Karim Raximov
СтатистикаYo asling kabi ko'rin, Yo ko'ringaning kabi bo'l! Jaloliddin Rumiy https://sites.google.com/view/karimraximov
- Последний пост
- 23 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 650
- 1/48двое суток
- 1 890
- 1/72трое суток
- 2 039
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,... Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi. ✨ Qisqacha raqamlarda: 🏆 50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi. 📈 Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi. 🌍 17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 👨🎓 Olimpiadalarimizda 10 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni 100 ming martadan oshdi. 🏕 Yillik reyting bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi "Yozgi maktab" loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (20-26 iyul kunlari) 🛫 O‘quvchilarimiz bilan AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Turkiya davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda AQSh (26-31 iyul Nyu York va 1-6 avgust Boston), Buyuk Britaniya (2-9 avgust) va Xitoy (10-16 avgust) safarlari bizni kutmoqda! 🥇 Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 80 dan ortiq o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi. 📍 Olimpiadalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarni qamrab olgan holda 31 ta manzilda tashkil etildi. Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam. Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda! Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari! 🚀
O'zbekiston finalga chiqsa zo'r bo'lardida... Ispaniyaning bosh vaziri va Argentinaning prezidenti siyosiy pozitsiyalari va Yamal (barsa muxlisi emasman) degan bolani qo'lidagi bayroq uchun ham bugun Ispaniyaga muxlislik qilaman... @karimraximov
📢 Dynamical Days Jizzakh 2026 xalqaro yozgi maktabi 2026-yil 14–18-sentabr kunlari Jizzax pedagogika universitetida dinamik sistemalar bo‘yicha besh kunlik “Dynamical Days Jizzakh 2026” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi. Yozgi maktab xaotik dinamik sistemalarning statistik xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy funksional-analitik va ehtimollik usullariga bag‘ishlanadi. 🎓 Taklif etilgan ma’ruzachilar: 🔹 Carlangelo Liverani University of Rome Tor Vergata, Italiya Standard Pairs, Projective Cones and Limit Theorems 🔹 Wael Bahsoun Loughborough University, Buyuk Britaniya Transfer Operators and Young Towers Dastur davomida jami 8 ta asosiy ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 👥 Yozgi maktab bakalavr va magistratura talabalari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar hamda dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizika yo‘nalishida ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. 📅 O‘tkazilish sanasi: 14–18-sentabr, 2026-yil 📍 Manzil: Jizzax, O‘zbekiston ⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi: 15-avgust, 2026-yil 🌐 Batafsil ma’lumot va dastur: https://dynamical-days.vercel.app/ 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://seminar.jdpu.uz/ Dinamik sistemalar va ergodik nazariyaga qiziquvchi barcha yosh matematiklarni ushbu xalqaro yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz! @karimraximov
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! Ushbu muborak ayyom barchamizga ezgulik, xotirjamlik va baraka olib kelsin. Yurtimizdagi har bir oilada olim va olimalar ko'paysin, yurtimiz olimlar yurti bo'lsin! @karimraximov
Yoshlarga... Oroldasan... u yerdan ketging keladi, lekin qayig'ing yo'q. Doim qayg'urasan, men bu yerdan yaxshiroq joylarga loyiqman deb o'ylaysan. Aslida istagan paytim qayiq yasab bu yerdan keta olaman deb ham o'ylaysan. Meni qo'limdan ko'p narsa kelgan, bundan keyin ham keladi deysan... Bir necha bor qayiq yasashni boshlagansan, 1-2 kunlik ishdan keyin qorin dardi seni qiynagan va ovga chiqqansan, oving doim baroridan kelgan. Ayrim payt o'ylab qolasan, balki hozirgi joyim yaxshidir, har kuni go'shtxo'rlik... Haliyam oroldasan, seni tushunadiganlar yo'q, kesgan daraxtlaring tagi ya'ni to'nkalar bilan gaplashib o'tirasan. Borib-borib o'zingni to'nkalar ichidagi bir aqlli deb his qila boshlaysan, sen ular ichida eng aqllisisan. Aslida qayiq yasash uchun senda hamma narsa bor, lekin uni yasash sen uchun uncha yoqimli ish emas, qani endi o'zi yasalib qolsa. Balki endi orolda orttirgan hurmatingni yo'qotish va odamlar orasiga borganda bunday obro'ga ega bo'lish uchun qilinadigan harakat qayiq yasashdanda ko'ra qiyinroq ekanligini his qilayotgandirsan... Yoshlar bu hayotda juda ko'p bor orolga tushib qolasizlar. Hayot shunday bir oroldan ikkinchisiga, unisidan boshqasiga... Har safar qayiq yasashingizga to'g'ri keladi. Qaysidir payt, faningizni qattiq o'zlashtirish qayiq bo'lib xizmat qilsa, qaysidir payt Ingliz tilini o'zlashtirish shu vazifani bajaradi. Agar harakat qilmasangiz qaysidir orolda qolib ketishingiz hech gap emas... Haliyam oroldasan.....tezda qayiq yasa, qaraaab o'tirmasdan @karimraximov
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yetakchi olimimiz Xitoydagi nufuzli anjumanda muvaffaqiyatli ishtirok etdi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, taniqli matematik Karim Raximov Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Subtropical International Workshop on Dynamical Systems and Analytic Differential Equations” xalqaro ilmiy anjumanida qatnashdi. Ushbu nufuzli tadbirda Karim Raximov 📌 “Measures of large entropy in holomorphic dynamics” nomli ilmiy ma’ruza bilan chiqdi. Ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, olim anjuman davomida o‘zining hammualliflari – sohaning yetakchi mutaxassislari bilan dolzarb ilmiy masalalarni muhokama qildi. Ushbu samarali ilmiy almashinuvlar natijasida yangi ilmiy natijalar olindi, ular kelgusida nufuzli jurnallarda e’lon qilinishi kutilmoqda. ✅ Karim Raximovning ushbu ishtiroki O‘zbekiston matematika maktabining xalqaro maydondagi obro‘sini yana bir bor mustahkamladi.
Diplom olgan bilan olimga aylanib qolinganda edi... PhD diplom oldi degani olim bo'lib qoldi degani emas. Agar diplom bilan olimga aylanib qolinganda edi, kelinglar hammaga phd diplomi beraylik va olimlar yurtiga aylanaylik degan bo'lardim. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar kabi o'ta yetuk olimlarda PhD diplomi bo'lgan deb o'ylamayman. Olim bir kunda paydo bo'lib qolmaydi, shunchaki qandaydir sifatsiz maqolalar insonni olimga aylantirib qo'ymaydi, olim haqiqiy ilmiy muhitda shakllanadi. Haqiqiy olim xatolardan xulosa qila oladigan, hammani qo'lidan keladigan sodda masalani emas aksincha qiyinchiliklarga boy bo'lgan muammolarni hal qila oladigan va jamiyat olim sifatida tan oladigan shaxsdir. Aslida jamiyat tan olmasa diplom shunchaki qog'oz. O'ylaymanki bundan buyog'iga olimlar soniga emas balki sifatiga juda katta e'tibor qaratishimiz kerak. Ayrim yo'nalishlarga tanqid bilan yondashish vaqti keldi. Qayerda katta yoriq bo'lsa oqim shu tomonga qarab harakat qiladi. Yoriqlarni yamash vaqti keldi. Agar shunday qilmasak, haqiqiy olim bo'lib yetishishi mumkin bo'lganlar ham oqimga ergashib soxta olimlar qatoriga qo'shilishi hech gap emas. @karimraximov
“Улардан фанга нима фойда?” — ЎзФА президенти дарров илмий даража олаётган мансабдорлар ҳақида Фанлар академияси президенти Шавкат Аюпов лавозимга тайинланган мансабдорлар кўп ўтмай илмий даражали бўлиб қолишидан ҳайронлигини билдирди. “Ҳозир раҳбар кадр бўлдими, икки йилда PhD бўляпти. Яна икки-уч йил ўтмасдан фан доктори бўляпти... У раҳбар одам қачон илм қилади? Ўзининг иши [кўп бўлса]... Улардан нима фойда фанга?” ЎзФА раҳбари “қароқчи” илмий журналлардаги мақолалар сони бўйича Ўзбекистон юқори ўринларда туриши “катта шармандалик” эканини айтди. Kun.uz расмий канали
Bizning fakultet bakalavr talabasi bipartite graflarda spanning trees soni Ehrenborg tomonidan 2006-yilda tahmin qilingan miqdordan oshmasligini isbotlabdi. Bugun seminarda isboti haqida gapirib berdi. Bakalavr bosqichida o'rgatiladigan bilim/texnikalardan…
Bizning fakultet bakalavr talabasi bipartite graflarda spanning trees soni Ehrenborg tomonidan 2006-yilda tahmin qilingan miqdordan oshmasligini isbotlabdi. Bugun seminarda isboti haqida gapirib berdi. Bakalavr bosqichida o'rgatiladigan bilim/texnikalardan chetga chiqilmagan. Men uchun qiziq bo'ldi. Isbotdagi mantiqiy qadamlar to'g'riligini Lean teorema-dasturlash tilida tekshirib ko'rishga ham ulguribdi. - Maqola: https://arxiv.org/abs/2603.17997 - Lean kodi: https://github.com/boonsuan/FerrersBound/tree/main @lazizabdullaev
Miya uchun eng asosiy ozuqa... Dunyodagi eng qimmat go‘sht bu Wagyu. U umrida stress ko‘rmagan molnikidir. Bunday mollarni massaj qilishadi, klassik musiqa qo‘yishadi, eng yaxshi ozuqa bilan boqishadi. Mol esa o'zicha hammasi men uchun deb o'ylaydi. Ammo u bu rohat ortida qanday yakun borligini anglamaydi. Eng achinarlisi, ba’zan inson ham shunday yashaydi. Komfort zonasiga tushib qoladi, savol bermaydi, izlanmaydi, anglashga harakat qilmaydi. Hayotda "komfort" yechim emas, haqiqiy yechim o'zlikni anglash va shunga qarab harakat qilish. Faqat komfortga intilgan millat borib-borib kimdirlar uchun Wagyu go'shtga aylanadi...hozirgi dunyoda bunday misollar juda ko'p... Shanchaki aytmoqchimanki, hech qachon ilm olishda to'xtamaslik kerak. Miyaning asosiy ozuqasi bu ilm (sizlar Wagyu deb o'yladizlara), uni boshqa narsa bilan almashtirmang... @karimraximov
🎢Me’mor Sinan ko‘prigi haqida eshitganmisiz? 🔩Mix yoki yelimsiz ko‘prik qurish — bu nafaqat muhandislik, balki chuqur matematik tafakkur mahsulidir. To‘g‘ri qo‘llangan geometriya va kuchlar muvozanati prinsiplari orqali konstruksiya o‘z-o‘zini tutib turishi…
🎢Me’mor Sinan ko‘prigi haqida eshitganmisiz? 🔩Mix yoki yelimsiz ko‘prik qurish — bu nafaqat muhandislik, balki chuqur matematik tafakkur mahsulidir. To‘g‘ri qo‘llangan geometriya va kuchlar muvozanati prinsiplari orqali konstruksiya o‘z-o‘zini tutib turishi mumkin. Tarixda bunday yondashuvni mukammal darajada namoyon etgan buyuk me’morlardan biri — Mimar Sinandir. XVI asrda yashagan ushbu dahoning inshootlarida nafaqat estetik mukammallik, balki matematik aniqlik va muvozanat mujassam. Tales matematika muzeyida namoyish etilgan Mimar Sinan ko‘prigi maketi — aynan shu ilmiy yondashuvning yorqin namunasi. Unda har bir elementning joylashuvi va o‘zaro ta’siri mukammal hisob-kitobga asoslangan. 🇹🇷 TALES xalqaro olimpiadasi final bosqichida ishtirok etuvchi o‘quvchilar mana shunday o‘nlab noyob eksponatlar bilan tanishib, matematikaning real hayotdagi qo‘llanilishini chuqur anglash imkoniga ega bo‘ladilar. Eslatib o‘tamiz, TALES xalqaro olimpiadasining saralash bosqichiga atigi 2 kun qoldi. Fursatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ t.me/khiso/5620
Ramazon hayiti ayyomi barchamizga muborak bo'lsin! Boshqa yurtdagi musulmonlarga ham hayit ayyomini bizning yurtdagi kabi tinchlik osoyishtalikda bayram qilish nasib qilsin! @karimraximov
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265... Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring! @karimraximov
Ertaga Xalqaro matematiklar kuni, shu munosabat bilan bir chimdim matematik hazil! Bir shogird uylanayotgan ekan yuqoridagi rasmni o'z ichiga olgan taklifnomani tashlab to'yiga taklif qildi! -Ajoyib sinus va cosinus kvadratlari yig'indisi 1, bir oila bo'lyapmiz demoqchisizlarda? -xuddi shunday; -sinus kim-u cosinus kim? -men cosinus, keliniz sinus; -zo'ru, lekin 45 gacha zo'r, 45 dan uyog'iga sinus qo'lga ovoladiyu... -yo'g'e? -agar argumentda 2x bo'lsa, hozirdan ish chatoq... @karimraximov
"Xaos"ning matematikasi Xaos bu tartibsizlik. Dunyodagi ko'pgina hodisalar xaosga misol bo'ladi. Sodda qilib aytganda oxirini hisob kitobli bashorat qilib bo'lmaydigan hodisa xaos hisoblanadi. Men ishlaydigan sohalardan biri xaos va uni matematik tahlil qilish. Xaosning o'z darajasi bo'ladi va uni entropiya deyiladi, u qancha yuqori bo'lsa jarayonda tartibsizlik shuncha yuqori. Xaosning matematik tahlilli shuni ko'rsatadiki 2 ta xaos qo'shilganda yuqori entropiyali tartibsizlik past entropiyali tartibsizlik qaysidir ma'noda yutib yuboradi. Bundan siyosatda ko'p foydalanishadi, agar boshqarilmaydigan xaos shakllansa undan yuqoriroq entropiyali boshqariladigan xaos yaratib birinchi xaos yopib yuborishadi. Misol uchun Amerikada Epstein fayllari e'lon qilingandan keyin hukumat boshqara olmaydigan xaos shakllandi va buni bosish uchun Eronga hujum qilib qo'ya qolishdi. Albatta bu urush yuqori entropiyali xaos. Lekin Eron ham anoyi emas ekan, ular bu xaosdan ham yuqoriroq entropiyali xaos hosil qildi va hozir oxir oqibat boshqarilmaydigan xaos hosil bo'ldi. Boshqarilmaydigan xaos shunday narsaki, oxir oqibat umuman kutilmagan natija berishi mumkin. Aytgancha katta entropiyali xaosni katta kuch yoki yuqori darajali ilm orqali sodir qilish mumkin, uni boshqarish esa ilm va kuchni birgalikda talab qiladi. Shuning uchun yoshlar kelajakda atrofingizdagi xaoslarni boshqarish uchun hozir ilm olish juda ham zarur, bo'lmasa boshqalar yaratgan xaosda shunchaki tentirab yurgan nuqta bo'lib qolasiz. @karimraximov
2025-yil sarhisobi Erishilgan yutuqlar: -yuqori reytingdagi (Q1+) jurnallarga 2 ta maqola va yana 3 ta maqola; -shogirdim Sardor Bazarbaev phd himoya qildi; -shogirdlarim bilan yangi bir ilmiy maktabni poydevorini qo'ydik va asta sekin rivojlantirib borayapmiz; -shogirdlarimda ancha o'sish kuzatildi va bu meni juda xursand qilmoqda; -yana boshqa mayda yutuqlar! Yo'qotilganlar: 14 kg vazn yo'qotdim, bu ham aslida yutuq bo'lsa kerak 2026-yilgi rejalar aniq va katta, ular haqida keyinroq yozaman! @karimraximov