tgindex
Ikboljon Sobirov

Ikboljon Sobirov

Статистика

AI Scientist | PhD@Oxford ikboljonsobirov.ai@gmail.com Salom! Sun'iy intellekt (SI), Kompyuter Ilmi, Tibbiyot Ilmlari, SIning undagi roli, Oxford hayoti va umumiy ilm-fan yo'lidagi hayotim haqida yozib boraman. @ikboljonsobirov @ikboljonsobirov_ai

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 520
+4 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 667
21 постов
Вовлечённость
105,8%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
656
1/48двое суток
751
1/72трое суток
810

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • AI har bir sohada muammolarni hal qilishda katta yordam bera oladi. Lekin bugungi kunda amalda aksincha koʻproq muammolar keltirib chiqarmoqda. Asosiy sabab nima? AIni aslida bor muammoni aniqlab, yechim sifatida kiritish emas balki hype/trend boʻlgani uchun majburlab hamma narsaga tiqish boʻlmoqda.

  • 10 авг.1 6096221

    Qat’iyat Van Goghning yuqoridagi “Yulduzli tun” asarini ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Butun dunyoga mashhur. Lekin ba’zida biz mashhur asarni ko‘ramizu, uning ortida turgan yillar davomidagi to‘kilgan peshona terini ko‘rmaymiz. Van Gogh nechchi yuzlab asardan keyin “Yulduzli tun”ni chizgan?! Natijani ko‘ramiz. Unga olib kelgan minglab urinishlarni esa yo‘q. Shuning uchun ham muvaffaqiyat ba’zida bizga tasodifdek ko‘rinadi. Xuddi kimdir urinib ko‘rdi-yu, birinchi urinishidayoq “Evrika!”. Aslida yetuk natija uchun yillar davomidagi qat’iyat va izchillik (persistence/consistence) kerak. Bugungi kungi ba’zi yoshlarda men kuzatgan holat shu: men bugun bir ishni qildimmi, ertaga natijasi bo‘lsin. Qat’iyatlik muvaffaqiyat formulasining eng ahamiyatli qismining biri hisoblanadi. Yoshlarga motivatsiya emas, davomiylik yetishmayotgandek. Big Hero 6 multfilmidagi Baymax o‘z hosilini berishi uchun akasi qancha eksperiment qilganini ko‘rsatadigan sahnasi ham juda zo‘r misol bo‘la oladi. Ilmda ham xuddi shunday. Men ilmga 10 yil umrimni sarfladim. Shundayam haligacha boshlang‘ich nuqtada turgan yosh olim, yangi avlod vakiliman xolos. Yo‘limda davom etib, bir necha yuzlab ilmiy ishlarni sifatli davom ettirsamgina, insoniyat uchun tubdan o‘zgartiruvchi yangilik ish qila olishim mumkin bo‘ladi. Bunda, qayta-qayta yangi uslub bilan qilayotgan ming-millionlab eksperimentlarimdan biri butunlayin yangi kashfiyot bo‘lib chiqishi mumkin. Va faqatgina bittasi “tasodifan” dunyoni o‘zgartiruvchi natija bo‘lib chiqishi mumkin. X-ray (rentgen), MRT mashinasi, penitsillin, radium barchasi shunga misol. Biz ularni “tasodifiy kashfiyot” deb aytamiz. Bir “Evrika!” moment bo‘lishi uchun uning ortida yillar davomida hech kim ko‘rmagan mehnat, xatolar, tajribalar va yana bir marta urinib ko‘rishga yetadigan qat’iyat turadi. Motivatsiya birinchi qadamni bosishga turtki bo‘lsa, qat’iyat uni oxirgi natijaga olib boruvchi qurol hisoblanadi. Shunday ekan, birdaniga meva olishga shoshilmay, avval daraxtni parvarishlashni va butun yil davomida uning ustida qunt bilan ishlashni o‘rganishimiz kerak. Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi. Tasodif qat’iyatni afzal ko‘radi.

  • 6 авг.1 69222

    без подписи

  • 6 авг.1 69422

    без подписи

  • 6 авг.1 67922

    без подписи

  • 6 авг.1 50622

    без подписи

  • 6 авг.1 4574622

    Bu hafta University of Bath’daman. Yozgi programmada AI o‘qiyapmiz. (haliyam o‘qiyapsizmi deb so‘ramang, eeh). Qizig‘i programma Simon Prince tomonidan tashkil etilmoqda va leksiyalarning ko‘p qismini o‘zi o‘tyapti. Simon Prince kim? Understanding Deep Learning kitob muallifi. Bu kitob hamma uchun ochiq manba qilingan va juda yengil til bilan yozilib, tushuntirilgan. Agar siz Deep Learning‘ni boshlang‘ich nuqtasida bo‘lsangiz, shu kitob boshlash uchun eng yaxshi manbalardan biri. (Seryozno o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ya’ni). Kitobda o‘zining notebook’lari, presentatsiyalari va bir qancha videolari ham bor. Universitetda DL o‘qitmoqchi bo‘lsangiz ham, juda oson va tayyor manba. Kitob havolasi: https://udlbook.github.io/udlbook/

  • 5 авг.2 2947542

    Chegara Biron ish qilishga otlanar ekansiz sizga negativ fikr bildiruvchilar yog‘ilib keladi. Ular ikki toifaga bo‘linadi. Agar foydali, konstruktiv negativ fikr bersa, albatta bosh ustiga. Bu o‘zingizdagi kamchiliklarni ko‘rish va ishingizni yaxshilash imkonini beradi. Ammo, bir guruh borki, ular o‘z onglarida o‘tib bo‘lmas chegaralarni yaratib olishgan. Va o‘sha chegaralar bilan sizga ham baho beradi. Bel bog‘lab turgan ishingiz oldidan kelib, sizga bu ish imkonsiz ekanini so‘zlaydilar. Chunki ularning o‘zlari siz qilmoqchi bo‘lgan ishni qila olishiga hech qachon ishonmaydilar. Misol sifatida, Oxfordga umuman bo‘lmaydi deyishadi. Yoki grant olish imkonsiz deya safsata bilan boshni qotiradi. Vaholanki, Oxfordga kirish ham, minglab grantlardan birini yutish ham mumkin. Men Oxforddagi birinchi ham, va ishonch bilan ayta olaman, oxirgi ham O‘zbek emasman. Yillar davomida har bir qadamda sizga gumon bilan yondashuv qilishlari tabiiy. "Baland dorga osilibsan" biz uchun begona ibora emas. Shunday ekan, o‘zlari uchun chegaralar qo‘yadigan insonlarning sizga qilgan ishonchsizligi sizning chegarangizga aylanmasin. O‘zingizga ishoning, tavakkal qilishdan qo‘rqmang va harakatdan to‘xtamang. Hech kim muvaffaqiyatni kafolatlay olmaydi. Ammo urinishdan voz kechgan insonning imkoniyati nolga teng. Bu aniq. Harakat qilgan inson esa o‘z imkoniyatini har kuni oshirib boradi.

  • 28 июл.2 452592

    Oʻzbek tili yoʻq boʻlib ketadi Asosiy omillar: 1. Tilshunoslarning beeʼtiborligi. 2. Lotin va kirill alifbosi mojarosi. 3. Internetda oʻzbek tilidagi maʼlumotlarning yetishmovchiligi va texnologik rivojlanishda tilning oqsashi. 4. Mutaxassislarning oʻz…

  • 27 июл.3 5017050

    PhD magistraturadan keyingi yana bir bosqich emas. Ko‘pchilik bakalavrni tugatib, keyingi tabiiy bosqich magistratura, undan keyin esa PhD deb o‘ylaydi. Bu unchalik to‘g‘ri tushuncha emas. Bakalavrda siz tanlagan sohaning turli yo‘nalishlari bilan tanishasiz. Ya’ni sohaning umumiy manzarasini (big picture) ko‘rasiz. Magistraturada esa shu yo‘nalishlardan bittasini chuqurroq o‘rganib, ma’lum bir soha bo‘yicha mutaxassisga aylanasiz. Master bo‘lasiz. Masalan, bakalavrda umumiy tibbiyotni o‘qib, magistraturada kardiologiyaga ixtisoslashishingiz mumkin. PhD undan keyingi tabiiy bir bosqich emas. PhD butunlay boshqa maqsadga xizmat qiladigan ALOHIDA, MUSTAQIL ilmiy daraja. PhD paytida siz juda tor (specific) bir muammoni tanlaysiz, uning yechimini qidirasiz va shu mavzu bo‘yicha ilmiy yangilik yaratishga harakat qilasiz. Bunda siz butun sohaning kuchli mutaxassisi bo‘lib qolmaysiz. Aksincha, juda kichik, ammo aniq bir mavzu bo‘yicha dunyodagi sanoqli mutaxassislardan biriga aylanasiz (PhD to‘g‘ri qilinganda albatta😂). PhD bialn mustaqil ish qila olishlikni ko‘rsata olasiz. PhD sizning mustaqil fikrlay olishingizni ko‘rsatadi. PhD sizning ilm-fanga yangi hissa qo‘sha olishingizni ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham PhD ilmiy faoliyat uchun beriladigan daraja. Magistratura hamma uchun majburiy emas. Agar bakalavrdan keyin o‘zingizga yoqqan ishni topa olsangiz, o‘sha ikki yil davomida haqiqiy muammolar ustida ishlash sizga magistraturadan ham ko‘proq tajriba beradi (odatda). O‘sha ishda bir qancha tajriba olib, keyin magistraturada o‘qish durust bo‘ladi. Chunki amaliyotda duch kelgan muammolarni chuqurroq tushunishga va sohani kengroq ko‘rishga yordam beradi. Bu asosan boshqa ishga o‘tishda va/yoki yuqori lavozimga ko‘tarilishda zo‘r qo‘l keladi. Ko‘p kompaniyalarda ish boshlash va muvaffaqiyatli karyera qurish uchun bakalavr (+magistratura) yetarli. PhD esa talab qilinmaydi. Albatta istisno bilan. R&D, fundamental tadqiqotlar, sun’iy intellekt, biotexnologiya kabi ilmiy markazdagi yo‘nalishlarda PhD zo‘r foyda beradi. Chunki ilmiy ish qilasiz. Misol uchun, Google’da ishlashga bakalvr yetadi. Google Research yoki Deepmind’da ishlashga PhD kerak bo‘ladi. O‘xshatish qilsak, bakalavr umumiy dunyo xaritasini ko‘rish desak, magistratura Markaziy Osiyoni chuqurroq o‘rganish bo‘ladi. PhD esa butunlayin yangi yerni kashf etib, xaritaga qo‘shish desak noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Umumiy qilib aytganda, bakalavr sizga sohaning asoslarini beradi. Magistratura sizni ma’lum yo‘nalish bo‘yicha usta mutaxassis qiladi. PhD esa sizni yangi bilim yaratadigan tadqiqotchiga aylantiradi. Shuning uchun PhD’ni magistraturadan keyingi tabiiy bir majburiy bosqich sifatida emas, balki ilmiy faoliyatni tanlagan insonlar uchun ALOHIDA yo‘l sifatida ko‘rish to‘g‘riroq.

  • 22 июл.2 464656

    Kechaning html programmistlari bugunning vibe coderlarida 😂 😐

  • 21 июл.2 6806243

    Kofein va yurak-qon tomir kasalliklari Juda qiziqarli ilmiy bayonot chiqibdi. Unga ko‘ra, me’yorida qahva ichish (kuniga taxminan 3-5 chashka) aksariyat odamlar uchun xavfsiz bo‘lib, yurak kasalligi, insult, yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ammo kofeinning juda yuqori miqdorda (ayniqsa energetik ichimliklar yoki yuqori konsentratsiyali qo‘shimchalar orqali) qabul qilish yurak bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi. Shuning uchun choy va kofe ichish kerak. Energetik ichimliklardan esa tiyilgan afzal. Ilmiy maqola nufuzli Circulation jurnalida American Heart Association bayonoti sifatida kecha chop etildi.

  • 20 июл.2 2371121

    SCCT konferensiyadan "yosh olim finalisti" maqtov yorligʻi 😂

  • 18 июл.2 738297

    Qiziq bir kuzatuv Ilmiy ishlarga taqriz (review) yozayotganda bir holat ko‘p uchraydi. “Nega aynan shunday qildingiz?'“ degan savolga javob ko‘pincha: “Falon katta maqola ham shunday qilgan ekan, biz ham shunday qildik.” deydi. Bizda esa bunday javob yetarli emas. Har bir qarorning ortida aniq sabab bo‘lishi kerak. “Nega?” degan savolga mantiqiy javob bera olishingiz zarur. Shunda Oxford kabi joylardagi qoidalar/standartlar bekorga yozilmaganini yanada chuqurroq tushunasiz ekan.

  • 15 июл.3 3598216

    Undergrad helped me to answer "what" Master's helped me to answer "how" And PhD helped me to answer "why"

  • 13 июл.3 4896619

    Inson qiziq Insoniyat o‘z aqli va kuchiga ko‘pincha keragidan ortiq baho beradi. Go‘yoki ko‘p narsani tushunib bo‘lgandek gapiramiz. Vaholanki, eng oddiy va doimiy hodisalarning o‘zini ham haligacha to‘liqligicha anglaganimiz yo‘q. Masalan, tush ko‘ramiz. Inson paydo bo‘lganidan beri bo‘ladigan hodisa. To‘g‘ri, bugun miyamizning qaysi qismlari ishlashini kuzata olamiz va neyronlarning faolligini ko‘ra olamiz. Lekin nega aynan o‘sha tushni ko‘rdik? Nega aynan o‘sha voqealarni boshdan kechirdik? Bunga hali ham yakuniy javob yo‘q. Yana bir misol. Uch o‘lchamdan (3D) yuqorisini chin ma’noda tasavvur qila olmaymiz. Matematikada yoki fizikada bemalol 4, 5 yoki undan ham ko‘p o‘lchamlar bilan ishlaymiz. Hisoblaymiz, formulalar yozamiz. Lekin miyamiz ularni haqiqiy fazo sifatida tasavvur qilishga borganda ojiz qoladi. Cheksizlik tushunchasi ham shunday. Ba’zi cheksizliklar boshqalaridan kattaroq? Cheksiz ko‘p hadlardan iborat yig‘indi tugallangan songa teng bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bularni hisoblay olamiz. Lekin intuitiv holda anglash haligacha oson emas. Yana oddiy ko‘rinadigan 0 tushunchasini olaylik. Bugungi matematikada 0ga bo‘lish mumkin emas. Buning o‘ziga yarasha mantiqiy sabablari bor. Lekin bu hozirgi matematik model ichidagi javob. Tarixga qarasak, insoniyat bir paytlar 0ning o‘zini ham tushunmagan. Balki keyinchalik bugungi aksiomalarimiz ham yanada chuqurroq nazariyaning kichik bir qismi bo‘lib chiqishi mumkin. Bugun aniq haqiqat deb bilayotgan narsalarimiz ertaga boshqacha talqin qilinishi ehtimoldan xoli emas. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Gap ilm-fan ishlamayapti degan ma’noda emas. Balki, ilm-fan biz yaratgan eng kuchli vositalardan biri. U ishlaydi, natija beradi, taraqqiyotga olib keladi. Lekin modelning ishlashi uni borliqning yakuniy izohi ekanini anglatmaydi. Shunga qaramay, insoniyat ko‘pincha o‘zini taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandek tutadi. Biz tarixdagi eng rivojlangan davrda yashayotgan mavjudotmiz deb da’vo qiladi. Qanchalar kuchsiz va ilmsiz ekanini tan olgisi kelmaydi. Tarix bizga bir narsani qayta-qayta ko‘rsatgan. Kecha mutlaq haqiqat deb hisoblangan tushunchalar bugun yangilanmoqda. Va bugun mutlaq haqiqat deb bilayotgan narsalarimiz ham ertaga shunday bo‘ladi. Mashhur gapga ko‘ra: Shunday narsalar borki, ularni bilamiz. (Known Knowns) Shunday narsalar borki, ularni bilmasligimizni bilamiz. (Known Unknowns) Shunday narsalar borki, ularni bilishimizni bilmaymiz. (Unknown Knowns) Va shunday narsalar borki, ularni bilmasligimizni ham bilmaymiz. (Unknown Unknowns) Balki insonning eng katta kuchi hamma narsani bilishida emas, hali bilmaydiganlari juda ko‘pligini tan ola bilishidadir?!

  • 11 июл.2 489494

    без подписи

  • 8 июл.5 5145416

    Oldin sabzini bemalol pichoq bilan archardim. Keyin yillar davomida archqich ishlatib o‘rganib qolibman. Kechagi kuni yana pichoq bilan urinib ko‘rdim. Sabzi o‘sha-o‘sha, pichoq ham o‘sha. Lekin tozalashga qiynaldim. Pichoqni ishlatishni unutmaganman. Shunchaki qo‘lim endi boshqa narsaga o‘rganib qolgan. Zarurat tug‘ilsa, bemalol qayta o‘rganaman. Lekin zarurat tug‘iladimi?

  • 1 июл.5 92414315

    Oʻzbekiston futboliga shuncha investitsiya kiritgan boʻlsak-da, dunyo maydonida hali bosib oʻtishimiz kerak boʻlgan yoʻl uzoq ekanini tushundik. Ilm-fanga kiritilgan investitsiyaga qarab, dunyo miqyosida oʻrnimiz qay darajada ekanligini ham bilib olishimiz mumkin.

  • 29 июн.3 8296422

    Qisqa yozish san’ati Ingliz tilini o‘rganayotgan paytlarimiz, insho yozishda qancha uzun gap tuza olsak, shuncha faxrlanardik. Bakalavrdagi dissertatsiyam ham ancha uzun bo‘lgani uchun eng yaxshilaridan biri sifatida baholangan edi. Magistraturani boshlaganimdagina bu narsa noto‘g‘ri ekanini tushundim. Yozish mahorati ko‘p yozishda emas, balki katta fikrni kam so‘z bilan tushuntira olishda ekan. Buni o‘qituvchilarim menga ko‘p aytishgan: “Keragidan ortiq so‘z ishlatasan. Gapni qisqartir.” Bir o‘qituvchimiz hazillashib: “Gapingni o‘qishni boshlasam, oxiriga borgunimcha boshi esimdan chiqib qoladi”, derdi. Somerville College’dagi bir kunlik yozuvchilar seminarida qiziq mashq qilgan edik. Birinchi bir rasmni tasvirlab hikoya yozdik. Keyin esa o‘sha hikoyaning ma’nosini yo‘qotmagan holda, so‘zlar sonini yarmiga qisqartirib qayta yozdik. O‘zbek tilining qiyinligi sabablaridan biri ham xuddi shunda. Gaplarimiz asosan rasmiy holatlarda juda uzun. Keragidan ortiq holda uzun. Ba’zida katta bir paragraf o‘zi bitta gap bo‘ladi, xolos. Qisqa gap yozish xuddiki rasmiy emasdek ko‘rinadi. Qisqa yozish oson emas. U fikrni chuqur tushunishni talab qiladi. Shu sabab uni bemalol san’at desa bo‘ladi. Shuning uchun ingliz tilini o‘rganayotganlarga bir maslahat. Avval ko‘p yozishni o‘rganing. Keyin esa kam yozishni.