- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15
- 1/48двое суток
- 17
- 1/72трое суток
- 18
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ona tilim, farzandlaringni kechir. Ular o'z o'g'il-qizlari o'qiyotgan maktablarni-da ona tilisida nomlashdan or qilishadi.😢😢😢 Poytaxtdagi ayrim xususiy maktablarning nomlari: ➖ Global Elite School ➖ Wisdom School ➖ Intello School ➖ Salam International School ➖ Evrika ➖ Lumos Mind ➖ UK School of Tashkent ➖ Nshtein School ➖ Wise School ➖ Rahimov School ➖ Little Harvard ➖ «Вселенная знаний» ➖ Cool Kids ➖ Al Beruniy International School ➖ International Goldstars Schoo ➖ Euroasia School ➖ Humo School Academy ➖ Oriental School of Tashkent ➖ Vosiq International School ➖ Mezon Inspiring School ➖ Smart School ➖ «Школьная Академия» ➖ Profi School ➖ Happy Time ➖ Diplomat International School ➖ Sehriyo ➖ Wunderkind Study ➖ Bek School Future Education ➖ Oxbridge International School ➖ Intellect ➖ Leader School ➖ International Talent Academy ➖ Westminster International School ➖ The British School ➖ Invento the Uzbek International School ➖ Cambridge International School ➖ Tashkent International School
Iksmi yoki eks? Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks. Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi: 1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi. 2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor. Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi. Iks soʻzining qiziq tarixi bor. Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar. Arab tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan. Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan. X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi. @oriftolib | Sahifalarimiz
Tugul: vergul kerakmi yoki yoʻq? Tugul yuklamasi u yoqda tursin, nafaqat maʼnolarini beradi. Xoʻsh, u ishtirok etgan gaplarda vergul ishlatish kerakmi? Javobi oddiy: ha, “tugul” soʻzidan keyin vergul qoʻyish kerak. Chunki bu yordamchi soʻz oʻzidan oldingi soʻzga bogʻlanib, oʻzidan keyingi fikrni ajratib koʻrsatadi. Misollarda koʻrib chiqamiz: ❌ Sendan molim tugul jonimni ham ayamayman. ✅ Sendan molim tugul, jonimni ham ayamayman. Bu yerda mol va jon sanalyapti. Uning orasida vergul boʻlishi kerak. Qiyoslang: ✅ Sendan molimnigina emas, jonimni ham ayamayman. Siz bunday oʻrinlarda vergul ishlatasizmi? 🔥 – doim vergul ishlataman ✍️ – baʼzan ikkilanaman @oriftolib | Sahifalarimiz
Ismlar birga kelganda tire qoʻyamizmi yoki defis? Fizika qonunlari yoki tarixiy paktlar nomida ikkita familiya yonma-yon keladigan holatlar bor. Bunday oʻrinlarda chiziqcha (defis) va tire mutlaqo boshqa-boshqa maʼnolarni anglatadi. Agar qonun yoki kelishuv ikkita alohida shaxslarga oid boʻlsa, familiyalar orasiga doim tire (–) qoʻyiladi. Uning ikki tomonida boʻshliq qoldirilishi shart: ❌ Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi, Molotov-Ribbentrop pakti ✅ Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi, Molotov – Ribbentrop pakti Agar shaxs bitta boʻlib, uning familiyasi ikki qismdan iborat qoʻsh familiya boʻlsa, oʻrtaga defis (-) qoʻyiladi va boʻshliq tashlanmaydi. ✅ Gey-Lyussak qonuni, Saltikov-Shedrin asarlari Agar Mendeleyev-Klapeyron shaklida defis bilan yozilsa, u bitta shaxsni bildirib qoladi. Bu esa ilmiy va faktik xatodir. Siz familiyalarni yozishda bunga eʼtibor berarmidingiz? 🔥 – bilardim, doim eʼtibor beraman 😎 – defis va tire maʼnoni bunday oʻzgartirishini endi bildim @oriftolib | Sahifalarimiz
Raqamlar orasiga tire qoʻyiladimi yoki defis? Bu borada koʻpchilik adashadi. Qoidasi oddiy: raqamlar bilan yozilgan har qanday oraliq yoki chamani bildirish uchun faqat tire (–) ishlatiladi. Raqamlar xoh aniq chegarani (10 dan 15 gacha), xoh taxminni (5 yo 6 ta) bildirsin, ularning orasiga tire qoʻyilishi kerak. Bunda tirening ikki tomonida boʻshliq qoldirilmaydi. ❌ 5-6 kishi, 1990-2000-yillar ✅ 5–6 kishi, 1990–2000-yillar Ammo miqdor raqam bilan emas, soʻz bilan yozilib, taxmin maʼnosini bildirsa, u holda oraga defis qoʻyiladi: besh-olti kishi, ikki-uch kun. Xulosa: raqam bilan yozsangiz – tire, soʻz bilan yozsangiz – defis ishlatasiz. Siz bu tartibga amal qilasizmi? 🔥 – doim tire qoʻyaman 😎 – endi bilib oldim @oriftolib | Sahifalarimiz
“Oʻzbekiston-Germaniya”mi yoki “Oʻzbekiston – Germaniya”? Davlatlar, muassasalar yoki shaxslar oʻrtasidagi munosabatni ifodalashda oʻrtaga defis qoʻyiladimi yoki tire? Koʻpchilik aynan shu oʻrinda adashadi. Oʻzaro hamkorlik, aloqa yoki munosabatni ifodalash uchun ikki (yoki undan ortiq) atoqli ot oʻrtasiga tire (–) qoʻyilishi zarur. Buning mantiqiy asosi oddiy: defis soʻz qismlarini (masalan, juft soʻzlarni) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Turkiya va Germaniya esa mustaqil davlatlar, shuning uchun ular oʻrtasidagi aloqa tire bilan yoziladi. Solishtiring: ❌ Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlari, Turkiya-Ispaniya hamkorligi ✅ Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlari, Turkiya – Ispaniya hamkorligi Eslatma: tirening ikki tomonida boʻshliq (probel) qoldirishni unutmang. Bilasiz, defis ishlatilganda probel boʻlmaydi. Siz yozuvda qaysi belgidan foydalanib yurgandingiz? 🔥 – doim tire qoʻyaman 😎 – chiziqcha qoʻyib adasharkanman @oriftolib | Sahifalarimiz
ОНА ТИЛИНИНГ ДУШМАНИ – ЎЗИМИЗДИР! Оддий халқ дейишади, шу иборага қўшилмайман. Аксинча оддийгина амалдор, дейишга ўргансак, халқнинг асл даражасига берилган баҳо бўлар эди. * * * Халқнинг дилини англамаган амалдор, давлатнинг тилини бузган ва уни писанд этмаган чет элликдан кӯра виждонсизроқдир. * * * Лавозим ортига суяниб мустаҳкамланиш жасорат эмас, аксинча эплолмаётганини тан олиб, ўрнини муносиб одамга бўшатиш чинакам кучдир. * * * Ҳақиқий раҳбарнинг сўзида камида бир қанча аниқ бажарилган амал, юрагида эса юқоридагиларга ялтоқланишга йўл бермайдиган ишонч бўлади. * * * Таълимда тарбиясиз раҳбарлар кўпайган сари йиғилишлар сони ўсади, аммо инсон қадри пасаяди. Шунинг учун энг яхши раҳбарлар сўзсиз таълимда бўлмоғи лозим! * * * Мукаммал таълим ва тарбия уйғунлиги бўлмаган жамиятда тил аввал ҳурматини, кейин қийматини, охири эса тарихий луғатини йўқотади. * * * Она тилининг душмани кўп ҳолларда бошқа миллатлар эмас, ўз она тилига бефарқ кимсалардир. Лола ХУШВАҚТЗОДА, Сирдарё вилояти Telegram
Anjumanga aylangan ziyofat Mutaxassislar yigʻilib, qandaydir global yoki ilmiy muammoni muhokama qiladigan anjumanni simpozium deb ataymiz. Bu atama qadimgi yunon tilidagi symposion soʻzidan olingan. Aslida u ziyofat degan maʼnoni bildirgan. Qadimgi Yunonistonda mutafakkirlar ziyofatdan soʻng dasturxon atrofida qolib, falsafa, siyosat va ilm-fan haqida bahs-munozaralar olib borgan. Asrlar oʻtib, bu soʻz Yevropa tillariga koʻchdi. Uning ziyofat maʼnosi unutildi. XIX asrga kelib esa faqat ilmiy bahs-munozara mazmuni qaror topdi. Simpozium atamasi oʻz tarixiga boqib: “Kecha kim edim-u bugun kim boʻldim!” deyayotganga oʻxshaydi. Soʻzdagi evrilish sizni ham hayron qoldirdimi? 🔥 – kutilmagan tarix 😎 – oldin ham bilardim @oriftolib | Sahifalarimiz
Inglizcha oʻzlashmalar qanday yozilishi kerak? Tilimizga kirib kelayotgan inglizcha soʻzlarni yozishda koʻpincha rus tili imlosiga taqlid qilamiz. Rus tilida дресс-код, QR-код, бизнес-план, мастер-класс kabi soʻzlar defis bilan yoziladi. Chunki bu oʻsha tilning oʻziga xos qoidasidir. Oʻzbek tilida esa bunday oʻzlashmalarda defis ishlatishga hojat yoʻq. Bu haqda oldinroq ham yozgan edim: imlomizda chiziqcha asosan juft va takror soʻzlar orasiga qoʻyiladi. Inglizcha oʻzlashmalar esa juft ham, takror soʻz ham emas. Shuning uchun ularni oʻzbekchada chiziqcha bilan yozish xatodir. Ular ajratib yoki yaxlitligiga qarab qoʻshib yozilishi kerak. Masalan: ❌ biznes-reja, QR-kod, taym-menejment ✅ biznes reja, QR kod, taym menejment Startap, fleshmob, keshbek, fastfud kabi yaxlit soʻz sifatida olingan oʻzlashmalar esa qoʻshib yoziladi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ular nisbatan qisqa, boʻgʻini kam. Siz oʻzlashma soʻzlarni qanday yozardingiz? 🔥 – defissiz, shu qoidaga mos 😎 – ruscha qolipda, defis bilan @oriftolib | Sahifalarimiz
Qoʻshtirnoq ishlatilmaydigan 4 holat Qoʻshtirnoqdan keraksiz oʻrinlarda foydalanmaslik zarur. Masalan, mana bu holatlarda u mutlaqo ortiqcha: 1️⃣ Baholar. Baho nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi: besh, ikki, aʼlo, qoniqarli. 2️⃣ Bayram nomlari. Tarixiy sanalar va bayramlar doim qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yangi yil. 3️⃣ Laqablar, tarixiy unvonlar, sifatlashlar. Mashhurlar tarixiy shaxslarning ismiga qoʻshib aytiladigan sifatlashlar yoki laqablar qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Richard Sheryurak, Dveyn Qoya Jonson. 4️⃣ Turdosh otga aylangan brendlar. Aslida tovar belgisi boʻlgan, ammo tilimizga oddiy atamadek singib ketgan nomlar qoʻshtirnoqsiz, kichik harfda yoziladi: kseroks, jip. Siz koʻproq qaysi birida ikkilanib turardingiz? 🔥 – bayramlar nomida ✍️ – baholar nomida 😎 – barchasini bilardim @oriftolib | Sahifalarimiz
“Rosmana kanikul” qachon? Shimoliy yarimsharda “kuchuk kunlari” odatda 3-iyuldan 11-avgustgacha davom etadi. Bu – roppa-rosa qirq kun degani. Bizning iqlimda ham yozning eng issiq 40 kunlik davri chilla deb ataladi. U 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi va qadimgi rimliklarning dies caniculares davriga deyarli mos tushadi. Tilimizda yoz issigʻini ifodalaydigan saraton tushunchasi ham bor. Shamsiy taqvimga xos boʻlgan bu oy 22-iyundan 22-iyulgacha davom etadi. @oriftolib | Sahifalarimiz
“Kanikul”ning itlarga qanday aloqasi bor? Yoz kelib, oʻquvchilar, talabalar dam olishga chiqdi. Bu mavsumni soʻzlashuv tilida kanikul deb ataymiz. Oʻzida ham, soʻzida ham joziba bor. Ammo uning asl maʼnosi bunchalik romantik emas: bu atama lotincha canicula, yaʼni kuchukcha degan maʼnoni anglatadi. Xoʻsh, dam olishning itlarga nima aloqasi bor? Qadimgi Rimda iyul va avgust oylarining eng jazirama pallasida osmonda Katta Koʻppak yulduz turkumining asosiy yulduzi – Sirius yaqqol koʻringan. Rimliklar Katta Koʻppak yulduz turkumini Orionning iti deb hisoblashgan va bu issiq davrni dies caniculares (“kuchuk kunlari”) deb atashgan. Iyul-avgust oylarida jazirama tufayli davlat ishlari va oʻqish toʻxtatilib, hamma dam olishga chiqqan. Vaqt oʻtib, bu ibora butun Yevropa va rus tili orqali faqat dam olish maʼnosida bizgacha yetib kelgan. Hozirgi adabiy tilimizda bu soʻzning oʻrnini taʼtil toʻliq egallagan. Uning lugʻaviy maʼnosi – ishni toʻxtatish, boʻsh qoldirish. Ammo koʻpchilik jonli tilda hamon kanikul soʻzini ishlatyapti. Siz koʻproq qaysi soʻzni ishlatasiz? 🔥 – taʼtil 😎 – kanikul @oriftolib | Sahifalarimiz
Eng koʻp uchraydigan probel xatolari Probel bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan xatolar: 1️⃣ Initsial va familiya orasida: ❌ A.Oripov, T.S. Abdullayev ✅ A. Oripov, T. S. Abdullayev 2️⃣ Qisqartmalarda: ❌ sh.k., v.b. ✅ sh. k., v. b. 3️⃣ Tinish belgilaridan keyin: ❌ Doʻstim,yaxshimisan? ✅ Doʻstim, yaxshimisan? 4️⃣ Raqam va oʻlchov birligi orasida: ❌ 10kg, +25°C ✅ 10 kg, +25 °C 5️⃣ Tire va defisda: ❌ Til–millat koʻzgusi, kecha - kunduz ✅ Til – millat koʻzgusi, kecha-kunduz Siz koʻproq qaysi birida xatoga yoʻl qoʻyasiz? 🔥 – initsial yoki qisqartmalarda 😎 – hamma qoidani bilaman @oriftolib | Sahifalarimiz
Koʻnikma, malaka va kompetensiya: farqi nimada? Biz bu soʻzlarni koʻpincha maʼnodosh sifatida ishlataveramiz. Baʼzan hatto tadqiqotchilar ham ularning farqiga bormaydi. Bu atamalarning maʼno-mohiyatini aniq bilib olish ilm ahli uchun ham, ziyoli kitobxonlar uchun ham foydali. Farqni velosiped haydash misolida tushuntirib beraman. Koʻnikma – qoidalarni eslab, butun diqqatni jamlab velosiped haydash. Bunda harakatlar ongli nazorat qilinadi, fikr-u zikringiz muvozanatni saqlashda boʻladi. Malaka – koʻp mashq qilish ortidan harakatlarning avtomatlashuvi. Endi siz pedallarni qanday aylantirishni oʻylamaysiz, bemalol atrofni tomosha qilib, suhbatlashib ketaverasiz. Kompetensiya – shu malakani kutilmagan, murakkab vaziyatlarda toʻgʻri qoʻllay olish. Masalan, tirband koʻchada, yomgʻirda yoki kutilmaganda toʻsiq chiqib qolganda sarosimaga tushmay, tez va toʻgʻri qaror qabul qilib harakatlanish layoqati. Qisqasi, koʻnikma – oʻylab qilinadigan harakat, malaka – avtomatlashgan odat, kompetensiya esa har qanday sharoitda masalani muvaffaqiyatli hal etish mahoratidir. @oriftolib | Sahifalarimiz
Davlat va poytaxtlar nomi imlosi boʻyicha muhim qadam! Koʻpdan buyon yechimini kutayotgan, tilimizdagi ogʻriqli muammolardan birining yechimiga qoʻl urilibdi. Davlatlar va ularning poytaxtlari nomlarini rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Jamoatchilik bildirgan fikr va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi organi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari koʻrib chiqadi. Tashabbus juda oʻrinli! Ayniqsa, mutaxassislarning qator jasoratli qarorlari meni quvontirdi. Masalan, Gruziya – Gurjiston, Mongoliya – Moʻgʻuliston deya oʻzgartirilgani, Yunoniston, Urdun kabi nomlarning tiklangani, sunʼiy tiqishtirilgan -iya qoʻshimchasidan voz kechilib, Shved Qirolligi, Norveg Qirolligi, Finland, Irland shakllari tanlangani oʻzbek tili tabiatiga mos ish boʻlibdi. Shri-Lanka, Kosta-Rika kabi yuzlab nomlardan asossiz defislar olib tashlangani – oqilona qaror. Oʻzim ham bu haqda bir necha chiqishlar qilgan edim, eʼtiborga olinganidan xursandman. Biroq roʻyxatda hali ham tahrirtalab oʻrinlar bor. Loyihani yanada pishiq qilish uchun taklif va mulohazalarimni sanab oʻtaman: 1️⃣ Oʻzbekchadagi shakllarga tayangan afzal Oʻzbek tilida qoʻllanib kelgan tarixiy toponimlarni qoʻllash tarafdoriman. Masalan, roʻyxatda Kipr deb berilgan, buni tarixiy anʼanamizga moslab Qibris deb oʻzgartirish kerak. Mongoliya Moʻgʻuliston, Gruziya Gurjiston boʻlgani singari Vengriya ham Mojariston boʻlishi toʻgʻriroq, menimcha. 2️⃣ Oʻrinsiz g harfidan voz kechish kerak Rus tilida h tovushi boʻlmagani sababli ular lotin yozuvidagi h bilan boshlanadigan toponimlarni g bilan yozishadi. Oʻzbek tilida esa h tovushi bor! Toʻgʻri, Honduras, Havana (ispancha) yoki Haiti (fransuzcha) soʻzlarida asliyatda h harfi yozilsa-da, talaffuzda tushib qoladi (Onduras, Aiti kabi oʻqiladi). Ingliz tilida esa h bilan aytiladi. Ammo ularni g bilan talaffuz qilishga asos yoʻq! Shunday ekan, xalqaro darajadagi imlosi va mantiqqa tayangan holda bu soʻzlarni g bilan emas, h bilan yozganimiz toʻgʻri: ▫️ Gaiti emas – Haiti ▫️ Gonduras emas – Honduras ▫️ Gavana emas – Havana ▫️ Kopengagen emas – Kopenhagen (dancha: København, inglizcha: Copenhagen) 3️⃣ Imlo, defis va talaffuzga doir tuzatishlar Roʻyxatdagi quyidagi nomlarni tahrirlashni taklif qilaman: ▫️ Andorra la-Vella – Andorra la Vella (asliyatda ham, imlo qoidalari boʻyicha ham defis boʻlmasligi kerak) ▫️ Bagama Orollari Hamdoʻstligi – Bahama Orollari Hamdoʻstligi ▫️ Bagam Orollari – Baham Orollari ▫️ Bermud Orollari – Bermuda Orollari ▫️ Rozo – Roso (Dominika poytaxti) ▫️ Papeiyete – Papeete (murakkab talaffuzni oʻzbekchada aks ettirish zarurati yoʻq, talaffuzga qulay va keng tarqalgan imloga asoslanish afzal) ▫️ Lubnan – Lubnon (talaffuzda shunday ommalashgan, tilga moslashish inobatga olinishi kerak) 4️⃣ Kuvayt masalasi Al-Kuvayt davlatining qisqa yozilishida Kuveyt shakli ketib qolibdi, buni Kuvayt shaklida toʻgʻrilash kerak. Qolaversa, Al-Kuvayt nomi Al-Quvayt shakliga oʻtkazib yuborilsa ham yaxshi boʻlardi, chunki talaffuzimizda shu shakl ommalashgan va turli matnlarda shu shakli koʻp uchraydi. 5️⃣ Texnik xatolar Soʻrovnomada baʼzi oʻrinlarga ortiqcha html kodlari ( ) va tutuq belgilari (ʼ) tushib qolgan. Ularni tozalab yuborish kerak. Hurmatli obunachilar, tilimizga befarq boʻlmang! Havola orqali kirib, siz ham roʻyxat bilan tanishing va takliflaringizni bildiring. Men bergan takliflar sizga ham maʼqul boʻlsa, “Boshqa” (Boshqa javob) bandiga yozib qoldirishingiz mumkin. 🔗 Taklif qoldirish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfjaqAyLYlQur3lESMoqAR9DXXgdYdsi2ky44fiwhy7TW-1sg/viewform?pli=1 @oriftolib | Sahifalarimiz
“Mundial” nima degani? AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida eng yirik futbol bayrami qizgʻin davom etyapti. Oʻyinlar sharhi va yangiliklarda esa bir soʻzni tez-tez eshityapmiz: mundial. Bu atama oʻzi qayerdan paydo boʻlgan, asl maʼnosi nima? Ispan va portugal tillarida bu soʻz jahon miqyosidagi, dunyoga oid degan maʼnoni anglatadi. U lotincha mundus – dunyo soʻzidan kelib chiqqan. Ispaniyaliklar va lotin amerikaliklar futbol boʻyicha jahon chempionatini qisqacha El Mundial deb atashadi. Ilk bor 1930-yili Urugvaydagi birinchi jahon chempionati afishalarida Campeonato Mundial de Football iborasi ishlatilgan. Vaqt oʻtib, bu soʻz qisqardi va mustaqil atamaga aylandi. Oʻzbek tiliga bu soʻzni sharhlovchilar olib kirdi. Ular jahon chempionati iborasini qayta-qayta takrorlayvermaslik va nutqqa joziba berish uchun ushbu sinonimdan foydalanishadi. Siz qaysi atamani koʻproq ishlatasiz? 🔥 – jahon chempionati 😎 – mundial @oriftolib | Sahifalarimiz
Jom yoki Yom? Muharrir deganda faqatgina matnni tahrir qiladigan, imlo va uslubiy xatolarni tuzatadigan mutaxassisni tushunish xato. Muharrir ishining qamrovi bundan kengroq. Misol keltiraman. “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”da oʻqiymiz: “YOM – Samarqand viloyatida, Samarqand shahridan janubda joylashgan kent, shu yerdan oqib oʻtuvchi soy Yom suvi deb atalgan (hozirgi Jom soyi). Oʻz vaqtida Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar istilosidan ozod qilish uchun olib borgan jang-jadallar qisman Yom atroflarida kechgan. “B.”da Boburning 902-h. y. ramazon oyida (1497-y., may-iyun) Andijondan Samarqandga yurishi munosabati bilan eslatiladi” (“B.”, 39-b.). (“Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”. T., Sharq, 2014, 234-bet). Endi asl manba – “Boburnoma”ga (T., Sharq, 2002, 55–56-betlar) yuzlanamiz. Hijriy 902-yil voqealari bayonida Andijondan “Samarqand azimati bila” otlangan Bobur mirzo Yoryayloq, Sheroz, Obyor, Qorabuloq, Yom, Xiyobon, Xon yurti, Puli Magʻok, Tarnov, Gʻori Oshiqon, Shovdor, Urgut kabi joy nomlarini sanaydi. Hammasi Samarqand shahrining sharqi va janubi-sharqida joylashgan. Jom esa Samarqandning janubida, “bir nima gʻarbqa moyil”, yaʼni janubi-gʻarbida. Demak, Andijondan Samarqandga kelayotgan odam Bobur zamonida ham, hozir ham Samarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlogʻidan oʻtishi haqiqatga zid. Jizzax viloyati Zomin tumani Yom qishlogʻidan oʻtishi toʻgʻri. “Bobur ensiklopediyasi”ning shu qismini yozgan muallif xatoga yoʻl qoʻygan. Bu xatoni “ushlash” va toʻgʻrilash kimning zimmasida edi? Albatta, nashr muharririning. Muharrir geografiyadan yaxshi xabardor, tarix bilimdoni boʻlganida, muallifga savol qoʻyar va xatoning oldi olinar edi. Husan Karvonli “Muharrir kerakmi? Kerak!” maqolasidan @oriftolib | Sahifalarimiz
Qavslar va tinish belgilari Matnda qavs va boshqa tinish belgilari ketma-ket kelganda chalkashmaslik uchun uchta oddiy qoidani eslab qoling. 1️⃣ Qavs gap tarkibida boʻlsa. Vergul va nuqtani qavsning ichiga qoʻymang. Ular har doim yopiluvchi qavsdan keyin keladi. Qavs ichidagi matn (hatto alohida gap boʻlsa ham) kichik harf bilan boshlanadi. Xaridorlarimiz uchun shirinliklar (pechenye, shokolad), mevalar xarid qildik. Mart oyi hisoboti tayyor (uni xatga biriktirdik). 2️⃣ Qavs ichi alohida gap boʻlsa. Agar qavsdagi izoh ikki gap oʻrtasida, butunlay mustaqil kelsa, uni bosh harf bilan boshlang. Nuqtani esa qavsning ichiga (yopilishidan oldin) qoʻying. Tashqarida hech qanday belgi qolmaydi. Savdo hajmi keskin oshdi. (Batafsil jadvalni ilovada koʻrishingiz mumkin.) Biz oʻsishda davom etamiz. 3️⃣ Soʻroq va undov belgilari. Hayajon yoki soʻroq faqat qavs ichidagi fikrga tegishli boʻlsa, bu belgilar doim qavsning ichida qoladi. U vaqtida kelishga vaʼda bergan edi (nahotki rost boʻlsa?), lekin kechikdi. Bu qoidalarni bilarmidingiz? ✍️ – ha, bilardim 🤔 – endi bilib oldim @oriftolib | Sahifalarimiz
Nega germaniyaliklarni “nemis” yoki “olmon” deymiz? Oʻzbek tilida bu xalqqa nisbatan ikki xil nom ishlatiladi. Ularning asl maʼnosi nima? Nega aynan shu soʻzlarni ishlatamiz? 1️⃣ Nemis. Bu nom rus tili orqali kirib kelgan. Ruslar qadimda oʻz tilini tushunmaydigan barcha chet elliklarni немой – soqov, gapira olmaydigan soʻzi asosida немец deb ataganlar. Vaqt oʻtib, bu soʻz faqat Germaniya aholisiga nisbatan qoʻllangan. 2️⃣ Olmon. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, xususan, jadidlar tilimizda koʻproq olmon soʻzini ishlatishgan. Qardosh turklar ham ularni hozirgacha alman deb ataydi. Bu nom qadimgi german qabilalari ittifoqi – alemannlar, yaʼni fransuzcha allemand nomidan olingan. Nemislarning oʻzlari esa oʻzini deutsche (xalqqa mansub) deb atashadi. Sizga qaysi nom koʻproq yoqadi: olmon – 🔥 nemis – 😎 @oriftolib | Sahifalarimiz
Qoʻshtirnoqdan keyin nuqta qoʻyiladimi? Gap oxirida qoʻshtirnoq va boshqa tinish belgilari toʻqnashganda chalkashmaslik uchun ikkita oddiy qoidani eslab qoling. 1️⃣ Nuqta qoʻyilmaydi. Qoʻshtirnoq ichidagi matn mustaqil koʻchirma gap boʻlib, soʻroq (?), undov (!) yoki koʻp nuqta (…) bilan tugasa, qoʻshtirnoqdan keyin nuqta qoʻyilmaydi: U sekin soʻradi: “Nima qilamiz?” Men unga qarab baqirdim: “Tezroq yursang-chi!” Beixtiyor pichirladi: “Iye, qiziq…” 2️⃣ Nuqta qoʻyilishi shart. Agar gap oxirida kelgan qoʻshtirnoq ichidagi qism koʻchirma gap emas, biror nom, yozuv yoki shior boʻlsa va soʻroq yoki undov belgisi bilan tugasa, qoʻshtirnoqdan keyin albatta nuqta qoʻyiladi: Eng sevimli koʻrsatuvim – “Nima? Qayerda? Qachon?”. Agata Kristi asari – “Va uning ortidan sukunat...”. Ofisimiz eshigiga osib qoʻyilgan yozuv – “Xush kelibsiz!”. Sodda tushuntiradigan boʻlsam: koʻchirma gap oʻz holicha alohida gap, shuning uchun uning belgisi butun fikrni yakunlaydi. Nomlar va yozuvlar esa gapning shunchaki bir boʻlagi (soʻzi) xolos. Shuning uchun darak gap tugaganini bildirish uchun oxiriga baribir nuqta qoʻyamiz. Foydali boʻldi – ⚡️ @oriftolib | Sahifalarimiz