- Последний пост
- 29 янв. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
DeepSeek, nima u? AI olamida katta ta’sirga ega bo’lgan voqelik... DeepSeek – Xitoyning 2023-yil tashkil topgan startup kompaniyasi tomonidan yaratilgan yangi AI model va bu model hozirda mavjud OpenAI modellaridan yaxshiroq va arzonroq. Agar siz kuchli AI modellarini yaratmoqchi bo‘lsangiz, sizga kuchli AI chiplar kerak bo‘ladi. Aksriyat 'advanced' AI (GPU) chiplarni tayyorlaydigan kompaniya bu Amerikaning Nvidia kompaniyasi. Hozirda bu chiplar juda muhim bo‘lgani uchun, AQSh hukumati Nvidia’ga ushbu chiplarni xitoylik kompaniyalarga sotishni taqiqlagan (chunki AI sohasidagi hukmronlik o’ta muhim). Savol tug’iladi - ular qanday qilib OpenAI’dan ham kuchliroq model yaratishga muvaffaq bo‘lishdi? Qiziq joyi shu. Ularda juda cheklangan miqdorda Nvidianing H800 chiplari bo’lgan (ba’zi expertlar bunga qo’shilmayapti) va bu miqdor kuchli model yaratish uchun bu yetarli emas. Lekin ular ajoyib katta texnik innovatsiyalar qilishdi - AI modellarini o’ta samarali o‘rgatish ‘training’ qilish yo’lini topishdi. Natijada, OpenAI, Microsoft yoki Google kabi kompaniyalar ishlatgan resurslarning , masalan, atigi yuzdan bir qismini ishlatish orqali yaxshiroq AI model yaratishga muvaffaq bo‘lishdi va o’ta arzonga. Ular $6 mln dollardan kamroq sarflashgan bo’lsa, bu qiymat boshqalarda milliardlab dollarga teng! Ammo bilasizmi, yanada qiziq joyi nima? Bu AQShning ko‘plab kompaniyalari uchun katta zarba bo‘ldi. Chunki, nafaqat ular o‘zlarining ajoyib AI modellarini yaratishdi, balki uni ochiq manba (open-source) qilib qo‘ydilar. Ya’ni, ular butun dunyoga: "Biz buni qanday qilganimizni nafaqat aytamiz, balki AI modellarining kodini ham beramiz, xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin," deb e’lon qilishdi. Bu esa OpenAI’ning ko‘plab modellarining qiymatini sezilarli darajada tushirib yubordi, chunki endi undan yaxshiroq va bepul alternativ bor. Bu hozirda Xitoyning innovatsion kuchi! Doim to’g’ri emas, lekin ba’zida 'eng yaxshi innovatsiyalar qattiq zaruriyat paytida kelib chiqadi' @saidovhakimjon
Bilaman, bu yerda ko'pchiliklaringiz Master yoki PhD programmalariga topshirish niyatlaringiz bor. Ko'pgina top grad school programmalarda yaxshi GRE bo'lishi talabi bor. Abdurashid tomonidan tashkil qilinayotgan workshopga qatnashishni tavsiya qilaman. Juda foydali bo'ladi sizlarga deb o'ylayman. @saidovhakimjon
GRE 101: Your Roadmap to Grad School Success Let's face it - staring at GRE practice questions can feel like reading hieroglyphics, especally the Verbal section. "Wait, what's a 'cacophony'?"; "Why does this geometry question look nothing like what I learned?"; "How am I supposed to write a 400-word essay in English in just 30 minutes?"... Sound familiar? I've been there. And next Tuesday, I'm doing something special - hosting a FREE workshop where I'll: -Address your questions - Break down what actually matters on the GRE (hint: not everything in those thick prep books!) - Show you the patterns in Quant questions that most students miss - Reveal my vocabulary learning system that actually sticks - Share time-tested strategies that have helped my students boost their scores by 10+ points Best part? You won't have to sit through a boring lecture. We'll solve real GRE questions together, dissect them, and you'll leave knowing exactly how to tackle them on test day. 📅Date: January 21st 🕘Time: 9:00pm Tashkent Time 📌Channel: @GradSchoolAdmissions Share this post with your friends!
Ba'zida kunni shunday boshlaymiz 😁. Mr. Inorganic ni xotirlash, katta olim. @saidovhakimjon
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Hammaga salom! Ko’pchiligingizni xabaringiz borki, NUS dan Northwestern University (NU) ga ko’chib o’tdim. Singapurdagi faoliyatimni tugatish va Amerikada ishni boshlab olish biroz vaqt va e’tibor talab qildi. Lekin jarayon zavqli. Ba'zi taasurotlarim: • Go’zal kuz va sovuq qish. Joylashuv juda muhim, chunki yashaydigan joyni kayfiyatga ta’siri juda katta. Universitet Michigan ko’li yoqasida joylashgan, suv yoqasini yoqtiradiganlar mazza qiladi. Kuzi o’ta chiroyli, qishi esa o’ta sovuq. Bahorini endi bilamiz :) • Ilmiy muhit va sharoitlar. Bu jihat men kutganimdan ham yaxshi ekan - professorlarni qo’llab quvvatlashi, g’oyalaringizni amalga oshirish uchun sharoit va ilmiy hamkorlik (collaborative spirit) - o’z sohasida eng obro’li professorlar bilan muhim ilmiy muommolar ustida ishlashlar juda yaxshi darajada. • Jamoat transporti. Bu jihat umuman Amerikada yaxshi emas. Shaxsiy avtomobilsiz harakatlanish o’ta qiyin. Singapur bu jihatdan boshqa darajada. @saidovhakimjon
Hech nima davlatni ilmchalik rivojlantirmaydi va dunyoga tanitmaydi. Qochirimni yaxshi ko`radigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan so`rashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi: -biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablag` ajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar ko`paydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yig`ilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana o`zim ham millionerman. Gapirsam gap ko`p lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bo`lmaydi, sizlar esa men aytgan yo`ldan boravinglar hammasi zo`r bo`lib ketadi. Bu gaplarim bilan hech nima demoqchi emasman! Mayli aytmoqchiman: sportga e'tibor beraverish kerak lekin hamma narsa ilmga bo`lgan katta e'tibordan keyin bo`lishi kerak. @karimraximov
Multiple PhD student fellowship positions are available for Spring and Fall 2025 Admission! The KAUST fellowship totals $75,000 per year, including top-notched housing, stipend, health insurance, and airfare. A big plus - KAUST students have access to state-of-the-art research facilities for semiconductor research and ample resources to travel around the world for top notched conferences. Apply if you are interested in advanced 3D integrated transistors and IC, as well as (ultra)wide bandgap semiconductors. Our research areas include CMOS, Power/RF Electronics, Photonics, Memory, 3D integrated circuits. Applicants from Electrical Engineering, Material Science, Physics, and Applied Physics are welcome to apply! If you are interested and meet academic standards mentioned in the flyer, pls send your CV via email. For application and inquiry, please contact Prof. Xiaohang Li at xiaohang.li@kaust.edu.sa with your CV. Spring 2025 deadline : 1 October 2024 Fall 2025 deadline: 11 January 2025 @saidovhakimjon
Mustaqillik bayramingiz muborak bo'lsin 🕊 @saidovhakimjon
🔥 We had a productive discussion and enjoyed a great lunch with Dr. Juraev and Dr. Saidov, focusing on our future collaborations and plans in energy conversion and applications. @physClub
Singapurdan ketish oldidan, tungi sayr :) Spectra – A Light & Water Show, Marina Bay Sands. Bu safar bu show odatdagidan ancha boshqacha tuyuldi men uchun, juda yoqimli muhit. Umid qilamanki hali bu yerga yana ko'p kelaman kelajakda. @saidovhakimjon
Bir Professorni ma'ruzasida edim, ma'ruzani quyidagi bitik bilan yakunladi: "Wrapped in the world of light, life appears in the most magical form" "Yorug'lik olamiga burkanganda, hayot o'zining eng mo'jizaviy ko'rinishida namoyon bo'ladi" Ajoyib-a? Aytmoqchiki, yorug'liksiz hayot bo'lmaydi, va shu nur ta'siri ostida hayot shu qadar sirli va mo'jizaviyki, uni hech o'rganib tugatolmaymiz :) @saidovhakimjon
Yuqoridagiga qo'shimcha, bu professorni shaxsan taniyman - juda yaxshi mentor PhD uchun, yo'nalishi ham juda qiziq va muhim. PhD ga open positioni bor ekan, qarab ko'ringlar: Info: "Can you imagine actually “seeing” the complex interface between a nanostructure and a molecule? Application deadline: Aug 31, 2024. You will break new ground at the absolute forefront of what is possible. You will advance (cryo) electron microscopy imaging & spectroscopy techniques representing a critical avenue for refining our understanding of quantum dot (QD) functionalization, particularly in the area of surface ligand engineering tailored to imaging complex molecular systems, but also in (self)assembly of coupled QD arrays for intriguing electronic and photonic properties. The project is part of an interdisciplinary research collaboration at DTU Nanolab, in close collaboration with Prof. Heiner Friedrich at Eindhoven University of Technology (NL). The group at TU/e utilizes functionalized quantum dots as probes to ‘mark’ macromolecules for comprehensive correlative dynamic studies of interactive polymeric materials, aiming at (bio)engineering and (bio)medical applications. You will focus on understanding the complex interaction between quantum dots and organic ligands to functionalize them for various applications, here as biomarkers to label specific structures in complex molecular systems. Link" @saidovhakimjon
Quyida PhD ga open position lar. Yaxshi professorlar, yo'nalish va universitet (Technical University of Denmark - DTU). Talablariga javob berolsangiz va surface physics ga qiziqsangiz, tayyorlanib topshirib ko'ring: 1. "2 open PhD positions on CO2 electrolysis. One position is operating at high temperatures and looking to relate this to Fischer-Tropsch type catalysis. The other position relates to non-aqueous CO2 electrolysis and how this can vary activity, selectivity, and potentially even mechanisms. The deadline is Sept 1st and the start date should be January 1st, 2025, though there is some flexibility with this. Link1" 2. "Another opening for a PhD student - Will be physics, topology, photons, and fun :) Link2" @saidovhakimjon
Ha darvoqe, hozirda o'tayotgan olimpiadada eng mashhur odam - 51-yoshli Yusuf Dikeç aka, qardosh. Yusuf aka birorta yordamchi apparatlarsiz, bir qo'l cho'ntakda, otishdan kumush oldi, dunyo hayratda 😅. Haliyam bir qo'li cho'ntakda ekan, bo'lmasa bilmadim... 🙃 https://www.euronews.com/2024/08/01/the-star-we-didnt-know-we-needed-turkish-olympic-shooter-yusuf-dikec-takes-the-internet-by @saidovhakimjon
Nima uchun boshlanishi juda qiyin? Hech e’tibor berganmisiz, qaysidir soha biz uchun o’ta murakkab bo’lib ko’rinadi va xuddiki bizni qobiliyatimiz bu narsani tushunishga yetarli emasdek. Aslida esa, qaysidir sohada o’zimizni “qulay” his qilishimiz uchun juda ko’p mehnat, vaqt, resurs…sarflaymiz, ilmimizni oshiramiz ==> shu linza orqali hodisalarni idrok qilamiz. Har qanday yangi amaliyotni boshlanishi - eng qiyin bosqichdir. Barcha uchun shunday, shunchaki qobiliyat hech narsa emas agar to'g'ri yo'nalishda ishlanmasa. Biz uchun shu sohani tushunish vaqt o’tgan sari yaxshilanib boradi qachonki: 1-Takroriy mashg’ulotlar, 2-To’g’ri yo’nalish, 3-Shu sohani o’rganishga bo’lgan kuchli ahd & shijoat & sabr va 4-O’zimiz uchun o’ta qulay muhitda bo’lmaslik yoki bizni rivojlanishga majbur qiladigan muhit, lar bajarilsa. Biror narsani o'rganishda, boshlang'ich qiyinchilikdan qo'rqmang. Qancha ilmingiz oshgan sari, shu soha sizga "oson" lashib boradi va jarayondan zavqlana boshlaysiz, bu eng muhimi. @saidovhakimjon