tgindex
Sinopsis

Sinopsis - har bir voqeaga obyektiv nazar!

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
30
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
5 745
−9 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
97
37 постов
Вовлечённость
1,7%
к подписчикам
Постов в день
4,3
всего 37
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
102
1/48двое суток
116
1/72трое суток
126

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Markaziy Osiyoning bir qator shaharlarida elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr energiyasida ommaviy uzilishlar qayd etilmoqda. Qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada Surxondaryo va ayrim viloyatlarda ham elektr ta’minoti uzilgan. Hozirda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Toshkentda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tashabbusi bilan Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida tashkil etildi. Xalqaro anjumanda parlament a’zolari, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlament vakillari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus hamda ilmiy doiralar vakillari qatnashmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • AQSH O‘zbekistonni Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bojlarni chetlab o‘tishda foydalanilayotgan davlatlar qatoriga kiritdi. AQSH hisobotiga ko‘ra, Xitoy tovarlari 40 dan ortiq davlatda qayta qadoqlanib, tamg‘alanib yoki minimal qayta ishlanib, boshqa davlat mahsuloti sifatida Amerikaga kiritilmoqda. AQSH bunday sxemalar tufayli yiliga 19–26 mlrd dollar bojxona daromadini yo‘qotayotganini baholamoqda. Ro‘yxatda O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Yaponiya, Kanada va Meksika ham bor. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • O‘zbekistonda ayrim faoliyatlarni uch oy litsenziyasiz boshlash mumkin bo‘ladi Tadbirkorlarga ayrim litsenziyalanadigan yoki ruxsat beruvchi hujjat talab qilinadigan faoliyatlarni uch oy davomida tegishli hujjatlarsiz boshlash imkoniyati yaratilmoqda. Bu uchun tadbirkor faoliyatini boshlashdan oldin vakolatli organga maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul xabarnoma yuborishi kerak bo‘ladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi 2021-yildan buyon "Toshkent metropoliteni"ga rahbarlik qilib kelayotgan Usmanov Raxmanbek Djaxangirovich esa lavozimida qoldi. U metropoliten boshqaruvi raisi etib tayinlandi Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • «Dekret» va «kasallik» nafaqalarini tayinlash tartibiga o‘zgarish kiritildi O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish, ya’ni «dekret» nafaqasi hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik — «kasallik» nafaqasini tayinlash tartibi yangilandi. Endilikda mehnat munosabatlari saqlanib qolgan holda ish haqi to‘lanmagan oylar endi sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor ta’lim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan "5" (a’lo) baho (90-100 ball) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan hamda birinchi bor ta’lim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • «PSJ» UEFA superkubogini ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdi Fransiyaning «PSJ» klubi UEFA superkubogi finalida «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, sovrinni ketma-ket ikkinchi yil ham yutdi. Parijliklar avvalgi finalda «Tottenhem»ni mag‘lub etgan edi. Bu safar esa ular «Aston Villa» to‘sig‘idan o‘tib, yana bir bor mavsum boshidagi Yevropa futbolining asosiy sovrinlaridan birini qo‘lga kiritdi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Qozog‘istonliklarni tanqid qilgan rossiyalik bloger 5 yilga deportatsiya qilindi Rossiyalik bloger Kseniya Guzaeva ijtimoiy tarmoqlardagi Qozog‘iston va uning aholisi haqidagi provokatsion bayonotlari sabab ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ostona sudi unga jarima tayinlab, mamlakatga kirishini 5 yilga cheklab qo’ydi. Keyinchalik bloger tanqidlari uchun uzr so‘rab, «omadsiz hazil qilganini» bildirgan. Guzaeva jonli efirlarning birida shahar markazidagi odamlar o’tovda yashashi va otda yurishi kerakligini aytgan, boshqa efirlarda esa qozog‘istonliklarni haqorat qilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Ispaniyalik skeytbordchi quyosh tutilishi fonida tryuk bajardi Ispaniyalik skeytbordchi va bloger Denni Leon to‘liq quyosh tutilishi fonida murakkab tryuk bajardi. Nodir lahza aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, bir necha soat ichida 40 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • O‘zbekiston qonunchiligidan «diniy ekstremizm» atamasi olib tashlanadi Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida ekstremizmga qarshi kurashishga oid qonunchilikni yangilash nazarda tutilgan qonun ma’qullandi. Qonun bilan «diniy ekstremizm» atamasini «ekstremizm» tushunchasiga almashtirish taklif etilmoqda. Senatda ta’kidlanishicha, bu o‘zgarish ekstremizmni muayyan din bilan bog‘lashga yo‘l qo‘ymaslik va qonunchilikda yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Ronaldu Messiga hamdardlik bildirdi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida olamdan o‘tgach, argentinalik yulduz ijtimoiy tarmoqlarda ta’sirli post e’lon qildi. "Ushbu og‘ir damlarda senga va yaqinlaringga chin qalbimdan dalda tilayman, Leo. Ko‘p kuch-quvvat yor bo‘lsin", — deb yozgan Ronaldu. Maydondagi azaliy raqobatga qaramay, Ronalduning bu insoniy va qardoshlarcha qo‘llab-quvvatlashi muxlislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Qirg‘iziston O‘zbekistondan borgan 28 tonna sabzavotni qaytarib yubordi Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv davomida O‘zbekistondan olib kirilgan 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi mahsulotlarining qadog‘ida majburiy markirovka mavjud emasligi aniqlangan. Shu sababli 28 tonna sabzavot ortilgan yuk eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuborilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Eronda o‘zini zo‘ravonlikdan himoya qilgan 24 yoshli ayol qatl etildi — OAV Olti yil oldin majburan turmushga berilgan Marziya o‘z erini o‘ldirishda ayblangan. OAV xabarlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i va uning sherigi tomonidan sodir etilgan tajovuzga qarshilik ko‘rsatgan. Ma’lum qilinishicha, Marziyaga nisbatan sud hukmi ijro etilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • без подписи

  • Yevropa va Shimoliy yarimsharda so‘nggi 27 yildagi eng yirik to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi 12-avgust kuni Shimoliy yarimsharning bir qator mamlakatlari aholisi noyob va hayratlanarli tabiat hodisasi — to‘liq quyosh tutilishiga guvoh bo‘lishdi. Oydan hosil bo‘lgan soya Quyosh yuzasini to‘liq tosib, uning atrofida yorqin nurlanuvchi halqa ("quyosh toji") hosil qildi. Ushbu hodisa Yevropa qit’asi uchun 1999-yildan beri — deyarli 27 yil ichida sodir bo‘lgan eng yirik to‘liq quyosh tutilishi bo‘ldi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, navbatdagi shunday to‘liq quyosh tutilishi 2027-yilning 2-avgustida kutilmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

  • Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi. O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Modi Qirg‘izistonga — 31-avgust–1-sentyabr kunlari Bishkekda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga yo‘l oladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook