tgindex
Chust 49-Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Chust 49-Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Статистика

Namangan viloyati Chust tumani 49-ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
234
+14 за 3 дн.
Сутки
+15
+6,85%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
207
30 постов
Вовлечённость
88,5%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 30
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
30
1/48двое суток
34
1/72трое суток
37

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Alhamdulillah🤍 @answer_foreever

  • 14 авг.31из answer_foreever

    Alhamdulillah🤍 @answer_foreever

  • #No_comment #Press_tur ✅ 2026-2027- o‘quv yili uchun "Prezident sovg‘asi" karvoni yo‘lga tushdi. 🌐 Press-turdan VIDEOLAVHA. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

  • видео или голосовое, без подписи

  • Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, janob Prezident

  • ⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi!  📌Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga binoan, respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlari hamda yoʻnalishlar kesimida yangi oʻquv yili uchun davlat stipendiyalarining kvotalari belgilandi.  Jami: 776 ta.  👇Stipendiyalarning turlari va ajratilgan kvotalar ro‘yxati: 🔹 Prezident stipendiyasi — 187 ta;  🔹 Islom Karimov stipendiyasi (barcha yoʻnalishlarda) — 194 ta;  🔹 Navoiy stipendiyasi (gumanitar yoʻnalishlarda) — 175 ta;  🔹 Bobur stipendiyasi (tarix va geografiya yoʻnalishlarida) — 51 ta;  🔹 Imom al-Buxoriy stipendiyasi (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida) — 44 ta;  🔹 Beruniy stipendiyasi (texnika yoʻnalishlarida) — 38 ta;  🔹 Ibn Sino stipendiyasi (tibbiyot yoʻnalishlarida) — 33 ta;  🔹 Abdulla Avloniy stipendiyasi (pedagogika yoʻnalishida) — 16 ta;  🔹 Ulugʻbek stipendiyasi (tabiiy yoʻnalishlarda) — 13 ta;  🔹 Toʻlepbergen Qaipbergenov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta;  🔹 Ibroyim Yusupov stipendiyasi (Qoraqalpogʻistondagi oliygohlarda) — 11 ta;  🔹 Pahlavon Mahmud stipendiyasi (jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida) — 3 ta.  🔹Ushbu stipendiyalar respublikamiz bo‘yicha jami 335 ming 471 nafar yuqori kurs talabalari orasidan eng munosiblariga taqsimlanadi.  📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • #Тезкор ❗️2026/2027 ўқув йилида олий таълим ташкилотлари бакалавриатининг КУНДУЗГИ таълим шаклига умумий қабул параметрларининг таълим йўналишлари ва ўқитиш тиллари бўйича тақсимланиши. 🔠Жами: 155 852 та. Шундан: ➖ ўзбек тили – 130 843 та; ➖ рус тили – 19 341 та; ➖ қорақалпоқ тили – 4 888 та; ➖ қозоқ тили – 335 та; ➖ тожик тили – 315 та; ➖ қирғиз тили – 75 та; ➖ туркман тили – 55 та.

  • JAZIRAMA — ISH JOYIDAGI JIDDIY XAVF! ⚠️ Ish beruvchilar xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishi shart. 📊 Batafsil ma’lumot infografikada... 👉 Davlat mehnat inspeksiyasi

  • ❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi. (2026-yil 13-iyul holatiga). ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • “Bolamga nima bo‘lyapti?” — deb o‘ylayotgan ota-onalar uchun Farzandingizdagi bu o‘zgarishlar kasallik emas, bu — maqsad. Oʻzi uchun oʻqimoqchi boʻlganlar Profi University'ni tanlayapti. Chunki bu yerda faqat diplom emas, real amaliyot va videodagi yigit kabi "yonib" o'qiydigan muhit bor. Farzandingizga ishonasizmi? Unda unga xalaqit bermang, shunchaki duo qiling va Profi imtihonlariga yozilganini tekshirib qo'ying. Qabul davom etmoqda: 🗓 21-iyul kuni imtihon 👉 Qabul imtihoniga joylar to'lmasidan roʻyxatdan oʻting Telegram l Instagram l YouTube

  • Barcha fanlardan sertifikat olganlarga ruhsatnoma berilmaydi.

  • ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Shuningdek, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram boti yaratilgan. Ushbu bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini yuklab olishi va oldindan buyurtma berishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 2026/2027-o‘quv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar va ularga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari ro'yxati e’lon qilindi. Shuningdek, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram boti yaratilgan. Ushbu bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini yuklab olishi va oldindan buyurtma berishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ❗️Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 570 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📝 Platformaga: ➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari; ➖ Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi. 9-sinf bitiruvchilari uchun 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud: ▪️166 ta kasb-hunar yo‘nalishi; ▪️Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta. Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan. Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi: ▪️Umumiy kvota — 1 760 ta ▪️Shundan 1 640 tasi davlat granti. #Qabul2026 #Texnikum ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • Qadrli yoshlar! Barchangizni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarning yonib turgan ko‘zlaringizni, yangilikka intilishingizni va bilimga chanqoqligingizni ko‘rib, yurtimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanidan doimo faxrlanaman. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlar, yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar bitta ezgu maqsadga qaratilgan. Bu — sizlarning o‘z qobiliyatingizni to‘laqonli ro‘yobga chiqarishingiz, jahon maydonida hech kimdan kam bo‘lmagan, kuchli va bilimli bo‘lib kamol topishingizdir. Aziz yoshlar, oldingizga doim katta maqsadlar qo‘ying hamda ularga yetishish uchun doimo izlaning. O‘z kuchingizga va bilimingizga doimo ishoning, biz esa bu yo‘lda sizni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyormiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, hayotingizda baxt va muvaffaqiyatlar doim hamroh bo‘lsin! Hurmat bilan, Eʼzoza Karimova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

  • #Qabul_2026 #Eslatma 🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • #Qabul_2026 #Eslatma 🔴 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati 📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri 📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. 📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

  • Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq. — Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы. Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему. Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних. Я взяла этот вопрос под личный контроль. В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.

  • 🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

  • #Qabul_2026 ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati 📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri 📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. ⏰ Shuningdek, elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlikning 71-203-07-04 raqamli “Call-markaz” yoki telegramdagi  @mymaktab_uz kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Chust 49-Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi — tgindex