Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti | Rasmiy kanali
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti fb.com/rice.pressa Murojaat uchun📲 @MXXoldarov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 108
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 114
- 1/48двое суток
- 130
- 1/72трое суток
- 140
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tabrik Bugungi tavallud ayyomi sohibi — Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasida uzoq yillardan buyon samarali va fidokorona mehnat qilib, o‘zining boy ilmiy salohiyati, hayotiy tajribasi, mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan barchaga ibrat bo‘lib kelayotgan Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Tillayev Rixsivoy Shomuxammadovich tavallud ayyomini oilasi, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblari davrasida nishonlamoqda. Hurmatli Rixsivoy Shomuxammadovich! Sizning butun faoliyatingizni ilm-fanga, qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga va yetuk mutaxassislar tayyorlashdek sharafli vazifaga bag‘ishlangan fidokorona mehnat naʼmunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyatingiz davomida sholichilik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib, ilmiy izlanishlaringiz, tajribangiz va hayotiy saboqlaringiz orqali ko‘plab yosh mutaxassislar va shogirdlarni tarbiyalab kelmoqdasiz. Sizdan ta’lim olgan, ilm yo‘lini topgan va bugun sohada faoliyat yuritayotgan ko‘plab shogirdlaringizning yutuqlarida Sizning mehnatingiz va ustozlik maktabingiz mujassam. Sizning ilmiy merosingiz, ustozlik mahoratingiz va shogirdlarga bo‘lgan e’tiboringiz asosida o‘ziga xos “Tillayev maktabi” shakllanganini alohida e’tirof etish o‘rinlidir. Sizning samimiyligingiz, kamtarligingiz, talabchanligingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz hamkasblaringiz hamda shogirdlaringiz uchun doimo yuksak naʼmuna bo‘lib kelmoqda. Shu qutlug‘ ayyomda Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hurmat bilan, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi
🔥APK TUZOG‘I ➡️ Noma’lum manbadan yuborilgan APK faylni o‘rnatishga shoshilmang. Unda zararli dastur yashiringan bo‘lishi mumkin. Bunday fayllar orqali firibgarlar: - bank ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi; - SMS-kodlaringizni o‘qishi; - telefonizdagi shaxsiy ma’lumotlarga kirishi; - hisoblaringizdan pul yechib olishlari mumkin. Faqat ishonchli va rasmiy manbalardan ilovalarni yuklab oling. 🎙 To'liq video ushbu havolada👇👇👇 https://www.youtube.com/watch?v=4hICFLlKVog&t=79s ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
▶️Institutda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda institut xodimlari ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, kunning dolzarb mavzulari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqealar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ma’rifat soati davomida yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangilanishlar, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash borasidagi vazifalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, xodimlarning siyosiy faolligini oshirish, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati 🌐Web | 🌐Telegram | 🌐Facebook | 😎Instagram
#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
Channel photo updated
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#xalqaro_hamkorlik Koreya bilan sholichilikni raqamlashtirish va innovatsion rivojlantirish masalalari muhokama etildi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya davlatining Makro qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘limi Xalqaro qishloq xo‘jaligi hamkorligi markazi direktori Sanghyun Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut direktori Abdullo Mansurov mehmonlarga institut faoliyati, sholichilik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi navlar yaratish, zamonaviy agrotexnologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Muloqot davomida sholichilik sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, sholi yetishtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash va bashorat qilish, ekinlarning holatini masofadan monitoring qilish, agrotexnik tadbirlarni optimallashtirish hamda hosildorlikni prognozlash imkonini beruvchi zamonaviy raqamli platforma yaratish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, sholichilik uchun zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot natijalarini raqamli ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish, mutaxassislar va yosh olimlarning malakasini oshirish hamda ikki davlat olimlari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar sholichilikda innovatsion va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati 🌐Web | 🌐Telegram | 🌐Facebook | 😎Instagram
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Shundan institutga, 🟢 Seleksiya va urugʻchilik yoʻnalishiga 1 ta DcS, 2 ta PhD, stajyor tadqiqotchilik uchun 1ta; 🟢 Oʻsimlikshunoslik yoʻnalishiga 2 ta PhD, stajyor tadqiqotchilik uchun 1ta; 🟢Oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishiga 1 ta PhD, stajyor tadqiqotchilik uchun 1ta kvota ajratilgan. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati 🌐Web | 🌐Telegram | 🌐Facebook | 😎Instagram