Rasulov Tokhir
СтатистикаHayot, intizom, dasturlash va real tajribalar. Germaniya universiteti talabasi 🇩🇪 | Frontend developer Youtube: https://www.youtube.com/@rasulovtokhir
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Man orqadaman Kecha kechqurun Instagram ochdim. Kimdir chet elga ketibdi, kimdir 22 yoshda kompaniya ochibdi, kimdir mashina olibdi. Va telefonni qo'yganimda ichimda o'sha tanish his paydo bo'ldi: men nima qivoman? Ko'pchilik etadi: "orqada emassan, hammasi o'z vaqtida keladi." Lekin vaqt faqat ketadi. Bu yolg'on tinchlantirish. Rostini aytaman: siz orqada emassiz, siz noto'g'ri asbob bilan o'lchavosiz. Siz o'zingizni har bir kunizni ko'rasiz: charchoqni, shubhani, ishlamagan kunlani. Ulani esa faqat natijasini ko'rasiz. Yillar mehnat bitta postda yeg'ilgan. Bu solishtirish emas. Bu - o'zizi aldash. Va eng yomoni: "orqada qovoman" degan his hech qachon harakatga aylanmidi. U faqat kayfiyatni buzadi. Keyin telefonni yopasiz va hech narsa qimisiz. Ya'ni bu his sizga yordam bermayapti - u sizni to'xtatvoti. Yagona to'g'ri o'lchov: kechagi o'zingiz. Kecha bilmagan narsani bugun bilasizmi? Kecha qilmagan ishni bugun qildizmi? "HA" bo'lsa - to'g'ri yo'ldasiz. Odamlar bilan poyga qilishni bas qiling. Kechagi o'zingiz bilan poyga qiling. Har kuni 0.1% yaxshiroq bo'ling bir yilda 44% yaxshiroq bo'lasiz. Fikringiz 👇
Har safar 1-kundan boshlayapsiz. Siz intizomsiz emassiz. Siz shunchaki juda ko’p qayta boshlaysiz. Tanish holatmi? Dushanba “yangi hayot”. 3 kun zo’r ketasiz. Keyin bitta kun o’tkazib yuborasiz. Va hamma progress 0 ga qaytadi, keyingi dushanba yana 1-kundan. Sizn dangasa emassiz, muammo har safar noldan boshlashingizda. Bir narsani tushunin: bir kun o’tkazib yuborish bu muammo emas. Muammo - o’sha bir kundan keyin butunlay tashlab ketish. Har kimda bo'lishi mumkin, bir kun insoniylik fazilatlari bo'lgani uchun o'tkazib yuborish lekin 2-chi kun o'tkazsa bu odatga aylanib boradi. Hayotimizni o'zgartiruvchi odatlar ko'rinmas va kichik qarorlarimiz bilan quriladi. To’xtashni bas qiling. Davom etishni boshlang
Claude ga tanbeh berib turmasa yaxshi ishlamaydigan bo'lib qolgan
Intizom baqirmaydi. Internetda "intizom" haqida kontent to'lib ketgan. Hammasi bir xil: baqiradi, "shovqin", "grind", "hech kim seni ayamidi." Lekin haqiqiy intizom bunaqa emas. Haqiqiy intizom - jim jitlik. U baqirmidi. U shunchaki har kuni qaytariladi. Va bir narsani ajratib olish kerak: intensivlik emas, muntazamlik. Bir kun 5 soat ishlab, keyin bir hafta yo'qolish - bu intizom emas. Bu hissiyot. Har kuni oz, lekin to'xtovsiz - mana bu intizom. Yana bir farq bor. Ko'pchilik intizomni o'ziga jazo sifatida ko'radi - "yetarli emasman, shuning uchun o'zimni majburlashim kerak." Bu noto'g'ri asos. Qo'rquvdan qilingan intizom uzoqqa yetmidi. Kuchli odam o'zini yetarli emas deb his qilgani uchun ishlamidi. U o'zini hurmat qilgani uchun ishlidi. Va eng muhimi: haqiqiy intizom hech kim ko'rmaganda ko'rinadi. Birov maqtaganda, birov kuzatganda ishlash oson. Lekin hech kim bilmidigan, hech kim "barakalla" demidigan paytda nima qilasiz? Mana o'sha yerda haqiqiy siz ko'rinasiz. Intizom baqirmidi. U jimgina, har kuni, o'ziz uchun qaytariladi.
без подписи
Finaldan oldin Final Bugun obunachilarimiz bilan yegilib mazza qilib futbol o'ynadik
без подписи
https://youtu.be/GOj962MF5fc?si=f47zUGgQfJ82UTQy
Xudo xohlasa 19 iyul kuni futbol tashkilashtiramiz, asosiy maqsad faol networking. Bir birmizni yaxshiroq tanib olish. Gruhga qo'shilish uchun link: https://t.me/+76B4qChm59kxZTMy
O'zizga shu darajada ishoningki, o'zgarishlarni to'g'ridan to'g'ri GIT Platformalarida qiling
Nega kurs tugatganlar kod yoza olmaydi? Har oy bir xil holatni ko'raman: odam kursni tugatgan, sertifikat olgan, lekin bo'sh ekran oldida hech narsa yoza omidi. Bu odamning aybi emas. Bu o'rganish modelidagi xato. Sabab oddiy: kursda siz kuzatasiz. Ustoz yozadi, siz qarisiz, hammasi tushunarli tuyuladi. Miya "tushundim" degan signal beradi. Lekin bu yolg'on signal. Tushunish va qila olish miyada ikki xil jarayon. Kuzatish faqat birinchisini rivojlantiradi. Ikkinchisi esa faqat bitta yo'l bilan keladi: o'ziz yozasiz, xato qilasiz, tuzatasiz. Shuning uchun ham 20% kurs qolgan 80% mustaqil amaliyot. Loyiha qiling. Xunuk bo'lsin, ishlamasin - muhim emas. Har bir xato sizni sertifikatdan ko'ra ko'proq o'rgatadi. Kimdir "qaysi kurs yaxshi?" deb so'rasa, avval boshqa savolga javob berin: "Kursdan tashqari nima qivosiz?" Javob "hech narsa" bo'lsa, hech qaysi kurs yordam bermaydi.
battery tugaguncha code yozaman, keyin uxliman degan maqsad qo'ydim😁
Hech kim ko'rmayotganda. Intizomning eng qiyin qismi bilasizmi qaysi? Hech kim ko'rmayotgan payt. Zalda birov bor - mashq qilasiz. Imtihon yaqin - o'qiysiz. Deadline bor - ishlaysiz. Bu oson. Tashqi bosim bor. Lekin hech kim tekshirmaydigan, hech kim baholamaydigan, hech kim "barakalla" demaydigan paytda nima qilasiz? Mana shu yerda haqiqiy siz ko'rinasiz. Man o'zimga bitta qoida qo'yganman: eng muhim ishlarim - hech kim ko'rmidigan ishlar. Ertalabki mashq. Kitob. Kontent reja. Kod yozish. Hech kim kuzatmidi. Hech kim maqtamidi. Lekin bir yildan keyin natija hammaga ko'rinadi. Va odamlar "omadli ekan" deydi. Omad emas. Hech kim ko'rmagan soatlar.
Xudo xohlasa 19 iyul kuni futbol tashkilashtiramiz, asosiy maqsad faol networking. Bir birmizni yaxshiroq tanib olish. Gruhga qo'shilish uchun link: https://t.me/+76B4qChm59kxZTMy
без подписи
без подписи
Shahar shovqinlaridan dam oldik, Uzinfocom bilan
https://youtu.be/xMgqnSagZ7I?si=K-oh2S6UEPHgEWDv
без подписи
без подписи