026-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan BRIFING 🟢 2026-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar 1.  Intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish 18,1 ming gektar mevali bog‘ va uzumzor barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 19,1 ming gektarda ishlar yakunlandi. 2.  Samarasiz bog‘ va uzumzorlarni rekonstruksiya qilish. Iqtisodiy jihatdan samarasiz hamda kam hosilli bog‘ va uzumzorlarni yangilash bo‘yicha 19,7 ming gektar rejaga nisbatan amalda 22,2 ming gektarda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 3.  Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish Yangi barpo etilgan intensiv bog‘ va tokzorlarda 5 160 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi. Shuningdek, bog‘ va issiqxonalarni barqaror suv bilan ta’minlash maqsadida 177 ta quduq va nasos stansiyalari tashkil etildi. 4.  Rezavor mevalar yetishtirish Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 552 gektar maydonda malina, yejevika, golubika va qulupnay kabi rezavor ekinlar tashkil qilindi. 5.  Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik shartlar ishlab chiqish Agentlik tomonidan 7,0 ming gektar maydonda barpo etiladigan intensiv bog‘ va tokzorlar uchun 423 ta texnik shart hamda texnik hujjatlar ishlab chiqildi. 6.  Meva va uzum yetishtirish Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 1,3 mln tonna meva hamda 200 ming tonna uzum yetishtirildi. 7.  Qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish bo‘yicha amalda 11 ta loyiha ishga tushirildi. 8.  Agrologistika markazlari Agrologistika markazlari quvvatlari 1,4 mln tonna darajasiga yetkazildi. 9. Issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish 2026-yilda issiqxona maydonlarini kengaytirish bo‘yicha umumiy qiymati 1 trln 524,5 mlrd so‘m bo‘lgan 62 ta investitsiya loyihasi shakllantirilib, ular doirasida 1 462 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilgan. Hozirgi kunga qadar 11 ta loyiha ishga tushirilib, 337 ta yangi ish o‘rni yaratildi. ___________________________________ 🟢 2026-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar 💬 Respublika bo‘yicha 26,6 ming gektar intensiv mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi; 💬 Iqtisodiy jihatdan samarasiz 14,9 ming gektar bog‘ va uzumzorlarni rekonstruksiya qilinadi; 💬 5 gektardan ortiq yer maydonlarida tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv bog‘lar uchun texnik-iqtisodiy asoslar hamda texnik shartlar ishlab chiqiladi; 💬 Meva yetishtirish hajmini 3,5 mln tonna, uzum yetishtirishni 2,1 mln tonnaga yetkaziladi; 💬 Bektemir tumanida 5 gektar maydonda zamonaviy in-vitro laboratoriyasi, 50 gektar onalik bog‘i va ko‘chatzor tashkil etiladi; 💬 Xorijdan 6 ta danaksiz uzum navini olib kelib, in-vitro texnologiyasi asosida sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yiladi; 💬 Respublika ko‘chatchilik xo‘jaliklarida jami 25 mln dona (18,5 mln dona meva va 6,5 mln dona tok) ko‘chat yetishtiriladi; 💬 Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarining suv ta’minotini yaxshilash maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlar 12,0 ming gektarga, quduq va nasos stansiyalari soni esa 235 taga yetkaziladi; 📍 Namangan viloyati 💬 Pop tumanida Turkiyaning «Worldagro Consultancy Organizasyona.Ş.» kompaniyasi bilan hamkorlikda 27,5 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga 4 ming gektar loyihaning birinchi bosqichi doirasida 2026-yil yakuniga qadar 1 ming gektar maydonda sanoatlashgan zamonaviy intensiv bog‘ barpo etiladi; 💬 To‘raqo‘rg‘on tumanida Turkiyaning “Gold Fref Fruits” QK bilan hamkorlikda 8 mlrd so‘mlik investitsiya hisobiga 130 gektar maydonda sanoatlashgan zamonaviy intensiv bog‘ barpo etiladi; 💬 Chortoq tumanida Rossiyaning “Seberian Vilnes Namangan” MCHJ bilan hamkorlikda 10 mlrd so‘mlik investitsiya hisobiga 250 gektar maydonda sanoatlashgan zamonaviy intensiv bog‘ barpo etiladi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • Axborot 24 📌 Joriy yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 1087,4 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • #narx_navo #shaftoli #hudud 🍑 Hududlardagi shaftoli mevasining narx-navosi to’g’risida 🗓 2026-yil 10-avgust holatiga ko’ra Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • 🌸 O‘zbekiston 57 ta davlatga mayiz eksport qilgan, eksport hajmi bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinda 🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra: 📈 O‘zbekiston joriy yilning yanvar-iyun oylarida 57 ta xorijiy davlatga 47,7 ming tonna mayiz (qiymati 60 mln AQSH dollar) eksport qilgan. 📊 Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 704,5 tonnaga oshgan. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • #narx_navo #uzum #hudud 🍇 Hududlardagi uzum mevasining narx-navosi to’g’risida 2026-yil 10-avgust holatiga ko’ra Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

  • 13 авг.7931313

    #OAV_biz_haqimizda 😄 O'zbekiston 24 📌 Bog‘dorchilikda yangi islohotlar: imkoniyat, samara va natija Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Web

Agrosanoat.uz — tgindex