- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 56
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 831
- 1/48двое суток
- 952
- 1/72трое суток
- 1 027
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
AI bo’yicha korporativ darslarni boshlab oldik Maqsad - darslar oxirida har bir jamoa a’zosi ishidagi samaradorlikni AI orqali kamida x2 oshirsin. Birinchi kompaniya data365 IT-kompaniyamizdagi mijozlardan - Ethno logistika korxonasi. Chetdan ichkariga va bu yerdan chetga logistika xizmatlarini ko’rsatishadi. Bir necha davlatlarda va viloyatlarda filiallari bor. https://ethnologistics.com/
Biznes amaliyotda sun'iy intellekt rubrikasi - keys 2 Marketing agentligi bor birodarlarimiz bizga bir muammoni aytishdi: "video montajda eng ko'p vaqt ketadigan narsalardan biri videolardagi qaymoqli joyini qirqib, Reels yasash, kadrlarni almashtirib chiqish..., shu qismni to'liq SI bilan qilsa bo'ladimi?", - deyishdi. Biz tayyor Claude ichida dasturcha qilib berdik. 1. Videoni audioga aylantirib, keyin ichidan matn sug'uradi 2. Qaymoqli joylarini aniqlaydi 3. Zerikarli bo'lmasligi uchun uzoq yaqin qilib beradi 4. O'zi fonga musiqa qo'yib beradi Agentlikka esa tasdiqlash, qaysidir joylarini egovlash uchun montajyor SI'ga unday qil bunday qil deyishi qoladi ) Bir oylar ishlatishsa, keyin qancha vaqt tejashgani, qancha ko'proq ish chiqarisha olayotganini so'rab beraman. #amaliyotda_SI
Abdellatif - Tarteel asoschilaridan biri va sobiq Twitter muhandisi - Qaf.ai xizmatini ishga tushirdi. Qaf islomiy savollarga 8 mingdan ortiq kitoblar bazasidan javob izlaydi va manbalarni ko‘rsatadi. Loyihaning oldingi beta e’lonida esa 8 million sahifalik islomiy manbalar korpusi tilga olingan. Bu yerda qiziq nuqta bor: AI diniy masalada muftiy o‘rniga o‘tmayapti. U kutubxonachi va tadqiqotchi rolini bajaryapti - kerakli oyat, hadis, sharh yoki fiqhiy manbani tezroq topib, sizga havola bilan beradi. Chunki bu mavzuda “AI aytdi” yetarli dalil emas. Qaysi manba? Qaysi sharh? Qaysi mazhab? Kimning xulosasi? Shu savollar qoladi. AI qidirishni tezlashtiradi. Hukm va mas’uliyat esa ilm egalarida qoladi. Qaf’ni ko‘rish · Muallif e’loni Man o’rnatvoldim Qaf.ai ni yaxshi ishlayapti. Aytgancha man tarteel.ai ni ham ishlataman @aimastava
Foydali dasturlar rubrikasi 6-dastur Google Gemini tepada tashlagan dasturimdek funksiyani Gemini dasturida chiqardi. Ustun tarafi o'zbek tilida ishlaydi. + o'zi betartib gapirsangiz ham tartiblangan matn beradi. Endi klaviatura bosmasdan bemalol kompyuterda matnni ovoz orqali yozsangiz bo'ladi. Kuni kompyuterda o'tadiganlarga mazza endi ) Faqat hozircha Mac'larda ishlaydi 🙄, mana shu yerdan ko'chirib olsangiz bo'ladi
Biz - AI B2B SaaS loyihamizda Software Engineer ishga yollayapmiz. Vazifani produkt darajasida bajara oladigan quruvchilar marhamat. Maosh bozor darajasida, startapmiz demaymiz ) 📝 Detallar ushbu havolada: https://app.notion.com/p/3ad2857802b381b2a059f4da456e3536 Iltimos, agar bu vakansiya sizga to‘g‘ri kelmasa, mos keladigan engineer do‘stlaringizga ulashib qo'yingiz.
Claude Code'ni ishlatganimdan beri stol ustida o'tirib ishlash fokusim ancha oshdi. Buning sababi hamma yoqtirgan narsa, o'z qo'li bilan qura olish va natijani tez ko'ra olishdan deb o'yladim. Sun'iy intellekt yana kimga nima konkret foyda berdi?
Mutaxassis va tadbirkorlar uchun yana bir AI bo'yicha video joyladik. Videoda: ✅ yangi g‘oya yoki biznes qarorni stress-test qilish ✅ xodim tanlash uchun kuchli intervyu savollarini olish ✅ katta qaror oldidan pul, vaqt, asabni tejash uchun qaroringizni baholash…
Mutaxassis va tadbirkorlar uchun yana bir AI bo'yicha video joyladik. Videoda: ✅ yangi g‘oya yoki biznes qarorni stress-test qilish ✅ xodim tanlash uchun kuchli intervyu savollarini olish ✅ katta qaror oldidan pul, vaqt, asabni tejash uchun qaroringizni baholash ✅ AI’dan yoqimli javob emas, dangal tahlil olish ✅ ChatGPT va Claude’dan konsultant sifatida foydalanish uchun tayyor 3ta promptlar berdim. ___ Tayyor promptlarga havola 👇 https://app.notion.com/p/bunyod/Tayyor-shablon-promptlar-383021a5347180ae9ca1c56fa6b0599b?source=copy_link
Navoiydagi metall mahsulotlarini sotuvchi Nur Saloh kompaniyasini avtomatlashtirgani keldik. Obuna asosidagi tizim ishlatishadi, ammo qoniqishmayapti. - Baribir duplikat jarayonlar ko’p - Hisobotga ko’p vaqt ketadi - Yarim jarayonlar hali ham daftarda … Shanbagacha shu yerdamiz Biznesni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt joriy qilish bo’yicha o’zgarishni, o’sishni xohlagan tadbirkorlar bilan gaplashishga ochiqmiz. Aloqa: @bunyod_ish_akkaunt
O'z sohasiga ilmiy yondashadigan, megamozg, bo'lib ham ilmini doimiy ulashib turadigan odamlarni kam uchrataman Misol telegramda, @solokumi'chalik zich kontent beradigan kanalni hali o'zbek zabon kanallar orasida ko'rmadim. Shunday megamozg odamlar qatorida Abdulboriy akani ham ko'rdim. Cambridge, Jahon school, Colba’da rejadan ortig’i bilan natija qilishyapti. SotAI startapini qilayotgan paytimiz, 3 oy orqalaridan quvlab yurib oxiri birga ishladik ) Hozir mana sotuvni SI orqali oshirish bo'yicha startap - SotAI bo'yicha birgamiz, eng qizig'i raqobatchi kompaniya asoschilari bilan ham endi birgamiz. Hali SotAI haqida ochiqlarmiz. data365 - biznesni avtomatlashtiradigan korxonamiz doirasida ham hamkormiz. Yaqinda, Abdulboriy aka akademiyalariga mehr ila 🧡 vebsayt qilib bergandik. ___ Mana shu podkastda ancha ochilganlar. Tanib olishingizga yordam beradi. Kanallari tepada aytganimdek go’shtli ilmlarni ulashib borishyapti. @abdulboriy_sotuvchi Kanallariga a'zo bo'lsangiz afsus qilmaysiz.
Har bir Universitetlarda akseleratorlar bor ekan, buni bilmagandim ) Ana shu akseleratorlardagi xodimlar, mentorlar uchun Sun'iy intellektni amalda qo'llash bo'yicha AI-station va UN (United Nations) dastur qilyapti Dastur nomi - AI-first venture building Ana shu yerga mentor sifatida chaqirishdi.
Tayyor shablon promptlarga havola 👇 https://app.notion.com/p/bunyod/Dastur-yasash-uchun-tayyor-promptlar-396021a5347180879d2af9752ecd2561?source=copy_link
Tadbirkor va rahbarlarga bir savol: 💵 Biznesingizni rivojlantirish uchun miyyangizga kelgan g'oyani amalga oshirish qancha turadi? ⏳ Qancha vaqt oladi? 🤷♂️ U g'oya o'xshamasa-chi? Ushbu videoda *bepulga, har qanday g'oyani haqiqiy, 100% aniqlikda ishlaydigan dastur (mobile/web)ga aylantirishni ko'rsatib berganman Hoziroq 15 daqiqa ichida o'zingizni biznesingizni o'zingiz qutqarish yo'lini ko'rib chiqing va biznesingizda tadbiq qiling, rahmatini keyin aytasiz) Video uchun havola: https://youtu.be/hcKrfVXp2FU Tayyor shablon promptlarga havola 👇 https://app.notion.com/p/bunyod/Dastur-yasash-uchun-tayyor-promptlar-396021a5347180879d2af9752ecd2561?source=copy_link @bunyod365
Ko‘pchilik ChatGPT'ga 1-2 qator yozadi-da, keyin "javoblari umumiy ekan" deb xulosa qiladi. Aslida muammo AI'da emas. Muammo — savol berish uslubida. Ushbu videoda: ✅ ChatGPT'dan professional javob olish formulasi ✅ Biznes, marketing va ishdagi muammolar…
Futboldan qanchalik xalq sifatida bir-birimizni qo'llashga moyilligimizni ko'rsa bo'ladimikan ? ) Yo menga shunaqa ko'p negativ ko'rinyaptimi
Ishdamiz Yangi YouTube video suratga olish uchun kelganmiz Qanday mavzuda deb o'ylaysiz? O'zi sizga qanday mavzular qiziq? @bunyod365
Boshladik Bunker’ni Har safar eng bechora odam - psixolog kasbi tushgan odamdir ) Kimdur botimizni ishlatib ko’rdimi?
Mafiadan ham qiziqroq o‘yin topib oldik ) Jamoaviy hordiqqa yaxshi ekan, ishdan keyin ham o'ynasa bo'ladi. Kimdurlarni umumiy boshqa qirradan kashf qilasiz. Nomi — Bunker. O‘yin mohiyati oddiy. Tashqarida katta ofat bo‘lgan. Virus, toshqin, yadro portlashi…
Ko‘pchilik ChatGPT'ga 1-2 qator yozadi-da, keyin "javoblari umumiy ekan" deb xulosa qiladi. Aslida muammo AI'da emas. Muammo — savol berish uslubida. Ushbu videoda: ✅ ChatGPT'dan professional javob olish formulasi ✅ Biznes, marketing va ishdagi muammolar uchun amaliy foydalanish ✅ AI'ni shaxsiy konsultantga aylantirish usuli ✅ Prompt yozishni avtomatlashtirish yo‘lini gaplashdik Shu 12 daqiqalik videoda siz ChatGPT ustasiga aylanasiz 🎥 Video: https://youtu.be/CNQtmXxw3jc?si=syT4UVg9R5ixs_ar Videoda vada bergan narsamni pastda maqolada qoldirdim. Tayyor shablon promptlarga havola 👇 https://bunyod365.uz/essays/chatgptdan-yaxshi-javob-olish-uchun-tayyor-instruksiya
без подписи