OTFIV RASMIY
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet k, 7-uy, Tash, Uzbekistan Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot 📧 press@edu.uz 🌐gov.uz/edu 📲 instagram.com/eduuzofficial
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 116
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 768
- 1/48двое суток
- 2 026
- 1/72трое суток
- 2 185
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#FoydaliMaslahat_11 Rasmiy muomalada “aryersena” emas — “sahnaorti” atamasidan foydalaning! 🔘 O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida rasmiy muomalaga kiritilgan yangi atamalardan biri —“sahnaorti” hisoblanadi. Ilgari qo‘llanib kelgan “aryersena” atamasi o‘rniga endilikda rasmiy hujjatlar va ish yuritishda “sahnaorti” so‘zidan foydalanish tavsiya etiladi. 🎬“Sahnaorti” — sahnaning orqa qismi, spektakl yoki tadbirga tayyorgarlik ishlari olib boriladigan hududni anglatadi. 📝 Muhim eslatma: ➡️ Rasmiy hujjatlar, ish yuritish va ommaviy muloqotda “sahnaorti” atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq. ➡️ Mazkur atama “aryersena” so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatida tavsiya etilgan. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FoydaliMaslahat_10 Rasmiy muomalada “antrakt” emas — “tanaffus” atamasidan foydalaning! 🔘O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida rasmiy muomalaga kiritilgan yangi atamalardan biri — “tanaffus” hisoblanadi. Ilgari keng qo‘llanilgan “antrakt” atamasi o‘rniga endilikda rasmiy hujjatlar va ish yuritishda “tanaffus” so‘zidan foydalanish tavsiya etiladi. 📝 “Tanaffus” — spektakl pardalari yoki konsert bo‘limlari orasidagi qisqa oraliqni anglatadi. ‼️Muhim eslatma: 🔵Rasmiy hujjatlar, qonunchilik va ish yuritishda “tanaffus” atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq. 🔵 Mazkur atama o‘zbekcha muqobil sifatida “antrakt” so‘zining o‘rnini bosadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Sport #Hamkorlik_kubogi 🏆 “Sport – salomatlik tayanchi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi 📅 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida mahalla yoshlari uchun “Sport – salomatlik tayanchi” mavzusida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi. 🔹 Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada jamoalar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar. 🔸 Toshkent shahar Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sport musobaqalarida Toshkent shahridagi mahalla yoshlari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti jamoalari ishtirok etdi. 🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar hamda sportchilar diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mustaqillik_35_yil 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari ❗ Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha…
#Qonunchilik_yangiliklari ❗ Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 17-iyuldagi PQ–269-son qarori qabul qilindi. 📣 Qarorga ko‘ra: ⚫️ Xalqaro malakalar va baholash markaziga ishlab chiqilgan integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingida top-100 talikka kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining akademik talablariga solishtirish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. ⚫️ Top-100 talikka kiruvchi hamkor oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan bakalavriat uchun “1+3”, “2+2”, magistratura uchun “1+1” kabi ta’lim modellari ishlab chiqiladi. ⚫️ O‘zbekistonda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomini berishga qaratilgan kampus, filial, franchayzing, ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishiladi. ⚫️Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasi asosida integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy etishni kengaytirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi. ➡️ Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida Buyuk Britaniyaning “IQF – Integrated Qualifications Framework” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi tashkil etilgan. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏫 Andijon davlat texnika instituti va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 🏫 Andijon davlat texnika instituti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum va hamkorlik hujjatlari imzolandi. 📚 Hamkorlik doirasida Foundation (tayyorlov) dasturlari yo‘lga qo‘yilib, talabgorlarni institutning 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari uchun puxta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Dastur davomida xorijiy tillar hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi. ✅ Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: ✅ Foundation (tayyorlov) dasturlarini tashkil etish; ✅ 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga tayyorlash; ✅ xorijiy tillar va mutaxassislik fanlari bo‘yicha tayyorgarlikni kuchaytirish; ✅ xalqaro ta’lim dasturlariga saralash va yo‘naltirish tizimini takomillashtirish. 🤝 Mazkur hamkorlik yoshlarni xalqaro standartlar asosida sifatli tayyorlash, Andijon davlat texnika institutining xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi: “Yozgi maktab” dasturi “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvida Jizzax davlat pedagogika universiteti va Koreya Respublikasining Sejong universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan “Yozgi maktab” dasturi “TA’LIM VA TARAQQIYOT” ko‘rsatuvida. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Avtomobilsiz_kun 10-avgust kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin. “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи