tgindex
M.Azimov | Sug'urta

M.Azimov | Sug'urta

Статистика
@azimov_sugurtaузбекский

Muhsin Azimov - Groupama, Allianz, CCR sug'urta kompaniyalarida (Parij, Fransiya) katta aktuariy. Sug'urta, moliya va sun'iy intellekt mavzularida fikr va mulohazalar. Savol va murojaat uchun: @azimovmt

Последний пост
28 нояб. 2024 г.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
330
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 027
20 постов
Вовлечённость
614,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Mifonomika: Inson umrining qiymati yo‘qmi? Sug'urta faoliyatida dolzarb bo'lgan mavzulardan biri - inson umrining bahosi haqida qiziqarli suhbat bo'libti. Barchaga ko'rishni tavsiya qilaman. 📍Kanalga ulanish

  • без подписи

  • без подписи

  • 2024 йилда Парижда ўтказиладиган ёзги Олимпия ўйинлари маркетинг кампанияси учун муҳим тадбирлардан бири бўлиб ҳисобланади. Бу катта мусобақада спортчиларимизни қўллаб-қувватлаш ва уларнинг юксак натижаларга эришишида суғурта компанияларнинг ёрдами ҳар қачонгидан ҳам муҳим. Улар спортчиларга молиявий қўллаб-қувватлаш билан бирга, уларнинг соғлиғи ва хавфсизлигини ҳам таъминлашда ёрдам беришлари мумкин. Шу билан бирга, Олимпия ўйинлари суғурта компаниялари учун реклама ва ўз брендларини халқаро миқёсда танитиш имкониятини тақдим этади. Афсуски бизнинг суғурта компанияларимиз бундай имкониятдан самарали равишда фойдаланишмайди. Биргина "Apex Insurance" компаниясининг иштироки кўзга ташланиши мумкин. Allianz суғурта компанияси эса 2021-2028 йил Олимпия ўйинларининг асосий суғуртачи ҳамкори сифатида иштирок этади. Ҳар 4 йилда Allianz томонидан компаниянинг турли мамлакатлардаги ходимлари ўртасида Олимпия ўйинлари ҳам ташкил қилинади. 📍Kanalga ulanish

  • Sug'urta sohasiga oid turli xildagi mavzularda fikringizni bildirmoqchi bo'lsangiz, sug'urta bozori ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan "Профессионалы Страхования" guruhiga qo'shilishingiz mumkin. Shuningdek, bugun soat 21:00 da, ushbu guruh tashkilotchilari tomonidan "Takaful-islomiy sug'urta asoslari" mavzusida video chat ham tashkillashtirilgan. 📍Kanalga ulanish

  • Qoyil!!! Ispanlardan boshqa butun stadion O'zbekistonni qo'llamoqda! Ajoyib o'yin!

  • Oz qoldi!

  • 26 iyul kuni Parij-2024 Yozgi Olimpiya o‘yinlariga start beriladi. Allianz sug‘urta kompaniyasi tomonidan (Olimpiya o‘yinlarining asosiy hamkorlaridan biri) Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar uchun tayyorlanadigan taomlar haqida qiziqarli maʼlumotlar eʼlon qilingan: 🥙2 hafta davom etadigan o‘yinlar mobaynida sportchilarga taxminan 2,2 millionga yaqin taom beriladi. 🥐 har kuni 46 tonna taom tayyorlanadi (bu 1 millionta kruassanga teng) 🥦 taomnomaning 1/3 qismi to‘liq o‘simlik va sabzavotlardan iborat, yaʼni go‘shtsiz 🌿oziq-ovqatlar manbasining 80% Fransiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan. Taomlar manbasining hech biri havo yo‘llari vositasida import qilinmagan. 📍Kanalga ulanish

  • Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan e'lon qilingan sug'urta bozorining 2024 yil 1-chorak ko'rsatgichlari bo'yicha sof sug'urta mukofotlari 1,6 trln. so'mga yetgan. E'tiborli jihati shundaki, jami sof sug'urta mukofotlarining qariyb yarmi Apex Insurance sug'urta kompaniyasi hissasiga to'g'ri keladi. Bunga qanday omillar sabab bo'lganini bilmadimu (chunki bizda ortiqcha izohlar berilmaydi) lekin bu juda yuqori ko'rsatgich! Sug'urta bozorining 2023 yil ko'rsatgichlari ILMA saytida negadir yo'q. Bozor bo'yicha oldingi yillar ma'lumotlari bir joyga jamlanib e'lon qilib borilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ko'pgina davlat tashkilotlari ma'lumotlar bilan ishlashda samarali tizimni yo'lga qo'yishgan. Lekin sug'urta bozorida negadir bu yo'nalishda biz necha yillardan buyon oqsoqlanib kelamiz. Ma'lumotlarni samarali tarzda ochiqlash uchun o'ta yuqori IQ ga ega bo'lish kerak emas, yoki chet eldan bir necha ming dollarga maslahatchilarni jalb etish ham shart emas. Buning uchun xohishning o'zi yetarli. Juda bo'lmaganda, Uganda davlatining sug'urta bozori regulyatori internet saytidan nusxa olishni tavsiya qilgan bo'lardim. 📍Kanalga ulanish

  • AQSh Savdo Departamentiga qarashli NOAA (National Oceanic and Atmospheric Administration) ilmiy agentligi atrof-muhit va iqlim o'zgarishiga oid murakkab jarayonlarni turli xildagi animatsiyalar yordamida tasvirlab beradi. Ushbu animatsiyada, 1901-2000 yillarda qayd etilgan zilzilalar soniyasiga 1 yil tezlikdagi ketma-ketlikda tasvirlangan. Hozirda, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi turli xildagi ob'ektlar bizning sug'urtachilarimiz tomonidan qayta sug'urtalangan. Tashqi qayta sug'urta portfelini boshqarishda, ayniqsa zilzilalar xavfini modellashtirish juda muhim omil hisoblanadi! 📍Kanalga ulanish

  • 27 мая 2024 г.99139из napp_uz

    Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги суғурта тарифларини қайта кўриб чиқиш юзасидан таклифларни қабул қилмоқда. Янги суғурта тарифлари ва суғурта суммасини белгилаш юзасидан таклиф ва мулоҳазаларни Napp_connect_bot Телеграм-ботига юбориш мумкин. https://napp.uz/uz/news/sug-urta-tariflarini-qayta-ko-rib-chiqish-takliflarni-qabul-qilmoqda — Национальное агентство перспективных проектов принимает предложения касательно пересмотра тарифов страхования. Предложения по определению новых тарифов страхования и страховой суммы можно направлять на Телеграм-бот Napp_connect_bot. https://napp.uz/ru/news/sug-urta-tariflarini-qayta-ko-rib-chiqish-takliflarni-qabul-qilmoqda Web | Facebook | Instagram | Youtube | Twitter | LinkedIn

  • Milliy reytinglar haqida (no comment) 2023-2024 yillarda Ahbor Reyting milliy agentligi tomonidan 20 ta sug'urta kompaniyasining to'lov qobilyati va moliyaviy barqarorlik reytingi maksimal UzA++ darajasida baholangan. Faqat bitta kompaniyaga UzA+ (to'lov qobilyati juda yuqori) reytingi berilgan. Aynan ushbu kompaniya shu yilning aprel oyida regulyator tomonidan jarimaga tortilgan va litsenziyasining amal qilish muddati 10 kunga to'xtatilgan edi. Standart and Sensetive Ratings milliy reyting agentligi tomonidan ham sug'urta kompaniyalarning to‘lov qobiliyati va ishonchlilik reytingi uzA dan uzAAA darajasida juda yuqori baholangan. 📍Kanalga ulanish

  • “AM Best” xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda AM Best) tomonidan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga (keyingi o‘rinlarda O‘zbekinvest) 2021 yildan boshlab reyting ko‘rsatgichlarini taqdim etib keladi. Bilishimcha, O'zbekinvest Am Best reytingiga ega O'zbekistondagi yagona sug'urta kompaniyasi bo'lsa kerak. 26 aprel kuni, AM Best reyting agentligi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasiga ko‘tarilganini e’lon qilgan. Reyting ko‘rsatgichlari  prognozi 2021, 2022 yillarda “barqaror” va 2023 yilda esa “salbiy” tomonga o‘zgartirilgan edi. 2024 yilda, prognozlarni salbiydan barqarorga qayta ko'rib chiqilishida kompaniya tomonidan kapital boshqaruvida risk omilining inobatga olinishi va ehtimoliy yo‘qotishlarning eng yuqori miqdorini (PML-probable maximum loss) aniqlash metodologiyasi rivojlanib borayotganligi inobatga olingan. Ma'lum bir ehtimollik bilan PML miqdorini aniqlash - ayniqsa tashqi bozordan qayta sug'urta portfelini qabul qiluvchi qayta sug'urta kompaniyalari uchun juda murakkab amaliyot hisoblanadi. Bunda kompaniya tomonidan har 200 yil, 250 yil va har 500 yilda 1 marotaba takrorlanuvchi tabiiy ofatlar (tashqi bozor portfeli uchun asosan zilzilalar) ehtimolligini hisoblashi kerak bo'ladi. Ya'ni, kompaniya 99,5% (har 200 yilda bir ehtimoliy yo'qotish), 99,6% (har 250 yilda bir ehtimoliy yo'qotish) va 99,8% (har 500 yilda bir ehtimoliy yo'qotish) ehtimollik bilan o'z kapitalining yetarlilik darajasini "stress-test" dan o'tkazadi. AM Best agentligining kompaniyalar to'lov qobiliyatini baholovchi BCAR (Best's Capital Adequacy Ratio) modeli Yevropa Ittifoqi davlatlarida amal qiluvchi Solvency 2 "Standart Formula" modeliga juda o'xshab ketadi. Risk omiliga bog'langan kapital yetarlilik darajasini hisoblashda (NCR- Net Capital Requirement) kompaniya tomidan ichki modelni yo‘lga qo‘ygan holda yoki tashqi bozorda mavjud bo‘lgan programmalar (misol uchun AIR Worldwide (AIR), Risk Management Solutions (RMS), yoki EQECAT) litsenziyasini olish bilan yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 📍Kanalga ulanish

  • Ko'p yillardan beri "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi tomonidan O'zbekistondagi bir qancha sug'urta tashkilotlariga moliyaviy barqarorlik reyting darajalari berib boriladi. Fitch agentligi tomonidan hozirga qadar Gross, Kafolat, O'zagrosug'urta, SQB Insurance, INSON va Kapital sug'urta kompaniyalariga reyting ko'rsatgichlari berib borilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, ushbu agentlik tomonidan taqdim qilinayotgan reyting ko'rsatgichlari kompaniya egalarining moliyaviy barqarorlik darajasi va to'lov qobiliyati bilan bevosita bog'liq. Misol uchun, Fitch tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJ ga 2020 yildan beri "BB-" moliyaviy barqarorlik reytingi berib kelinmoqda. Fitch Ratings hisobotida, mazkur reyting “O‘zagrosug‘urta” AJ davlat tasarrufida ekanligini hamda uning mamlakat agrosanoat majmuasidagi muhim tizimli roli mavjudligini ifodalashi ta’kidlangan. Ma'lumot uchun, agentlik O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini “BB-” darajasida baholagan. SQB Insurance kompaniyasi ham Fitch tomonidan "BB-" darajasida baholangan. SQB Insurance Sanoat Qurilish Bankiga tegishliligi va o'z navbatida ushbu bank davlat tasarrufida ekanligi sug'urta kompaniyasining baholanishida ham inobatga olingan. Shuningdek, ilgari davlat tasarrufida bo'lgan Kafolat sug'urta kompaniyasiga ham 2021 yilga qadar, "BB-" reytingi berib kelingan. Hozirda, kompaniya reyting ko'rsatgichi "B+" ("BB-" dan bir pag'ona pastda) darajasida baholangan. 📍Kanalga ulanish

  • Sug'urta bozori regulyatori ILMA tomonidan 6 may kuni "Sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom" loyihasi joylashtirilgan. Ushbu nizomga ko'ra, sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblandi. ❗️majburiy sug‘urta shartnomalari Yagona tizimda, sug‘urtalovchi yoki sug‘urta agentining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlari) tuziladi va Yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. ❗️boshqa turdagi sug‘urta shartnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va Yagona tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi, shuningdek sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi tashabbusi bilan Yagona tizimda, sug‘urtalovchi yoki sug‘urta agentining dasturiy taʼminotida (axborot tizimlari) tuzilishi mumkin. Shuningdek, sug‘urta tashkilotlari 2024 yil 1 iyulga qadar yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan o‘zining axborot tizimlarini integratsiya qilinishini taʼminlashi zarur. Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi internet saytining nomi esa negadir OSGO nomi bilan yuritilmoqda: https://ersp.e-osgo.uz/ Menimcha ushbu sayt loyihasi To'lovlarni Kafolatlash Jamg'armasi tomonidan yo'lga qo'yilgan bo'lsa kerak. Ma'lumot uchun, ushbu jamg'arma tomonidan https://www.insuranceportal.uz/ - O'zbekistonning Yagona Sug'urta portali ham bir necha yillar avval yo'lga qo'yilgan edi (ha, bizda shunday saytlar ham bor...) Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligida ishlab yurgan paytlarimda yagona tizim orqali sug'urta polislarini rasmiylashtirish bo'yicha nizom loyihasi ustida ishlar olib borilayotgan edi. O'shanda, bunday loyihani yo'lga qo'yilishiga qarshi edim, va hozir ham fikrim o'zgargani yo'q. Barcha sug'urta polislarini yagona tizim orqali rasmiylashtirish amaliyoti kam sonli sug'urta bozori rivojlangan mamlakatlarda bo'lishi mumkin (Yaponiya, Shveysariya), lekin shunda ham bunday tizim barcha turdagi sug'urta shartnomalarini qamrab ololmaydi. Regulyator sug'urta bozorida samarali nazoratni o'rnatish maqsadida ushbu tizimni yo'lga qo'yishga qaror qilgan bo'lishi mumkin, lekin bu sug'urtachilar va mijozlar uchun ham bir qancha noqulayliklarni va xavflarni keltirib chiqaradi: 📍Yagona tizimga bog'lanib qolish: agar yagona tizim ishlamay qolsa yoki kiberhujumlarga uchrasa, bu sug'urta polislarini rasmiylashtirishda muammolarga olib kelishi mumkin. Bu esa o'z navbatida mijozlarga xizmat ko'rsatishda kechikishlar yuzaga kelishi va xizmat ko'rsatish sifati pasayishiga olib kelishi mumkin. Ma'lumotlarning yo'qolib ketishiga, yoki kiberhujum tufayli mijozlarning maxfiy ma'lumotlari ochiqlanishi, portfel ma'lumotlari sotilish holatlari bo'lmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. 📍Tizimning samaradorligi: tizimni yaratish va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, yangilab turish, asbob-uskunalar va xodimlarni o'qitish uchun katta mablag'lar jalb qilinishi kerak. Davlat tashkilotlarida bu kabi loyihalar odatda kerakli darajada moliyalashtirilmaydi. Bundan tashqari, bunday tizimga o'zgartirishlar yoki yangilanishlarni amalga oshirish murakkab va bozor uchun ham qimmatga tushishi mumkin. 📍Moslashuvchanlik va innovatsiyalarning yo'qligi: Ayrim hollarda markazlashtirilgan tizim byurokratik jarayonlar va yagona tizimdan foydalanish bilan bog'liq cheklovlar tufayli sug'urta bozorida yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni o'zlashtirishni sekinlashtirishi mumkin. 📍Ma'lumotlar bazasini boshqarishdagi muammolar: Mijozlar va sug'urta shartnomalari soni ortib borishi sababli, tizim ishlashini yomonlashuviga yoki umuman to'xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Ushbu nizom loyihasi muhokamasi 21 may kuni yakunlanadi. Sug'urta bozori rivojlanishiga befarq bo'lmasangiz https://regulation.gov.uz/uz/d/98349 ilovasi orqali o'z fikringizni va pozitsiyangizni bildiring. 📍Kanalga ulanish

  • Perseverance bilan Arktika va Antarktidaga sayohat Polar Pod ilmiy loyiha asoschilari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan Perseverance yelkanli kemasi eko-turizm ishtiyoqmandlari uchun Arktika va Antarktida bo'ylab sayohatlarni yo'lga qo'ygan. Polar Pod loyihasi asoschisi Jan Lui Et'yen va yana bir qancha okeanolog olimlar bilan dunyoning uzoq nuqtalarigacha ekspeditsiya qilish imkoniyati mavjud. Ushbu sayohat turi fazoviy sayohatlardan keyin o'zining noyobligi jihatidan 2-o'rinda tursa kerak. Barcha ma'lumotlarni ushbu ilova orqali bilib olishingiz mumkin: https://www.bateauperseverance.com/en/ecotourism Polar Pod va Perseverance yelkanli kema loyihasi Markaziy Qayta Sug'urta tashkiloti bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan. 📍Kanalga ulanish

  • 29 апр. 2024 г.9751121из botirusmonaliev

    ⚡️Ўзбекинвест ва Ўзагросуғурта хусусийлаштирилади Давлатга тегишли бўлган 2 та йирик суғурта компанияси, яъни “Ўзбекинвест” (79,4%) ва “Ўзагросуғурта” (94,5%) акциядорлик жамиятларининг давлат акция пакетлари сотилади. Бунинг учун 2024 йилнинг 3-чорагида профессионал консультантлар жалб қилинади ҳамда 2025 йилнинг 1-чорагида халқаро бозорда оммавий савдога чиқарилади. Бироқ, Давлат активларини хусусийлаштириш ва хусусийлаштириш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссияси акциялар пакетининг ҳажми, тури ва савдога чиқариш муддатига ўзгартириш киритиши мумкин. Асос: Президентнинг 2024 йил 19 апрелдаги ПҚ-163-сон қарори

  • BEPUL Garvard kurslari. Lifelong Learning (hayot davomida uzluksiz ta’lim olish) - shaxsiy bilimlaringizni yoki kasbiy mahoratingizni oshirib borish uchun doimiy ravishda ilm olish yondashuvi. « Beshikdan to qabrgacha ilm izla » deb tarjima qilinsa ham bo’ladi. Dunyoning eng nufuzli muassasasi – Garvard Universiteti tomonidan taqdim etilayotgan ushbu bepul kurslarga yozilib, bilimlaringiz oshiring : 📖 Sun’iy intellekt: Python yordamida programmalash 📖 Garvard Biznes Maktabining (HBS) 35 daqiqalik bepul onlayn darsi bilan qiyin vaziyatlarda liderlik qilish ko'nikmalarini rivojlantiring 📖 Ritorika - yozish va notiqlik san'ati, omma oldida nutq so'zlash bo'yicha tanqidiy muloqot ko'nikmalariga ega bo'ling. 📖 Liderlik ko’nikmalarini oshirish, jamoat qadr-qimmatini yaratish. 📍Kanalga ulanish

  • Sug'urta bozori bo'yicha 2020-2023 yillar uchun choraklik va yillik ochiq bo'lgan ma'lumotlarni bu erdan BEPUL yuklab olishingiz mumkin. PS: Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligining sobiq xodimi Boburjon Nurmanovga buning uchun alohida rahmat! 📍Kanalga ulanish

  • Iqtisodiyot va Moliya vazirligi Davlat moliya statistikasini ishlab chiqish uchun xalqaro maslahatchi qidirmoqda. Statistik ma'lumotlarni tayyorlash, jamlash, tahlil qilish, elektron arxivlash masalalari juda muhim va haligacha qoniqarsiz ahvolda. Sug'urta bozori bo'yicha regulyator ma'lumotlari bir qancha qismlarga bo'linib, oldingi Moliya vazirligining internet sahifasida, keyin Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligining imda.uz saytida qolib ketdi. Sug'urta bozorining amaldagi regulyatori Istiqbolli loyihalar milliy agentligi saytida esa 2023 yilning 9 oyligi va yil yakunlari ma'lumotlari bor xolos. Ushbu ma'lumotlarni saqlab qo'yishni maslahat bergan bo'lardim. Chunki ertaga regulyator yana o'zgarsa ushbu ma'lumotlar ham izsiz yo'qolib ketishi mumkin. 📍Kanalga ulanish