Shermat Yormatov nomidagi "Bulbulcha" bolalar ansambli
СтатистикаBolalarning ma'naviy-madaniy dunyo qarashini kengaytirish uchun 56 yildan beri xizmat qilayotgan jamoa. instagram.com/bulbulcha_ansambli_ youtube.com/@oktamjonshokarimov1330
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 222
- 1/48двое суток
- 254
- 1/72трое суток
- 274
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Quruvchilar bayrami
без подписи
🥹
Bolalar qo‘shiqlari jarangdor, betakror va beg‘ubor. 🎶 Ular bir umr yodimizda qoladi. ⭐️"G‘uncha" bolalar vokal ansambli kuylagan "Men g‘unchaman" qo‘shig‘ini siz ham o‘rganishni xohlaysizmi❔ U holda "Bolajon" telekanalining "Quvnoq notachalar" dasturini tomosha qiling! 📺🎵 Soat 16:40 da.
https://www.instagram.com/reel/DbsPDWzIDfy/?igsh=MXZybnR2NDd0MXQ4aA==
без подписи
🌹 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🌹 “Bulbulcha” bolalar ansambli jamoasi o‘zining ardoqli ustozi, bosh dirijyori, mohir pedagogi va san’at fidoyisi Gulbahor Shermatovna Mansurovani tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etadi! Hurmatli ustoz! Siz buyuk bastakor va bolalar musiqa san’atining ulkan namoyandasi Shermat Yormatov ustozning munosib vorisi sifatida nafaqat ul zotning bebaho ijodiy merosini ehtirom bilan davom ettirib kelmoqdasiz, balki uni yangi avlod qalbiga mehr, did va yuksak mahorat bilan singdirayotgan fidoyi ustozsiz. Yillar davomida “Bulbulcha” ansamblining bugungi yuksak mavqei, badiiy saviyasi va xalqaro nufuzi yo‘lida qilgan mashaqqatli mehnatingiz, cheksiz sabringiz va jamoaga bo‘lgan mehringiz har birimiz uchun ibrat maktabidir. Sizning rahbarligingiz va bosh dirijyor sifatidagi yuksak mahoratingiz tufayli ansambl minglab bolalarning iste’dodini kamolga yetkazib, o‘zbek bolalar xor san’atining yorqin timsoliga aylandi. Ustoz, Siz nafaqat musiqa o‘rgatasiz. Siz qalblarni tarbiyalaysiz, ezgulikni, go‘zallikni va Vatanga muhabbatni kuy orqali bolalar yuragiga jo etasiz. Ana shunday ulug‘ xizmatlaringiz uchun Sizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Yaratgan Egam Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, qalbingizga cheksiz ilhom ato etsin. Shogirdlaringizning yutuqlari, xalqimizning mehri va ustozingizning ezgu nomi Sizni doimo yuksaklarga boshlasın. Siz boshlagan har bir ezgu ish davomli, har bir orzuingiz ro‘yobli, har bir kuningiz baxt va barakaga to‘la bo‘lsin. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli ustoz! Siz bilan faxrlanamiz, Sizni chuqur hurmat qilamiz va qalbdan qadrlaymiz. Hurmat va cheksiz ehtirom bilan, “Bulbulcha” bolalar xor va raqs ansambli jamoasi.
QUVNOQ NOTACHALAR 38 https://youtube.com/watch?v=21XtRVRKSsU&feature=shared
QUVNOQ NOTACHALAR 39 https://youtube.com/watch?v=IkPOEblDLAM&feature=shared
Quvnoq notachalar 39-son https://youtu.be/qDG8lUs3psU
🎼 SHERMAT YORMATOV NOMIDAGI YOSHLAR MILLIY XOR GURUHIGA KASTING E’LON QILINADI! 18–22 yoshdagi iste’dodli, xor san’atiga qiziqadigan va professional jamoada ijod qilish istagidagi yoshlarni kastingda ishtirok etishga taklif qilamiz. 🎤 Ovoz yo‘nalishlari * Soprano * Alt * Tenor * Bass ✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar * 18–22 yosh oralig‘ida bo‘lish; * Nota o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; * Musiqiy eshitish va ritm hissi yaxshi rivojlangan bo‘lish; * Sof intonatsiyada kuylay olish; * Xor jamoasida ishlashga tayyor bo‘lish; * Berilgan musiqiy materialni tez o‘zlashtira olish; * Mashg‘ulotlar va konsertlarda muntazam ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish; * Intizomli, mas’uliyatli va sahna madaniyatiga ega bo‘lish. 📌 Kasting 2 bosqichda o‘tkaziladi 1-bosqich — Onlayn saralash Nomzodlar Telegram orqali quyidagilarni yuborishlari lozim: * Ism-familiya; * Tug‘ilgan sana (yoshi); * Telefon raqami; * Ovoz turi (Soprano, Alt, Tenor yoki Bass); * Qisqacha o‘zingiz haqingizda ma’lumot; * 1 ta jonli ijro videosi (montajsiz va ovozga ishlov berilmagan). 📩 Videolarni yuborish uchun Telegram: @shokarimov1525 🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 10-avgust, soat 17:00 ga qadar. 2-bosqich — Jonli tinglov Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga alohida xabar yuboriladi va ular jonli kastingga taklif etiladi. Jonli tinglovda quyidagilar baholanadi: * Vokal imkoniyatlari; * Ovoz diapazoni va tembri; * Nota o‘qish; * Musiqiy eshitish; * Ritm hissi; * Xor bilan ishlash ko‘nikmalari. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 94 697 09 15 🌟 Ovozingiz bilan yuksak san’at sari dadil qadam qo‘ying! SIZNI SHERMAT YORMATOV NOMIDAGI YOSHLAR MILLIY XOR GURUHI SAFIDA KUTAMIZ!
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Yurtboshimiz! O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Bulbulcha” bolalar xor va raqs ansambli jamoasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yosh avlodning barkamol kamol topishi yo’lidagi ezgu faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz. Sizga mustahkam sog’lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va davlatimiz taraqqiyoti yo’lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin! Hurmat bilan, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Bulbulcha” bolalar ansambli. 🇺🇿
🍎🍓 DIQQAT, BOLAJONLAR VA OTA-ONALAR! 🍌🍇 🎶 Quvnoq kuy, sho‘x raqs va rang-barang mevalar olamiga sayohat qilishga tayyormisiz? Unda 24-IYUL kuni soat 16:40 da 📺 “BOLAJON” telekanalida namoyish etiladigan “QUVNOQ NOTACHALAR” ko‘rsatuvini albatta tomosha qiling! 🍎 “MEVALAR” qo‘shig‘i bilan: ✨ Mevalarni yanada yaxshi tanib olasiz, 🎵 Birga kuylaysiz, 💃 Birga raqsga tushasiz, 😊 Va unutilmas quvonchga ega bo‘lasiz! 📅 24-IYUL 🕓 16:40 📺 BOLAJON TELEKANALI 👨👩👧👦 Farzandlaringizni ekran qarshisiga taklif qiling! “Quvnoq Notachalar” bilan har bir daqiqa — quvonch va musiqa! Bizni albatta tomosha qiling! 🌈🎶 #QuvnoqNotachalar #BolajonTV #Mevalar #BolalarQoʻshiqlari #Bolalar #Musiqa #TomoshaQiling https://www.instagram.com/stories/bulbulcha_official/3948077464563512097?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MWpyNWtqODFvbnQwaw==
https://youtu.be/DccfGhk_Q9s
https://youtu.be/JEVJVwQyMyI
https://youtu.be/K_lw0ILeYGI
https://youtu.be/aivOC2nbIys
https://youtu.be/2GO5KevGdnQ
https://youtu.be/zk_QUjAh1Ew
https://youtu.be/QwQvhvvwBRI