tgindex
IHMA Namangan viloyati boshqarmasi

IHMA Namangan viloyati boshqarmasi

Статистика

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasining Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
25
Всего постов
220
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
8 700
−72 за 5 дн.
Сутки
−16
−0,18%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 203
40 постов
Вовлечённость
13,8%
к подписчикам
Постов в день
3,6
всего 220
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
988
1/48двое суток
1 132
1/72трое суток
1 221

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.1 08210

    без подписи

  • 14 авг.1 0638

    без подписи

  • 14 авг.1 0658

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 📌📌📌📌📌📌 🖋 Yangi huquqiy hujjatlar: muhim vazifalar va yangi yondashuvlar 🧠 Namangan viloyatida Respublika ishchi guruhi ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. 💻 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-son Farmoni hamda PQ-288-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. 🟢Tadbir davomida odam savdosidan jabrlangan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Seminar ishtirokchilari tomonidan hududlarda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. 🟢Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, ichki ishlar, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, sog‘liqni saqlash tizimlari vakillari, shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari va mutaxassislari ishtirok etdi. 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 📝 Telegram  📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube

  • 14 авг.1 06913

    Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi. ✅ Eng muhim o‘zgarishlar: ✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi. ✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi. ✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi. 📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi. ✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi. ❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 13 авг.1 1053из ijtimoiyhimoya_agentligi

    #qonunchilikdagi_yangiliklar Yangi qaror: urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarning transport imtiyozlarini ta’minlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. ❗️ Qarorning asosiy maqsadi: transportdan imtiyozli asoslarda foydalanishini tartibga solishga qaratilgan. Qaror bilan: 😲 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan shaxslarga havo va temir yo‘l transportlari hamda shaharlararo avtobus orqali imtiyozli shartlarda (bepul yoki 50 foiz chegirma) yo‘l chiptalari berilishi belgilanmoqda. “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa rezident aviakompaniyalar, “Oʻzbekiston temir yo‘llari” AJning vakolatli bo‘linmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan bepul yoki chegirmali chiptalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali shaxs imtiyozli toifaga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida murojaat qilingan vaqtda beriladi. 😲 Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamg‘armasi o‘zlarining axborot tizimlaridagi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravishda taqdim etib boradi. ✅ Imtiyozli chiptani olish uchun shaxslardan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-karta yoki biometrik pasport) talab etiladi; ✅ Imtiyozli toifadagi shaxsga transport turiga qarab quyidagi chiptalarning biri taqdim etiladi: havo transportida “ekonom” tarif bo‘yicha chipta; ✅ temir yo‘l transportida “ekonom”, platskart yoki kupeli joylar uchun chipta. 😲 Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi (Baraka) orqali bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi. 😲 Koʻrsatilgan transport xizmati xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi. 🖋 Maʼlumot uchun, 2025-yilda transport xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 50 mingga yaqin shaxsga 4,3 mlrd so‘mlik imtiyozli yo‘l chiptalari taqdim etilgan. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 12 авг.1 32316

    Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha belgilangan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda. 2026-yilning 6 oyi davomida 562 918 ta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berildi. Shundan: elektr energiyasi uchun – 51 427,8 mln so‘m; tabiiy gaz uchun – 40 702,3 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘landi. Kompensatsiya olish bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 12 авг.1 11453

    Ijtimoiy sug‘urta: “Bu biz uchun katta yordam bo‘ldi” 👫 Farzand dunyoga kelishi – har bir oila hayotidagi eng quvonchli va mas’uliyatli davr. Bu paytda onaga ko‘rsatilgan moliyaviy va ma’naviy ko‘mak har qachongidan-da muhimdir. 💵 Bugun ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash jarayoni soddalashtirildi va qamrovi yanada kengaytirildi. Bu esa minglab ayollarimiz uchun real moliyaviy suyanchga aylanmoqda. ✅ Namangan shahri, Kosonsoy hamda Davlatobod tumanlarida yashovchi onalar ushbu nafaqa ularning oilasiga qanday ko‘mak bo‘lgani haqida samimiy fikrlarini bo‘lishishdi. 🎬 Ularning hayotiy hikoyalari va taassurotlari – videoroligimizda! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 12 авг.1 19519

    Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qanday tayinlanadi? ✅ Endilikda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash jarayoni yanada qulay va avtomatlashtirilgan. 🖋 Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgach, ma’lumotlar tizimga avtomatik kelib tushadi. Sug‘urta staji, rasmiy bandlik va daromad haqidagi ma’lumotlar davlat axborot tizimlari orqali tekshiriladi. ✅ Fuqarodan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. ✅ Barcha talablar bajarilganda, nafaqa proaktiv tarzda tayinlanadi. ✅ To‘lov “Baraka” tizimi orqali ochilgan virtual kartaga o‘tkaziladi. Buning uchun bankka borish shart emas, shunchaki “Baraka” mobil ilovasini yuklab olish kifoya. 🎬 Batafsil ma’lumotni videoroligimiz orqali bilib oling. 🤝 Ijtimoiy sug‘urta — muhim kunlaringizda moliyaviy himoyangiz! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.1 6691

    без подписи

  • без подписи