tgindex
Farengeyt Press

Farengeyt Press

Статистика
@farengeyt_pressузбекский

Ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy-tadbirkorlik loyihasi. Email: info@farengeyt.press

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
998
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 034
24 постов
Вовлечённость
905,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 782
1/48двое суток
2 042
1/72трое суток
2 202

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 авг.2 0101328

    O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda. Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi. Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.

  • “Tizimning funksiyasi yoki maqsadi odatda aytilmaydi, yozib qo‘yilmaydi yoki biror shaklda ochiq ifodalanmaydi, balki u qanday ishlayotganidan ma’lum boʻladi. Tizimning maqsadini aniqlashning eng yaxshi yoʻli uning fe’l-atvorini ma’lum vaqt davomida kuzatishdir. Agar qurbaqa o‘ngga burilib pashsha tutsa, keyin so‘lga burilib yana pashsha tutsa, so‘ng orqasiga o‘girilib yana pashsha tutsa, uning maqsadi o‘ngga, so‘lga yoki orqaga burilish emas, balki pashsha tutish bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi. Agar hukumat atrof-muhitni himoya qilish qarorini e’lon qilsa-yu, ammo bu maqsad uchun juda oz mablag‘ va kuch sarflasa, unda atrof-muhitni himoya qilish aslida hukumatning maqsadi emas. Maqsadlar bayonotlar yoki e’lon qilingan rejalarda emas, balki fe’l-atvorda namoyon boʻladi.” — Donalla Meadows’ning “Tizimlar mantig‘i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” kitobidan

  • 25 июл.2 5552014

    “Farengeyt Press”dan kutilayotgan yangi nashr: Sergey Povarnin, “Kitobni qanday o‘qish kerak?” Kitob o‘qishning o‘zi yetarlimi? Yoki har qanday kitobni samarali va ongli o‘qishning ham o‘z san’ati bormi? Rus faylasufi Sergey Povarninning mutolaa madaniyatiga bag‘ishlangan mashhur asari — “Kitobni qanday o‘qish kerak” sentabr oyida ilk bor o‘zbek tilida nashr etiladi. Bu kitob shunchaki ko‘proq kitob o‘qishga emas, balki kitobni tushunish, tahlil qilish, muhim fikrlarni ajratish va o‘qilgan bilimni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda faol mutolaa usullari, konspekt tuzish, murakkab matnlar bilan ishlash, kitobga tanqidiy va tahliliy yondashish bo‘yicha bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan tavsiyalar jamlangan. Mazkur nashrning yana bir muhim jihati shuki, kitob pedagog-tadqiqotchi Komil Jalilov tayyorlagan izohlar, sharhlar va ko‘rgazmali jadvallar bilan boyitilgan. Bu qo‘shimchalar asarni zamonaviy o‘quvchi uchun yanada tushunarli va amaliy qo‘llanmaga aylantiradi. Kitob talabalar, pedagoglar va o‘z ustida muntazam ishlaydigan har bir inson uchun mo‘ljallangan. Kitob sentabrda sotuvga chiqadi.

  • 11 июн.8 2783748

    Farengeyt Press’dan yangi xushxabar Donella Meadows'ning dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlar, menejerlar, tadbirkorlar, siyosatchilar va tadqiqotchilar mutolaa qilayotgan mashhur "Thinking in Systems" asarini o‘zbek tilida nashr etish huquqini olganimizni ma’lum qilamiz. Nega bu kitob muhim? Hayotimizdagi eng katta muammolarning aksariyati alohida hodisalar yoki shaxslar emas, balki tizimlar natijasidir. Nega tirbandliklar kamaymaydi? Nega yaxshi niyat bilan boshlangan islohotlar kutilgan natijani bermaydi? Nega ayrim tashkilotlar yildan-yilga rivojlanadi, boshqalari esa bir joyda depsinib turaveradi? Nega ba’zan muammoni hal qilish uchun qilingan harakatning o‘zi yangi muammolarni keltirib chiqaradi? Ko‘pincha biz muayyan hodisalarga qaraymiz, ammo ularning ortidagi tizimlarni ko‘rmaymiz. "Thinking in Systems" aynan tizimni ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi. Donella Meadows murakkab dunyoni tushunish uchun tizimli fikrlash usulini sodda va hayotiy misollar orqali tushuntirgan. Kitob o‘quvchiga sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan nuqtalarni ko‘ra olishni o‘rgatadi. Bugungi dunyoda axborot ko‘p, ammo murakkab jarayonlarni tushuntirib bera oladigan tafakkur vositalari oz. Shu sababli "Thinking in Systems" ko‘plab universitetlarda tavsiya etiladi va zamonaviy tafakkurning eng muhim kitoblaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Agar siz jamiyat, iqtisodiyot, ta’lim, biznes yoki kundalik hayotdagi murakkab muammolarni chuqurroq tushunishni istasangiz, bu kitob siz uchun. #TarjimaHuquqi #DonellaMeadows #Tizimlar

  • 16 мая2 21914

    без подписи

  • 16 мая2 35815

    без подписи

  • 16 мая2 28614

    без подписи

  • 16 мая1 9601915

    Nashriyotimizning asosiy maqsadlaridan biri murakkab bilimlarni sodda, tushunarli va qiziqarli shaklda taqdim etishdan iborat. Anorbankning moliyaviy ko‘magida o‘zbek tilida chop etilgan ‘Pul. Boshlang‘ich saboqlar’ kitobi orqali biz moliyaviy savodxonlik borasidagi bilimlarni keng ommaga yetkazishni maqsad qilganmiz. Mahalla kutubxonalari bir oy davomida o‘tkazgan “Moliyaviy sarguzasht” tanlovi esa kitob atrofida haqiqiy ijodiy va mutolaa muhiti shakllanayotganini namoyish etdi. Nashriyotimiz kitob o‘qishni ijtimoiy va ijodiy hodisaga aylantiruvchi har qanday tashabbusga hissa qo‘shishga doim tayyor.

  • 12 мая3 4371915

    Ijtimoiy ahamiyati jihatidan global miqyosda katta rezonans uyg‘otgan, o‘nlab tillarga tarjima qilinib, hatto ayrim davlatlarda qonun loyihalari muhokamalarigacha kirib borgan Behalovat avlod – endi “Yangi kitob” shou-taqdimotida! “Yangi kitob” loyihasi va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir oddiy kitob taqdimoti bo‘lmaydi. Tashkilotchilar uni misli ko‘rilmagan kitob shou sifatida taqdim etmoqda. Bu tadbirning muhitini eshitib emas, kelib ko‘rib his qilish kerak. Agar avvalgi tadbirlarimizga kela olmagan bo‘lsangiz — bu safar imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ro‘yxatdan o‘ting, keling, ko‘ring. Yaxshi yangilik: bu safar “Behalovat avlod” uchun ham chegirma bo‘ladi. Tadbirda yana boshqa kitoblar taqdimotlari ham rejalashtirilgan. Kitob haqida suhbat, muhokama va yangi taassurotlar sizni kutmoqda. • Sana: 14-may • Vaqt: 17:00 • Manzil: Yoshlar ijod saroyi 👇 Taqdimotga roʻyxatdan oʻtib, taklifnoma olish uchun: @yangikitobbot

  • 28 апр.1 6218из mahallakutubxonasi25

    #moliyaviy_sarguzasht Pul tarixini bilasizmi? 🤩Pul tarixini faqat “qog‘oz va tangalar” deb o‘ylash – bu hikoyaning eng oxirgi sahifasini o‘qish bilan barobar. 📎Aslida esa, qadimda odamlar pul o‘rniga mahsulotlar bilan savdo qilishgan. Masalan, bug‘doyni chorvaga almashtirishgan. Bu usul qanday atalgan? Videoni tomosha qilsangiz javob topasiz. 📍Ushbu videorolik "Moliyaviy sarguzasht" tanlovi doirasida Qatortol mahalla kutubxonasi kitobxonlari tomonidan tayyorlandi. 🏷️ Mahalla kutubxonasi – Sizning kutubxonangiz

  • 27 апр.1 418121из natlibuz

    #Kutubxona_OAV_nigohida O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Behalovat avlod” kitobi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website

  • 27 апр.1 172103из natlibuz

    #Kutubxona_OAV_nigohida “Behalovat avlod” kitobi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website

  • 24 апр.21,6 тыс39

    без подписи

  • 24 апр.22,9 тыс39

    без подписи

  • 24 апр.19,8 тыс39

    без подписи

  • 24 апр.18,2 тыс42

    без подписи

  • 24 апр.17,1 тыс38

    без подписи

  • 24 апр.17,6 тыс38

    без подписи

  • 24 апр.16,5 тыс2346

    2026-yil 23-aprel, Butunjahon kitob kunida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Behalovat avlod” kitobi mavzusiga bag‘ishlangan ochiq va qizg‘in muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Farengeyt Press” nashriyoti tashabbusi bilan Qamar kitoblar do‘koni hamkorligida tashkil etilib, unda mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar hamda kitobxonlar ishtirok etdi. Muhokama davomida ijtimoiy tarmoqlar va raqamli muhitning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’siri, diqqat yetishmovchiligi muammolari, yolg‘izlik va xavotir holatlarining ortib borishi kabi dolzarb masalalar keng yoritildi. Ishtirokchilar kitobda ilgari surilgan g‘oyalar asosida bugungi ta’lim va tarbiya tizimidagi muammolarni tahlil qilib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ijtimoiy psixolog, Nyu York universiteti professori Jonathan Haidt muallifligidagi mazkur asar 2024-yilda nashr etilgan bo‘lib, 2025-yil kuzida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslanib yozilgan mazkur kitob qisqa vaqt ichida bir necha tillarga o‘girildi va turli mamlakatlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Nashriyot vakillarining ta’kidlashicha, ushbu kitobning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi mazkur mavzuni o‘zbek tilidagi jamoatchilik muhokamasiga olib kirish bilangina cheklanmay, balki yanada sifatli, dalillarga asoslangan va ongli muhokama qilish imkonini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu tashabbus orqali o‘zbek kitobxonlari ushbu global muhokamalarga bevosita qo‘shilish, masalani yuzaki emas, balki chuqur va xabardor holda anglash imkoniga ega bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirda, shuningdek, ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ijtimoiy media kompaniyalarining bolalar salomatligiga ta’siri yuzasidan xalqaro darajadagi bahslar haqida ham so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar mavzuning dolzarbligini ta’kidlab, bu borada kengroq jamoatchilik muhokamasini davom ettirish zarurligini qayd etdilar. Tadbir “Behalovat avlod” kitobining o‘zbek tilida nashr etilishi jamiyatda muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan asosli va ochiq muloqotlar uchun zamin yaratayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Suratlarni “Yoshlar ovozi" gazetasi fotomuxbiri Xolida Musulmon olgan

  • 15 апр.17,1 тыс22106

    "Behalovat avlod": yoshlar orasidagi ruhiy xastaliklar epidemiyasi - sabablar, oqibatlar, yechimlar Muhokama uchrashuvi 🗓 23-aprel, 16:00 📍 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Jonathan Haidtning “Behalovat avlod” kitobi nashr etilgandan buyon butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va o‘smirlar salomatligi masalasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi 16 yoshga ko‘tarildi, boshqalari esa bu borada muayyan choralar ko‘rishni rejalamoqda. Ayrim ijtimoiy media kompaniyalari ham bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan dizayn va kontentlar sabab bir necha bor sudga tortildi. Kitobning o‘zbek tilida nashr etilishi bu mavzuni jamiyatimizda yanada chuqurroq va asosli muhokama qilish imkonini yaratdi. Bugun u ota-onalar, pedagoglar, ta’lim va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda. Farengeyt Press kitobda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar va kitobxonlar ishtirokida ochiq muhokama uchrashuvi tashkil etishni rejalagan. Keling, muhokamada qatnashing, savol bering, fikr bildiring, o‘z tajribalaringizni so‘zlab bering - har birimizning hayotimizga kirib bo‘lgan bu muammoga birgalikda yechim izlaymiz. 💬 Faol qatnashgan ishtirokchilar uchun sovg‘alarimiz bor. Shuningdek, tadbir davomida barcha kitoblarimiz chegirma bilan taqdim etiladi. 🤝 Hamkorimiz: Qamar kitoblar do‘koni Barchangizni kutamiz! Kitobxonlar bilan ko‘rishish bizni faqat ruhlantiradi!