TATI-SOIL 🌎🌍🌏
СтатистикаTuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining rasmiy kanali ✍️Veb sayt: Soil.uz 🖥Youtube: Soil tuproqshunoslik 📱Telegram: TATI Soil
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 72
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 189
- 1/48двое суток
- 216
- 1/72трое суток
- 233
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💛💛💛 🔴Tanlab olingan pilot maydonlarda tuproq holati chuqur o‘rganilmoqda ➡️Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning mintaqaviy bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan PF-68-son Farmon ijrosi doirasida Farg‘ona va Bulung‘ur tumanlaridagi tanlab olingan pilot maydonlarda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining holati chuqur tahlil qilinmoqda. ➡️Tadqiqotlar natijasida har bir yer konturi bo‘yicha «Tuproq ma’lumotlari bazasi» shakllantirilib, fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yer resurslaridan samarali va mustaqil foydalanish uchun zarur ma’lumotlar taqdim etiladi. ❗️Yangi tizim pilot hududlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgach, respublikamizning barcha hududlarida joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
https://www.youtube.com/watch?v=zslWXfvqIBY
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
❗️YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YAGONA EZGU MAQSAD 🟢Yurtimizda «Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan har bir xayrli ish zamirida yuksak maqsad — Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni birgalikda barpo etish g‘oyasi mujassam. ➡️Ana shu ezgu g‘oya ruhida bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi tomonidan institutning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 🔵Hududlar tozalanib, tartibga keltirildi. Mevali va manzarali daraxtlar sug‘orilib, yashil makon yanada obodonlashtirildi. To‘plangan chiqindilar belgilangan joyga olib chiqib ketish uchun tartibli ravishda jamlandi. 🔵Zero, obodlik — faqat hududni tozalash emas. Obodlik — inson qalbidagi Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyat va ezgulikka daxldorlikning amaliy ifodasidir. ➡️Bugun biz birgalikda tozalagan va obod qilgan har bir go‘sha — ertangi avlod uchun qoldirilayotgan ezgu merosdir. Parvarish qilingan har bir daraxt — kelajakka qilingan yaxshilik, birgalikdagi har bir mehnat esa hamjihatlik va birdamligimizning yorqin namunasidir. 🔴Ayniqsa, ushbu xayrli tashabbusning Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani uning ahamiyatini yanada oshiradi. Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, xalqimiz birdam va hayotimiz farovon bo‘lsin! Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
BUGUNGI HARAKATLAR QIYMATI ERTANGI NATIJALAR BILAN O‘LCHANADI ➡️«Yangi O‘zbekiston» gazetasining navbatdagi sonida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodovning “BUGUNGI HARAKATLAR QIYMATI ERTANGI NATIJALAR BILAN O‘LCHANADI” sarlavhali maqolasi nashr etildi. 🔵Maqolada tuproq — xalqimizning eng muhim milliy boyliklaridan biri ekani, uning unumdorligini saqlash va tiklash oziq-ovqat xavfsizligi hamda kelajak avlodlar farovonligi uchun strategik ahamiyatga ega ekani haqida so‘z yuritiladi. 🔵Shuningdek, O‘zbekistonda tuproq holatini ilmiy o‘rganish, raqamli tuproq xaritalarini joriy etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, unumdor qatlamni muhofaza qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. 👉Maqolaning to‘liq matni — gazetaning PDF variantida. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
Ertaga — “Avtomobilsiz kun” 10-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. ℹ️ Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko’ra, ertaga davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Barakali hosil sari — birga qadam tashlaymiz! 🟢Kosmosdan qaraganda yer bir xil ko‘rinadi. Ammo har bir dalaning hosildorligi uning ichida — tuproq tarkibida yashirin. Shuning uchun fermer va yer egalari uchun tuproqshunos olimlar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Daladagi har bir qaror ilmiy tahlil va aniq tavsiyalarga asoslanganda, natija ham samarali bo‘ladi. ➡️Tuproqshunos olimlar tuproq namunalarini chuqur tahlil qilib, uning tarkibi va holatini baholaydi hamda har bir maydon uchun ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu esa o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. 👉Avval tahlil — keyin to‘g‘ri qaror. Ana shunda tuproq unumdorligi saqlanadi, mehnat samarasi ortadi, hosil esa yanada barakali bo‘ladi. Bizni kuzatib boring!⬇️ ✍️Veb sayt: Soil.uz 📱Facebook: TATI.uz ✅Telegram: TATI Soil 🎞Youtube: Soil
“Qishloq hayoti” gazetasining navbatdagi 2026 yil 6 avgust kungi 32 (9404)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Ushbu gazetaning 1 va 2 sahifalarida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi a’zosi Nazimxon QALANDAROV ning "TOZA DALA - SOG‘LOM TUPROQ VA MO‘L HOSIL GAROVI" sarlavhali maqola nashr etildi. Mazkur maqolada ekologik toza dalaning tuproq unumdorligi va hosildorlik uchun ahamiyati, plastik chiqindilarning tuproqqa salbiy ta’siri hamda ularni o‘z vaqtida yig‘ish va to‘g‘ri utilizatsiya qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. 📱Veb sayt: Soil.uz 📱Telegram: TATI Soil
#new_era_for_agriculture #Every_farmer_must_do #clean_field_initiative #plastic_trash_free_farming #echoOfreforms Кўзга кўринмас хавф Жадид газетаснинг бугунги сонида ҳамда Янги Ўзбекистон газетасининг веб-саҳифаларида ўқинг! Lotinchada: https://online.pubhtml5.com/pcipf/aulf/ Krilchada: https://online.pubhtml5.com/pcipf/fbtu/ https://yuz.uz/oz/news/kozga-korinmas-xavf-mikroplastik-va-bizning-dalamiz Ruschada: https://yuz.uz/ru/news/kozga-korinmas-xavf-mikroplastik-va-bizning-dalamiz Inglizchada: https://yuz.uz/en/news/kozga-korinmas-xavf-mikroplastik-va-bizning-dalamiz
#epigenetically_informed_agriculture #resilient_farming #small_cost_income #foodprizebrandchampions #world_food_prize_foundation "Яхши уруғ – ақлли компьютер. Тўғри агротехника – уни ишлатадиган software. Эпигенетик билим – шу software’ни тўғри ёзиш, тўғри ўчириш ва тўғри янгилаш санъати." Компьютерда software рақамлар билан ёзилади. Уни ўзгартириш учун мутахассис керак. Уруғда эса генларни ишлатадиган кўплаб “дастурлар” табиат томонидан гўё қалам билан ёзилгандек. Деҳқон тўғри шароит берса, ўша қалам билан ёзилган дастурни кучайтириши, йўналтириши, баъзан қайта “ёзиши” мумкин. Батафсил танишиш учун - O'zb: https://yuz.uz/oz/news/yaxshi-urug--aqlli-kompyuter-yani-hardware-togri-agrotexnika-esa-uni-ishlatadigan-software-qishloq-xojaligida-yangi-davr-haqida RU: https://yuz.uz/ru/news/yaxshi-urug--aqlli-kompyuter-yani-hardware-togri-agrotexnika-esa-uni-ishlatadigan-software-qishloq-xojaligida-yangi-davr-haqida?strict=1 ENG: https://yuz.uz/en/news/yaxshi-urug--aqlli-kompyuter-yani-hardware-togri-agrotexnika-esa-uni-ishlatadigan-software-qishloq-xojaligida-yangi-davr-haqida?strict=1
"ТАЪЗИЯНОМА" Самарқанд давлат университети Агробиотехнологиялар ва озиқ-овқат хавфсизлиги институти, Агрокимё ва ўсимликлар ҳимояси кафедраси профессори,кўп йиллар Туроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи илмий кенгаш аьзоси, мамлакатимизда хизмат кўрсатган қишлоқ хўжалиги арбоби, ҳурматли устоз Фарход Хакимович Хошимов вафоти муносабати билан Туроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти рабарияти ва барча жамоаси мархум Фарход Хошимовнинг оила аъзоларига, ва барча яқинларига чуқур хамдардлик билдиради. (Жаназа Самарқанд шаҳри Сузангарон МФЙ Ломоносов кўчаси, 8-хонадонда 1-август 2026 йил соат 14:00 да бўлиб ўтади).
без подписи