- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 76
- 1/48двое суток
- 87
- 1/72трое суток
- 93
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Qovog'ingga kimdir don sepgan, Kiprigingga qushlar qo'nibdi. Dil yedirib boqdingmi, gulim, Bo'ldi uchir... ular to'yibdi. O'zing tusab, axir dilingni tutaversang qushlar ketmaydi. Seni yolg'iz bu og'riqlardan qutqarishga kuchim yetmaydi. Najmiddin Ermatov
O'zimcha zo'r post yozdim deb o'ylasamu, hech kim hisbildirgi bosmaganini ko'rsam:
Yozuvchi Marziya Saydam "Fantom og'rig'i" kitobida asar nomi haqida to'xtalib, bu termin tibbiyotda mavjud ekanligini aytadi. Ya'ni, inson biror og'ir kasallikka chalinsa, aytaylik qandli diabet, kun kelib uni biror a'zosini kesib olib tashlashga to'g'ri keldi. Oradan vaqt o'tib inson miyasi aynan o'sha kesib olib tashlangan a'zoda og'riq yuzaga kelsa buni sezishi hamda shifokorlar og'riq qoldiruvchi dorilar berishi yozilgan. Fikrimcha, kimki ishq dardiga chalinsa bilsinki "fantom og'rig'i" bilan ham azob chekayotgan bo'ladi. Jismingizni bir bo'lagi bo'lgan yuragingizni Unga berasizu, qanday og'riqni his qilmaysiz ))
Yulduzim deb, izlaganim, Armonlarda bo'zlaganim, Kecha-kunduz so'zlaganim - Siz o'shamu, siz o'shamu? Olislardan topmaganim, Ammo aslo tonmaganim, O'ylab-o'ylab qonmaganim - Siz o'shamu, siz o'shamu? Tushlarimga kirib yurgan, Yulduzlarday yonib turgan, Meni o'ylab xayol surgan Siz o'shamu, siz o'shamu? Qolmang deyman zavolimga, Jamolingiz xayolimda, Dilim dardi savolimda, Siz o'shamu, siz o'shamu? Peshonamga taqdir bitgan, Yuragimni abgor etgan, Otabegim deya kutgan Siz o'shamu, siz o'shamu? Xurshid Davron
Bechora bo'ydoqiy, nima qilarini bilmay kitob ochsa bu ahvol 😃
Qalblar uzoqlashgan sari ovozlar ko'tariladi. Qalblar yaqinlashgan sari ovozlar pasayadi. Borib-borib so'zlamasdan, qalblar o'zaro suhbatlashadi. Said Komil
Shu jiyan keldi men "moda" dan qoldim 🤨
O't purkadi miltiqning labi Ko'kdan toshdek quladi o'rdak Qamishzorda boshqalar kabi Nechun pisib yotmadi tentak? Taqdirga u berolmadi tan Sevdi erkin parvoz qilmoqni Afzal ko'rdi pisib yashashdan Yuksaklikda halok bo'lmoqni Anvar Obidjon Ki, sen ham hur tug'ilgansan! Cho'lpon
Sen bilan o'tgan kunlar ...
- Muhabbatimizchi? - Muhabbat, o'zi nima u?! Men muhabbat bilan ota-ona rizoligi o'rtasidagi olovda yonib kul bo'ldim!
#mahalla Melisani iti bor Sevinchni boshida biti bor O'ynamaseng o'ynama Uyga borib yig'lama
без подписи
Shirin tashvish
Ko'nglimni so'raysan, Ha, ko'nglim bordir - Dunyoni sig'dirgan, Seni sig'dirgan, Boshdan oyoqqacha bus-butun yurak. Mening topinganim o'shaku axir, Endi bu dunyolar menga ne kerak. Ishqimni so'raysan, Ha, ishqim bordir - Xuv, o'sha odamga jon kirar mahal chalingan musiqadan ajralgan navo. Men uning sehri-la yana qaytadan Yaratib olgayman boshqa bir dunyo. Faqat so'ramaysan, So'ray olmaysan. Mening yana bitta azobim bordir - Yaratgan yaratgan, ey, tengsiz dildor, Hijronga evrilgan umr yo'limda - Mening sen sig'magan peshonam ham bor. Najmiddin Turon
Kitoblarimga shuncha vadalar beraman albatta sizlarni o'qiyman deb. Hech bir rozi bo'lishmadi-da bu kitoblarim 🤨
Etim junjikadi orzu yo'lida Sirpanchiq tuyg'ular asabni o'ynar So'ylamak istaram ko'ngil tilida Dunyoboz yuraklar tushunmay qiynar
без подписи
Gohida hayot bizni boshi berk ko'chaga haydaydi. Agar yaxshilik bilan ushlab qolishning iloji bo'lmasa, ajralishni chiroyli yo'l bilan qilish kerak.