tgindex
AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi

AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi

Статистика
@Respublika_AKISузбекский

🔷Respublika Agroxizmatlar markazining rasmiy telegram kanali 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: http://akis.uz/ https://www.instagram.com/akis_uzbekistan?igsh=bjE2aHZ 📍Manzil:Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumani Ahmad Yassaviy Sharof Rashidov

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
42
Всего постов
70
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
535
+1 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
312
40 постов
Вовлечённость
58,3%
к подписчикам
Постов в день
6,0
всего 70
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
117
1/48двое суток
134
1/72трое суток
144

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • ❓⏳⏳⏳⏳ 📌Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari Sharofiddin Ismonov joriy qishloq xo‘jaligi yilida o‘z dalalarida innovatsion va ilmiy yondashuvlarni muvaffaqiyatli qo‘llamoqda. 👍Fermer xo‘jaligining 50 gektar yer maydoniga 21-mart kuni Xitoy seleksiyasiga mansub “Xin Lu Zao 87” g‘o‘zasi plyonka ostiga ekilgan. 👍Maydonlar to‘liq mashina terimiga mos holda yetilgan. Ilmiy tavsiyalarga amal qilingani hisobiga gektariga 70–100 sentnergacha hosil olish maqsad qilingan. “Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz. O‘zbekistonimizda paxtachilikni yangi bosqichga olib chiqish o‘z qo‘limizda!” — Sharofiddin Ismonov, “Xumo” fermer xo‘jaligi rahbari. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • 14 авг.1 288726

    ❓❓❓❓❓❓ 1 gramm qo‘shimcha vazn — millionlab so‘m qo‘shimcha daromad! 👍Paxta yetishtirishda to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar hosildorlik hamda iqtisodiy samaradorlikni bir necha barobar oshirishga xizmat qiladi. 👍Ayni pishish va defoliatsiya arafasida o‘simlikni qo‘shimcha oziqlantirish (xususan, maxsus aralashmalar va xamirturush/droji berish) barglardagi ozuqa moddalarining to‘liq ko‘sakka o‘tishini ta’minlaydi hamda defoliatsiya samaradorligini oshiradi. 1 gektar maydon uchun o‘rtacha 320 000 – 330 000 so‘m. Ko‘sak vaznining atigi 1 grammga oshishi gektariga qo‘shimcha 20 sentner hosil va 16 million so‘m sof daromad keltiradi. Vazn 2 grammga oshganda esa bu ko‘rsatkich 40 sentner hamda 32 million so‘m qo‘shimcha daromadga yetadi. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • 14 авг.1 2931016

    ⏳⏳⏳⏳⏳ Namangan viloyati Mingbuloq tumanida “Etefon” preparati qo‘llanilgan paxta maydonlari o‘rganildi 📌Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Istiqbol” MMTP hududida joylashgan “Baxtiyor Abdusalomov” fermer xo‘jaligida g‘o‘zani pishib yetilishini jadallashtirish maqsadida “Etefon” preparati bilan ishlov berilgan paxta maydonlarining holati o‘rganildi. 👍O‘rganish davomida preparat qo‘llanilgan maydonlarda g‘o‘zaning rivojlanishi, ko‘saklarning pishib yetilishi hamda barglarning to‘kilish jarayoni kuzatildi. 👍Mutaxassislar tomonidan daladagi agrotexnik tadbirlarning holati tahlil qilinib, paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • 14 авг.1623из siyosiy_marifat_soati

    #31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

  • 🌐🌐🌐 Paxtachilikda sakkiz qonunning mohiyati Namangan viloyati agroxizmatlar markazi direktori Otabek Karimxo‘jayevning “Namangan haqiqati” gazetasining 2026-yil 13-avgustdagi sonida “Paxtachilikda sakkiz qonunning mohiyati” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada paxtadan yuqori va sifatli hosil olishda ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarga rioya qilishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, maqolada: — yerni to‘g‘ri tayyorlash; — sifatli urug‘ va ko‘chatdan foydalanish; — to‘g‘ri joylashtirish va qalinlikni ta’minlash; — o‘simlik arxitekturasini boshqarish; — muvozanatli oziqlantirish; — zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash; — g‘o‘zani o‘z vaqtida parvarish qilish va terim; — ekologik toza dalani shakllantirish kabi sakkiz muhim tamoyil batafsil bayon etilgan. Maqolani o’qish Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • ❓⏳⏳⏳⏳ Paxta maydonida Etefon preparati ta’siri Namangan viloyati, Namangan tumani, Paxtaobod MNTQ hududidagi fermer xo‘jaligida paxta yetishtirish jarayoni o‘rganildi. Fermer xo‘jaligining 28 gektar maydonida Xitoydan keltirilgan 64-navli paxta chigiti “Shinjon texnologiyasi” asosida ekilgan. 1-avgust kuni Etefon preparati qo‘llanilgan bo‘lib, ayni paytda uning ta’siri natijasida ko‘saklarning ochilish jarayoni faol kechmoqda. Kuzatuvlar davomida bir tup g‘o‘zada o‘rtacha 12–15 ta ko‘sak shakllangani, ularning 70–80 foizida yorilish jarayoni boshlanganligi aniqlandi. G‘o‘za barglarining qizarish holati ham preparat ta’siri samarali kechayotganini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar tomonidan fermer xo‘jaligi rahbariga 12–15 kundan so‘ng Avguron preparatini qo‘llash hamda defoliatsiya jarayonini boshlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Joriy yilgi paxta hosilining yetilishi o‘tgan yilga nisbatan 15–20 kun oldinlashgani kuzatilmoqda. Bu esa paxta yig‘im-terimini barvaqt yakunlab, 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini ham oldinroq boshlash imkonini beradi. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • ❓⏳⏳⏳⏳ 🌿 Surxondaryoda paxta maydonlarida defolyatsiya natijalari o‘rganildi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlarida olib borilgan defolyatsiya ishlari natijalari tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan 7 gektar maydon ko‘zdan kechirilib, bir gektarda o‘rtacha 204–205 ming tup g‘o‘za mavjudligi hamda har bir tupda 12–13 tadan to‘liq shakllangan ko‘sak borligi aniqlandi. Maydonda 1–2-avgust kunlari gektariga 2 kilogramm me’yorida etifon preparati bilan ishlov berilgan. Oradan 11 kun o‘tib, g‘o‘zaning 70–75 foizi to‘liq ochilgani, ko‘saklarning pishib yetilgani va quyosh nuri o‘simlikning quyi qismigacha yetib borayotgani kuzatildi. Shuningdek, fermer xo‘jaligiga uch bosqichli defolyatsiya hamda keyingi dessikatsiya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • 13 авг.1257из uzagroministry

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Takroriy muddatda kartoshkani kam xarajat va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish” bo‘yicha kengaytirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. 🥔Tavsiyalarda sifatli urug‘lik tanlash, qizil nur yordamida tez nishlatish, biologik preparatlardan foydalanish, ekish muddatlari va sxemalariga rioya qilish hamda o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilgan. 💧Shuningdek, tomchilatib sug‘orish, suv va resurslarni tejash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hosilni to‘g‘ri yig‘ib olish va saqlash masalalariga e’tibor qaratilgan. 📈Mazkur tavsiyalar kartoshka yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va yuqori hosil olishga xizmat qiladi. 🔗Qo‘llanma bilan to‘liq tanishish 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 13 авг.1163из uzagroministry

    Izboskanda g‘o‘za parvarishidagi yondashuvlar dalaning o‘zida tahlil qilindi 🇺🇿Ayni paytda Andijon viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Izboskan tumani fermerlari bilan dalada amaliy muloqot o‘tkazdi. ℹ️Bu galgi uchrashuv odatiy seminar shaklida emas, balki fermerlar tomonidan dalada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ochiq tahlil qilish ruhida kechdi. 🤩Muloqot, avvalo, fermerlarning g‘o‘za maydonlariga qancha miqdorda Etefon qo‘llagani va undan keyingi natijalarni solishtirishdan boshlandi. Ayrim maydonlardagi o‘zgarishlar, g‘o‘zaning rivojlanish holati va qo‘llangan agrotexnik tadbirlarning samarasi bevosita dalaning o‘zida ko‘rib chiqildi. 💦Xususan, Etefon qo‘llash me’yorlari, undan keyingi bosqichda Aguron bilan ishlov berish, g‘o‘zaning rivojlanish darajasidan kelib chiqib keyingi agrotexnik tadbirlarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✍️Muloqot davomida asosiy savol — qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yildi va kamchilik nimada? — degan masala atrofida fikr almashildi. Chunki bir xil agrotexnik tadbir turli maydonlarda bir xil natija bermasligi mumkin. Bunda g‘o‘zaning rivojlanish bosqichi, navning biologik xususiyatlari, ob-havo sharoiti va dalaning umumiy holati hisobga olinishi zarur. ☁️Ayniqsa, g‘o‘za mahalliy yoki xorijiy nav ekanidan qat’i nazar, unga nisbatan bir xil yondashuvni qo‘llash to‘g‘ri emasligi ta’kidlandi. Har bir navning biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish va agrotexnik tadbirlarni aynan shu asosda tashkil etish lozim. 🗣Vazir Ibrohim Abdurahmonov fermerlarga Etefon va boshqa preparatlarni qo‘llashda faqat belgilangan me’yorlarga amal qilish bilan cheklanib qolmasdan, g‘o‘zaning daladagi real holatini baholash, o‘simlikning rivojlanish bosqichidan kelib chiqib qaror qabul qilishni tavsiya etdi. ✍️Shuningdek, daladagi natijani faqat qo‘llangan preparat bilan bog‘lash emas, balki butun agrotexnik jarayonni kompleks baholash zarurligi qayd etildi. 💬Umuman olganda, Izboskandagi muloqotning asosiy mazmuni — qaysi preparatni qancha sepishdan ko‘ra, uni qachon, qanday sharoitda va qanday me’yor asosida qo‘llash muhim ekanini amaliy misollar orqali ko‘rsatish bo‘ldi. ✅Bu kabi ochiq muloqotlar fermerning o‘z dalasidagi xatoni ko‘rishi, qo‘shni maydondagi natija bilan taqqoslashi va keyingi agrotexnik tadbirlarni aniqroq belgilashi uchun muhim amaliy maktab vazifasini o‘taydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • без подписи