- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 321
- 1/48двое суток
- 367
- 1/72трое суток
- 396
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
12-iyun kuni @Zamira_Ozturk ka shunday javob bergan ekanman: Vaalaykum assalom! Yaxshimisiz, Zamira. Ha, asl qiyofasi tobora ochilib boryapti shayton malaylarining. Albatta, men ham O‘zbekiston va Turkiyaga muxlislik qilaman. Lekin 1986-yildan boshlab Jahon chempionatini kuzatib borayotgan tajribali muxlis sifatidagi fikrim: bu yil Ispaniya chempion bo‘ladi.
без подписи
Aytganim bo‘ldi! Finalda ISPANIYA — ARGENTINA! Qolganini o‘zlaring aytinglar.))
Xo‘p, shuytib chorak finalga ham yetib keldik: Fransiya — Marokash Ispaniya — Belgiya Norvegiya — Angliya Argentina — Shveytsariya 3 tasini topolmabman. Yaʼni, Senegal o‘rniga Belgiya, Braziliya o‘rniga Norvegiya, Kolumbiya o‘rniga Shveytsariya kurashni davom ettirmoqda. Endi gartak chorak final o‘yinlari haqida: Fransiya — Marokash Qalban Marokash tomonidaman. Lekin hozirgi Fransiya, shunchaki dahshat! "PSJ", "Real", "Bavariya" hujumchilari bosimiga dosh berolmaydiyov Marokash himoyasi... Demak, yarim finalga Fransiya chiqadi (Lekin Marokashga so‘nggi sekundlargacha muxlislik qilaman!). Ispaniya — Belgiya Belgiya Tramp va Infantinoning g‘irrom bitimiga javoban AQSHni tor-mor qilganidan xursand bo‘ldim. Lekin Ispaniya AQSH emas-da! Hali o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi ispanlar. Bu o‘yinda ham shunday bo‘lsa kerak. Demak, Ispaniya. Norvegiya — Angliya Menimcha chorak finaldagi eng qiziqarli qarama-qarshilik shu bo‘lsa kerak. Vikinglar 4 yil oldingi Marokashning jasoratini takrorlab, yarim finalga chiqsa, ajablanmayman. Biroq Angliya gartak kuchlidek ko‘rinmoqda. Argentina — Shveytsariya Shveytsariya xuddi Italiyaga o‘xshab o‘ynayapti: mustahkam himoya va o‘rni kebqolsa qarshi hujum. Ammo, Muhammad Saloh Argentina — Misr o‘yinidan keyingi intervyusida aytganidek, "... ular tarkibida Messi bor!". Zarurat tug‘ilsa o‘yinni 180 gradusga o‘zgartirib yubora oladigan, jamoadoshlarini ergashtira oladigan futbol dahosi. Demak, Argentina.
ARGENTINA nohaq yutdi deyotganlarga: 1. Misr haqiqatan zo‘r o‘ynadi 75-daqiqagacha. Lekin shundan keyin Argentina hujum uslubini rang-baranglashtirdi. 2. Yaʼni 75-daqiqagacha asosan markazdan hujum qilayotgan edi. Samarasiz. 75-daqiqadan boshlab Messi o‘ng qanot yarim himoyachisi pozitsiyasiga o‘tib o‘ynay boshladi. Romero hujumga. Bu natija berdi. 3. Misr goli hisobga olinmagani: Aziz G‘aniyevning Portugaliyaga urgan goli ham xuddi shunday hisobga olinmagan edi. Yaʼni, Abbos Fayzullayev raqibga qo‘pollik qilgani uchun. Hissiyotga, konspirologiyaga berilmay real qaranglar: mehnat qilgan, intilgan, to‘xtamagan yutdi. Futbol 75 daqiqa emas, 90+ daqiqa o‘ynaladi!
Buyog‘i har bir o‘yin drama bo‘ladi. Uyqudan voz kechib turamiz endi.))
16 tadan 2 tasidagina adashibman. Yaʼni, Germaniya o‘rniga Paragvay, Senegal o‘rniga Belgiya 1/8 finalga chiqdi.
SHAXMAT VA FUTBOL Shaxmatda 7 ochko chegarasi bor. Yaʼni, aksariyat shveytsarcha tizimda 9 turdan iborat turnirda 7 ochko to‘playdigan darajaga yetdingmi, zo‘r shaxmatchisan. 7 ochko degani 98 foiz holatda kamida 3-o‘rin degani. Shveytsarcha tizim haqida: 1-turda reytingda eng yuqori o‘rindagi bilan eng oxirgi o‘rindagi o‘ynaydi. 2-o‘rindagi bilan oxirgidan oldingi va hokazo. 2-turdan boshlab yutgan yutgan bilan, yutqazgan yutqazgan bilan. Shunday davom etadi. Reyting bo‘yicha top—100 likka kirdingmi, endi jahon darajasida yulduzsan. Bizdan hozir 5 shaxmatchi top—100 likda: 4. Javohir Sindorov — 2777. 5. Nodirbek Abdusattorov — 2777. 40. Nodirbek Yoqubboyev — 2689. 50. Rustam Qosimjonov — 2665. 89. Shamsiddin Vohidov — 2637. Terma jamoamiz o‘rtacha 2623 ball bilan terma jamoalar o‘rtasida 9-o‘rinda. Futbolchilarimiz-chi? Yevropaning eng kuchli 5 chempionatida o‘ynaydigan 1 ta. Yana 2 tasi Turkiya chempionatida. Bir nechasi Eronda o‘ynaydi, Eron chempionati O‘zbekiston chempionatidan kuchli emas. Portugaliya terma jamoasining 17, Kongoning 10, Kolumbiyaning 8 futbolchisi top—5 chempionatda o‘ynaydi. Jahon chempionati boshlanishidan oldin yaqindagina professional futbolchilik faoliyatini tugatgan Javohir Sohibov bilan gurunglashganimda fikrimiz bir joydan chiqdi: 1 ochko ololsak ham katta gap! Lekin shu 1 ochkoni ham ololmadik. Bunga balki murabbiy qisman aybdordir, futbolchilarimizda gartak qatʼiyat yetishmagandir, darvozabonlarimiz o‘ta bo‘sh o‘ynagani sababdir. Lekin o‘ynasa bo‘lar ekan: Kolumbiya bilan o‘yinning oxirgi 10 daqiqasidagidek, Portugaliya bilan birinchi taymdagi suvichardan keyingi 10 daqiqadagidek, Kongo bilan 1-taymdagidek... Xullas, shaxmatda hozir O‘zbekiston bilan butun dunyo hisoblashishga majbur. 15, 20 yo 30 yil oldin-chi? Bitta Rustam Qosimjonov bor edi. Rustam boshlagan yurishni keyingi avlod dadil davom ettirmoqda. Futbolchilarimiz ham 2004-yili Rustam Qosimjonov yurish qilganidek (FIDE jahon chempionati g‘olibi) qadamni qo‘yishdi: necha yillik orzumiz — Jahon chempionati final bosqichiga chiqdik. Buyog‘i endi futbolimiz mutasaddilarining eng to‘g‘ri yurishlarni topa olishiga bog‘liq. Mundialdan so‘ng albatta hech bo‘lmasa bir futbolchimiz (Behruz Karimov) Yevropaning top—5 chempionatiga o‘tishidan umidvormiz. Bu haqiqiy "asp yurish" bo‘lar edi. Va izidan yana va yana. Shunda JCHdagi mag‘lubiyatlarimiz esdan chiqadi...
JAHON CHEMPIONATI gollarga boy bo‘lyapti. ⚽️ Guruh bosqichida 72 o‘yinda 215 ta gol. Har o‘yinga o‘rtacha 2,98 tadan. ⚽️ I guruhi(Fransiya, Senegal, Iroq, Norvegiya)da eng ko‘p — 27 ta gol urildi. O‘rtacha 4,5 tadan. ⚽️ H guruhi(Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay)da eng kam — 11 ta. O‘rtacha 1,83 tadan. ⚽️ Guruhlar bo‘yicha: A — 12 (2); B — 22 (3,66); C — 16 (2,66); D — 15 (2,5); E — 17 (2,83); F — 26 (4,33); G — 18 (3); H — 11 (1,83); I — 27 (4,5); J — 22 (3,66); K — 16 (2,66); L — 13 (2,16). ⚽️ To‘purarlar: 1. Messi — 6. 2. Mbappe — 4. 3. Dembele — 4. 4. Vinisius — 4. 5. Holand — 4.
Shu yerda turib tursin...))
без подписи
без подписи
YOSHLAR Darvozabonlar: Kris Breydi (AQSH) — 03.03.2004. Mayk Penders (Belgiya) — 31.07.2005. Matyo Epolo (Kongo) — 15.01.2005. Himoyachilar: Lukas Xerrington (Avstraliya) — 05.09.2007. Pau Kubarsi (Ispaniya) — 22.01.2007. Behruz Karimov (O‘zbekiston) — 07.08.2007. Luka Vushkovich (Xorvatiya) — 24.02.2007. Yarim himoyachilar: Xilberto Mora (Meksika) — 14.10.2008. Alvaro Fidalgo (Meksika) — 09.04.2007. Xyugo Sochurek (Chexiya) — 07.06.2008. Karim Alaybegovich (Bosniya va Gersegovina) — 21.09.2007. Ayyub Buaddiy (Marokash) — 02.10.2007. Tayler Fletcher (Shotlandiya) — 19.03.2007. Lennart Karl (Germaniya) — 22.02.2008. Kendri Paes (Ekvador) — 04.05.2007. Bara Ndiaye (Senegal) — 31.12.2007. Hujumchilar: Rayan Ellumiy (Tunis) — 17.09.2007. Hamza Abdulkarim (Misr) — 01.01.2008. Lamin Yamal (Ispaniya) — 13.07.2007. Ibraim Mbaye (Senegal) — 24.01.2008.
Shu jamoalarni o‘ynatsa, qaysi yutadi deb o‘ylaysiz? QARIYALAR Darvozabonlar: Kreyg Gordon (Shotlandiya) — 31.12.1982. Gilyermo Ochoa (Meksika) — 13.07.1985. Manuel Noyer (Germaniya) — 27.03.1986. Himoyachilar: Tim Rom (AQSH) — 05.10.1987. Yuto Nagatomo (Yaponiya) — 12.09.1986. Shoja Xalilzoda (Eron) — 14.05.1989. Maykl Bossel (Yangi Zelandiya) — 18.08.1988. Stopira (Kabo-Verdi) — 20.05.1988. Nikolas Otamendi (Argentina) — 12.02.1988. Yarim himoyachilar: Aksel Vitsel (Belgiya) — 12.01.1989. Idressa Geye (Senegal) — 26.09.1989. Luka Modrich (Xorvatiya) — 09.09.1985. Alberto Kintero (Panama) — 18.12.1987. Hujumchilar: Temba Zvane (JAR) — 08.03.1989. Edin Jeko (Bosniya va Gersegovina) — 17.03.1986. Enner Valensiya (Ekvador) — 04.11.1989. Lionel Messi (Argentina) — 24.06.1987. Marko Arnautovich (Avstriya) — 19.04.1989. Krishtianu Ronaldu (Portygaliya) — 05.02.1985. Ivan Perishich (Xorvatiya) — 02.02.1989.
без подписи
Jurnalist Husan Nishonov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi H.Nishonov 2017-yildan buyon “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri sifatida faoliyat yuritmoqda. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4739 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Bizarda "Hasan-Husan chiqibdi" deydi. Sizlarda-chi?
без подписи
Muharrir kerakmi? Kerak! “Yosh kitobxon” tanlovining hakamlaridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bosqichida 1980-yili nashr etilgan kitobdagi shu kunga dovur tuzatilmasdan kelayotgan bir xato zukko bir kitobxon o‘quvchini 1-o‘rindan mahrum etishiga sal qoldi. Batafsil: https://marifat.uz/show-post/muharrir-kerakmi-kerak-1361 ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Ustoz adibning gurungini oldik. "Hasanni Toshkentga qorovul qilib taylab keldilaringma?" dedi.))