Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат
СтатистикаКорея қишлоқ хўжалиги Е7 Е8 E9 имтиҳонидан ўтганлар ва энди қатнашмоқчи бўлганлар учун. 👇👇 https://t.me/joinchat/4mtWOlA5d0k1Y2Ri
- Последний пост
- 17:25
- Последнее чтение
- 09:05
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 622
- 1/48двое суток
- 712
- 1/72трое суток
- 768
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌟 17-avgust — Koreyada dam olish kuni. Bugun ishlagan bo‘lsangiz, maoshingizni tekshiring! Yaʼni bugun Koreyada 광복절 (Gwangbokjol — Ozodlik kuni) munosabati bilan berilgan o‘rnini bosuvchi dam olish kuni. Agar siz 5 yoki undan ortiq xodim ishlaydigan korxonada ishlasangiz, bu kun qonun bo‘yicha pullik dam olish kuni hisoblanadi 🌟Agar bugun ishga chiqqan bo‘lsangiz, maoshingizda bayram kuni ishlaganlik uchun belgilangan ustama haq to‘langanini tekshirib ko‘ring. Muhimi, bu qoida xorijlik ishchilarga ham tegishli. Ya’ni, “chet ellik ishchi” degan sabab bilan bayram kuni uchun kamroq haq to‘lash mumkin emas. ⚠️ Lekin kichik korxonalarda (5 kishidan kam) bu qoidalar boshqacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bugun ishlagan bo‘lsangiz, avgust oyi maosh varaqangizni olganingizda bayram kuni uchun to‘lovni albatta tekshiring. 2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
без подписи
без подписи
без подписи
🌟 Kojedoda ishlayotgan yurtdoshlar, bugungi yomg‘irli ob-havoda juda ehtiyot bo‘ling! Bugun, 17-avgust kuni Kojedoda kuchli yomg‘ir sabab ayrim yo‘llar suv ostida qolib, yo‘llar zarar ko‘rgan va ko‘chki xavfi kuchaygan. Ayrim hududlarda odamlar xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinmoqda. Ayniqsa Hanwha Ocean va Samsung Heavy Industries kabi yirik kemasozlik zavodlarida ishlaydiganlar uchun bu muhim: ikki zavodda ham bugungi ish faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar berilgan. 🌟Ishga chiqishdan oldin albatta: Zavoddan kelgan xabarni tekshiring. Suv bosgan yo‘ldan piyoda ham, mashinada ham o‘tishga urinmang. Tog‘ yonbag‘irlari va daryo bo‘ylaridan uzoqroq yuring. Yo‘l yopilgan bo‘lsa, boshqa yo‘l qidiring — tavakkal qilmang. 🌟Favqulodda vaziyatda 119 ga qo‘ng‘iroq qiling. Ish kutadi. Eng muhimi — sog‘-omon uyga qaytish! 2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🌟 14-sentabrdan Janubiy Koreyada qurilish sohasida ishlayotgan 🌟 vizasidagi xorijliklar uchun yangi tartib kuchga kiradi. 🌟Agar bir qurilish kompaniyasining bir nechta obyekti bo‘lsa, kompaniya E-9 ishchisini o‘ziga tegishli boshqa obyektga o‘tkazishi osonlashadi. Hozirgi tartibda esa bunday o‘tkazish uchun, odatda, ishchi ishlayotgan obyektdagi ish tugashi yoki to‘xtashi kerak edi. 🌟Yangi tartib bo‘yicha ishchi faqat bir xil ish beruvchiga qarashli obyektlar o‘rtasida ko‘chirilishi mumkin. Yangi obyekt ham E-9 ishchilarini yollash uchun EPS talablariga javob berishi kerak. Bu o‘zgarish ish beruvchini almashtirish degani emas. Ya’ni ishchi boshqa kompaniyaga o‘tishi uchun alohida tartiblar saqlanib qoladi. 🌟Yana bir muhim o‘zgarish 2027-yil martidan kuchga kiradi. Agar qurilish kompaniyasi mehnat qonunchiligini buzsa, xorijlik ishchilarni yollash taqiqi faqat qoidabuzarlik sodir bo‘lgan obyektga emas, kompaniyaning barcha qurilish obyektlariga tatbiq etilishi mumkin. 2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🔴 LIVE Кореядан меҳнат шартномалари келди: номзодларнинг ҳужжатлари расмийлаштирилмоқда 🇰🇷 Корея Республикасида E-9 визаси асосида ишлаш учун ушбу мамлакатнинг SPAS электрон базасида маавжуд номодларга йилнинг учинчи танлови айни кунларда давом этмоқда. Танловнинг 5–11 август кунлари ўтказилган босқичи якунларига кўра, кореялик иш берувчилар томонидан танланган ҳамюртларимизга меҳнат шартномалари келди. 📄 Жумладан: 🏭 ишлаб чиқариш соҳасида — 213 та; 🛎 хизмат кўрсатиш соҳасида — 11 та; 🏗 қурилиш соҳасида — 2 та меҳнат шартномаси. Айни пайтда Кореяга ишга кетиши учун зарур ҳужжатларни расмийлаштириш жараёни кетмоқда. 📌 Шу билан бирга, 12–19 август кунлари қишлоқ хўжалиги, ўрмончилик, хизмат кўрсатиш, балиқчилик ва қурилиш соҳалари бўйича номзодларни иш берувчилар томонидан танлаш жараёни давом этяпти. 🇺🇿🤝🇰🇷 Танлов натижалари ва навбатдаги меҳнат шартномалари бўйича янгиликларни кузатиб боринг. Эслатиб ўтамиз Жанубий Корея Е9 визаси асосида 17 та хорижий давлатга иш ўрни ажратади. ®uzmigration 2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
без подписи
без подписи
Tanlovlarda SPAS BAʼZASIDA tasdiqlanib turganlardan kim biror kompaniyaga tavsiya qilinsa shaxsiy kabinetining eng quyi qismida necha marta tavsiya qilinganligi haqidagi maʼlumot ushbu xabarimizdagi tanlovda barchaga birdek chiqarilgan edi. Bu haqida mana shu postimizda🌟🌟aytib o‘tgandik. Eslab qoling shu chiqarilgan postimiz sanasini. 2025 yil avgust 🌟oyidan keyin shaxsiy kabineti bor har bir kishi diqqat bilan kabinetini kuzatgan. Necha marta tavsiya qilingan yoki tavsiya qilinmay quyida «0» raqami turganini biladi. Tanlov payti tanlovni kutgan odam yo‘q deganda har soatda boʼlmasa har minutda shaxsiy kabinetini kuzatadiganlar bor. Bu degani ishga tavsiya qilingudek (mediation) bo‘lsa ko‘rib yoki pastidagi raqamdan biladi. Chunki mediation hired bo‘lguncha yoki tanlanmay yo‘qolguncha ham kami 1 soatdan ko‘pi 1 haftagacha turganlar bor. Muammo nimada desangiz? Shartnoma guruhimizda ushbu xabarni 🌟 o‘qigunimcha (😃)(agar sharx egasi to‘g‘ri yozgan bo‘lsa) o‘zim ham buni muammo shaklida ko‘ra boshladim. Yaʼni, hozirgi 3 chi tanlov payti u odamning tasdiq muddati tugagan bo‘lsa ham hozirgi tanlovda ishga 3 marta tavsiya qilindi bo‘lib o‘zgarib qolgani! Tasdiq amal muddati 2025.07.04~2026.07.03. sanada tugagan. Shu odam tasdiq muddati tugagunga qadar shaxsiy kabinetga kirmagan, deysizmi? Avvalgi raqamni bilmaydi deysizmi? Tasdiq muddati tugasa ham qiziqib kiryaptiku. Bu narsa ko‘pchilikda kuzatilgani sabab va ko‘pchilik hayron qolayotgani sabab muammo ko‘rinishiga o‘tdi. Kimga kerak bunday vaziyat? Nega hammada tavsiya qilingan raqamlar bir zumda 5~10~15 ga o‘zgarib ketdi? Yoki, baʼzada turganlarga avval ko‘ringan shaxsiy kabinet yolg‘on endi haqiqiysi ko‘rinmoqdami? Savollar ochiqlanmaguncha va eshitgan odam ishonadigan aniq maʼlumot berilmaguncha savollar ham shubhalar ham tug‘ulaveradi!!! Musofirchilik qiyinchiligiga rozi bo‘lib, oilasi va Vatanidan uzoqlashib o‘zga yurtda ishlash uchun ketayotgan inson—? So‘roq o‘rniga har bir o‘quvchi o‘zining holatidan kelib chiqib to‘ldirib foydalanishi mumkin! Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🏖️🏖️🌟 KOREYADA ISSIQDA PIYODA YURUVCHILAR UCHUN KOREYADA MASHXUR BO‘LAYOTGAN ILOVA! 그늘로 (Geuneullo) — piyodalar uchun soyali yo‘lni topib beradigan yangi turdagi xarita ilovasi. Oddiy xaritalar odatda eng qisqa yoki tez yo‘lni ko‘rsatadi. Bu ilova esa binolar va ularning soyalarini hisoblab, imkon qadar quyosh kam tushadigan yo‘lni tanlashga yordam beradi. Masalan: A nuqtadan B nuqtaga borish — 15 daqiqa Oddiy yo‘l — quyosh tagida 그늘로 — 17 daqiqa, lekin yo‘lning katta qismi soyada! Ayniqsa yozning jaziramasida, piyoda ko‘p yuradiganlar, bolali oilalar va sayyohlar uchun juda foydali. 🌟 Koreyada texnologiya hatto “qaysi yo‘ldan yursam kamroq qizib ketaman?” degan savolga ham javob beradigan darajaga yetdi. 👉Siz Koreyada bo‘lsangiz, sinab ko‘rishga arziydi! Ilovani o‘rnatish android uchun Ilovani o‘rnatish appstore uchun Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🌟 Koreyada avtotransport vositasini boshqarishda quyidagi qoidalarga jiddiy qarang. Bu qoidalarni buzish orqali jiddiy YTH amalga oshganda jinoiy ish ochilishi mumkin. 신호위반 — Yo‘l harakati svetofori signaliga bo‘ysunmaslik (qizil chiroqda o‘tish) natijasida YTH sodir etish. 중앙선 침범 — Yo‘lning markaziy chizig‘ini (center line) bosib o‘tib, YTH sodir etish. 제한속도보다 20km/h 초과 과속 — Belgilangan tezlikdan 20 km/soat yoki undan ko‘proq tezlikda harakatlanish. 앞지르기 방법 위반 — Qoidaga zid ravishda quvib o‘tish (overtake) qoidalarini buzish. 철길건널목 통과방법 위반 — Temiryo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzish. 횡단보도 보행자 보호의무 위반 — Piyodalar o‘tish joyida (zebra yo‘lakda) piyodalarga yo‘l bermaslik. 무면허 운전 — Haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish. 음주운전 — Mast holatda transport vositasini boshqarish. 보도 침범 — Yo‘lak (trotuar)ga transport vositasi bilan chiqish yoki trotuarni egallash. 승객 추락 방지의무 위반 — Yo‘lovchining transport vositasidan yiqilib tushishini oldini olish uchun zarur xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik. 어린이보호구역 안전운전의무 위반 — Bolalar himoya hududi (스쿨존, School Zone)da xavfsiz haydash qoidalarini buzish. 화물고정조치 위반 — Yukni to‘g‘ri mahkamlamasdan yoki xavfsiz joylashtirmasdan tashish. 🌟Yuqoridagi 12 ta qoidabuzarlikdan istalgan biri oqibatida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lsa, Janubiy Koreyada haydovchiga nisbatan jinoiy javobgarlik (형사처벌) qo‘llanilishi mumkin Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
Yaxshilar qatorida bo‘ling! 🌟 Koreyadagi yurtdoshlarimiz oqibati to‘g‘risida har xil noxush gaplarni eshitib ko‘nglimiz sovisa, bunday yaxshi insonlar ham borligini eshitib yanada ruhiyatimiz ko‘tariladi. «Shu o'rinda o'zimda xam siz kabi bo'lgan holat bo'yicha qisqacha bo'lishmoqchiman. Zavodda ishlayman, xudoga shukur tilni o'ziga yarasha bilaman, ishdan qochmayman, boshliq arbayt (kunlik ish) ga odam kk bo'lsa, chaqir deydi chingularingni. Ish bo'lsa o'zimizni o'zbeklarga bo'lsin yaqin tanish aka ukalarni chaqirib til bilmagan joyiga oʼzim gaplashib berib ustilaridan 1 won xam yemasdan pullarini olib beraman, kerak bo'lsa kareysni o'zi 2-3 xil variant bilan aytgan odam olib kelasanku xatyabi 10 mingdan ol ustidan 150 senga beraman sen 140 ber ularga deydi, menga birovni puli kerak emas deb gapni tugataman, unda ularga pulnu o'zim beraman 140 dan oyni oxirida 1 oyda nechta odam olib kelganini hisoblab 10 mingdan senga beraman deydi, men yana (nega tarin saramin toʼni pilobsoyo «menga birovning haqqi kerakmas») deyman. Xudoga behisob shukur, koreaga kelganimdan beri biror kishini ishga olib chiqib yo biror kimga biror ishni orgatib 1 won haq olmasim shu shu 10 ming wonni barakasini nechadir barobar qilib boshqa joydan berayabdi, risqimizni but qilib. Yozsam juda uzun bo'lib ketadi yana. Nima demoqchiman, ishga olib chiqib pul yeyayotganlar sal shustrilik qilib pul ishlaydigan joyi bo'lsa tilni ozgina yaxshi bilib yoki kelganiga koʼproq boʼlgan aqllilik qilib ishlab olmoqchi bo'lgan akalar, shuncha paytgacha boʼldi endi yetar balki, ishonavering siz oʼsha 10 mingni yeyishi toʼxtatsangiz boshqa joydan 100 minglik barokat yo ishingizni berib qoyadi, oʼzingiz bilmay qolasiz. Musofirda Alloh hammamizni isloh qilsin» Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🌟 Ish beruvchi bankrot bo‘lsa, endi 6 oylik ish haqi davlat tomonidan qoplanadi! «Koreyaku, oylikni kechiktiradigan yoki berolmaydigan kompaniyalar ham bormi?» demang va saqlab qo‘ying. Shunaqasi ham bo‘ladi. 2026-yil 20-avgustdan boshlab Janubiy Koreyada muhim o‘zgarish kuchga kiradi. Avvallari ish beruvchi bankrot bo‘lsa, davlat faqat oxirgi 3 oylik to‘lanmagan ish haqini qoplab berardi. Endi esa 6 oylik ish haqi uchun kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi. Kimlar olishi mumkin? ✅ Koreyaliklar, chet ellik ishchilar ham. ✅Fuqarolik yoki viza turi (jumladan E-9, H-2) rad etish uchun sabab bo‘la olmaydi. ✅ Asosiysi — shu korxonada ishlaganingizni va ish haqi qarzdorligi borligini isbotlay olishingiz kerak. Qaysi holatda murojaat qilish mumkin? Quyidagi holatlardan biri bo‘lishi kerak: - Korxona rasman bankrot deb topilgan bo‘lsa; - Moliyaviy tiklanish (reabilitatsiya) jarayonida bo‘lsa; - Yoki Mehnat vazirligi korxona amalda faoliyatini to‘xtatganini va ish haqini to‘lash imkoniyati yo‘qligini tasdiqlagan bo‘lsa. Nimalar qoplanadi? 💰 Oxirgi 6 oylik ish haqi 💰 Ish to‘xtab qolgan davr uchun to‘lovlar. 💰 Homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi. 퇴직금 (ishdan bo‘shash puli) esa alohida hisoblanadi va oxirgi 3 yil uchun qarzdorlik hisobga olinishi mumkin. E-9 va H-2 vizadagilar uchun Avvalo sizga ish haqi to‘lanmasligi sug‘urtasi (임금채권보장보험) orqali pul olish tavsiya qilinishi mumkin. Agar sug‘urta qarzning faqat bir qismini to‘lasa, qolgan qismini davlat tizimi orqali talab qilishingiz mumkin. ❗ Bir xil qarz uchun ikki marta pul olish mumkin emas. Qanday hujjatlar kerak? - ARC (chet ellik guvohnomasi) - Pasport - Mehnat shartnomasi - Bank hisobiga tushgan ish haqi yozuvlari - Oylik hisob-kitob varaqalari - Ish kunlari va ish soati yozuvlari - Ish beruvchi bilan yozishmalar Agar yozma mehnat shartnomasi bo‘lmasa ham quyidagilar dalil bo‘lishi mumkin: - Bank orqali oylik tushgan yozuvlar; - Telefon yozishmalari; - Ish joyidagi fotosuratlar; - Ish jadvali; - Hamkasblarning guvohligi. Qayerga murojaat qilinadi? 🌟 Avvalo korxona joylashgan hududdagi Mehnat va bandlik vazirligi (고용노동부) bo‘limiga ish haqi to‘lanmaganligi haqida ariza beriladi. 🌟 Tekshiruv tugagach, hujjatlar Koreya Ishchilar farovonligi xizmati (근로복지공단)** ga yuboriladi va kompensatsiya shu tashkilot tomonidan to‘lanadi. ❗ Agar korxona hali ishlayotgan bo‘lsa, lekin oylikni kechiktirayotgan bo‘lsa, bankrot bo‘lishini kutishingiz shart emas. Bunday holatlar uchun ham alohida soddalashtirilgan davlat to‘lov tizimi mavjud. Kerakli telefon raqamlari: ☎️ Mehnat va bandlik vazirligi: 1350 ☎️ Koreya Ishchilar farovonligi xizmati: 1588-0075 ☎️ Chet ellik ishchilar uchun ko‘p tilli maslahat markazi: 1577-0071 Maslahatlar o‘zbek, rus va boshqa tillarda ham beriladi. Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1🌟 @e8vizasi 🌟 Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🏖️🏖️🏖️ Кореядаги иш жойларида ёзги таътил "hyuga" бошланмоқда. 🏖️ Ёзги ёмғирлар мавсуми "чангма" тугагандан сўнг намлик кўпайиши ҳисобига 30 даража иссиқ ҳам 45 ни тепасидаги иссиқни беради. Бу эса инсон соғлиги учун, айниқса оғир ишда ишлайдиганлар учун хавфли ҳисобланади. Шу сабабли ҳар йили 8 ойнинг бошларидан компаниялар ўз ишчиларига ойлик сақланган ҳолда ички ҳолатдан келиб чиқиб бир ҳафтагача дам олиш беради. Бу стресслар ва иссиқдаги ҳолсизликдан чарчаганларга бироз қайта тикланиб олиш учун имконият деса ҳам бўлади. Бундан ташқари аксар компаниялар ўз бюджетидан келиб чиқиб ишчиларига совға ёки пул кўринишида бонуслар беради. Дам пайти компанияда иш кўп бўлса ишга чақиришлари ҳам мумкин, бунда албатта ҳар бир ишланган соати тўлиқ қўшимча иш ҳисобига ёзилади. 🏖️ Дам берган пайти ҳам пул топишни ўйламай бироз ҳордиқ чиқаринг дўстлар, яқинлар билан учрашинг. Табиати ва денгизи чиройли бўлган Кореяни айланиб ўз чарчоқларингиз чиқариб олишингизни тавсия қиламиз. Ҳам тижорат ҳам саёҳат, нақлига амал қилган бўласиз. 5 йил ишлаб ўз ишлаган шаҳрини ҳам яхши билмайдиганлар топилади, албатта. Ишлагани келгансиз албатта, лекин ўзингиз учун чиройли хотиралар ҳам қолдиришингиз янада иш қобилиятингиз оширади. 🏖️Барча Кореядаги дўстларимизга мароқли ҳордиқ тилаймиз. Келгусида келадиган дўстларимизга ҳам насиб қилсин. Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1 🌟 @e8vizasi 🌟 Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
⚠️ МИГРАЦИЯ АГЕНТЛИГИ ОГОҲЛАНТИРАДИ! 🇰🇷 Корея Республикасида E-9 визаси асосида вақтинча ишлаётган юртдошларимизга мурожаат! ▪️Нима сабабдан аксарият фуқаролар Кореяда ишсиз қолмоқда? ▪️Нолегал мақомга ўтишнинг оқибатлари қандай? ▪️Кореядан "депортация" бўлишга нималар асос бўлади? ▪️Уч томонлама шартнома (Фуқаро – Кафил – Агентлик) талабларига амал қилиш шартми? 🎬 Видеода юқоридаги саволларнинг барчасига Миграция агентлиги масъулидан жавоб оламиз 📌Қўшимча савол ва маслаҳатлар учун - Миграция агентлигининг Кореядаги ваколатхонаси манзили: Сеул шаҳри, Жунг-гу, Жангчунгдан-ро, 213. 10-қават, 1003. 📞02-2285-1341, 02-2285-1342 📍Локация ®uzmigration Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1🌟 @e8vizasi 🌟 Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
без подписи
Har qanday viza bilan Koreyaga kelayotgan tanishlarga uzatib qo‘ying, foydali bo‘ladi. 🌟 27-iyuldan 7-avgustgacha Janubiy Koreyaning barcha xalqaro aeroportlari va dengiz portlarida bojxona hamda karantin nazorati kuchaytiriladi. Buning sababi — chet eldan olib kirilayotgan meva, go‘sht, kolbasa, urug‘ va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orqali xavfli kasalliklar va zararkunandalar kirib kelishining oldini olish. Ayniqsa Xitoy, Vetnam, Tailand va Mo‘g‘ulistondan keladigan yo‘lovchilar yanada sinchiklab tekshiriladi. Endi bagajdagi mevalarni aniqlash uchun sun'iy intellekt asosidagi rentgen tizimidan ham foydalaniladi. 🌟Agar chamadoningizda meva, go‘sht, kolbasa, sut mahsulotlari, urug‘ yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘lsa, ularni albatta deklaratsiya qiling. Agar bunday mahsulotlarni yashirib olib kirishga urinsangiz yoki deklaratsiya qilmasangiz, 10 million vongacha jarima solinishi mumkin. Ta'tildan Koreyaga qaytayotgan yoki endi yo‘lga chiqayotgan yurtdoshlarimiz, ortiqcha muammo va jarimaga duch kelmaslik uchun ushbu qoidalarga albatta amal qiling. Bu ma'lumot foydali deb o‘ylasangiz, Koreyaga kelayotgan yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang. 2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 ⬅️ @ishborkoreya1⬅️ @e8vizasi ⬅️ Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
🌟 Koreyadagi ish joyida ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri. Xulosani o‘zingiz chiqarasiz. Koreyada ishlayotgan bo‘lsangiz, ishdagi jarohatni hech qachon yashirmang! Janubiy Koreyada bir chet ellik ishchi zavodda ishlayotgan paytda mashina qo‘l barmog‘ini bosib, og‘ir jarohat oldi. Hodisadan keyin sajang: "Davolanish xarajatlarini ham, maoshingizni ham to‘laymiz", deb va’da berdi. Lekin keyin undan: "Bu hodisa zavodda emas, yashash joyida bo‘lgan deb ayting", deb yolg‘on ko‘rsatma berishni so‘radi. Ishchi ishonib rozi bo‘ldi. Dastlab kompaniya bir muddat yordam bergandek bo‘ldi. Ammo jarohat uzoq davolanishni talab qilgani va ishchi ishlay olmaganidan keyin kompaniya yordamni to‘xtatdi. Natijada ishchi o‘zining ko‘plab qonuniy huquqlaridan mahrum bo‘ldi. Shularni unutmang: ✅ Agar jarohat ish joyida bo‘lgan bo‘lsa, uni yashirmang. ✅ Kasalxonaga ham, tegishli idoralarga ham hodisa aynan qayerda va qanday bo‘lganini to‘g‘ri ayting. ✅ Hech qanday bosim yoki va’daga ishonib, yolg‘on bayonot bermang. ✅ Ishdagi jarohatlar uchun 산재보험 (Sanjae sug‘urtasi) orqali davolanish xarajatlari, davolanish davridagi maoshning bir qismi, nogironlik puli va boshqa yordamlarni olish mumkin. Koreyada ishdagi baxtsiz hodisa bo‘lsa, ish beruvchi xabar bermasa ham, ishchining o‘zi yoki uning yaqinlari 근로복지공단 (Korea Workers' Compensation & Welfare Service) orqali sanjae arizasini topshirishi mumkin. Agar ishchi davolanayotgan paytda ish beruvchi bosim o‘tkazsa, yolg‘on hujjat tayyorlasa yoki sanjae rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilsa, bu mehnat qonunchiligini buzish hisoblanishi mumkin. ⚠️ Esda tuting: bir og‘iz yolg‘on gap bugun muammoni yashirgandek ko‘rinadi, ammo ertaga sizni millionlab von kompensatsiya, davolanish puli va qonuniy huquqlardan mahrum qilishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling va huquqlaringizni biling. 🌟Yuqoridagi holatda xato nima bo‘lgan? Ishchi ishdagi baxtsiz hodisani yashirib, yolg‘on ma’lumot bergan. Natijada o‘zining qonuniy huquqlarini olish qiyinlashgan. ✅ Ish joyida jarohat olsangiz, hodisani hech qachon yashirmang. ✅ Rahbarning “Biz o‘zimiz hal qilamiz” degan gapiga to‘liq ishonib, hujjatlarga shoshilib imzo chekmang. ✅ Kasalxonaga hodisa aynan ish paytida bo‘lganini aniq ayting. ✅ 산재보험 (Sanjae sug‘urtasi) orqali davolanish xarajatlari, davolanish davridagi kompensatsiya va boshqa qonuniy to‘lovlarni talab qiling. Koreyada ishdagi baxtsiz hodisa rasmiy ravishda 산재 (sanoat baxtsiz hodisasi) sifatida tan olinsa: • Davolanish xarajatlari sug‘urta orqali qoplanadi. • Ishlay olmagan davr uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. • Og‘ir jarohat yoki nogironlik bo‘lsa, qo‘shimcha to‘lovlar ham berilishi mumkin. • Ish beruvchi hodisani yashirishga majbur qilsa, bu qonun buzilishi hisoblanadi. 🌟 Bir dona yolg‘on bayonot sizni millionlab vonlik kompensatsiya va qonuniy huquqlardan mahrum qilishi mumkin. Koreyada ishlayotgan bo‘lsangiz, huquqlaringizni biling va kompaniyangiz holatidan kelib chiqib ishdagi baxtsiz hodisani rasmiy tartibda rasmiylashtiring. Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1🌟 @e8vizasi 🌟 Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
📆 Skill testga ham oz fursat qolyapti. Bu yilgi skill test jarayonidagi o‘zgarishlar haqida eslatib o‘tamiz. O‘zingiz uchun foydali bo‘ladi. 2026 Skill testdagi yaʼni malaka imtihonidagi muhim o'zgarishlar Skill test (ko‘nikma testi) Asosiy o‘zgarish skill testda 🌟Asosiy ko‘nikma 40 ➿20 🌟Suhbat 30➿50 Xulosa: Endi asosiy e’tibor — SUHBAT 🎤Suhbat (면접) yangilandi 🌟 Ish bo‘yicha savollar: 3-5 ta 🌟 Xavfsizlik bo‘yicha savollar qo‘shildi Baholash: O‘zini tanishtirish 🌟Asosiy suhbat 🌟Ish qurollari va topshiriqlar (15 ball) 🌟NCS ko‘nikmalar 🌟Xavfsizlik (10 ballgacha oshdi) 🌟Xulosa: Bunda ishni tushunish + xavfsizlik juda muhim 🌟Ballar taqsimoti 🏭 Ishlab chiqarish: Jismoniy: 30 Ko‘nikma: 20 Suhbat: 50 🌾 Qo‘shimcha sohalar Jismoniy: 40 Ko‘nikma: 20 Suhbat: 50 🌟Maxsus tanlov 🌟Yangi yo‘nalishlar qo‘shildi 🌟Ko‘nikma testi bilan birga baholanadi Xulosa qilib aytganda: Suhbat eng muhim bosqich bo‘ldi Amaliy ko‘nikma + xavfsizlik kuchli talab qilinadi 🌟 Maslahat: Agar siz Koreyaga borishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz Bundan buyon Til + Amaliy ko'nikma + Suhbat Skill testgacha vaqtingiz bor, o‘zingizga qulay bo‘lgan o‘quv markazlarda rejali tayyorgarlik ko‘rish foydali bo‘ladi. Foydali bo‘lsa—🌟 Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar 2026 Servis1 guruh @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1🌟 @e8vizasi 🌟 Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024