tgindex
Muhrim / Муҳрим

Muhrim / Муҳрим

Статистика
@muhrimузбекский

Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Последний пост
12:00
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
14 114
−27 за 4 дн.
Сутки
−7
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
7 175
25 постов
Вовлечённость
50,8%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 26
Упоминаний
22
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 364
1/48двое суток
5 001
1/72трое суток
5 393

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12:002 34013

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.4 32175

    O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan — ularni beruxsat qamoqqa olib bo‘lmas ekan, hatto jinoyat ishi ham ochib bo‘lmaydi (ishqilib, superodamga aylantirib yuborishibdi Administratsiya kotakonlarini, quturib ketishmasa edi endi). Lekin, menimcha, O‘zbekistonda “daxlsizlik”, “immunitet” degan gaplarning qadri — taxminan bir tiyin atrofida. Do‘ppi tor kelsa, Konstitutsiyaviy qonun ham, Konstitutsiya ham oyoqosti qilinadi. Xuddi “O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Sidiqov bilan bo‘lganidek — u qamoqqa olinayotgan vaqti deputat ham bo‘lgan, O‘zbekistonda esa deputatni qamoqqa olishdan avval uning kengashdoshlari oldidan o‘tib, ularning “ha, mayli” degan gapi olinishi kerak (bir og‘iz so‘ralsa, deputatlar ham odam — yo‘q demaydi, hech qachon yo‘q demagan ham). Qog‘ozda yozilgan qoidasi shunday. Lekin Sidiqovga kelganda bu qoida unutilgan (yoki vaqt juda ziq bo‘lganmi, kim bilsin). Davlat xizmatchilari aybi hali isbotlanmagan bir odamni qamoqqa olish jarayonining o‘zidayoq Konstitutsiya tilka-pora qilib tashlagani aytilayotgan sudni ochiq o‘tkazib bo‘ladimi axir?

  • 13 авг.4 11514

    ✈️ Aviachiptalarni qimmatlashmasidan oldin topishning oddiy yo‘li bor Safar rejalashtirayotganlar yoki tez-tez chetga chiquvchi oʻzbekistonliklar uchun foydali maʼlumot. Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalida eng dolzarb aviachipta narxlari muntazam eʼlon qilib borilmoqda. Kanalda ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha eng qulay tariflar, maʼlum oylar uchun narxlar va qaysi sanalarda arzonroq uchish mumkinligi haqida maʼlumotlar beriladi. Bu esa turar joy yoki taʼtilni oldindan rejalashtirish uchun ancha qulay. Eng muhimi, maʼlumotlar bevosita aviakompaniyaning o‘zidan beriladi, yaʼni narxlarni turli manbalardan qidirishga hojat qolmaydi. Agar yaqin oylar ichida parvoz qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalini kuzatib borish foydadan xoli bo‘lmaydi. Kanalga havola: https://t.me/uzbekistanairways Reklama

  • 11 авг.10,9 тыс17

    “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gap bor. Bu gap Dostoyevskiyning og‘zidan chiqqan, deyishadi, lekin bu aniq emas. Ishqilib, shunaqa gap borligi va gapning o‘zi haqiqatga yaqinligi aniq: ulug‘ ukrain yozuvchisi Gogolning “Shinel” nomli qissasi XIX asr rus adabiyotini butunlay boshqa, yangi bir o‘zanga burib yuborganini katta-katta rus olimlari ham tan oladi. Bugun Gazetaning tug‘ilgan kuni. Gazetaning bundan uch yil avvalgi tug‘ilgan kunida bir-ikki chimdim tabriknoma yozgandek bo‘lgandim. Hozir o‘qib chiqdim-da, o‘sha yozganlarimga yangi bir gap qo‘sha olmasligimni tushundim — chunki Gazeta o‘sha-o‘sha. Lekin uch yil avvalgi postdagi bir gap o‘zimga juda yoqdi: “Gazeta – KunUzning doyasi”. Va bu gap nafaqat KunUzga, balki boshqa ko‘plab yangiliklar saytlariga ham taalluqli. Shunga, “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gapga o‘xshatib, “Biz hammamiz Gazetaning bosh sahifasidan chiqqanmiz”, deyish mumkin ekan. Va bu ayni haqiqat bo‘ladi. Tug‘ilgan kuning bilan, Gazeta!

  • 11 авг.4 9205

    Soliq qo‘mitasi cheklarni soddalashtirilgan shaklda ko‘rish imkoniyatini yaratdi Endi QR-kodni smartfon kamerasi orqali skanerlab, elektron chekni ochish, har bir tovar narxi va chekning umumiy summasini ko‘rish mumkin. Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etadi. Bu chegirmalar, soliqlar va boshqa hisob-kitoblarni inobatga olmagan holda qo‘lda qayta hisoblashdagi xatolarning oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etmoqda. Batafsil — Soliq qo‘mitasi xabarida

  • 10 авг.12 тыс70

    Ukraina dronlarining Rossiyadagi Nijnekamsk shahriga hujumi oqibatida 13 kishi, xususan, 7 nafar o'zbekistonlik halok bo'libdi. Ming afsus. Tataristonning o'zida motam e'lon qilingan. Aziz vatandoshlar, Rossiyaga bormanglar. Hech bo'lmasa, hozir bormanglar. Ha, to'g'ri, bu aytishga oson gap. Odamlar havasdan ketayotgani yo'q Rossiyaga, buni ham tushunaman. Lekin qo'shnisi bilan urushayotgan, eng ichkari hududlari ham urushni o'z tanasida his qilayotgan mamlakatga hozircha bormay turgan ma'qul. Hayotingiz siz yuboradigan har qanday puldan qadrliroq.

  • 9 авг.4 6997

    Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka…

  • 6 авг.9 084130

    Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning…

  • 6 авг.6 5561

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.6 7521

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.6 0831

    видео или голосовое, без подписи

  • +3
    6 авг.5 2731

    Mahallalar kichik ishlab chiqarish markazlariga aylanadi: 1 759 ta hududda yangi tizim “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida o‘tkazilgan seminarda ushbu tizimning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada ichki salohiyatga mos “lokomotiv” mikroloyihalar shakllantirilmoqda. Jarayon “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyilida tashkil etilib, asosiy maqsad — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdir. Shuningdek, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.

  • 5 авг.7 51952

    Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir. Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti. Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi. Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti. Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti: Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan. Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi. Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi. Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi. Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!

  • 5 авг.5 4158

    Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi. Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010…

  • 5 авг.5 14022

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyadan qaytib kelib, matbuot anjumani o‘tkazibdi. Gaplaridan, savollarga berayotgan javoblaridan o‘zi va jamoa haqidagi hamma (yomon) gap-so‘zlardan xabardorligi, aftidan, “Futbol plyus” podkastining ham o‘ziga bag‘ishlangan hamma sonlarini ko‘rib chiqqani sezilib turibdi. Ozgina alami bor. Mening davrimda terma jamoa o‘sdi, sizlar faqat natijani ko‘ryapsizlar, lekin men o‘sgan nuqtalarimizni ham ko‘ryapman. Insof qilinglar, ayniqsa, “bu spagettixo‘r italiyalikning maoshi 4 mln yevro”, degan gapni tarqatishni bas qilinglar! Italyan taomlarini yaxshi ko‘rsam-da, o‘zbek futbolchilariga majburlab yedirayotganim yo‘q, o‘yinlardan keyin osh ham berib turibman, debdi. Ishqilib, vaqtingiz bo‘lsa, matbuot anjumanini bir ko‘rib chiqing, 2006-yilgi jahon chempioni, ayrim nuqtalarda ortiqcha nolib yuborayotgandek, jamoa ichidan yo‘q dushmanlarni qidirayotgandek ko‘ringan bo‘lsa-da, lekin o‘zini ancha munosib tutibdi. Yaxshi xabarlardan biri — buyog‘i endi asosan yoshlar, yangi futbolchilar bilan ishlaymiz, O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchilar uchun bonus tugadi, debdi. Men bir narsani aytay-da Fabioxon akaga, balki buni ham yetkazishar, to‘g‘rilikcha. Mana, tez orada Janubiy Koreya bilan o‘ynaymiz, keyin Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini ham rejalashtirilayotgan ekan. Shu uchrashuvlarda o‘yin chiroyli bo‘lsa ham, menimcha, Kannavaroga munosabat ancha iliqlashadi. Har qalay, odamlar ko‘r emas, jamoa o‘yini o‘zgarganini ko‘radi. Xuddi Kongoga qarshi 1-taymini hamma e’tirof etayotganidek. Va, yanvarda bo‘ladigan Osiyo Kubogida O‘zbekistonni chempion qiling, tamom, asli italyan bo‘lsangiz ham sizdan yaxshi o‘zbek bo‘lmaydi O‘zbekistonda. Siz — O‘zbekiston qahramoni bo‘lasiz, siz, balki, deputat ham bo‘larsiz. Biz esa “mana shu mo‘jizaviy chempionlikning hammasi hurmatli Fabioxon akaning qo‘l ostilarida ishlab chiqarilgan”, deb gap tarqatib berishni o‘z zimmamizga olamiz. O‘zbekistonni chempion qiling, O‘zbekiston bilan chempion bo‘ling, tamom. Ana o‘shanda sizni yomon ko‘rganlar sizni yomon ko‘rganini ham unutib yuboradi. Yig‘loqilarga bahona, yig‘loqi gaplarga o‘rin qoldirmang. Bosing!

  • 1 авг.14,1 тыс18117

    Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi. Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010-yillarda tarkibida O‘zbekiston va jahon futboli yulduzlari o‘ynagan, braziliyalik murabbiyi jahonda eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassisga aylangan, dong‘i dunyoga ketgan “Bunyodkor”. Endi, mana, pulsizlik bilan ham nomi chiqdi. Bugun endi “Bunyodkor” matbuot xizmati bunday xabar tarqatibdi: “Klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi”. Hukumatimizga qoyil, “Bunyodkor”ning so‘nggi ikki-uch kunda ayniqsa baland chiqqan “yig‘isi”ga (aslida “Bunyodkor” yil boshidan beri, “O‘zbekneftgaz”dan oxiri ko‘rinmas cho‘ntagidan ayrilib qolganidan beri dodlaydi) zo‘r hotamtoylik bilan munosabat ko‘rsatibdi. Ha endi hukumatimiz zo‘r-da, boyvochcha; mana, shartta 5 mlrd so‘m ajratibdi. Maydalashmabdi: 1 mlrd emas, 3 mlrd emas, birdan 5 mlrd. Yetmay qolsa, yana berar. Qoyil. Ayniqsa shunisiga qoyil: hukumatimiz xohlasa qonuniy asos topib istaganiga milliardlab so‘m pul bera olarkan. Mana shunisi men kutgan yangilik bo‘ldi. Juda kutgandim buni. Endi, o‘rtoq hukumat, gap bundoq: iltimos sandan, hurmatingni qilib “iltimos” deyapman — tezda bir qonuniy asos topgin-da, “Dok-1 Maks” voqeasi oqibatida farzandsiz qolgan oilalarga, farzandi nogiron bo‘lib qolgan oilalarga sud tomonidan belgilangan kompensatsiya pullarini to‘lab ber. Ishonchim komil, san hukumat bo‘lib bunga qonuniy asos ham, yetarlicha pul ham topa olasan. Hech bir bahonasiz (endi bahona o‘tmas). Chunki, hukumatjon, o‘zing ham tushun: “Bunyodkor”ning balandroq chiqqan bir yig‘isiga ikki kunda 5 mlrd so‘m topib bera olganingdan keyin, buyoqda farzandsiz qolgan, farzandi nogiron bo‘lib qolgan 100 ga yaqin oila ularning qonuniy haqi uchun zarur pul nima uchun to‘rt yildan beri topilmayotganini endi ortiq tushunolmaydi va kuta olmaydi ham. Uyal, hukumatim, uyal — yaqinda “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘rt yil bo‘ladi. Bu oilalar kamida uch yildan beri, sud qarori chiqqanidan beri umidvor shu puldan. O‘tgan vaqt ichida ularning ahvoli, ehtimol, yanada og‘irlashgandir. Shuncha vaqtdan beri biror vaziring borib rostmana, tuzukroq xabar ham olmagan-a! San bo‘lsa “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratasan buyoqdan!.. Uyal! Va, iltimos — “Dok-1 Maks” voqeasi jabrlanuvchilariga belgilangan kompensatsiya pullarini shu kunlarda to‘liq to‘lab ber.

  • 31 июл.8 60618

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.9 01818

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.7 45318

    видео или голосовое, без подписи

  • +3
    31 июл.5 68718

    Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy Osipovning murojaati e’lon qilingandi. Aytishicha, bir necha yil avvalgi mashhur chang bo‘ronidan so‘ng hokimlik aholiga qoraqayin, eman, pavlovniya va mevali daraxtlarning ko‘chatlarini tarqatganida, u ham shu ko‘chatlarni olib, ekib, uch yil parvarish qilgan. Ammo… “27-iyul, dushanba kuni obodonlashtirish xizmati xodimlari kelib, shuncha vaqtdan beri avaylab o‘stirgan deyarli barcha yosh daraxtlarimni tubidan chopib, yo‘q qilib ketishdi. E’tirozlarga quloq solishmadi, hech qanday ruxsatnoma ko‘rsatishmadi. Ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi”, — degandi Anatoliy aka. Fuqaro o‘z murojaatini shunday so‘zlar bilan yakunlagan edi: “Yuzma-yuz uchrashuvda javob berishmaganidan so‘ng, loaqal Gazeta’ga yo‘llagan ushbu maktubimga shahar hokimligidan munosabat eshitishga umid qilaman”. Uning murojaatiga shahar hokimligidan ham avval Prezident administratsiyasi javob berdi. Kecha oqshom Saida Mirziyoyeva Lolazor mahallasiga boribdi. “Lolazor mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarida. Uning ma’lum qilishicha, endi Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi va qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshiradi. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”. “Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u. Mana shunaqa. Hokimlikka ish ham qolmabdi (ya’ni, endi daraxtlarni kesib ketish ham mumkin emas). Ish qolmagan bo‘lsa, ularni band qilib o‘tirish ham shart emasdir unda, a?