Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali
СтатистикаProfessor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi Professor qabuliga yozilish uchun admin @Professor_admiin bilan bogʻlaning
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 645
- 1/48двое суток
- 1 885
- 1/72трое суток
- 2 033
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️ PROFESSOR ZARIFBOY IBODULLAYEV: TAFAKKUR BO‘LMASA, MUSHT VA SO‘KISH ISHGA TUSHADI Inson o‘z fikrini, hissiyotini va xatti-harakatlarini boshqara olmasa, muammoni muloqot va tafakkur orqali hal qilish o‘rniga kuch ishlatish, haqorat va so‘kishga murojaat qilishi mumkin. Ammo insonni inson qiladigan eng katta kuch — musht emas, tafakkurdir. 🎬 Bu qisqa videoda professor Zarifboy Ibodullayev inson xulqi, tafakkur va tajovuz o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida fikr bildiradi. 👉 Videoni tomosha qiling va o‘z fikringizni izohlarda qoldiring. 🎬 Podkastning to‘liq qismini tomosha qiling: https://youtu.be/dlMzvvCjsko?si=N-SuZtm5aITbaLmL
📢 DIQQAT E’LON KOʻPCHILIKNI ILTIMOSIGA BINOAN 🎓Professor Zarifboy Ibodullayev endilikda “Real Medical” klinikasida ham haftada bir marta bemorlarni qabul qiladilar! 📅 Qabul kuni: Har PAYSHANBA 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, “Real Medical” klinikasi 🏥 Nevrologik muammolar, bosh og’rig’i, uyqu buzilishlari va boshqa asab tizimiga oid kasalliklar bo’yicha malakali maslahat va davolanish uchun professorimizga murojaat qilishingiz mumkin. ☎️ Qabulga yozilish uchun: +998 97 241 03 03 +998 97 249 03 03 ✅ Sog’lig’ingiz — eng katta boylik. O’z vaqtida mutaxassisga murojaat qiling!
‼️ HOKIMIYAT ODAMNI BUZMAYDI — uning asl basharasini ochadi! Professor Zarifboy Ibodullayev ❓Nega ayrim hokimlar kursiga o‘tirgach, o‘zini hammadan “aqlli” deb biladi? ❓Hokimiyat odamni o‘zgartiradimi yoki uning asl basharasini ko‘rsatadi? ❓Nima uchun yolg‘on tez tarqaladi? ❓Bugun aksariyat odamlarning hamma narsasi bor, lekin nega ular o‘zlarini baxtli his eta olmayapti? ❓Diktatorlar tug‘iladimi yoki jamiyatning o‘zi ularni yetishtiradimi? ❓Bolalikdagi ruhiy jarohatlar inson taqdirini qanday o‘zgartiradi? 🎬 “Qarorgoh”ning bugungi mehmoni — tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev bilan ana shu savollarga javob izladik. ✅ Shuningdek, suhbat davomida tarixiy shaxslar, rahbar psixologiyasi, bolalik travmalari, ijtimoiy tarmoqlarning ruhiyatga ta’siri, kitobxonlik, ma’naviyat va jamiyatning ruhiy salomatligi haqida keskin, bahsli va chuqur mulohazalar o‘rtaga tashlandi. 🎬 Podkastni to‘liq tomosha qiling 👇 https://youtu.be/dlMzvvCjsko?si=N-SuZtm5aITbaLmL ✅ BIZNI KUZATIB BORING
Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali pinned a video
ZARIFBOY IBODULLAYEV: NEGA INSONLAR ASABIY? Siz kutgan daqiqalar yetib keldi😊 Yurtimizning eng tajribali neyropsixologi hamda Fransiya Oliy Psixomotor Reabilitatsiya instituti (ISRP) Faxriy professori, Sog’liqni Saqlash Vazirligi Bosh tibbiy psixologi-psixoterapevti @zarifboy_ibodullayev_official bilan bo‘lib o‘tgan foydali suhbatimizning to‘liq soni “YouTube” kanalimizga joylandi. P.S. Suhbatimizning to’liq qismini havola orqali tomosha qilishingiz mumkin! https://youtu.be/bC4Dd9VpF7k?si=RVderAgqBTZyf8yV YouTube | Instagram | Facebook #zarifboyibodullaev #younguzbekistan
PROFESSOR ZARIFBOY IBODULLAYEV: 🚨 Nega ba’zi insonlar hech qachon o‘zini baxtli his qilishmaydi? Ba’zan insonning eng katta muammosi — Oʻzidan qoniqmasligidur Doimo o‘zini boshqalar bilan solishtiradigan, bor ne’matlariga shukr qilmaydigan va hayotidan norozi bo‘lib yashaydigan inson asta-sekin o‘z ruhiy xotirjamligini yo‘qota boshlaydi. 🧠 Shukr — bu shunchaki so‘z emas. U insonning ruhiy barqarorligi, ichki xotirjamligi va hayotdan mamnun bo‘lishiga xizmat qiladigan muhim psixologik omildir. ✨ O‘zidan qoniqishni o‘rganmagan inson: ❌ Hech qachon o‘zini yetarli deb his qilmaydi. ❌ Erishgan yutuqlaridan quvonmaydi. ❌ Boshqalarning hayoti bilan yashay boshlaydi. 💡 Haqiqiy baxt ko‘proq narsaga ega bo‘lishda emas, bor narsaning qadrini bilishda. 💬 Sizningcha, insonni baxtli qiladigan narsa ko‘proq narsaga ega bo‘lishmi yoki boriga shukr qila olishmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. 🌿 Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali pinned «🔴 O‘zbekiston dori bozorining 85 foizi importga bog‘liq — Jahon banki O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2024-yilda qariyb 2 milliard dollarga yetgan. Biroq bozordagi dori vositalarining taxminan 85 foizi import hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Jahon banki tahliliga…»
🔴 O‘zbekiston dori bozorining 85 foizi importga bog‘liq — Jahon banki O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2024-yilda qariyb 2 milliard dollarga yetgan. Biroq bozordagi dori vositalarining taxminan 85 foizi import hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Jahon banki tahliliga ko‘ra, sohadagi tartibga solish va infratuzilma muammolarini hal qilish qariyb 200 million dollar miqdoridagi xususiy investitsiyalarni jalb etish hamda 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini berishi mumkin. Jahon banki guruhining “O‘zbekiston xususiy sektori diagnostikasi” hisobotida mamlakat farmatsevtika sohasining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2024-yilda qariyb 2 milliard dollar hajmiga yetgan. Ammo bozorning o‘sishi hozircha asosan import hisobiga ta’minlanmoqda: xorijdan olib kelinadigan dori vositalari bozorning qariyb 85 foizini tashkil etadi. ✔️ Yangi dorini ro‘yxatdan o‘tkazish 7–12 oygacha cho‘ziladi Jahon banki soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar qatorida tartibga solish jarayonlari hamda zarur infratuzilmaning yetishmasligini ko‘rsatgan. Xususan, O‘zbekistonda yangi dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 7 oydan 12 oygacha vaqt olishi mumkin. Батафсил… Telegram |Instagram | You Tube | Facebook | X
🚨 Sizning hayotingizni voqealar emas, fikrlaringiz boshqaradi! Ko‘pchilik baxt yoki 🚨 Sizning hayotingizni voqealar emas, fikrlaringiz boshqaradi! Ko‘pchilik baxt yoki muvaffaqiyat tashqi omillarga bog‘liq deb o‘ylaydi. Aslida esa inson hayotini eng avvalo uning fikrlash tarzi belgilaydi. 🧠 To‘g‘ri fikr — to‘g‘ri qarorga olib boradi. ❌ Noto‘g‘ri fikr esa qo‘rquv, xavotir va xatolarga sabab bo‘ladi. ✨ Yaxshi fikr ✅ O‘ziga ishonch uyg‘otadi. ✅ Ruhiy kuch beradi. ✅ Yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. ✅ Insonni rivojlanishga undaydi. ⚠️ Salbiy fikr esa ❌ Qo‘rquvni kuchaytiradi. ❌ Ruhiy holatni zaiflashtiradi. ❌ Imkoniyatlarni cheklaydi. ❌ Hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 💡 Unutmang! Hayotni o‘zgartirishning eng birinchi qadami — fikrlashni o‘zgartirishdir. 🎥 Ushbu videoda Professor Zarifboy Ibodullayev inson fikri qanday qilib ruhiyat, sog‘liq va hayot yo‘liga ta’sir qilishini ilmiy asosda sodda va tushunarli tarzda izohlaydi. 💬 Sizningcha, inson taqdirini ko‘proq nima belgilaydi: vaziyatlarmi yoki fikrlash tarzimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uzmuvaffaqiyat
Zarifboy Ibodullayevning rasmiy kanali pinned a video
PROFESSOR ZARIFBOY IBODULLAYEV: 🌓 Yolgʻizlik — dushmanmi yoki imkoniyat? Koʻpchilik yolgʻizlikni faqat salbiy holat deb hisoblaydi. Ammo aslida yolgʻizlikning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. ✅ Toʻgʻri boshqarilgan yolgʻizlik insonni fikrlashga, oʻzini anglashga, ruhiy tiklanishga va shaxs sifatida oʻsishga yordam beradi. ❗️Ammo uzoq davom etgan yolgʻizlik esa tushkunlik, xavotir, ishonchsizlik va ruhiy muammolarga sabab boʻlishi mumkin. 🧠 Muhimi — yolgʻizlikning oʻzi emas, uni qanday qabul qilishimiz va undan qanday foydalanishimizdir. 🎥 Ushbu videoda Professor Zarifboy Ibodullayev yolgʻizlikning inson ruhiyatiga ta’siri, uning foydali va xavfli jihatlarini ilmiy asosda sodda va tushunarli tarzda izohlaydi. 💬 Videoni oxirigacha tomosha qiling va siz uchun yolgʻizlik kuch manbaimi yoki ogʻir sinovmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
PROFESSOR ZARIFBOY IBODULLAYEV: OTA-ONANING IKKI QASRI 👨👩👧 Har bir ota-ona farzandi uchun “qasr” quradi Kimdir bu qasrni 🤍 mehr bilan quradi — tushunish — qo‘llab-quvvatlash — sevgi bilan Natijada farzand 🌱 ishonchli 🌱 xotirjam 🌱 baxtli bo‘lib ulg‘ayadi Boshqalar esa 😠 qahr bilan quradi — baqiriq — bosim — qo‘rquv bilan Natijada esa 💔 ichki qo‘rquv 💔 ishonchsizlik 💔 yopiq xarakter paydo bo‘ladi 🧠 Farzand — siz qurayotgan qasr ichida yashaydi Qaysi qasrni tanlaysiz? 🤍 💬 Sizningcha tarbiyada eng muhimi nima? Izohlarda yozib qoldiring 👇 Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
🚨Professor Zarifboy Ibodullayev: "O'zbekistonda ham bunday cheklov zarur!" Bugun dunyoning ko’plab davlatlari bolalar ruhiy salomatligini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko’rmoqda. Professor Zarifboy Ibodullayev fikricha, Avstraliyada qabul qilingan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash tashabbusi chuqur ilmiy tahlilga asoslangan. Professor bunday yondashuvni Oʻzbekistonda ham jiddiy oʻrganish va ijobiy jihatlarini tahlil qilib, amaliyotga tadbiq etish tarafdori. 📱 Ijtimoiy tarmoqlarga erta qaramlik • Diqqatning pasayishi • Ruhiy zo’riqish • Xavotir va depressiv holatlar • Real hayotdagi muloqotning kamayishiga olib kelishi mumkin. 🎥 Ushbu videoda Professor mazkur masalaga ilmiy nuqtai nazardan o’z munosabatini bildiradi va nima uchun bu masala jamiyat uchun dolzarb ekanini tushuntiradi. 💬 Sizning fikringiz qanday? Oʻzbekistonda ham 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov joriy etilishi kerakmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Professor Zarifboy Ibodullayev: 🚨 “3 yildan beri davolanib natija ololmagan bemor atigi 3 kunda o‘zgarish sezdi” Nevroz, vahima xurujlari, qo‘rquv va o‘limdan qo‘rqish hissi bilan uzoq yillar yashash inson hayot sifatini jiddiy pasaytiradi. Videodagi bemor ham aynan shu muammolar bilan 3 yil davomida kurashgan, turli davolanishlarni olgan, biroq kutilgan natijaga erisha olmagan. Professor Zarifboy Ibodullayevning nevroz va psixosomatik holatlarni davolash bo‘yicha 30 yillik tajribasi, shuningdek Fransiya va Germaniya tajribalariga asoslangan metodikasi yordamida bemorda qisqa muddat ichida ijobiy o‘zgarish kuzatildi. ✅ Qo‘rquv hissi kamaydi ✅ Vahima xurujlari nazoratga olindi ✅ O‘lim qo‘rquvi yo‘qoldi ✅ Hayotga bo‘lgan qiziqish va energiya qayta tiklandi 🎥 Ushbu videoda bemorning o‘zi davolanishdan keyingi holati va his-tuyg‘ulari haqida samimiy fikr bildiradi. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
📌 PROFESSOR ZARIFBOY IBODULLAYEV: “Insonning qadri uning mehnati bilan belgilanadi” Har bir mutaxassisning bugungi bilimi, tajribasi va qiymati — yillar davomida qilgan mehnati, izlanishi va fidoyiligining natijasidir. Inson olayotgan haq faqat bugungi bir soatlik ishining narxi emas. U ortida yotgan yillar, tajriba, xatolar, o‘qishlar va tinimsiz mehnatning bahosidir. 🎓 Bilimga sarflangan vaqt, 📚 O‘qilgan kitoblar, 🔍 Qilingan izlanishlar, 💼 To‘plangan tajriba — bularning barchasi mutaxassisning haqiqiy qiymatini shakllantiradi. Shuning uchun insonni uning bugungi natijasi bilan emas, shu natijaga olib kelgan mehnati bilan baholash kerak. 🎥 Professor Zarifboy Ibodullayevning ushbu mavzudagi fikrlari bilan videoda tanishing. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
Professor Zarifboy Ibodullayev Men Fuqaro emasman ‼️ 🧠 “Fuqaro” va “Bek” — so‘z ortidagi ma’no So‘zlar shunchaki talaffuz emas, ular xalqning o‘zini qanday anglashi va qadrlashiga ham ta’sir qiladi. 🎓 Professor Zarifboy Ibodullayev ushbu videoda “fuqaro” atamasining ma’nosi va uning jamiyat ongidagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Shuningdek, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy ildizlaridan kelib chiqib, erkaklarni “Bek”, ayollarni esa “Beka” deb atash g‘oyasi haqida mulohaza bildiradi. 💬 Bu fikr til, milliy o‘zlik, qadriyat va o‘zini anglash masalalariga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. 📌 Sizningcha, insonning o‘zini qanday atashi uning o‘ziga bo‘lgan hurmati va milliy o‘zligini his etishiga ta’sir qiladimi? 🎥 Professorning ushbu mavzudagi fikrlari bilan videoda tanishishingiz mumkin. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
🧠 15–16 yosh Bu davrda bola hamma narsada eng zo‘r bo‘lishni xohlaydi 🔥 ▫️o‘qishda ▫️sportda ▫️do‘stlar orasida 👉 Bu — sog‘lom psixologik rivojlanish belgisi. Lekin muhim bir haqiqat bor ❗️Hayotda har doim yutib bo‘lmaydi Ba’zida 😔 yutqazamiz 😔 xato qilamiz 😔 ortda qolamiz 💡 Aynan shu holatlar insonda eng muhim narsani shakllantiradi 🛡 psixologik himoya va chidamlilik Agar bola ✔️ yutqazishni ham boshdan kechirsa ✔️ xatodan saboq olsa 👉 u hayotga kuchliroq va bardoshliroq bo‘lib kiradi 🤍 Farzandni faqat yutishga emas yutqazishni ham to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgating. Agar farzandingizda shunday alomatlarni sezsangiz, vaqtida mutaxassisga murojaat qiling.👨🏼⚕️ Bu oddiy o‘tib ketadigan holat emas. ⭕ Mutaxassis aralashuvi kerak. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
🚨 RASMIY MUNOSABAT So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda professor Zarifboy Ibodullayev nomidan tarqatilayotgan, go‘yoki ko‘ks artrozini operatsiyasiz davolovchi “sehrli malham” haqida gapirilgan videolar tarqalmoqda. Ma’lum qilamizki, ushbu videolar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi. ❌ Professor Zarifboy Ibodullayev tomonidan hech qanday malham yaratilmagan ❌ Tarqatilayotgan videolar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida soxtalashtirilgan ⚠️ Hurmatli yurtdoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bunday yolg‘on va tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. Professorning rasmiy fikrlari faqat uning rasmiy sahifalari va axborot manbalari orqali e’lon qilinadi. 📌 Mazkur yolg‘on axborotni tarqatgan shaxslarga videoni zudlik bilan o‘chirib tashlash va tarqatishni to‘xtatish uchun 24 soat muddat berildi. Qonunbuzarlik bartaraf etilmasa, holat yuzasidan Bosh prokuraturaga rasmiy murojaat qilinadi. 📢 Iltimos, ushbu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing va faqat rasmiy manbalarga ishoning. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
🎓 XALQARO ANJUMANDA DOLZARB MAVZU KO‘TARILDI 📍 2026-yil 22-may kuni Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda professor Zarifboy Ibodullayev ishtirok etdi. 🧠 Professor o‘z ma’ruzasida “Sog‘liqni saqlash tizimida klinik psixologlar naqadar zarur?” mavzusida fikr yuritib, zamonaviy tibbiyotda ruhiy va psixosomatik holatlarni aniqlash hamda davolashda klinik psixologlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi. Bugungi kunda ko‘plab bemorlarning shikoyatlari ortida nafaqat jismoniy, balki psixologik omillar ham yotadi. Shu sababli tibbiyot va psixologiya hamkorligi sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 📚 Ma’ruzada klinik psixologlarni tayyorlash, ularning amaliy faoliyatdagi ahamiyati hamda sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🎥 Quyidagi videoda professorning xalqaro anjumandagi fikr va mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin. Murojat uchun @Professor_admiin +998900434499 +998773759991 +998919344499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz
📍 2026-yil 22-may kuni Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida “Innovatsion pedagogik yondashuvlar va psixologik farovonlikni rivojlantirishning zamonaviy usullari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 🧠 Mazkur anjumanda pedagogika, psixologiya va tibbiyot sohalarining dolzarb masalalari muhokama qilinib, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda jamiyatning psixologik farovonligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy fikr va takliflar ilgari surildi. 👨🏫 Anjuman davomida yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, tajriba almashdilar. 🤝 Bunday ilmiy uchrashuvlar ta’lim va psixologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirish, mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi. 📹 Quyida anjumandan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. +998900434499 Instagram | Facebook | Telegram |YouTube | asab.uz