Ijtimo
СтатистикаIjtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi Bu yerda siz o‘zligimizga mos dunyoqarash bilan yondashilgan, asosan axborot hamda fikriy mavzularda tayyorlangan tahliliy kontentlar bilan tanishishingiz mumkin.
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 622
- 1/48двое суток
- 712
- 1/72трое суток
- 768
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Makka kelishuvi nimani anglatadi? Endi bosqinchi isroil Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonga hujum qilishga jur’at eta olmaydi, chunki bunday urinish sodir bo‘lsa, sionistlar darhol Pokistonning yadroviy zarbasiga uchrashi mumkin. Ushbu kelishuv orqali Yaqin Sharqda yana bir tiyib turuvchi kuch yaratildi. Unda Pokistonning yadroviy salohiyati, Turkiyaning rivojlangan mudofaa sanoati va Saudiya Arabistonining moliyaviy qudrati bitta tizimda birlashdi. Ushbu qadam orqali uchta mamlakat ham bosqinchi isroilni, ham shia hilolini qurishni orzu qilib yurgan Eronni tiyib turadi. Bu degani, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Hind okeani kabi strategik hududlar xavfsizligi ta’minlanmoqda. Endi bosqinchi isroil mintaqada o‘z bilganicha harakat qila olmaydi. Kelishuvda xuddi NATOning 5-moddasiga o‘xshash qoida bor: a’zo mamlakatlardan biriga qilingan hujum barchaga qilingan hujum deb hisoblanadi. Demak, Hindiston Pokistonga, Eron yoki husiylar Saudiya Arabistoniga hujum qilishdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Yaqin orada Turkiya Qizil dengiz koalitsiyasiga qo‘shiladi. Sudan va Somali yo‘nalishida Pokiston bronetexnikasi hamda Turkiya dronlarining paydo bo‘lishi bu hamkorlik chuqurlashayotganini ko‘rsatmoqda. Mintaqa davlatlari endi AQShni yagona xavfsizlik kafolatchisi deb bilmayapti. Uch mamlakat o‘rtasida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, razvedka ma’lumotlarini almashish, texnologiya topshirish va mudofaa sanoati hamkorligi boshlanmoqda. Kelajakda Misr, Suriya, Qatar va boshqa mamlakatlar ham ushbu xavfsizlik tizimiga qo‘shilishi mumkin. Qiziq tomoni shundaki, bosqinchi isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z aralashuvlari bilan bu ittifoqning tuzilishini tezlashtirdilar. Endi bu kuchga javoban Yunoniston, bosqinchi isroil, Hindiston va BAA ishtirokida qarshi blok tuzilishi ham kutilmoqda. Siz nima deb o‘ylaysiz, bu harakatlar tinchlikni saqlab qolish uchun qilinayotgan ishlarmi yoki yangi dunyo urushi uchun tayyorgarlik? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🇺🇿 O‘zbekistonda otaning ismini farzandga familiya sifatida berishga ruxsat beriladi Oliy Majlis Senatida tegishli qonun ma’qullandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaga ota yoki onasining familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi familiya sifatida berilishi mumkin edi. Yangi tartib kuchga kirgach, otaning ismini ham farzandga familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi. Bu o‘zgarish ota-onalarning farzand familiyasini tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🇺🇿 O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri yuritiladi Oliy Majlis Senati ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. 🔹 Ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish uchun javobgarlik tartibi o‘zgartiriladi. 🔹 Bunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bekor qilinib, ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik yuzaga keladi. 🔹 Ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri joriy etiladi. 🔹 Internet va OAVda ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar kiritiladi. 🔹 “Diniy ekstremizm” atamasi qonunchilikda “ekstremizm” atamasi bilan almashtiriladi. 🔹 Ekstremizm haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirish, shuningdek, ekstremizmga oid jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta ijtimoiylashtirish mexanizmlari ham takomillashtiriladi. Qonun muhokamadan so‘ng senatorlar tomonidan ma’qullandi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
без подписи
без подписи
G'azo va bolalar Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar bolalikdagi suratlari bilan bugungi holatini taqqoslamoqda. G‘azoda esa bir avlodning “buguni” undan tortib olindi. Ular shunchaki raqam emas edi. Ularning ham orzulari, quvonchlari va sevgan insonlari bor edi. Bolalar bomba ostida emas, xavfsiz va tinch muhitda ulg‘ayishi kerak. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
без подписи
без подписи
🇪🇸 Pedro Sanches: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz” Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha mamlakatining pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, xalqaro huquq va tinchlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. Sanches Ispaniya xalqaro maydonda yolg‘iz qolayotgani haqidagi tanqidlarga javoban: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz.” deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, adolat va xalqaro huquqni himoya qilayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Bosh vazir G‘azodagi bosqinchi isroil genotsidiga ham to‘xtalib, u yerdagi tinch aholi uchun eng katta umid dunyo ularni unutmaganini his qilish ekanini aytdi. Shuningdek, u tarix zo‘ravonlikka befarq qolganlarni ham, uni oqlaganlarni ham o‘z hukmi bilan baholashini ta’kidladi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🇰🇿 ☕️ Qozogʻistonda Qur’on oʻqiganlarga bepul qahva berish aksiyasi toʻxtatildi Qozog‘istondagi “Jam Press” qahvaxonasi 2026-yil 4–10-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan aksiya doirasida mijozlarga Qur’ondan istalgan surani yoddan o‘qib bergan taqdirda bepul qahva taklif qildi. Aksiya aks etgan videolar TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik tomonidan juda iliq kutib olindi. Ammo afsuski ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bosimidan so‘ng aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan. Biroq qahvaxona ma’muryatining bu harakatlari qonunning qaysi moddasini buzishi rasman e’lon qilinmagan. Bu esa jamoatchilik orasida Markaziy Osiyo davlatlari kuch ishlatar tizimlari ichida hali ham anti-islom qarashdagi shaxslar mavjudligi haqidagi gumonlar paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🇺🇸🇵🇰 AQSH va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi Vashingtonda AQSH va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotning 4-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar “Tolibon”ga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, asosiy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni faollashtirish hamda chegara xavfsizligini mustahkamlashga kelishib olgani ma’lum qilindi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
Bosqinchi isroil genotsid dalillarini yoʻq qilmoqda Bosqinchi isroil 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoda olib borgan shafqatsiz bombardimonlari oqibatida 73 mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirib, fuqarolik infratuzilmasining 90 foizini vayron qilgan. Endilikda esa u genotsid dalillarini yo‘q qilishga urinayotgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, bosib olingan Sariq chiziq hududida bosqinchi isroil kuchlari kamida 10 million tonna vayronalarni tozalagan. Har kuni qariyb 100 ta yuk mashinasiga ortilgan qurilish qoldiqlari shahar tashqarisiga olib chiqilmoqda. Shuningdek, 400 ga yaqin og‘ir texnika urush jinoyatlariga oid jismoniy dalillarni qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘q qilayotgani ta’kidlanmoqda. Hisobotda aytilishicha, bosqinchi isroil armiyasi kuchli bombardimonlar natijasida vayron bo‘lgan hududlarni chiqindilardan tozalab, ularni mutlaqo yalang‘och yer maydoniga aylantirmoqda. Hisobotda shunday deyiladi: “Bu sur’atdagi tizimli vayronalarni olib tashlash bosqinchi isroilning G‘azoda sodir etgan dahshatli jinoyatlari, ayniqsa genotsid bilan bog‘liq jinoyatlar (jumladan sudsiz qatl etish va qurolsiz tinch aholini o‘ldirish) bo‘yicha dalillarni yashirmoqda. Ushbu hududlar ularning xususiyatlarini o‘zgartirishi yoki butunlay yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan har qanday aralashuvdan oldin sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilishi va keng qamrovli jinoyat tergovidan o‘tkazilishi kerak.” Hisobot mualliflari ushbu amaliyot International Criminal Court (Xalqaro Jinoyat Sudi) tomonidan tergov qilinayotgan jinoyatlarga oid dalillarni qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada yo‘q qilishi mumkinligini qayd etgan. Xalqaro Jinoyat Sudi 2024-yilda Benjamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azoda sodir etilgan jinoyatlari bo‘yicha hibsga olish orderini chiqargan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchi isroil armiyasining 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoga uyushtirgan bombardimonlari oqibatida 73 mingdan ortiq tinch aholi oʻldirilga, G‘azodagi fuqarolik infratuzilmasining esa qariyb 90 foizi vayron qilingan. Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
⚖️ Abu-Dabi sun’iy intellekt asosidagi sud platformasini ishga tushirmoqda Abu-Dabi Sud departamenti 2026-yil sentabr oyida to‘liq integratsiyalashgan sun’iy intellekt (SI) sud platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. 18 oylik sinov davrida tizim ishlarni tahlil qilish, hujjatlarni ko‘rib chiqish, huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va o‘xshash sud qarorlarini izlash kabi vazifalarni bajaradi. Yakuniy qaror chiqarish vakolati esa sudyalarda qoladi. Loyiha sud ishlaridagi kechikishlarni kamaytirish va o‘xshash holatlar bo‘yicha yanada izchil qarorlar qabul qilinishini ta’minlashni maqsad qilgan. Biroq tizimning texnik tuzilishi, qanday ma’lumotlar asosida o‘qitilgani, uni ishlab chiqqan kompaniya hamda inson nazorati qanday yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Bu jihatlar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sun’iy intellektni sud tizimida qo‘llash borasidagi ehtiyotkor yondashuvidan keskin farq qiladi. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🇦🇫 Afg‘oniston Islom Amirligi haj ziyoratchilariga ortib qolgan mablag‘ni qaytarmoqda Afg‘oniston Islom Amirligi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bu yilgi haj mavsumida ziyoratchilardan yig‘ilgan mablag‘ning sarflanmay qolgan qismini hojilarga qaytarishni boshladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 30 ming nafar hojidan jami 7 milliard 818 million 307 ming 200 afg‘oniy yig‘ilgan. Haj tadbirlariga 7 milliard 723 million 741 ming 583,60 afg‘oniy sarflangan bo‘lib, natijada 94 million 565 ming 616,40 afg‘oniy ortib qolgan. Shunga ko‘ra, har bir hojiga 3 223 afg‘oniydan qaytarib berilmoqda. Mablag‘ni olish uchun hojilar pasporti (asl nusxasi yoki rangli nusxasi) hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Kobuldagi Haj majmuasi yoki viloyatlardagi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bo‘limlariga murojaat qilishi mumkin. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
🐍 G‘azodagi chodirlarda hayot tobora og‘irlashmoqda Bosqinchi isroil hujumlari oqibatida o‘z uylaridan ayrilgan falastinliklar endi yana bir sinovga duch kelmoqda. Chodirlar atrofida to‘planib qolgan chiqindilar sabab ilon, kalamush, suvarak va boshqa zararli jonivorlar odamlar yashayotgan joylargacha kirib bormoqda. Toza suv tanqisligi tobora kuchayib borayotgan G‘azoda bolalar burga va hasharotlar chaqishi oqibatida turli yara va infeksiyalarga chalinmoqda. Tibbiy yordam esa deyarli mavjud emas. Eng ko‘p aziyat chekayotganlar bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlardir. Ular teri kasalliklari, infeksiyalar, quyosh urishi va kuchli holsizlik bilan kurashishga majbur bo‘lmoqda. 🔗 Bosqinchi isroil genotsidi faqat bombardimonlar bilan emas. Ochlik, suvsizlik, kasallik va inson yashashi mumkin bo‘lmagan sharoit ham G‘azo aholisiga qarshi davom etayotgan fojianing bir qismidir. Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi @ijtimo_tg
📊 IJTIMO — Yoshlar Tahliliy Platformasi 1 oylik faoliyat hisoboti 📅 2026-yil 3-iyul – 3-avgust Bir oy davomida platformamiz ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borib, quyidagi natijalarga erishdi: 📸 Instagram • 4 875 obunachi • 2 200 000 ta ko’rilish 📘 Facebook • 423 obunachi • 83 000 ta ko’rilish ✈️ Telegram • 3 430 obunachi • 75 735 ta ko’rilish ▶️ YouTube • 143 obunachi • 4 200 ta ko’rilish 📈 Umumiy natijalar 👥 Jami obunachilar: 8 871 nafar 👁️ Jami ko’rilishlar: 2 362 935 ta Mazkur natijalar platformamizning axborot-tahliliy kontentlari keng auditoriyaga yetib borayotganini va yoshlar orasida qiziqish tobora ortib borayotganini ko’rsatadi. 🤝 Barcha kuzatuvchilarimiz va qo’llab-quvvatlovchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Birgalikda sifatli va ishonchli axborot ulashishda davom etamiz. @ijtimo_tg
без подписи
без подписи
без подписи