"URUG'CHILIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI " DM
СтатистикаQishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Urug'chilikni rivojlantirish markazining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun:https://t.me/murojaat_urm_bot
- Последний пост
- 12:49
- Последнее чтение
- 04:33
- Постов за неделю
- 14
- Всего постов
- 156
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 250
- 1/48двое суток
- 286
- 1/72трое суток
- 309
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Hududlar #aprobatsiya #Surxondaryo 📍Surxondaryoda g‘o‘za aprobatsiyasini sifatli o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi ✅Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida urug‘lik g‘o‘zani aprobatsiyadan sifatli va belgilangan tartibda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga mas’ul mutaxassislar, urug‘chilik tizimi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari mutaxassislari ishtirok etib, aprobatsiya jarayonining asosiy talablari, dala nazoratini to‘g‘ri tashkil etish va urug‘lik maydonlarining nav sofligini aniqlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. 🟢Seminar davomida ishtirokchilarga g‘o‘za aprobatsiyasini o‘tkazishning amaliy jihatlari, dala ko‘riklarini belgilangan muddatlarda tashkil etish, navga xos belgilarni aniqlash hamda olingan natijalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. ✅Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida mutaxassislar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar muhokama qilinib, urug‘lik g‘o‘za yetishtirishda sifat va nav sofligini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#Hududlar #EUX 📍"Termiz-Do‘stlik” EUXda rayhon va sabzi urug‘lari ko‘paytirilmoqda ✅Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Surxondaryo viloyatida joylashgan “Termiz-Do‘stlik” elita urug‘chilik xo‘jaligida joriy yilda asosiy ekin sifatida rayhon yetishtirilib, kelgusi yil uchun uning urug‘liklari ko‘paytirildi. Bu orqali xo‘jalikda rayhon urug‘chiligi yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. 🔺Shuningdek, rayhon hosili yig‘ib olingach, undan bo‘shagan maydonlardan unumli foydalanish maqsadida ikkinchi ekin sifatida sabzi ekildi. Mazkur tajriba yer resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlaridan yil davomida unumli foydalanish hamda qo‘shimcha hosil olish imkonini bermoqda. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#Hududlar #MG_02 📍Jizzaxda Xitoy seleksiyasiga mansub MG-02 navining sifatli urug‘liklari yetishtirilmoqda 🟢 Mahalliy sharoitda navning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini namoyon etishi, hosildorligi hamda urug‘lik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌱MG-02 navi ko'sak qurti va glifosatli eritma bilan ishlov berilganda ham chidamli ekanligi, serhosilligi bilan alohida ajralib turadi. Xitoy g‘o‘za navlarinining urug'larini mahalliy sharoitda tayyorlash va ularga mos agrotexnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. 🔺"Jizzax Best seeds" MCHJga qarashli elita urug'chilik xo'jaligi dala maydonida yetishtirilayotgan MG-02 navining sifatli urug‘liklari kelgusida yuqori hosildor, sifatli va raqobatbardosh paxta yetishtirish uchun muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
🖥🖥🖥 Paxtani yetishtirish emas, pishishini ham boshqarish mumkinmi? O‘zbek paxtachiligida yangi yondashuvlar amaliyotga kirib kelmoqda. Xususan, g‘o‘zani etefon bilan “qaritish” orqali pishish jarayonini tezlashtirish, ko‘saklarning ochilishini boshqarish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📹 “O‘zbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan maxsus reportajda paxtachilikdagi ana shu yangicha yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi. Maksus reportajda Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov o‘z intervyusida paxtani faqat o‘stirish emas, balki uning pishish jarayonini ham ilmiy asosda boshqarish, mavsum davomida to‘plangan oziqa moddalarini ko‘sak va tolaga to‘liq yo‘naltirishning ahamiyatini batafsil ochib berdi. 📺 Maxsus reportajni to‘liq tomosha qiling. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
Urug‘chilikda yangi mezon: har bir urug‘ — aniq ma’lumot, aniq natija 📌 Jizzax viloyatidagi Paxtakor tumanida urug‘lik g‘o‘za maydonlarining dala aprobatsiyasiga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi. 🌱 Seminarda g‘o‘za urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish va aprobatsiya jarayonlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. 📰 Maqsad — har bir urug‘ haqida aniq ma’lumot va undan kutiladigan aniq natijani ta’minlash. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
📍Jizzaxda paxtani qabul qilish va urug‘chilik jarayonlari muhokama qilindi ➡️Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Dafna ifori” MCHJ paxta qabul qilish punktida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida paxtani qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Vazir paxtani Agrotarozi orqali tortish, qabul qilish, buntlash hamda laboratoriyada uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash tartiblari haqida ma’lumot berdi. ✅Shuningdek, paxta qabul qilish jarayonida tortishning aniqligi, mahsulot sifatini laboratoriya tahlillari asosida baholash va saqlash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. 🟢Tadbir davomida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov paxta dalalarida aprobatsiya o‘tkazish tartibi, urug‘lik paxtaning nav tozaligi va sifatini aniqlashda mazkur jarayonning ahamiyati haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
🌍🌍🌍 📍Jizzax viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi ⚡️Unda urug‘lik g‘o‘za maydonlarini baholash, navdorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, sifatli va talab darajasidagi urug‘lik chigit zaxirasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, aprobatsiya kelgusi yil hosili uchun yuqori sifatli va toza navdor urug‘lik zaxirasini yaratishning muhim bosqichidir. ➡️Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov seminardagi kirish so‘zida urug‘lik g‘o‘za maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish muhimligini ta’kidladi: “Joriy yildan boshlab respublikamizda urug‘lik g‘o‘za maydonlari aprobatsiyasi ilk marta raqamli formatda tashkil etiladi.” Bunda aprobatsiya jarayonlari bevosita dala maydonining o‘zida “E-urug‘” axborot tizimi orqali amalga oshirilib, ijobiy baholangan maydonlar bo‘yicha “Agrosert” platformasi orqali raqamli navdorlik guvohnomasi berilishi belgilangan. ✅Seminarda hududiy aprobatsiya komissiyalarining vazifalari, har bir kontur bo‘yicha baholash ishlarini alohida tashkil etish hamda natijalarni “E-urug‘” axborot tizimiga o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Joriy yilda respublika bo‘yicha 1 186 ta subyektning 52 ming gektar urug‘lik paxta maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish va natijalar asosida qariyb 35 ming tonna urug‘lik chigit tayyorlash prognoz qilinmoqda. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
✅✅ 🟢G‘O‘ZA APROBATSIYAGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR 🟢Birozdan so‘ng Jizzax viloyati Paxtakor tumanida urug‘lik g‘o‘za maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar o‘z ishini boshlaydi. Unda soha mutaxassislari va mas’ul xodimlar ishtirokida urug‘lik g‘o‘za maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish tartibi, navdorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda urug‘lik sifatini baholash bo‘yicha amaliy jarayonlar namoyish etiladi. Seminar davomida ishtirokchilarga aprobatsiya jarayonini sifatli va belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar beriladi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
🌍🌍 📰 "UzA-O'zbekiston Milliy axborot agentligi"ning rasmiy web saytida Urug'chilikni rivojlantirish markazi Matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotiga asosan, "Kelgusi yil hosili uchun 300ming tonnaga yaqin urug'lik g'alla jamg'arildi" sarlavhali maqola chop etildi. 🔗 https://uza.uz/uz/posts/kelgusi-yilgi-hosil-uchun-300-ming-tonnaga-yaqin-uruglik-galla-zhamgarildi_894541
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ✅Kelgusi yil hosili uchun 265 ming tonnadan ortiq urug‘lik g‘alla jamg‘arildi 🟢Mamlakatimizda kelgusi yil hosili uchun sifatli urug‘lik g‘alla zaxirasini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. So‘nggi to‘rt yilda urug‘lik g‘alla jamg‘arish ko‘rsatkichlari tahlili ham ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Xususan, 2023-yilda 258 829 tonna, 2024-yilda 253 201 tonna, 2025-yilda 238 788 tonna, 2026-yilda esa 265 873 tonna urug‘lik g‘alla jamg‘arildi. Joriy yilgi ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 27 085 tonnaga, 2023-yilga nisbatan esa 7 044 tonnaga ko‘p bo‘lib, so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori natijani qayd etdi. Shundan 236 641 tonnasi joriy yil hosilidan tayyorlangan urug‘lik bug‘doy, 29 232 tonnasi esa o‘tgan yildan ortib qolgan urug‘lik bug‘doy hisoblanadi. 🟡Jamg‘arilgan urug‘lik g‘alla hajmi hududlar kesimida ham salmoqli ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Xususan, Toshkent viloyatida 33 476 tonna, Qashqadaryoda 33 387 tonna, Surxondaryoda 23 971 tonna, Farg‘ona viloyatida 23 287 tonna, Jizzaxda 22 383 tonna, Buxoroda 20 994 tonna, Samarqandda 20 732 tonna urug‘lik g‘alla jamg‘arilgan. 🟢Shuningdek, Andijon viloyatida 19 977 tonna, Namanganda 18 538 tonna, Sirdaryoda 14 963 tonna, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 358 tonna, Xorazmda 10 932 tonna hamda Navoiy viloyatida 8 877 tonna urug‘lik g‘alla zaxirasi shakllantirildi. Ushbu ko‘rsatkichlar hududlarda kelgusi mavsum uchun zarur urug‘lik bazasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi. 💬Ayni paytda jamg‘arilgan urug‘lik g‘allani sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazoratdan o‘tkazish, tozalash, saralash va belgilangan tartibda saqlash ishlari davom ettirilmoqda. Kelgusi yil hosili uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatli urug‘lik zaxirasining shakllantirilishi g‘allachilikda barqaror hosildorlikni ta’minlash hamda fermer xo‘jaliklarini sifatli urug‘lik bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#untapped_opportunities #simple_gardening_approach #yangicha_agrotexnologiya Ачитқининг самараси: Хандалак бир хил нав. Каттаси ачитқи (дрожа ) билан суғорилган. Аксинча, кичкинаси оддий анъанавий парвалишганган . Ғўзага тавсия этилган қўлланманинг самараси ҳам катта натижа бермоқда! Хулоса ўзингиздан! Тарқатинг! Манба: Андижон пахтачилик илмий-тадқиқот институти даласида ўтказилган тажрибалардан олинган фотосуръат.
#Tavallud_ayyom_muborak 💎Hurmatli Bahrom Mirzayevich! ⭐️Bugun Sizning hayotingizdagi eng quvonchli kun — tavallud ayyomingiz. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi jamoasi nomidan Sizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Ishdagi mas’uliyatingiz, halolligingiz va samimiyligingiz biz uchun katta ibrat. Siz nafaqat ishda, balki insoniy fazilatlaringiz bilan ham hammamizga mehr va ishonch ulashasiz. ✅Siz bilan bir jamoada ishlash — biz uchun katta baxt. Har bir raqamni puxta hisoblab, markazimizning moliyaviy asosini mustahkam tutishingiz, ishga bo‘lgan jiddiy yondashuvingiz bilan birga, doimiy kulgichingiz va samimiy gaplaringiz ham bizga iliqlik baxsh etadi. 🟠Umringiz barakali va mazmunli, sog‘lig‘ingiz mustahkam, hayotingiz fayzli bo‘lsin. Oilangizga tinchlik, o‘zingizga esa bardavom baxt va quvonch tilaymiz. Yana ko‘p yillar birga, ezgu ishlar boshida uchrashish nasib etsin! 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#PaxtaChellenj 🇺🇿Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanining Ch.Begimqulov hududidagi “Toshpo‘lat bobo” fermer xo’jaligi dalalarida g‘o‘zani mikroelementlar va bor kislotasi bilan barg orqali oziqlantirish bilan birga, Etefon preparati ham qo‘llanilmoqda. ✅Natijada, ko‘saklarning rivojlanishi tezlashib, hosil bir maromda pishib yetilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
💎Hurmatli Dilnoza Abdugafurovna! ✅Sizni tavallud ayyomingiz bilan Urug‘chilikni rivojlantirish markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hayotingiz doimo go‘zal lahzalarga, qalbingiz esa ezgu niyat va shodliklarga to‘lib-toshsin. Yangi yoshingiz Sizga yangi imkoniyatlar, yorqin zafarlar va unutilmas quvonchlarni olib kelsin! ⭐️Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Doimo baxtli va omadli bo‘ling! 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#Bizning_nav 🌱Soyaning istiqbolli “HUMO” navi xususiyatlari 🍀Soyaning "Humo" navi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
✅✅ 📍Namangan viloyati URUG'LIK DONNI SOVUTKICHLI OMBORGA QO'YISH JARAYONI 🔺Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli “Uchqo‘rg‘on Best Seeds” MChJ tomonidan 2027-yil hosili uchun mo‘ljallangan urug‘lik g‘alla vernalizatsiya jarayonini o‘tkazish maqsadida sovutkichli omborlarga joylashtirilmoqda. 🟢Mazkur jarayon urug‘lik g‘allani belgilangan harorat sharoitida saqlash orqali ekishga tayyorlash va kelgusi hosildorlik uchun zarur agrobiologik jarayonlarni ta’minlashga xizmat qiladi. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#Mobil_reportaj 📍Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 🟢Mahalliy sharoitda tayyorlangan “XinLuZao-78” g‘o‘za navi ekilgan dala maydoni ✅2025-yilda respublikamizda 17,8 tonna mahalliy sharoitda tayyorlangan xorijiy urug‘lik chigit yetishtirilib, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi. Yuqori hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turuvchi mazkur navlar ayni paytda fermerlarimiz tomonidan yetishtirilmoqda. 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
⭐️Hurmatli Sattarov Jasur To‘rayevich! ✅Sizni tavallud kuningiz bilan Urug‘chilikni rivojlantirish markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 💎Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va uzoq umr tilaymiz. Mas’uliyatli faoliyatingizda doimo yuksak marralar, yangi muvaffaqiyatlar va omad hamroh bo‘lsin. 🟠El-yurt ravnaqi, soha rivoji yo‘lida olib borayotgan mehnatingiz samarali bo‘lib, jamoa orasidagi hurmat va e’tiboringiz yanada ortib borsin. Har bir yangi kun Sizga quvonchli yangiliklar, ezgu maqsadlar va ulkan zafarlar olib kelsin. ✅Xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan xotirjamlik va yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin! Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, Jasur To‘rayevich! ⭐️Hurmat bilan, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi jamoasi 🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari 📱WWW 📱Facebook 📱Instagram 📱Telegram 📱Youtube
#PaxtaChellenj 🗣Bugungi kunda paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish nafaqat agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, balki ilmiy yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etishga ham bevosita bog‘liq. ☁️Ayniqsa, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida oziqlantirish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hosilning sifati va miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 🇺🇿Shu maqsadda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining Qahramon MFY hududida joylashgan “Saidabror Sultonsaid” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar asosida olib borilmoqda. ➕Dalalarda g‘o‘za navlarini mikroelementlar, bor kislotasi hamda Etefon preparatlari bilan oziqlantirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, barg orqali oziqlantirish o‘simlikning ozuqa elementlarini tezroq o‘zlashtirishiga imkon beradi. ✅Natijada fotosintez jarayoni faollashib, g‘o‘zaning vegetativ o‘sishi va generativ rivojlanishi o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanadi. Bu esa ko‘saklarning tezroq shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yakuniy hosildorlikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X