💪👶SEN KUCHLISAN👧💪
СтатистикаBolalarga kuchli ekanliklarini, ular zaif emasliklarini, ularni yaxshi ko'rishimzni bildirishimiz kerak💪🥰 Admin 👇 @Nur_1993
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 063
- 1/48двое суток
- 1 218
- 1/72трое суток
- 1 313
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shu kunga qadar Unicon Soft kompaniyasi homiyligida kasalxonalarda davolanayotgan, oqqon va saratonga chalingan 60 nafar bolajonga va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi bemor va boquvchisini yo’qotgan 20 nafar bolalarga kiyim-kechak va o’yinchoqlar, oziq-ovqatlar yetkazildi. Bolalar milliy tibbiyot markazi onkologiya bo’limiga bolajonlar ehtiyojlari uchun 3 dona aravacha berildi (bittasi motorli, 2 tasi mehanika) Qolgan ehsonliklar ham bosqichma bosqich davom etmoqda. Homiylardan Olloh rozi bo’lsin 🤲🏻
🔥 Улкан эсҳон мўлжанмоқда: 235 нафар болажонни хурсанд қиламиз! 10 болажоннинг тўйи бўлади жаранг-журунг!!! ✅ Бош ҳомий «Unicon soft» кўмагида «Сен кучлисан» жамоаси ҳайратлантиришда давом этади. Ўзбекистон мустақиллигининг 35 йиллиги “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” бош ғояси остида 235 болажонни хурсанд қиламиз! «Қанақа тўй бўларкан?» деяпсизми? Улкан эҳсон доирасида 5 полвончанинг суннат тўйи, 5 нафар қизалоқнинг мучал тўйини ҳам ўтказилади! Катта эҳсон тарқатиб, пул, озиқ-овқат, кийим-кеча, ўйинчоқлар ва бошқа совға-саломлар шаклида гўзал тантана ташкил қиламиз! 1. 5 полвонча ва 5 нафар қизалоқларнинг ҳар бирига 2 млн сўмдан суннат ва мулчал тўй тўёнаси; 2. 50 нафар болажонга 1 млн сўм пул; 3. 55 оилага озиқ-овқат тўплами; 4. 120 нафар болаларга кийим-кеча ва ўйинчоқлар тарқатилади. Улкан хурсандчилик билан 120 кишини таклиф қиламиз ва ажойиб тўй қилиб ўтказамиз! 🖐 Илтимос, мурожаатни аниқ мўлжал бўйича ёзинг: * Суннат тўй ва мучал тўйи бўйича номзодларни @Nur_1993 га; * Эҳсон пуллари бўйича @nurbekos га; * Озиқ-овқат бўйича @Nigora_Shavkatovna1 га; * Кийим-кечак+ўйинчоқ олиш учун @robiiyakhon га; * Тадбиримизга бош қўшаман деганлар https://t.me/Abror_Zohidov га боғланинг. (Бир киши икки йўналиш бўйича танлаши мумкин. Масалан: пул+кийим-кечак, озиқ-овқат+ўйинчоқ. Тўйболаларнинг рўйхати алоҳида комиссия орқали тузилади) * Тадбир бўйича аниқ вақт ва манзил бўйича алоҳида хабар берилади; * 75 нафар болаларга эҳсонлар шу пайтгача етказилди, яна 50 киши манзилларга етказилади; * Эҳсонлар аввало бизнинг фаолиятимиздан бирор марта олмаганларга, кейин яқин 3 ойда, ундан кейин 6 ой давомида эҳсон олмаганларга, ана ундан кейин бошқаларга берилади. ⚡️Алоҳида эслатма: Эълон бўйича мурожаатлар 12 август, соат 12:00 гача қабул қилинади. Илтимос, кечикманг. 🤲 Болаларни, фаолиятимизни қўллаб-қувватлаган яхшилар барака топишсин! Аброр Зоҳидов Телеграм | Инстаграм
✅ Яхши хабар бооооррр!!! ⚡️ Диққат билан кузатиб туринглар. Кўўўўўўпчиликни хурсанд қилмоқчимиз. Бу сафар ҳам кечикдим, билмай қолдим десангиз энди уят бўлади. Бошқаларга ҳам айтиб қўйинглар. Зўўўўр янгилик бор!!! 🤲 Дуо қилиб туринглар. ❌ Илтимос, дарров менга ёзишни бошламанг. Алоҳида эълон берилади. Ўқиб, кейин кўрсатилган манзилларга боғланинг. Аброр Зоҳидов Телеграм | Инстаграм
Jajji qalblarga madad: “Unicon Soft” MCHJ bemor bolalarga yelkadosh bo‘ldi Mehr va e’tibor ba’zan har qanday dori-darmondan ham kuchliroq shifo va madad bo‘lishi mumkin. 31-iyul kuni “Unicon Soft” MCHJ jamoasi ana shunday ezgu ishni amalga oshirdi. Onkologik va onkogematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolajonlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yunusabad Gallery” majmuasida “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda kichik musavvirlarning mo‘jizaviy suratlari ko‘rgazmasi hamda kimoshdi savdosi tashkil etildi. Tadbirda saratonni yengish uchun matonat ko‘rsatayotgan 20 nafar bola va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bolalar tomonidan chizilgan har bir suratda cheksiz umid, hayotga bo‘lgan muhabbat hamda kelajak orzulari aks etgani tadbir ishtirokchilarining qalbini to‘lqinlantirdi. Shu sababli ham “Unicon Soft” MCHJ xodimlari kimoshdi savdosida juda faol ishtirok etishdi. Hamkasblarimiz suratlarni mehr va e’tibor bilan xarid qilib, bolajonlarning davolanishiga beg‘araz hissa qo‘shishga, ularga yolg‘iz emasliklarini his ettirishga intilishdi. #Mustaqillik35, #Uzb35 🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
6-7 avgust kuni Uzairweysda navbatdagi ko’rgazmamiz bo’lib o’tadi. ❌Faqat ko’rgazmada ota-onalar ham, bolalar ham ishtirok etishmaydi. ✅Ko’rgazmada faqat rasmlar va volontyorlar bo’lishadi. Ko’rgazmadan tushgan pul mablag’lari kasalxonadagi bemor bolalar ehtiyojlari uchun sarflanadi.
без подписи
Ikki tadbir ham juda chiroyli tashkil etildi. Mezbonlar bolalarimizni iliq kutib olishib, ularning butun hayotlari davomida esda qolarli kun yarata olishdi. Tadbirdan tushgan 60.000.000 so’m pul mablag’lari tashrif buyurgan 40 nafar bolajonlarga taqsimlab berildi. Homiylar tomonidan berilgan hisob raqamimizdagi pul mablag’lari esa kelayotgan yangi hafta ishida kasalxonadagi bemor bolalar ehtiyojlari uchun sarflanadi. Kasalxonalarga tashriflar uyushtiriladi. U yerda davolanayotgan bemor bolalarga mavsumiy kiyim kechak, gigiyenik vositalar va o’yinchoqlar olib boriladi.
Kuni kecha @bandlik_vazirligi loyihamiz bolalari uchun o’z eshiklarini ochdi. Har bir bolaga individual yondashuv, mahsus sovg’alar, bolalarni rag’batlantirish va cheksiz berilgan mehr- bolalarimizni bemorliklarini biroz bo’lsada unitishga yordam berdi. Bolalarimiz uchun unitilmas kun hadya etgan bandlik vazirligiga va vazirlik hodimlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz🇺🇿
Yaxshilik bor joyda — umid bor Murg‘ak qalblarga quvonch ulashgan xayriya tadbiri mehr va saxovatning yorqin ifodasi boʻldi. ⭐️Barchani ezgu amallar yo‘lida birlashtirgan mazkur tadbirda Saudiya Arabistonining KDOT Partners kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Faysal Al-Davud hamda Mohir Usta Training o‘quv markazi rahbariyati ham ishtirok etib, bolajonlar va ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Zero, ezgulikka qoʻshilgan har bir hissa hayotga muhabbat, ko‘ngilga quvvat bagʻishlaydi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube|X
Tadbir yuqori kayfiyatda davom etmoqda… Aytishlariga qaraganda auksionda chet eldan kelgan mexmonlarni ham qatnashishi kutilmoqda ☺️
Ayni vaqtda bandlik vazirligida tadbir boshlandi. 20 ta bola qabul qilingan. Ammo tadbirga bir nechta bolalar kelmagan. Xurmatli ota-onalar, iltimos, agar kelish niyatingiz bo’lmasa joylarni band qilmang! Agar bolaning tobi qochsa oldindan ogohlantiring! Siz band qilgan joyga nechta bola intiq bo’lganini unitib qo’ymang!
без подписи
31-iyul kuni soat 15:00da Yunusabad Galleryda yopiq tadbir bo'lib o'tadi. Tadbir davomida saraton kasalligiga chalingan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlari va rasmlar ko'rgazmasi hamda savdo yarmarkasi taqdim etiladi. Ishtirokchilar asarlarni harid qilish orqali bemor bolalarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo'lishadi. ────────── 31 июля в 15:00 в Yunusabad Gallery состоится закрытое мероприятие. В его рамках представлены выставка и ярмарка художественных работ и рисунков, созданных детьми, страдающими онкологическими заболеваниями. Приобретая работы, участники смогут поддержать больных детей и их стремление к жизни.
87 ta murojaatdan faqar 2 ta murojaatda men so’ragan to’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan. Ayniqsa smslarni bo’lmasdan bittada yuboringlar deganimni hech Kim o’qibam ko’rmagan shekilli.
Voice message
Barakalla Islombek
без подписи
Uchuvchi bo’lish (simulyator yoki maxsus reys) Maxsus kuchlar askari bo’lish O’t o’chiruvchi bo’lish Poyezdni boshqarish kabinasiga chiqish Metro mashinisti bilan bir kun ✈️ 2. Osmondagi orzu Vertolyotda Toshkent ustidan aylanish Issiq havo sharida uchish Paraplanda instruktor bilan parvoz (yoshi va sog’lig’i mos bo’lsa) Kichik samolyotda “pilot o’rindig’i” 🏎 3. Tezlik kuni Sport avtomobilida trek bo’ylab aylanish Drift mashinasida instruktor bilan sayr Kartingni butunlay yopib, faqat bolalar uchun poyga 🚒 4. Qahramonlar missiyasi Ssenariy: “Shahar xavf ostida!” Bola maxsus forma kiyadi. Maxsus mashinalar (IIV, FVV, tez yordam) bilan topshiriqlarni bajaradi. Yakunda medal va sertifikat oladi. 🚁 5. Maxfiy agent 007 QR kodli topshiriqlar Dron orqali “maxfiy paket” Laser labirint Oxirida “Oltin kalit”ni topish. 🦁 6. Hayvonlar bilan VIP kun Sher yoki yo’lbarsni yaqin masofadan boqish (xavfsiz sharoitda) Delfinlar bilan suzish (agar imkon bo’lsa) Ot minish Burgut bilan suratga tushish ⚽ 7. Mashhur sportchi bilan mashg’ulot Eldor Shomurodov Oksana Chusovitina Hasanboy Do’smatov Milliy terma jamoa bilan mashg’ulot 🎬 8. Kinofilm qahramoni Bolaning o’zi bosh rolni ijro etadigan mini-film. Qizil gilam. Premyera. Muxlislar. Avtograflar. 🚔 9. Tun operatsiyasi Politsiya va maxsus xizmatlar bilan tungi patrul. Ratsiya. Yoritgich. Sirena. “Missiya bajarildi.” 🚂 10. Millioner kuni Bolaga: Limuzin Shaxsiy haydovchi VIP restoran Shopping Fotosessiya Qizil gilam 🏰 11. Sehrli shahar Bir bog’ yoki maydon to’liq ertak olamiga aylantiriladi. Har qadamda yangi qahramon. Har topshiriqda sovg’a. 🎮 12. Gamer turniri Professional kibersportchilar bilan o’yin. LED sahna. Sharhlovchilar. Kubok. Medallar. 💎 13. Xazina ovchilari Dron xarita olib keladi. GPS orqali qidiruv. Metall izlagich. Oxirida katta sandiq. 🚘 14. Supercar Festival Ferrari, Lamborghini, Porsche, BMW M, Mercedes AMG, BYD Yangwang kabi avtomobillar ko’rgazmasi. Bolalar ichiga o’tirib ko’rishadi. Signal chalishadi. Suratga tushishadi.
без подписи
💪👶SEN KUCHLISAN👧💪 pinned a voice message