O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Экономика (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 83
- 1/48двое суток
- 95
- 1/72трое суток
- 102
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ochiq muloqotga tayyorgarlik: Davlatimiz rahbari kelib tushgan murojaatlar va soʻrov natijalarini hududlar hamda sohalar kesimida chuqur tahlil qilib, tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar bo‘yicha aniq yechimlar ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. Tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushib, 4,2 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi, 1,8 mingga yaqinini ko‘rib chiqish davom etmoqda. Tashkil etilgan 130 dan ortiq uchrashuvda esa 5,7 mingdan ziyod tadbirkor qatnashib, 1,5 mingga yaqin masalani o‘rtaga tashladi. 5 ming 72 nafar tadbirkor oʻrtasida o‘tkazilgan so‘rov esa biznes uchun dolzarb muammolarni ko‘rsatdi. 💳 Bank-moliya sohasida asosiy ko‘rsatilgan muammolar: — kredit foizlarining yuqoriligi; — garov mulkining past baholanishi; — kredit olish uchun hujjatlarning ko‘pligi; — kredit rasmiylashtirish muddatlarining uzoqligi. 📊 Shuningdek, 40% korxona so‘nggi bir yilda umuman investitsiya kiritmagan, 29% esa kelgusi yil uchun ham investitsiya rejasiga ega emas. Tahlilga ko‘ra, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, energiya tejamkor texnologiyalar va yangi mahsulotlarni joriy etayotgan korxonalarda sotuv, raqobatbardoshlik, ish haqi va investitsiya ko‘rsatkichlari yuqoriroq. Ochiq muloqot doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va amaldagi tartiblarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Qaysi bankdan birlamchi bozordan nisbatan past foizli avto kredit olsa bo'ladi? Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankidan 23 tasida birlamchi bozordan avto kredit ajratilmoqda. Nisbatan past foizli avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing: 🏦 Asakabank – 18,9% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 50%; Muddati 5 yilgacha; 📞1152; 🏦 Ipak yo‘li banki – 20,9% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 49,99%gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞1296; 🏦 Turonbank – 20,99% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov -50% gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞1220; 🏦 Ziraat Bank – 21% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov -40% gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞1293; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 21% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov -25% gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞1270; 🏦 ОFB – 21,9 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 50%gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞4004; 🏦 Aloqabank – 24% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25%dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 🏦 O‘zmilliybank – 23% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 40% gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞1344; 🏦 BRB – 23% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25% dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 📞 1254; 🏦 Trastbank – 23,9% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 50% gacha; Muddati 5 yilgacha; 📞 1287; 🏦 Hamkorbank - 23,99 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25%dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 📞 1256; 🏦 Agrobank – 24 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati 5 yilgacha; 📞1216. 🏦 GarantBank – 24% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25% dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 📞 1326; 🏦 Xalq banki – 24% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25% dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 📞 1106; 🏦 MKbank – 24% dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25% dan boshlanadi; Muddati 5 yilgacha; 📞 1285; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar Chorvachilik va baliqchilik uchun 10%li kredit! Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 6 avgustdagi 435-son qaroriga ko‘ra: 🐄 Chorvachilik va baliqchilik sohasida faoliyat yurituvchi YATT, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda yuridik shaxslarga kredit ajratiladi. 💰 1 loyihaga — 5 mlrd so‘mgacha, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha 20 mlrd so‘mgacha kredit olish imkoniyati belgilandi. 📅 Muddati — 10 yilgacha, ⏳ imtiyozli davr — 4 yilgacha, 📉 foiz stavkasi — yillik 10%. Kreditlar chorvachilik va baliqchilik majmualarini tashkil etish, qurish va rekonstruksiya qilish, naslli mol va baliqlar, shuningdek muqobil energiya uskunalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi. 📌 Arizalar «Agroplatforma» axborot tizimi orqali tijorat banklariga taqdim etiladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Qaysi bank hozir ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadi? Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankidan 24 tasida ipoteka krediti olsa bo'ladi. Muddati 20 yilgacha. O‘rtacha foiz ko‘rsatkichi - 24%. Hozirda ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun nisbatan pastroq foizda ipoteka krediti ajratadigan banklar bilan tanishing: 🏦 BRB – 📞1254; Foizi - 20%dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 21%; Muddati - 10 yil; 🏦Ipak yo‘li banki– 📞1296; Foizi - 21,9% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 40%gacha; Muddati - 10 yil; 🏦 Asakabank –📞 1152; Foizi - 21,99 %dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 10 yil; 🏦 Ipoteka-bank – 📞1233; Foizi - 22 %; Boshlang'ich to'lov - 26%; Muddati - 20 yil; 🏦 Ziraat Bank – 📞1293; Foizi - 23,5 %; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 10 yil; 🏦 Agrobank 📞 1216; Foizi - 23,99%; Boshlang'ich to'lov - 40%gacha; Muddati - 15 yil; 🏦 Xalq banki 📞1106; Foizi - 24 %; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 15 yil; 🏦 Aloqabank📞(+99871)-230-7777; Foizi - 24%dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 🏦 Turonbank 📞 1220; Foizi - 24%; Boshlang'ich to'lov - 30%; Muddati - 10 yil; 🏦 MKbank – 📞1285; Foizi - 24% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 15 yilgacha; 🏦 Trastbank – 📞1287; Foizi - 25% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 10 yil; Miqdori - 1,2 mlrd so‘mgacha; 🏦 Universal bank –📞1355. Foizi - 24%; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 10 yil; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Qaysi bank ilovasida Uzkard kartasidan boshqa bank Uzkard kartasiga pulni foizsiz o‘tkazish mumkin? Javob: Hozirda kartadan – kartaga foizsiz pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan bank ilovalari bilan tanishing: 🏦 ASIA ALLIANCE BANKning "Alliance Pay" ilovasida bir oyda 10 million so‘mgacha; 🏦 Open bank ilovasidan - bir oyda 6 million so‘mgacha; 🏦 BRB ilovasida bir oyda 5 million so‘mgacha; 🏦 MK bankning "Mavrid" ilovasida - bir oyda 5 million so‘mgacha; 🏦 Hamkorbankning "Hamkor" ilovasidan - bir oyda 5 million so‘mgacha; 🏦 Davr bankning "Davr Mobile" ilovasidan - bir oyda 3,5 million so‘mgacha; 🏦 O‘zmilliybankning "Milliy" ilovasidan bir oyda 3 million so‘mgacha; 🏦 Turonbankning "MyTuron" ilovasidan bir oyda 3 million so‘mgacha. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
📣 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar MDH mintaqasi uchun Islom bankchiligi va moliyasi bo‘yicha BEPUL Virtual Professional Rivojlanish Dasturi AlHuda Islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) MDH (CIS) mintaqasidagi bank mutaxassislari, tartibga soluvchi organlar vakillari, akademiklar, talabalar hamda islomiy moliya sohasi mutaxassislarini ushbu bepul onlayn professional rivojlanish dasturida ishtirok etishga taklif etadi. 🌐 100 % onlayn | Mutlaqo bepul 📅 Dastur davomiyligi: 2026-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha 🌍 Tillar: Ingliz va rus tillari 💻 Ta’lim shakli: Onlayn (virtual) 👥 Har bir tashkilotdan: Maksimal 10 nafar ishtirokchi Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 📧 Email: zaib.nisa@alhudacibe.com 📱 Qo‘ng‘iroq va WhatsApp: +998 91 888 6180 📲 Telegram: @IslamicBankingCIS Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓ Qaysi bankdan quyosh panellarini sotib olish uchun iste'mol krediti olish mumkin? Javob: Hozirda quyosh panellarini sotib olish uchun isteʼmol kreditini ajratayotgan banklar bilan tanishing: 🏦 Hamkorbank — 19 %. Miqdori - 200 million so‘mgacha; Muddati - 3 yil; 📞1256; 🏦 MKbank - 20 %. Miqdori - 206 million so‘mgacha; Muddati - 5 yil; 📞1285; 🏦 Agrobank – 20 % Miqdori - 100 million so‘mgacha; Muddati - 3 yilga; 📞1216; 🏦 Aloqabank – 20 % Miqdori - BHM ning 200 baravarigacha; Muddati - 3 yilga; 📞(+99871)-230-7777; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 20 % Miqdori - BHM ning 220 baravarigacha; Muddati - 5 yilga; 📞1270; 🏦 BRВ - 20 %; Miqdori - 200 million so‘mgacha; Muddati - 38 oygacha; 📞1254; 🏦 O‘zSQB – 20 % Miqdori -200 million so‘mgacha; Muddati - 5 yilga; 📞 1180; 🏦 O‘zmilliybank - 20-22 % Miqdori -70 million so‘mgacha; Muddati - 5 yilga; 📞 1344; 🏦 Trastbank – 20 %; Miqdori - BHM ning 200 baravarigacha; Muddati - 5 yilga; 📞1287; 🏦 Turonbank – 20 %; Miqdori - BHM ning 200 baravarigacha; Muddati - 5 yilga; 📞1220; 🏦 Ipak yo‘li banki – 20 %. Miqdori - 80 million so‘mgacha; Muddati - 5 yilga; 📞1296; 🏦 ОFB – 20 %. Miqdori - 100 million so‘mgacha; Muddati - 5 yilga; 📞 4004; 🏦 Xalq banki –20 %. Miqdori - 100 million so‘mgacha; Muddati - 5 yilga; 📞1106. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar 💵Endi 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘ladi 2026 yil 9 avgustdan boshlab fuqarolar tijorat banklaridan 500 AQSH dollarigacha (ekvivalentida) bo‘lgan naqd chet el valyutasini shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotib olishlari mumkin. Yaʼni, ushbu miqdorda valyuta xarid qilishda pasport yoki ID-karta talab etilmaydi. ✅ Yangi tartib valyuta ayirboshlash jarayonini yana-da qulay va sodda qiladi. 📌 Asos: Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli idoraviy hujjat 2026 yil 8 may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami — 2886-12). Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Qaysi bankdan ikkilamchi bozordan avto kredit olsa bo'ladi? Javob: Hozirda ikkilamchi bozordan avto kredit ajratayotgan banklar bilan tanishing: 🏦 Ipak yo‘li banki– 20,9 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25%dan boshlab; Muddati 5 yilgacha; 📞1296; 🏦 O‘zmilliybank – 21 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 20%dan boshlab; Muddati 4 yilgacha; 📞1344; 🏦 Oktobank – 21 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 20%dan boshlab; Muddati 4 yilgacha; 📞(+99871)-202-33-33 🏦 Aloqabank – 23 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 15%dan boshlab; Muddati 5 yilgacha; 📞—(+99871)-230-7777; 🏦 Hamkorbank – 23,99 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25%dan boshlab; Muddati 5 yilgacha; 📞1256; 🏦 MKbank – 25 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 25% dan boshlab; Muddati 5 yilgacha; 📞1285; 🏦 Turonbank – 25 % dan boshlanadi; Boshlang'ich to'lov - 50%; Muddati 4 yilgacha; 📞1220; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK - 26 %; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati 5 yilgacha; 📞1270; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi. Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓ Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan (o‘zini-o‘zi band qilgan) jismoniy shaxslar uchun 100 million onlayn so‘mgacha mikroqarz olsa bo‘ladi? Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankidan 24 tasida mikroqarz olsa bo'ladi. Miqdori 10 milliondan 100 million so'mgacha. Muddati 2 oydan 5 yilgacha. 🏦 Hamkorbank Foizi - 19,9% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1256; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK Foizi - 21% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1270; 🏦 Apexbank Foizi - 22% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1881; 🏦 Ipak yo‘li banki Foizi - 22,9% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1296; 🏦 O‘zSQB Foizi - 23% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1180; 🏦 Asakabank Foizi - 25% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1152; 🏦 TBC Bank Foizi - 28% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1150; 🏦 GarantBank Foizi - 32% dan boshlanadi; Muddati - 30 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1326; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar Yuqori foizli ipotekani qayta moliyalashtiring! 🏦 Xalq banki yuqori foizda olingan ipoteka kreditlarini yillik 21,5% stavkada qayta moliyalashtirishni taklif etmoqda. ✅ Muddat – 180 oygacha ✅ Toshkent shahri – 1 mlrd so‘mgacha ✅ Qoraqalpog‘iston va viloyatlar – 550 mln so‘mgacha Birlamchi va ikkilamchi bozordan sotib olingan uy-joylar uchun ajratilgan ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish orqali oylik to‘lovlarni kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
#XalqPrezidenti Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida banklarning mahallalardagi faoliyati tanqid qilindi. 🔹 2026 yil viloyat va tuman banklari rahbarlari hamda mahalla tizimi uchun sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi. 🔹 Bosh prokuratura va Hisob palatasi har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning aholi hayotiga ta’sirini nazorat qiladi. 🔹 Kredit qarzdorligi sabab faoliyati to‘xtagan korxonalarni tiklash, eksport salohiyatini oshirish va banklar bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. 🔹 Banklar balansidagi 9,3 trln so‘mlik sotilmay turgan 2 411 ta mol-mulk obyekti qayta tahlil qilinadi. 🔹 Chorvachilik loyihalari uchun qo‘shimcha 50 mln dollar ajratiladi. Kreditlar 10% stavkada, 10 yil muddatga va 4 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓ Qaysi bankdan 100 million onlayn so‘mgacha mikroqarz olsa bo‘ladi? Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat bankidan 24 tasida mikroqarz olsa bo'ladi. Miqdori 10 milliondan 100 million so'mgacha. Muddati 2 oydan 5 yilgacha. Onlayn mikroqarz ajratayotgan banklar bilan tanishing: 🏦 Hamkorbank Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; 📞 1256; 🏦 Ipoteka-bank Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; 📞1233; 🏦 Xalq banki Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1106; 🏦 O‘zSQB Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1180; 🏦 O‘zmilliybank Foizi - 25% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1344; 🏦 Aloqabank Foizi - 24%dan boshlanadi; Muddati - 5 yilgacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 (+99871)-230-7777; 🏦 Anorbank Foizi - 27% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1290; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 2 038 755 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. ✅ Asos: O‘RQ-1043-son Qonuni. 🗣Bu qonun fuqarolar nomiga ularning ruxsatisiz yoki xabarisiz kredit olish hamda mablag‘ni firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirish kabi holatlarini oldini oladi. ❗️ Qonunga ko‘ra, banklar va mikromoliya tashkilotlari kredit berishdan oldin fuqaroning taqiqlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshirishi shart. Taqiq aniqlansa, kredit ajratilmasligi belgilangan. 🎞 Mazkur xizmatni yoqish Yagona portal (my.gov.uz); 🪙 “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosining veb-saytida; 👍“KATM” mobil ilovasi orqali mazkur xizmatdan onlayn; ⚪️ Davlat xizmatlari markazlari orqali esa oflayn faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud. ✅ Xizmat mutlaqo bepul! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
📢 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida islom bankchiligi bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazildi 2026-yil 10–11-iyul kunlari O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi binosida “Islomiy bankchilikda shariat talablariga muvofiq moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va risklarni boshqarish” mavzusida ikki kunlik maxsus seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hamda AlHuda CIBE hamkorligida “MDH mamlakatlari 5-Islom bankchiligi va moliyasi forumi” doirasida tashkil etildi. Tadbir davomida islomiy moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, shariat talablariga mos moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish, risklarni samarali boshqarish hamda xalqaro tajribalar yuzasidan amaliy va nazariy ma’ruzalar taqdim etildi Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи